06:00 Новости футбола. 06:05 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Шальке 04" - "Эльферсберг". 08:00 Новости футбола. 08:05 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Кайсериспор". 10:00 Новости футбола. 10:05 Чемпионат Германии. On-line. 12:05 Новости футбола. 12:10 Чемпионат Турции. Обзор тура. 13:20 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Шальке 04" - "Эльферсберг". 15:25 Чемпионат Германии. "Фрайбург" - "Айнтрахт Франкфурт". 17:30 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Хольштайн Киль". 19:35 Новости футбола. 19:40 Чемпионат Турции. Обзор тура. 20:50 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Кёльн" - "Кайзерслаутерн". 22:55 Чемпионат Германии. On-line. 01:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Кайсериспор". 03:00 Чемпионат Германии. Обзор тура. 04:00 Новости футбола. 04:05 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Шальке 04" - "Эльферсберг".
05:15 "Лица страны". Алексей Тищенко. 05:30 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 2 в Шаосине, Китай. 07:30 "Лучшие из лучших". 08:00 Настольный теннис. Чемпионат России в Казани. Финалы. 09:35 Д/ф "Александр Великий". 10:25 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2. 10:55 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 3. 11:25 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 2. 11:50 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 1. 12:20 Фестиваль экстремальных видов спорта "Прорыв". 13:05 Падел. Международный турнир в Москве. Мужчины. 1/2 финала. 15:30 "Непобедимый". 16:00 Бадминтон. Кубок России в Казани. 18:20 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 3 в Дохе, Катар. 20:30 "Лучшие из лучших". 21:00 Настольный теннис. Чемпионат России в Казани. Финалы. 22:45 Д/ф "Майк Тайсон. Железные кулаки". 23:40 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2. 00:05 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 3. 00:35 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 2. 01:00 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 1. 01:30 "Непобедимый". 02:00 Лыжные гонки. Чемпионат мира в Норвегии. Командный спринт. Классический стиль. Финал. 03:15 Бадминтон. Кубок России в Казани.
05:55 Новости. 06:00 Хоккей. Чемпионат мира 2025. Германия - Дания. 08:00 "Непобедимый". 08:30 "Что за спорт?". "Экстрим". 09:00 Новости. 09:05 Все на Матч! Прямой эфир. 12:00 Новости. 12:05 Специальный репортаж. 12:25 Хоккей. Чемпионат мира 2025. Чехия - США. 14:35 Специальный репортаж. 14:55 Новости. 15:00 Есть тема! Прямой эфир. 16:25 "Вид сверху". 16:55LIVE Бокс. Кубок Победы. Этап 1 в Перми, Россия. Прямая трансляция. 19:00 Все на Матч! Прямой эфир. 19:40 Д/ф "Александр Великий". 20:45LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. Кубок Гагарина. "Локомотив" (Ярославль) - "Трактор" (Челябинск). 5-й матч. Прямая трансляция. 00:00 Все на Матч! Прямой эфир. 01:15 Панкратион. Чемпионат России. 02:25 Д/ф "Леброн Джеймс. Король площадки". 03:30 "Что за спорт?". "Экстрим". 04:00 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Golden Grand Prix в Токио, Япония.
06:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 1 в Кэцяо, Китай. Мужчины. Болдеринг. Финал. 08:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 10. Лукка - Пиза. Индивидуальная гонка с раздельным стартом. 10:00 Теннис. Australian Open. Женщины. Финал. Арина Сабаленка - Мэдисон Киз (США). 11:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 10. Лукка - Пиза. Индивидуальная гонка с раздельным стартом. 13:00 Теннис. Australian Open. Женщины. Финал. Арина Сабаленка - Мэдисон Киз (США). 14:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 10. Лукка - Пиза. Индивидуальная гонка с раздельным стартом. 15:00LIVE Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 11. Виареджо - Кастельново-не-Монти. Прямая трансляция. 20:45 Теннис. Д/ф "Рафаэль Надаль - король Парижа". 21:45 Скалолазание. Кубок мира. Этап 3 в Бали, Индонезия. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы. 23:00 Трейлраннинг. UTMB World Series. Этап на горе Ванту, Франция. Обзор. 00:00 Конный спорт. Royal Windsor Horse Show в Лондоне, Великобритания. 01:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 11. Виареджо - Кастельново-не-Монти. 03:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 2 в Уцзяне, Китай. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы. 04:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 11. Виареджо - Кастельново-не-Монти.
1. YANGI KUN OTMOQDA. Srechko Katanes haqida xabarlar o‘n kundan beri tinimsiz berib borildi. Nomzodlar e’lon qilindi avval. Keyin og‘zaki kelishuvdan ma’lumot berishdi. Katanes haqida barcha ma’lumotlar keltirildi. Oxirgi xabar shunday: U kishi 18 avgustda muzokaralarning yakuniy qismini olib borish uchun Toshkentga kelar ekan. Ahmadjonov paytida Kuper haqida hech qanday ma’lumot oldindan berilmagan. Demak, Jahongirning boshlab qo‘yib keyin to‘xtab qolgan oshkoralik sari qo‘ygan qadamlari shu holatdayam ish bermoqda desak bo‘ladi. Oshkoralikdan yana bir misol keltiraman. Abramov terma jamoaga ustozlik qilgan paytida oyiga 230 mln so‘m oylik olgan ekan. Bunyodkorda “atigi” 65mln so‘m oylik olib ishlagan ekan. Katanes, Kuper va Keyrushning oyliklari ham oshkor qilindi. Oshkoralik boshlandi, shekilli. Futbolimizda “zastoy” davri chekinyapti, shekilli. Oshkoralik ivirsiq gaplarni yo‘qotib haqiqatga, adolatga hizmat qiladi. Buzishgamas qurishga, yaratuvchanlikka undaydi. Termamizga yangi ustoz muborak bo‘lsin. U bilan futbolimizga yangilanish kirib kelsin. Yangi nafas, yangi hayot bardavom bo‘lsin.
2. SRECHKO KATANES IZMIDA BO‘LSIN. Shu voqealar bir yil oldin sodir bo‘lganda edi, Saudiyadagi o‘yinlarimizni yangi bosh murabbiy yangicha boshqarganda edi, qanday sermahsul ish bo‘lardi. Hozir shakllangan jamoaga ega bo‘lgan bo‘lardik. Hammasiga shukr. Eski kun ortda qolgani rost bo‘lsin. Eski gaplar yo‘q bo‘lsin. Yangicha fikr yuritaylik. Katanesga yangicha ko‘z bilan qaraylik. Srechko yuzida faqat JCH-2026 yo‘llanmasini ko‘rishni bas qilaylik. Srechko termamizni Yaponiya, Avstraliya termalari saviyasiga qadam-baqadam olib chiqsin. FIFA kunlarida yig‘inlarda yig‘ilishib termani bunday darajaga yetkazish amri mahol ishdir. Ishda yig‘inlar oralig‘ida uzilish bo‘lmasin. Klub murabbiyiga o‘xshab to‘xtovsiz, izluksiz ish olib borish kerak. Temur Kapadzega shunday sharoit yaratib berishdi. Katanes yig‘inlardan boshqa kunlari yurtimizni kezib klublar o‘yinini tomoshaxonlik qilishi kerakli natija berar, lekin futbolimizga muhim o‘zgarish olib kirmaydi.
Taklifim shunday: Milliy jamoamizdan tashqari klublar terma jamoasini tashkil qilaylik. Unga o‘zimizdan bosh murabbiyni tayinlaylik. U Katanes murabbiylar shtabiga a’zo bo‘lsin, uning izmida bo‘lsin. Tag‘in boshqa jihat bor. Srechko Katanes nima qilarini, qanday qilarini, termani qanday bosqichlarga olib chiqarini bir rejaga solib ko‘rsatib bersin. Mutaxassislar kengashi hammasidan oldindan boxabar bo‘lsin. Birga bo‘lsin. Klublar terma jamoasi o‘n kunda bir marta ikki kunlik yig‘in o‘tkazib, bitta o‘yin o‘tkazib tursin. Masalan, gohida “Olimpik” bilan, goho Tojikiston termasi bilan bellashib tursin. Katanes shunda uzluksiz ishlab o‘zining yangi o‘yin g‘oyasini sinovdan o‘tkazib, pishitib, futbolimizga singdirib boradi. O‘yinni yaratib oladi. Axir yo‘q o‘yinni legionerlar kuchaytira olishmaydi. Legionerlarsiz o‘yin yaratilgan va shakl topgan bo‘lishi kerak. “Olimpik” ham, barcha yoshdagi boshqa terma jamoalarimiz ham uning izmida bo‘lsin.
3. QACHONGACHA?! Bokschi ringga chiqib kim bilandir, mayli kuchli raqib bo‘lsin, o‘sha bilan o‘rtoqlashib tursa, mahorati o‘smaydi. Unga qaqshatqich jang kerak. Futbolda ham shunday. Shvesiya, keyin Daniya, keyin Belgiya kabi davlat termalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazsak, biz uchun bayram bo‘lishi mumkin. Azizov bizga shuni va’da qilganmidi? Lekin, shuni bilaylikki, o‘rtoqlik o‘yinlari terma jamoamiz uchun mahorat pog‘anasi bo‘la olmaydi. Jamoaga jang kerak. Musobaqa kerak. Arablarda Fors Ko‘rfazi turniri bor. Keyin Arab davlatlari ligasi bor. Unda Shimoliy Afrikadan arab davlatlari ham qatnashadi. Qatarga shu turnirlar kamlik qilib Shimoliy Amerika turnirida qatnashib keldi. Bizning ahvolimiz qanday? Biz uchun Markaziy Osiyo davlatlari konfederasiyasi tashkil qilindi. Lekin uning musobaqasi haligacha o‘tkazilmaydi. Nega? Kim yoki nima bunga yo‘l bermayapti, xalaqit qilyapti? Masalan, turkiy xalqlar uchun “Turon Fanlar Akademiyasi” tashkil qilindi. Boshqalar qatorida O‘zbekiston bosh gerontologi Asadullayev “Turon Akademiya”sining faxriy a’zosi bo‘ldi. Buning nimasi yomon? Fanlar rivojiga hissa qo‘shadi-ku. Shunga o‘xshab “Buyuk Turon” futbol chempionatini tashkil qilsak bo‘lmaydimi? Bo‘ladi. Buning uchun futbolimiz rahbarlariga xohish va iroda kerak. O‘rtoqlashuv o‘yinlaridan ko‘ra turli musobaqalarni tashkil qilsak foydaliroq bo‘lmaydimi? Urugvay bilan o‘rtoqlashganimiz bizga nima berdi? Ozarbayjon va Turkiyaning yoniga Tojikiston termasini qo‘shib uch kunda bo‘lib o‘tajak sovrinli miniturnir tashkil qilsak bo‘lmaydimi? Bo‘ladi. Nega qilmaymiz? Bilganimiz JCH-2026ni kutishmi? Turli musobaqalar biz uchun muhim. Maydonga tushib bor mahortini, bor matonatini, bor-yo‘g‘ini tashab o‘ynaladigan jangovor to‘qnashuvlar muhim. O‘rtoqlashuvlar emas.
Osiyo kubogini nega o‘ylamaymiz? OK-2007da Iroq terma jamoasi chempion bo‘lgan edi. Navbatdagi OKda sovrinli o‘rin olishni Katanes oldiga vazifa qilib qo‘yaylik. Har qanday kuchli murabbiyga natija uchun ancha-muncha vaqt kerak. Kloppga “Liverpul” bilan natija ko‘rsatish uchun uch yil kerak bo‘ldi. Zidan “Real”da to‘rt yil yordamchi bo‘lib yurdi. Ikki yil Anchelotti bilan ishladi. Katanesgayam kerakligicha vaqt beraylik demoqchiman.
Men nega terma jamoamizga har tomonlama chuqur e’tibor berishingizni so‘rayapman? Shunga javobim bor. Masalan, YEChda finalga chiqqan Angliya termasi “Manchester Siti”dan kuchliroq o‘yin ko‘rsata olmaydi. O‘zining chempionati darajasida o‘yin ko‘rsatsa bo‘lgani. Shu ularga yetarli bo‘ladi. Ispanlaru faranglar ham shunday. Ularning bosh murabbiylariga termada qo‘yiladigan vazifa qiyin emas. Bizning termamiz ustoziga qiyin. U termamiz bilan klublarimiz hali yetib kelmagan o‘yinni yaratib bera olishi, uni amalda qo‘llashi kerak. Bu o‘yin klublarimizga dastak bo‘lishi kerak. Termamiz va Katanes oldida shunday muhim vazifa turganini tan olaylik. Biz esa, “Mundialga chiqaylik” deyishdan boshqa narsani bilmaymiz. Qachongacha?!
4. ESIMDADIR O‘SHA KUNLAR. Kecha Katanes boshchiligida terma jamoamiz Stogxolmga Shvesiya bilan o‘rtoqlashib o‘ynash uchun uchib ketishdi. Katanes ham matbuot anjumanida savollarga javob berib kuchli terma jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazish foydali bo‘lishini aytdi. O‘rtoqlik o‘yini jahon futboliga odat bo‘lgan voqelikdir. Oyda bir besh yo o‘n kunga yig‘ilish, bitta yo ikkita o‘yinda o‘rtoqlashish, yo turnir o‘yinlarida qatnashish. Va o‘z klublariga tarqab ketish. Professional klublar bilan terma jamoa orasidagi munosabat bundan ortig‘iga yo‘l qo‘ymaydi. Terma jamoada jismoniy holatdagi kamchiliklarni tuzatib bo‘lmaydi. Texnik yo taktik mahoratni o‘stirib bo‘lmaydi. Qozonda borini ishga sola bilish kerak.
Shu o‘rinda matbuot anjumani esimga tushdi. Katanesga kimdir “O‘yinchilarning saviyasi va mahoratiga qarab taktika tanlaysizmi, yo o‘z taktikangizga qarab o‘yinchi tanlaysizmi”, deb savol berdi. Javobi bo‘yicha xulosam shuki, unga “yo u, yo bu” emas, joyiga qarab “ham u, ham bu”degan shior mos ekan. Kasbikomil (professional) futbolchi u yo bu taktikani tezda qabul qila olishi kerak, deb qo‘shib qo‘ydi. Bu javob bizga terma murabbiyi ishini, holatini bir oz oydinlashtirdi. Murabbiy futbolchilar saviyasiga ko‘ra tanlab olgan bir o‘yin g‘oyasi asosida jamoyaviy o‘yin yaratadi. Unga sayqal beradi. Va o‘yin davomida ma’lum bir taktik sxema va taktik uslubni qo‘llab natijaga erishadi. Futbolchilar o‘sha-o‘sha, saviya o‘sha-o‘sha lekin har xil murabbiy har xil natijaga erishadi. Katanes yaxshiroq natijani ko‘rsatsa kerak. Gapimga misol keltiraman.
Gollandiya futboli inqirozga uchradi. Hatto Islandiya termasigayam yutqazgani esimda. Qator murabbiylar kelib ketishdi. Lekin pasayish davom etdi. 2018-yilgi mundialga ham chiqa olishmadi. Kuman termaga keldi-yu, jamoada g‘alabalar paydo bo‘la boshladi. Gollandlar YECH-2020 final o‘yinlariga chiqishdi. Kumanning eng muhim paytda termani tashlab ketganligi boshqa, alohida mavzu. Bu yilgi YEChda Sautgeyt Angliya termasini munosib darajada o‘ynata oldi. JCH-1966dan keyin birinchi marta Angliya termasi o‘z futboli darajasida jamoyaviy o‘yin yarata oldi. Chunki terma futbolchilari o‘z klublarida ikkinchi plandagi o‘yinchilar hisoblanishadi. Angliya klublarida birinchi planda jahon yulduzlari o‘ynaydi-da. Angliya birinchi marta YEChda finalgacha yetib bordi. Demak ko‘p narsa murabbiyga bog‘liq.
GUS XIDDINK EMAS. Anjumanga kelganlar ichida mendan boshqa hammaning, Ermatovdan tortib oxirgi jurnalistgacha hammaning umidi, orzu-niyati bir xil: Katanes termamizda shunday sifatli jamoaviy o‘yin yaratib navbatdagi mundialga olib chiqishini istashmoqda. Katanes ham shunga bel bog‘lagan. Kimdir “Siz mundial yo‘lida navbatdagi OK o‘yinlarini Kuperga o‘xshab qurbon qilasizmi”, deb savol berdi. Meni qoniqtiradigan javob bo‘lmadi. Srechko, har bir o‘yinda maydonga g‘alaba uchun tushamiz deb aytdi. Har bir jamoa, har bir o‘yinchi maydonga g‘alaba uchun tushadi. Futbolning asosiy falsafasi shu. Lekin kimdur yutadi, boshqasi yutqazadi. Futbol qonuni shu. Javob mantiqsiz mujmal bo‘ldimi? Nega shunday javob berdi? Demak, shartnomada Katanes oldiga muayyan maqsad, masalan OKda sovrunli o‘rinni egallash maqsadi, yo OKda boshqa bir maqsad qo‘yilmagan ekan. Shartga ko‘ra biz shartnoma matni bilan tanisha olmaymiz. Shartnoma muddati tugagach ham hammasi bizan sir saqlanadi. (Kuperning, Abramovning shartnomalari haligacha ommadan sir saqlanib kelinadi. Bunday xulosa kelib chiqadi: futbol xalqniki emas, futbol rahbarlarnikidir. Futbolning bunday yopiqlik holatiga muhlislar stadionga bormay qo‘yib javob qaytarishmoqda. Bu boshqa mavzu.) Katanesning ham shartnoma matnini hech qachon bila olmaymiz, shekilli.
Mening umidim, niyatim boshqacha ekan, niyatim qandlay, umidim nimada? Siz orzu qilayotgan Mundialingiz ham, OK musobaqasi ham maqsad emas, maqsadga eltuvchi vosita bo‘lsin. Bunday vositalar sonini ko‘paytiraylik deb yozmoqdaman. Markaziy Osiyo kubok o‘yinlarini tashkil qilaylik, barcha turkiy xalqlar ishtirokida “Buyuk Turon” kubok musobaqasini tashkil qilaylik deb qancha yozishim kerak. Rahbariyat bunchalar beta’sir bo‘lmasa. Futbol ommasi bunchalar kaltabin bo‘lmasa, so‘qir bo‘lmasa. Shu o‘yin saviyamiz bilan mundialga borsak bo‘ldimi? Xojiboy aytganiday yigitlarimiz “bittadan morojniy yeb kelishsa bo‘ldimi”? KXDR termasi JCH-2010 final o‘yinida qatnashdi. Keyin nima bo‘ldi? Katanes Sloveniya termasini mundialga olib chiqdi. Keyin nima bo‘ldi? Sloveniya futboli inqirozda. Srechko esa Arab yurtlarida pul ishlab yuribdi. O‘z vatani futboliga befarq bo‘lgan sloven o‘zbek futboli uchun jon kuydirarmidi? Nega Katanes oldiga o‘zbek futbolini Osiyoda birinchi to‘rtlik darajasiga olib chiqish maqsadini qo‘ymaymiz? Shu maqsad yo‘lida unga barcha sharoitlarni yaratib bermaymiz? Shunda murabbiylar shtabiga o‘zbek futboli vakilidan kimnidir qo‘shib olarmidi? Katanes oldiga bunday vazifani qo‘ysak u ishlamaydi. Yo‘q, u Gus Xiddink bo‘la olmas ekan. U Janubiy Koreya futboli rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan edi.
KATTA TALAB QO‘YARI BORMI? O‘zbek futbolini rivojlantirish yo‘lida Katanes bir xalqa bo‘lib tariximizda qoladi deb umid bog‘lagan edim. Rahbariyatga ham, ommaga ham Mundial kerak ekan. Qachongacha mundial jamoliga aldanib yuramiz. Qachongacha qozoq chiqmadi, arman chiqmadi, gurji chiqmadi; biz chiqdik deb, kerilib yurishni orzu qilamiz. Bu ahvolimizda Katanes ham olib chiqa olmaydi. Katanes sehrgar emas. Buning ustiga futbolimizga fidoyi ham emas. Bir jurnalist tarkib tanlashda tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘yasizmi, degan savoliga “aslo bunday bo‘lmaydi” deb javob berdi. Lekin nega o‘zi murabbiylar shtabini shakllantirar ekan, o‘zi bilan birga beshta tanishini olib keldi? Xatto o‘zining qarindoshi bo‘lgan Ioan Katanesni termada ish bilan ta’minlab qo‘ydi. Mayli, lekin nega bizdan bironta mutaxassisni tarkibga qo‘shib olmadi? Fidoilik shumi? Katanes ham navbatdagi pul ishlab ketuvchimi?
Iroq terma rahbariyati bilan ziddiyat tufayli bo‘shagan ekan. Terma uchun katta talab qo‘yari uchun kelisha olmadi degan ma’lumot bor. Shunday bo‘lsa, nega O‘FA oldiga qat’iy talab qo‘ymadi. Kelishi bilan Shvesiyaga uchib ketishdi. Shartmidi. Futbolchilar bilan tanishib, bir oila bo‘la olgani yo‘q hali. Shu ahvolda bitta o‘yin o‘rniga tojiklar va qirg‘izlar bilan ikkita tanishuv o‘yinlarini o‘tkazib olsak, yaxshi bo‘lardi. Bu o‘yinlar orqali jamoa bilan bir oila bo‘lib olamiz, desa bo‘lmasmidi. Tanishish uchun Shvesiyaga uchib borish shartmidi, desa bo‘lardi-ku. Buning ustiga Shvesiya termasi besh kunda ikkita rasmiy o‘yin o‘tkazar ekan, bizga qarshi uchinchi tarkibni tushiradi-ku, demaydimi? Keyingi FIFA kuniga qoldiraylik demaydimi? Bunday demaydi. U yurtimizda jon kuydirib ishlamaydi. U ham pul dardida kelgan. Ermatov uchun bu o‘yin pul qayg‘usimi, yo jon qayg‘usimi? U futbol uchun umrini bag‘ishlagan vatandoshim-ku. Bu o‘yinni keyingi FIFA kuniga qoldiraylik demaydimi? Yo‘q deya olmaydi.
BEFOYDA O‘PKALANISh Meni bunday anjumanlarga chaqirmay qo‘yishganiga ancha bo‘lgan. Baxtiyor Shirinov oldiga bir iltimos bilan kelgan edim. Darrov bajarib berishdi. Baxtiyor anjumanda ishtirok etishimni so‘radi. Qoldim.
Kiritilgan sana: 15.09.2021 19:26. O'kildi: 49965 marta.