Xabaringiz bor, kelasi haftadan Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlar boshlanadi. Xabaringiz bor, O‘zbekistondan bu bosqichda "Paxtakor" va "Lokomotiv" jamoalari ishtirok etishadi.
OCHL guruh bosqichidan o‘rin olgan o‘yinlarga hamyurtimiz Olim Arifov ham komissar sifatida ishlashga taklif etilgan. Jumladan, 5 mart kuni "F"guruhidan o‘rin olgan bahsda Avstraliyaning "Melburn Viktori" jamoasi Janubiy Koreyaning "Tegu" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Shuningdek, 12 mart kuni Doha shahrida Qatarning "Al-Sadd" klubi Eronning "Persepolis" jamoasi bilan kuch sinashadi. Mazkur ikki uchrashuvda o‘zbekistonlik Olim Arifov komissar sifatida faoliyat olib boradi.
OCHL, "F" guruhi
2019 yil 5 mart, Melburn
"Melburn Viktori" (Avstraliya) - "Tegu" (J.Koreya)
Bosh hakam: Alirizo Fag‘oniy (Eron)
Yon hakamlar: Rizo Suhandan, Muhammad Rizo Mansuriy (Eron)
To‘rtinchi hakam: Sayidvohid Kozimiy (Eron)
Inspektor: Kamikava Toru (Yaponiya)
Komissar:
Olim Arifov (O‘zbekiston)
OCHL, "D" guruhi
2019 yil 12 mart, Doha
"Al-Sadd" (Qatar) - "Persepolis" (Eron)
Bosh hakam:Kim Don Jin (J.Koreya)
Yon hakamlar: Pak San Jun, Ban Gi Yol (J.Koreya)
To‘rtinchi hakam: Kim Da Yon (J.Koreya)
Inspektor: Antoni Jon (Hindiston)
Komissar:
Olim Arifov (O‘zbekiston)