akmalfcb

САВОЛ: Salom.

1)Kecha Uzb-Yaponiya (19) o'yinini ko'rib hafsalam pir bo'ldi ochig'i. Bularam aynan MTJning qolipidagi o'yinni ko'rsatishdi. Yaponlarga havasim keldi, har bir hujumi avvaldan o'ylangan, ma'lum kombinatsiyaga asoslangan, bo'lar bo'lmasga to'pni havodan uzatavermaydi. Kelajagimiz yoshlarimiz deymizu, lekin O'zbek futbolining kelajagi shu bo'lsa bo'lmagani yaxshi emasmi. Avval ham shu mazmundagi savol bergandim. Hozir akademiyalardagi tarbiya tizimini, ta'lim dasturini modernezatsiya qilish, tubdan o'zgartirish vaqti kelmadimikan? Nega bizda Neymar, Oscar... kabi yaqqol ajralib turadigan futbolchilar yetishib chiqmayabdi. Endi judaaa Neymar bo'lmasayam El shaaravy, Pol Pogbaga o'xshash yoshlarimiz yo'q! Ayb kimda? Yoki rostdan ham bizda iqtidorlar umuman yo'q. Yoki yuqoridagi aytib o'tilgan narsalarni o'zgartirish vaqti keldimadimikan...?!

Fikringiz...?

2)Iltimos SERVER burchak to'pini sen tepma faqat degim keldi.

Iordaniya Uzb o'yinini ko'rgan bo'lsangiz, futbolchilarimiz 1- taymda 3-4 marta burchakdan to'pni o'yinga kiritishdi. S. Jeparov yana avvalgi xunarini boshladi, burchak to'pining 1-2-sini o'ng oyoqda ko'tardi, rasvo. To'p maydondan chiqib ketdi, darvozabon qaytardi.. xullas havfli vaziyatlarga aylantirolmadik. Avval chap oyoqda tepishni o'rgan deganlaram bordir... Savol: naxotki M. Qosimov to'pni qadrlash kerakligini o'rgatmagan bo'lsa. Axir Qatar bilan o'yinda sardorimizning ham bu qilig'ini juda ko'p ko'rgandikku, nega futbolchilarimiz ma'suliyatni xis qilishmaydia? To'pni, vaziyatni qadrlash kerakku...?
Савол берилган сана: 09.09.2013 17:58