Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Eron 8 20
2 O‘zbekiston 8 17
3 BAA 8 13
4 Qatar 8 10
5 Qirg‘iziston 8 6
6 KXDR 8 2

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Janubiy Koreya 8 16
2 Iordaniya 8 13
3 Iroq 8 12
4 Ummon 8 10
5 Falastin 8 6
6 Kuvayt 8 5

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Yaponiya 8 20
2 Avstraliya 8 13
3 Saudiya Arabistoni 8 10
4 Indoneziya 8 9
5 Bahrayn 8 6
6 Xitoy 8 6

O'tgan o'yinlar.

8-тур Yaponiya 0-0 Saudiya Arabistoni
8-тур Xitoy 0-2 Avstraliya
8-тур Janubiy Koreya 1-1 Iordaniya
8-тур Indoneziya 1-0 Bahrayn
8-тур Qirg‘iziston 3-1 Qatar
8-тур Eron 2-2 O‘zbekiston
8-тур KXDR 1-2 BAA
8-тур Kuvayt 0-1 Ummon
8-тур Falastin 2-1 Iroq

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 01.06.2025

      05:55 Новости футбола.
      06:00 Чемпионат Германии. "Байер 04 Леверкузен" - "Вольфсбург".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Германии. "Санкт-Паули" - "РБ Лейпциг".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Германии. "Вердер Бремен" - "Бавария Мюнхен".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Германии. "Штутгарт" - "Боруссия Дортмунд".
      14:05 Новости футбола.
      14:10 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Бохум".
      16:10 Новости футбола.
      16:15 Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Байер 04 Леверкузен".
      18:15 Новости футбола.
      18:20 Чемпионат Германии. "Хольштайн Киль" - "Айнтрахт Франкфурт".
      20:20 Новости футбола.
      20:25 "Голевая неделя".
      20:55 LIVE Чемпионат Турции. Прямая трансляция.
      23:00 Чемпионат Германии. Обзор сезона.
      00:00 Новости футбола.
      00:05 Чемпионат Германии. "Хоффенхайм" - "Вердер Бремен".
      02:00 Новости футбола.
      02:05 Чемпионат Турции.
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Бохум".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 01.06.2025

      05:30 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. 7-й мемориал Ирены Шевиньской в Быдгоще, Польша.
      07:35 "Лучшие из лучших".
      08:00 Борьба. Ulaanbaatar Open в Улан-Баторе, Монголия.
      10:10 Д/ф "Леброн Джеймс. Король площадки".
      11:05 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Kip Keino Classic в Найроби, Кения.
      13:25 "Непобедимый".
      13:55 LIVE Борьба. Ulaanbaatar Open в Улан-Баторе, Монголия. Прямая трансляция.
      17:00 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Этап 2 на автодроме "Игора Драйв".
      17:55 Бильярд. Кубок мэра Москвы. Мужчины. Свободная пирамида.
      20:15 "Лучшие из лучших".
      20:45 Д/ф "Финт Боброва".
      23:05 Борьба. Ulaanbaatar Open в Улан-Баторе, Монголия.
      01:15 "Вы это видели".
      02:05 "Непобедимый".
      02:35 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Kip Keino Classic в Найроби, Кения.
      04:45 Бильярд. Кубок мэра Москвы. Мужчины. Свободная пирамида.
  • MATCH-TV
    • Sana: 01.06.2025

      05:55 Новости.
      06:00 LIVE Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Эрин Бланчфилд против Мэйси Барбер, Матеуш Гамрот против Людовита Клайна. Прямая трансляция.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 М/с "Чемпионы".
      12:25 "Что за спорт?". "Экстрим".
      12:55 "Вы это видели".
      13:55 LIVE Регби. Pari Кубок России. 1/4 финала. "Динамо" (Москва) - "Красный Яр" (Красноярск). Прямая трансляция.
      16:00 LIVE Баскетбол. Единая лига ВТБ. Финал. ЦСКА (Москва) - "Зенит" (Санкт-Петербург). 3-й матч. Прямая трансляция.
      18:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:00 LIVE Футбол. FONBET Кубок России. Суперфинал. "Ростов" (Ростов-на-Дону) - ЦСКА (Москва). Прямая трансляция.
      22:45 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Эрин Бланчфилд против Мэйси Барбер.
      00:15 Все на Матч! Прямой эфир.
      01:35 Д/ф "Великий "Юнайтед".
      03:35 "Магия большого спорта". "Футбол".
      04:05 Бокс. Кубок Победы. Этап 2 в Саранске, Россия.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 01.06.2025

      06:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 20. Веррес - Сестриере.
      08:00 Теннис. "Ролан Гаррос". День 7.
      09:30 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Филадельфии, США. День 1.
      11:30 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 2 в Сан-Франциско, США. Женщины, мужчины.
      13:30 LIVE Теннис. "Ролан Гаррос". День 8. Прямая трансляция.
      17:45 LIVE Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 21. Рим - Рим. Прямая трансляция.
      22:30 LIVE Теннис. "Ролан Гаррос". День 8. Прямая трансляция.
      02:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 21. Рим - Рим.
      02:55 LIVE Скалолазание. Кубок мира. Этап 6 в Денвере, США. Женщины, мужчины. Лазание на скорость. Финалы. Прямая трансляция.
      04:05 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 21. Рим - Рим.
      04:30 Теннис. "Ролан Гаррос". День 8.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yangi asr nogahoniy chempionlari

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Leverkuzenning «Bayer» klubi Bundesligada muddatidan avval chempionlikka erishib, «Bavariya»ning superseriyasiga nuqta qo‘ydi...

Va o‘z tarixidagi dastlabki tarixiy zafarini nishonladi. Shuningdek, XXI asrning to‘pori g‘oliblari safini kengaytirdi. Shu bahona o‘zining yorqin parvozi bilan futbol rivojiga munosib ulush qo‘shgan fidoyi jamoalarni eslab o‘tishni lozim topdik.

APL

«Lester» - 2015|2016 yillar mavsumi

2015 yil mayida APLni tark etish xavfi ostida turgan «tulkilar» yakuniy 8 uchrashuvdagi 19 ochko evaziga elitadagi o‘rinni saqlab qolishgandi. Keyingi mavsumda tushunib bo‘lmaydigan hodisa ro‘y berdi: Klaudio Ranyeri jamoasi startni 6ta mag‘lubiyatsiz o‘yin bilan boshladi, noyabrda Jeymi Vardi qatorasiga 11ta uchrashuvda gol urib, Rud van Nistelroy rekordini yangiladi. Yangi yilga qadar «Lester» bir necha marta peshqadam bo‘lib oldi, 16 yanvarda «Aston Villa» bilan durangdan keyin yana 1-o‘ringa ko‘tarilib, mavsum oxirigacha yetakchilikni saqlab qoldi.

Yakunda «tulkilar» 44 ochkojamg‘arib, mavsumni 12-o‘rinda yakunladilar. Hozir jamoa APLga qaytish uchun kurashmoqda, Chempionship peshqadami. Biroq mavsum davomida 14 ochkolik farqni boy berib qo‘ydi, «Ipsvich» bilan tengma-teng ketmoqda.

LA LIGA

«Valensiya» - 2001|2002, 2003|2004

1990-yillar oxiri va yangi asrning ilk yillarida «ko‘rshapalaklar» «Real» va «Barselona»ga munosib raqobat ko‘rsatib, 2 marta chempion bo‘lishgan, YECHLda finalga chiqib, UYEFA va Ispaniya Kuboklarini qo‘lga kiritishgan. Rafa Benites o‘zining debyut mavsumida «Valensiya»ga oxirgi 31 yildagi dastlabki chempionlikni taqdim etdi. 2003|2004 yillar mavsumida La Ligadagi muvaffaqiyat takrorlandi - jamoa mustahkam himoya evaziga (38ta o‘yinda 27ta gol) zafar quchgandi.

«A» SERIYASI

«Roma» - 2000|2001

Mazkur mavsumda «bo‘rilar» o‘rtamiyona jamoalarga qarshi bahslarda deyarli ochko yo‘qotishmadi, faqat «Inter», «Milan» va «Fiorentina»ga bir martadan imkoniyatni boy berishdi. Jamoa ayniqsa, uy uchrashuvlarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Rimliklar 1-davrani «Yuventus»ni 6 ochkoga ortda qoldirgan holda yakunladilar. O‘rtadagi farq 31-turgacha o‘zgarmadi. Keyin Kapello jamoasi «Milan» va «Napoli» bilan durang o‘ynadi va tafovut 2 ochkoga tushib qoldi. Yakuniy turda «Yuventus» «Atalanta»ni mahv etgach (2:1), peshqadamlik maqomini chempionlikka aylantirish uchun «Roma»ga «Parma»ga qarshi bahsda faqat g‘alaba kerak edi. Biroq o‘sha mavsumda raqib jamoa tarkibida Buffon, Tyuram, Miloshevich, Di Vayo va aka-uka Kannavarolardek afsonalar to‘p surishardi. Lekin shundoqqina shohsupa ostonasida turgan «bo‘rilar» ham so‘nggi kuch-mahoratlarini hal qiluvchi bahsga saqlab qo‘­yishgandi. Xullas, 1-bo‘limda «Roma» Totti va Montellaning aniq zarbalari evaziga 2 gol ustunligiga ega bo‘ldi. Tanaffusdan ke­yin esa Gabriel Batistuta 3-golni urdi, «Roma» esa 18 yillik tanaffusdan keyin chempionni qo‘lga kiritdi.

BUNDESLIGA

«Verder» - 2003|2004

Bremen klubi 1-davraning o‘zida 10ta uchrashuvni 3 va undan ko‘proq gollar bilan qo‘lga kiritdi, 16-turda peshqadam bo‘lib oldi va mavsum oxirigacha saqlab qoldi. Tomas Shaaf shogirdlari g‘oliblikni 32-turda, «Alyans-Arena»da «Bavariya»ni ishonchli tarz­da (3:1) mahv etish evaziga naqd qilishdi. Bu «musiqachilar» tarixidagi 4-chempionlik bo‘lib, 3tasi Shaafning bevosita ishtirokida qo‘lga kiritilgan. Tomas 1988 va 1993 yillarda futbolchi maqomida qatnashgan. 2004 yilda bremenlikliklar chempionlik sov­rini yoniga Germaniya Kubogini ham qo‘shib qo‘­yishgan.

«Shtutgart» - 2006|2007

Mavsum avvalida bu jamoaning chempion bo‘lishi hech kimning xayoliga kelmagandi: «Nyurnberg»dan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyat, «Arminiya» ustidan bazo‘r g‘alaba (3:2), «Borussiya»dan mag‘lubiyat (1:3) va 4-turga 15-o‘rinda borish - chempionlik haqida qanday gap bo‘lishi mumkin? Keyin «Shtutgart» jonlandi: 9 o‘yinli mag‘lubiyatsiz seriya, «Shalke» va «Bayer» ustidan yirik (3:0) g‘alabalar. Biroq shiddatli parvoz evaziga yetakchiga aylangan jamoa 13-turda «Bavariya»dan yengilib (1:2), pastlay boshladi. Jamoa bir necha turni 4-o‘rinda o‘tkazdi, «Shalke»esa peshqadam bo‘lib oldi. Yakuniy bosqichda o‘z uyida aynan «Shalke»dan yengilgan (0:1) jamoa yetakchidan 7 ochkoga ortda edi. Lekin keyin chinakam mo‘’jiza ro‘y berdi: 8ta o‘yinni o‘z foydasiga hal qilgan Armin Fe jamoasi 15 yil ichida ilk bor shohsupani zabt etdi.

«Volfsburg» - 2008|2009

Bunga qadar g‘oliblik nima ekanligini bilmagan, hatto 2-o‘ringa ham ko‘tarila olmagan klub tarixidagi chinakamiga tarixiy chempionlik. O‘shanda Feliks Magat nafaqat bosh murabbiy, balki sport direktori vazifasini ham ado etardi. «Bo‘rilar» esa mavsumning asosiy qismini o‘rtamiyonalar safida o‘tkazib, so‘nggi bosqichda jonlanishgandi. Chempionlik poygasining o‘ta ehtirosli lavhasi 26-turda, «Bavariya»ga qarshi bahsda (5:1) qayd etilgan, Grafite raqibning yarim tarkibini aldab o‘tib, to‘pni tovoni bilan darvozaga joylagandi. O‘shanda mavsumni 80ta gol bilan yakunlagan «Volfsburg»da top-hujumchilar - Edin Jeko (26), Grafite (28), Zvezdan Misimovich (7) uchligi shakllangandi.

LIGA 1

«Nant» - 2000|2001

Asrlar almashuvi davrida har yili Liga1da yangi chempion zafar quchgandi: «Oser», «Monako», «Lans», «Bordo». 2001 yilda nav­bat afsonaviy Reynald Denueks jamoasiga keldi. 1966-1979 yillarda «Nant» sharafini himoya qilgan futbolchi murabbiy maqomida chempionlikka erishdi. Uning jamoasi esa 58ta gol urib, Liga1dagi eng yaxshi natijani qayd etdi. Vinger Olivye Monterrubio (14), hujumchilar Viorel Moldovan (22) va Maram Vairua (15)larning sermahsul o‘yinlari g‘oliblikni ta’minladi. Nogahoniy chempionlikdan so‘ng murabbiy klubni tark etdi, «Nant» 10-o‘ringa tushib ketdi va 2006|2007 yillar mavsumida Liga2ga yo‘l oldi.

«Bordo» - 2008|2009

Bir yil avval murabbiylik sohasiga qadam qo‘ygan Loran Blan 2-mavsumida «Bordo»ni shohsupaga olib chiqdi. Uning rahbarligida jamoa qatorasiga 11 uchrashuvda zafar quchib, Liga 1 rekordini o‘rnatdi va oxirgi 10 yildagi chempionligini nishonladi. Qatorasiga 7 marta g‘olib chiqqan «Lion» esa Benzemadek hujumchi bilan 3-o‘rinni band etdi.

«Monpelye» - 2011|2012

2011 yilda «PSJ»ni shayxlar boshqaruviga o‘tgan bo‘lsada, o‘z tarixidagi ilk chempionlikni «Monpelye» ilib ketdi. Mavsum intrigasi esa so‘nggi turgacha kuchayib bordi. Hal qiluvchi tur arafasida «PSJ» 3 ochkoga ortda borayotgan, lekin «Loryan»ni yengsa, g‘oliblikka umid qila olardi. Yakunda raqobatchilar avval o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqqan bo‘lsada, o‘yinni o‘z foydasiga hal qildi. Ayniqsa, Olivye Jiru o‘zining 21 goli va 12 assisti goli bilan chempionlikka katta hissa qo‘shdi.

«Monako» - 2016|2017

7 yil avval «Monako» Liga 1da g‘olib chiqib, YECHLda yarim finalga yetib borgandi. O‘sha mavsumda Leonardu Jardim jamoasi 95 ochko jamg‘arib, 8-marta chempion bo‘lgan va «PSJ»ning gegemonligiga nuqta qo‘ygandi. O‘shanda knyazlik klubi iqtidorli yoshlarni jamlagan, Bernardu Silva universalligi, Kilian Mbappe esa Tyerri Anriga qiyoslanishi va ilk mavsumining 21ta o‘yinida 10ta gol va 7ta assistni rasmiylashtirish bilan dong taratishgandi. Bundan tashqari, top-klublarga yo‘l olgan o‘yinchilari evaziga «Monako» 2017 yilda 200 mln. yevro, bir yildan keyin 367 mln. yevro foyda olgandi.

«Lill» - 2010|2011, 2020|2021

2011 yil mayida «Lill» 1954 yildan beri ilk bor chempionlikni nishonladi. Vaholanki, jamoa mavsumni 4 durangli seriya bilan boshlagan, avgust oyida 11-pog‘onada edi. Oktyabrgacha Rudi Garsiya jamoasi liqillab qolib, «Marsel» va «Lion»dan yengildi. Lekin noyabrda jonlanib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. Dekabr oyining oxirida jamoa «PSJ»dan 4 ochkoga oldinga o‘tib, yetakchi bo‘lib oldi.

Shundan keyin «Lill» faqat olg‘a intildi: martda asosiy raqobatchi - «Marsel»ni tor-mor etdi, 21 may kuni Parijda «PSJ» bilan durangga (2:2) imzo chekdi va muddatidan avval g‘oliblikni rasmiylashtirdi. Bu klub tarixidagi uchinchi, so‘nggi 57 yildagi ilk g‘alaba edi.

10 yildan keyin Parijdan boshqa shahar jamoasining chempionligi sensasiya maqomini olgandi. Biroq Kristof Galtyening jamoasi liderlikka bosqichma-bosqich erishishni afzal ko‘rdi: chempionlikdan avvalgi 2 mavsumni 2 va 4-o‘rinlarda yakunladi. «Lill» zafarida o‘ta ishonchli himoya chizig‘i (38ta o‘yinda 23ta gol) muhim rol o‘ynadi.

 S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:54, 11.05.2024. O'qildi: 1425 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Қатар Almoyez Ali 5
2 Иордания Yazan an-Naymat 5
3 Эрон Muhammad Muhibiy 5
4 Кувайт Yusuf Nossir 5
5 БАА Fabio Lima 5
6 Эрон Mehdi Taremiy 4
7 Ироқ Ayman Hussayn 4
8 Эрон Sardor Azmun 4
9 Япония Koki Ogava 4
10 Ўзбекистон Abbos Fayzullayev 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.