“Men unga qaramoqchi emasman, u hali 13 yosh”. Reshak Messi haqida
Juda kam ko‘zga ko‘rinadigan, lekin “Barsa” uchun uda katta ahamiyatga ega inson 13 yanvar kuni 74 yoshga kirdi. Zamonaviy futbol muxlislari Karles Reshak haqida juda kam narsa bilishadi. U kataloniyaliklar safida 328 o‘yinda 81 ta gol urgan.
Eng oxirgi xotiralardan biri 2001/02 yilgi mavsumda “Barselona” murabbiyi sifatida omadsizlikka uchragan edi. Shundan keyin u o‘zidan yaxshi xotiralar qoldirshga harakat qildi.
Reshak 2000 yillarda aytgan bu so‘zi juda mashhur bo‘lib ketdi. Gap Leo Messi haqida ketayotganini angladingiz, shekilli.
“Barselona”ning transfer qo‘mitasi rahbari bo‘lgan Reshak haligacha shu vazifani bajaradi. Reshak Janubiy Amerikaga yangi futbolchilarni izlash uchun borganda, argentinalik futbol agenti Orasio Gajoli bilan uchrashadi. “U menga yosh iste’dodga e’tibor qaratishimni iltimos qildi” – deydi Karles.
Reshakning pozitsiyasi aniq edi, lekin hayotda ba’zan prinsiplarga qarshi borib turish lozim.