Bugun 21 noyabr, 2024 yil, payshanba.

  • JCh saralash. KONMEBOL
      • 20.11.2024 01:00
      • Boliviya
      • 2:2
      • Paragvay
      • 20.11.2024 04:00
      • Kolumbiya
      • 0:1
      • Ekvador
      • 20.11.2024 05:00
      • Argentina
      • 1:0
      • Peru
      • 20.11.2024 05:00
      • Chili
      • 4:2
      • Venesuela
      • 20.11.2024 05:45
      • Braziliya
      • 1:1
      • Urugvay
  • Superliga
      • 21.11.2024 18:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • OKMK
      • 22.11.2024 16:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Nasaf
      • 22.11.2024 18:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • Navbahor
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 52
2 OKMK 24 41
3 So‘g‘diyona 24 40
4 Navbahor 24 39
5 Paxtakor 24 38
6 Neftchi 24 37
7 Surxon 24 33
8 Dinamo 24 29
9 Qizilqum 24 27
10 Andijon 24 26
11 Olimpik 24 25
12 Bunyodkor 24 24
13 Lokomotiv 24 21
14 Metallurg 24 17

O'tgan o'yinlar.

24-тур OKMK 2-2 Olimpik
24-тур Dinamo 1-2 Lokomotiv
24-тур Bunyodkor 1-1 Metallurg
24-тур Navbahor 5-2 Paxtakor
24-тур Nasaf 0-1 So‘g‘diyona
24-тур Surxon 0-0 Neftchi
24-тур Andijon 0-0 Qizilqum

Navbatdagi o'yinlar.

21/11/24 Paxtakor - OKMK
22/11/24 Neftchi - Nasaf
22/11/24 Qizilqum - Navbahor
23/11/24 Olimpik - Bunyodkor
23/11/24 Andijon - Dinamo
24/11/24 Metallurg - Surxon
24/11/24 So‘g‘diyona - Lokomotiv

So'rovnoma

  • O‘zbekistonning qayeridansiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2041 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 21.11.2024

      05:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого". Прямая трансляция.
      07:30 "Всё о главном". Фёдор Кудряшов.
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      18:25 Новости футбола.
      18:30 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      20:30 Новости футбола.
      20:35 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      21:35 Новости футбола.
      21:40 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      23:40 Новости футбола.
      23:45 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      01:45 Новости футбола.
      01:50 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      03:50 Новости футбола.
      03:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Интернасьонал". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 21.11.2024

      07:30 "Кто кого?".
      08:00 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове.
      10:00 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Финал.
      10:40 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Юниорки. Индивидуальная программа. Прямая трансляция.
      18:25 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Индивидуальная программа. Прямая трансляция.
      22:40 "Кто кого?".
      23:05 "Формула-1. Гаснут огни".
      23:30 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове.
      01:40 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      03:20 "Тайны звёзд спорта".
      03:45 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Матч за 3-е место.
      04:20 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Финал.
  • MATCH-TV
    • Sana: 21.11.2024

      05:00 "Лига героев".
      07:00 "Жизнь после спорта".
      07:30 Футбол. МЕЛБЕТ-Первая Лига. Обзор тура.
      08:00 "Вопреки всему".
      08:30 "Вид сверху".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 Специальный репортаж.
      12:25 "Непобедимый".
      13:30 Смешанные единоборства. UFC 267 в Абу-Даби, ОАЭ. Пётр Ян против Кори Сэндхагена.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 LIVE "Есть тема!". Прямой эфир.
      16:25 "Большой хоккей".
      16:55 "Вопреки всему".
      17:30 Новости.
      17:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:25 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Прямая трансляция.
      19:55 LIVE Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Прямая трансляция.
      21:25 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. СКА (Санкт-Петербург) - "Торпедо" (Нижний Новгород). Прямая трансляция.
      23:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:55 Бильярд. "Кубок Кремля" в Москве. Мужчины. Свободная пирамида.
      01:55 Евротур.
      02:45 Д/ф "Лионель Месси".
      03:55 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      04:55 Новости.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 21.11.2024

      05:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      07:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 5 в Оберстдорфе, Германия. HS 137.
      08:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 6 в Гармиш-Партенкирхене, Германия. HS 142.
      09:30 Триатлон. PTO T100 Triathlon World Tour. Финальный этап в Дубае, ОАЭ. Женщины.
      11:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      12:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка.
      13:15 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      14:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      15:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      16:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      17:00 LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Мужчины. Прямая трансляция.
      20:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      21:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      22:00 LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Женщины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      01:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      02:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      04:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      04:45 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«La Quinta del Buitre» (Ispaniya, «Real Madrid»)

Bu safargi maqolamiz biroz boshqacha, bir emas besh futbolchi haqida hikoya qilmoqchimiz. Ularning har biri alohida yulduz futbolchilar bo‘lishsa-da, birgalikda haqiqiy afsona darajasiga chiqishgandi. Bugungi hikoyamiz “La Quinta del Buitre” («Butre beshligi”) haqida.

1983 yilning 4 dekabri madridlik ishqibozlarning unutilmas kuni bo‘lib tarixda qolgan. Chunki aynan mana shu kun “Real” klubi o‘zining yangi davrini boshlagandi. Manolo Sanchis va Martin Vaskeslarning katta futboldagi ilk qadamlari mana shu kunga to‘g‘ri keldi, keyinchalik ularga Butregenyo, Pardesa va Michellar qo‘shildilar. Ajoyib avlod. Takrorlanmas beshlik. “Real”ning transferlarining asosiy shiorlaridan biriga aylangan “Zidanlar va Pavonlar” siyosatini (ya’ni, superyulduzlar bilan birgalikda klub tarbiyalanuvchilarining uyg‘unligi) eslaydigan bo‘lsak, bu beshlik shunday “Pavonlar” edilarki, “Zidanlar”dek o‘yin namoyish qilishardi.

Bu yosh futbolchilar “Real”da o‘ziga xos inqilob yaratdilar, ularning har biri o‘z o‘yinidan zavqlana oladiganlar toifasidan edi. Bu futbolchilar birgalikda “Real”ning 80-yillardagi unutilmas davrini boshdan kechirdilar. Har biri deyarli bir vaqtda “Real” sport maktabiga kelib, birga voyaga yetdilar va butun dunyoni lol qoldirdilar. Emilio Butregenyo ularning ichida eng nomdorrog‘i edi va aynan unga qiyosan bu beshlik Ispaniyada “La Quinta del Buitre”, ya’ni “Butre beshligi” deb nomlandi va Ispaniya futbolining 80-yillari “La Quinta del Buitre” davri sifatida tarixdan joy oldi.

Migel Pardesa
Beshlikning eng tezkor futbolchisi. 14 yoshidayoq “Real”ning ikkinchi jamoasining yetakchi o‘yinchilaridan biriga aylandi.

— 15 yoshimda jismoniy tomondan to‘liq shakllanib bo‘lgandim, — xotirlaydi Migel, — meni to‘xtatishning umuman iloji yo‘q edi. Esimda, “Barselona” bilan o‘ynagandik va 8:1 hisobida g‘alaba qozondik. Men o‘shanda ikkita to‘p kiritgandim.

Emilio Butregenyo
Bu futbolchini payqamaslik qiyin edi. Uning qo‘llari uzun, oyoqlari kalta edi. Uzun sochli bu yigit umuman tinch turmas, raqib himoyasidagi sarosimani juda tez ilg‘ar va ko‘pincha to‘pni egallab olardi.

Rafayel Martin Vaskes.
Argentinada o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi o‘ziga xos jahon chempionatida kashfiyot bo‘lgan bu hujumchi “Real” skautlari nazariga tushdi. Har ikki oyog‘ida birdek harakat qila olardi, kuchli zarbaga ega edi.

Manolo Sanchis
Syudad Deportivada qish oqshomlaridan biri. Tribunadagi oz sonli tomoshabinlardan biri, taniqli mutaxassis Pako Xento uchrashuvni kuzatib o‘tiradi va yonidagiga shivirlaydi:
— 5-raqamli futbolchini ko‘ryapsanmi, u 60-yillarda “Real”da o‘ynagan Sanchisning o‘g‘li va u otasidan ancha yaxshi o‘ynarkan.
Bu Manolo Sanchis edi va haqiqatdan ham otasidan yaxshi o‘ynardi.

Migel Gonsales “Michel”
Dastlab Madridning muhitiga moslashishi qiyin kechdi, aslida u Vaskes bilan birgalikda Ispaniya o‘smirlar terma jamoasining yulduzi edi. Yigirma yoshigacha ikkinchi jamoada o‘ynab yurdi, hatto “Malaga”ga o‘tib ketishiga sal qolgandi. Ammo jamoa murabbiyi Amansio uni birinchi tarkibga o‘tkazgandayoq porladi va shundagina La Quinta mukammal bo‘ldi.

Xullas qahramonlarimiz tayyor, ssenariy allaqachon yozilgan, ketdik...

1983 yil. “Real” jamoasining bosh murabbiy Alfredo Di Stefano edi, ammo 80-yillaring boshlari madridliklar uchun omadsiz keldi. Aniqrog‘i, ular oltin medallardan quruq qolishdi va kumush va bronzaga o‘ralashib qolishgandi. Yevropa maydonlaridagi ahvol ham u qadar xavas qilgudek emasdi. Asosiysi jamoada barqororlik yetishmasdi. Masalan, 1983/84 mavsumning boshida Malagada 2:6 hisobida mag‘lubiyatga uchrab qaytishar va ikki tur o‘tib Madridda “Kadis” xuddi shu hisobda mag‘lubiyatga uchratilardi. Bernabeuda Madrid derbisida 5:0 hisobida g‘alaba va keyingi turda Sevilyada mag‘lubiyat 1:4. 1983 yilda Kubok egalari kubogi finalida o‘ynashgan bo‘lishsa-da, Fergyusonning “Aberdin”iga 1:3 hisobida boy berishdi, yagona gol ham penaltidan kiritilgandi. Metgoda va Bonetadan tashkil topgan “Real” himoya markazi tez-tez xato qilardi.

Ammo aynan shu yillari “Kastilya” (“Real”ning ikkinchi jamoasi) da ishlar besh edi. Deyarli tarixdagi eng zo‘r davr desak ham adashmaymiz. Hatto Ispaniya kubogida finalida o‘ynagan jamoa Yevrokuboklarda qatnashish huquqini ham qo‘lga kiritishgandi. Bernabeuda “Vest Xem” (Angliya)ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishib, safarda boy berishgandi 1:5. Shunisi qiziqki, o‘sha aytib o‘tilgan Ispaniya kubogi finalida “Kastilya” “Real” bilan o‘ynagandi.

Murabbiy Amansio boshqaruvidagi “Kastilya”ning yosh futbolchilari, ayniqsa “Elche” bilan uchrashuvda pokerga erishgan Emilio Butregenyo di Stefanoning nazariga tushdi. Uning “Real”dagi debyuti 1984 yilning 5 fevralida Kedisda ro‘y berdi.

O‘yinning 23-minutidayoq “Real”ning gollandiyalik legioneri Metgoda jarohat oladi. Uning o‘rniga La Quinta del Buitre ning boshqa a’zosi Rafayel Martin Vaskes maydonga tushadi. Birinchi taymdan so‘ng maydon egalari 2:0 hisobida oldinda edilar. Vaziyat qaltis. Di Stefano Emilioga qaraydi va “qani bolakay, tayyorlan” deb buyruq beradi. Uning oyoqlari qaltiray boshlaydi. “Real” libosida ilk bor. Yana 14-raqamda. Nega? Hozirgilar balki payqamas, ammo o‘sha paytlar uchun 14-raqamning toshi ancha og‘ir edi. Yoxan Kriuff o‘ynagandi bu raqamda. O‘sha Kriuff, Emilio bolaligida JCH-74da uni kuzatgan, o‘yinidan zavq olgan buyuk Yoxan. 

Yosh yigitcha uchun bu haqiqiy sinov edi. Jamoa mag‘lubiyatga uchramoqda, u esa Xuanito, Santilyana, Galyego kabi tirik afsonalar bilan yonma-yon. Haqiqiy buyuk futbolchilar. Emilio to‘p kiritadi, so‘ng Galyego hisobni tenglashtiradi, so‘nggi daqiqalarda esa Emilioning o‘zi g‘alaba to‘pini kiritadi. Qirollik klubining yangi yulduzi mana shu tarzda ilk bor charaqlagandi.

— Bu o‘yin nafaqat mening, balki butun oilamning hayotini tubdan o‘zgartirdi, — eslaydi Emilio, — agar, mendan debyut matchim qanday bo‘lishini orzu qilganimni so‘rashganda ham, bunchalik fantaziya qila olmasdim. Nari borsa, g‘alaba qozonishimizni va to‘p kiritishimni istagan bo‘lardim. Ammo bunisi haqiqiy Disney ertaklari kabi bo‘ldi.

Butun beshlikning asosiy tarkibga maydonga tushishi esa 1984 yilning yoziga to‘g‘ri keldi. U paytga kelib jamoa bosh murabbiyi etib Amansio tayinlanadi va uning birinchi ishi beshlikning so‘nggi vakili Michelni birinchi jamoaga jalb qilish bo‘ladi.

La Quinta del Buitre” bir-birini to‘ldirib turar edi. Sanchis himoya markazida, Michel esa hujumchilar ortida to‘p surardi. Martin Vaskes 10-raqamda to‘p surardi va tabiiyki, o‘yin uslubi ham o‘sha 10-larni eslatib yuborardi. Emilio esa sof hujumchi, ya’ni maydonda hech narsadan qo‘rqmaydigan va har narsaga yuguradigan hujumchi edi. U doimo harakatda edi, xato qilishdan qo‘rqmasdi va faqat to‘pning oldida bo‘lishni yoqtirardi. Tezkor Pardesaga esa maydonda joy topish qiyinroq edi. Albatta, u ham asosiy tarkibga mos edi, ammo Emilio haqiqiy afsonaga aylanib borayotgandi.

Futbol ehtiros darajasiga ko‘tarilgan Ispaniyada futbol uslubini o‘zgartira oladigan g‘oya yo‘q edi va bu beshlik aynan shu vazifani o‘tab berdilar. Ularning har biri o‘z muxlislari kabi oddiy yigitchalar edilar, ammo qandaydir aniq maqsad va yo‘l tanlangandek edi go‘yo. Butregenyo bu beshlikning peshqadami edi va butun ispan mutaxassislari bu beshlikdan ko‘p narsa kutishar, barcha rejalar ular asosida qurilardi. Endigi vazifa mana shu orzularni haqiqatga aylantirish edi.

Xorxe Valdano:
— G‘oya emas, faktlargagina ishonadiganlarga o‘z qarashlarimni aytib qo‘ymoqchiman: Butregenyo bilan g‘alab qozoninsh oson edi. Uni Ugo Sanches (“Real”ning 80-yillar oxiri va 90-yillar boshidagi yana bir yulduzi) bilan taqqoslash kerak emas, ular bir-birlarini to‘ldirar edilar. Emilio gul tugardi, Sanches meva ochardi. Emilio she’rlar yozardi, Ugo mualliflik huquqlariga egalik qila olardi. Ugo bizning tafakkurimizga kirardi, Emilio esa tuyg‘umizni boshqarardi. Emilioning ko‘proq sevilishining sababi ham shunda, doimo fikrlardan ko‘ra tuyg‘ular ustunlik qiladi.

Emilio Butregenyoning maydonda turishining o‘zi ham muxlislarga, raqibga bosim o‘tkaza olardi, uning fantaziyasi esa futbolga go‘zallik bag‘ishlardi. Uning ofsayd chizig‘ini his qilishi ham benazir edi. Doimo himoyachilar bilan muvozanatda turar va istalgan paytda qochib keta olardi.

Butre beshligi” shunday o‘ynay boshladiki, go‘yoki ular bajara olmaydigan ish yo‘qdek tuyulardi. Yevropa kuboklaridagi safar uchrashuvlarida bemalol yutqazib kelinar, hatto ba’zi paytlarda yirik hisoblar qayd etilganda ham xotirjamlik saqlab qolinardi. “Bernabeu”dagi javob uchrashuvi esa haqiqiy shou bo‘lib ketardi. Har qanday mag‘lubiyat javob o‘yinigacha hammani xavotirda ushlab turar, futbolchilar maydonga saflanishgach esa hammasi unutilar, barcha e’tibor yana o‘sha “Real” bolalariga qaratilar edi.

Kamacho, Valdano, Santilyane, Xuanito va Galyego kabi veteranlar va “Butre beshligi”dan tashkil topgan jamoa UYEFA kubogida zafar quchdi. Futbolga anchayin chanqoq bo‘lgan yoshlar har qanday qiyin vazifalarni birin-ketin bajarish maqsadida yo‘lga chiqqan ertak qahramonlarini eslatishardi. Ikkinchi yili ham UYEFA kubogida zafar quchildi.

“Hammasini bajara olamiz, Yevropani zabt etamiz” deb bong urardi “Real” tomonidagilar. Yana Valdanoni eshitaylik:

— Biz milliy chempionatda “Barselona”dan qolib ketgandik va UYEFA kubogini qo‘lga kiritishimiz shart edi. Javob uchrashuvidan bir xafta oldin bizning yo‘lboshchimiz, jamoa sardori Xose Kamacho ertalabki mashg‘ulotga kelardi-da, “yigitlar biz beshta uramiz” derdi. Keyinroq raqibning biror bayonotini o‘qib chiqib, “ko‘rdilaringmi, ular qaltirashni boshladi” deb izoh berardi. Oxirida esa o‘zining psixoliyadan bo‘lgan darslarini yakunlardi: “Agar kim chorshanba kuni qo‘rquv ostida uyg‘onsa, qaytib uxlayversin”. Biz jim turaverardik, shunisi yaxshi edi, aks holda qattiqroq baqirishni boshlardi.

Hammasi ishonch qasami bilan, o‘zini fido qilish va’dasi bilan va kerakli taktika bilan o‘yinga tayyor bo‘linardi. “Ularni jarima maydonlarida ko‘mamiz” – biroz qaysar, ammo to‘g‘ri shior. O‘sha “Real” uchun faqat bitta xavotir bo‘lardi — vaqt yetarmikin. Javob uchrashuvida “Real” 6:1 hisobida g‘alaba qozondi va buning uchun ularga 45 daqiqa kifoya qildi. Shundan keyin Xuanitoning quyidagi hazili futbolchilar uchun oddiy haqiqatga aylangandi:
“Bernabeuda 90 minut – bu juda ko‘p”

Manolo Sanchis xotirlaydi:
— Bizning sirimiz shunda ediki, o‘zimiz uchun turli shior va vazifalar qo‘yib olardik. Masalan, ilk besh daqiqada darvozaga kamida uchta zarba berish kabi. Muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashlari shu darajada bo‘lardiki, biz osmonlarga chiqib ketardik, raqib uchun esa jahannamga aylanardi. Ikki yil ichida biror bir jamoa “Bernabeu”dagi ruhiy bosimga dosh berolmagandi. Ayniqsa pley-offlarga ajoyib tarzda yondoshardik. Safarda qanchalik yirik hisobda yutqazsak, javob uchrashuvida shunchalik revansh tuyg‘usi ortib ketaverardi. Ayniqsa, Myonxengladbaxning “Borrusiya”si bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar hamon yodimda. Safarda 1:5 hisobida yutqazgach, “Bernabeu”ga go‘yoki so‘nggi o‘yinga tushayotgandek tushdik. Shunda Argentina terma jamoasi vrachi Menottining gaplari yodimga tushgandi: “Inson o‘zini charchagan xis qilayotgani uning charchaganligini anglatmaydi”. Bizda ham favqulodda vaziyatlarda namoyon bo‘la oladigan juda katta kuch mavjuddek tuyulardi. O‘sha uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Santilyana to‘rtinchi golni kiritgan va biz 4:0 hisobida g‘alaba qozongandik.  

1985-90 yillarda Shuster, Gordilyo, Maseda, Ugo Sancheslar bilan birga to‘p surgan “Butre beshligi” ketma-ket besh bor Ispaniya chempioniga aylandi. Ayniqsa, 1989/90 futbol mavsumida jamoa 38 uchrashuvda 107 gol kiritib, o‘ziga xos rekord o‘rnatdi. Ammo Chempionlar kubogida omad yurishmadi. Dastlab yarim finalda “Bavariya”ga imkoniyat boy berildi (1:4, 1:0), yil o‘tib yana “Bavariya” qarshisiga chiqishdi va bu safar revansh olindi (2:3, 2:0). Lekin yana yarim finalda to‘xtashdi (PSV 1:1, 0:0).

“Real”ni tanqid qila boshlashdi. Ularni mag‘lubiyatni qabul qila olmaslikda ayblashdi. Bu to‘g‘ri edi, chunki, ichki chempionatdagi ketma-ket g‘alabalar ularning mag‘lubiyatni to‘g‘ri qabul qila olishga yo‘l qo‘ymas edi. “Butre beshligi”ni osmonlarga ko‘targan matbuot endi sekin-asta yerga tushira boshladi.

Butre beshligi” deyilsa-da, ko‘p hollarda bu futbolchilar birgalikda maydonda harakat qilishlari imkonsiz edi. Ayniqsa Emilio Butregenyo bilan bir xil ampluada harakat qiluvchi Migel Pardesa ko‘pincha zaxirada qolib ketardi.
— Men afsonaga qarshi tura olmayman, — deb bu holatni izohlagan Pardesa “Saragosa” bilan shartnoma imzoladi.

Pardesa uchun “Real”ning obro‘li zaxira o‘rindig‘idan ko‘ra, o‘rtamiyona klubning yetakchisi bo‘lish yaxshiroq edi. O‘zining “Real”dagi to‘rt yillik faoliyati davomida atigi 28 uchrashuvda maydonga tushgan Pardesa “Saragosa”da yulduzli onlarini o‘tkazdi. Deyarli o‘n mavsum “Saragosa” libosida maydonga tushgan hujumchi 71 ta gol kiritdi, bir nechta sovrinlarga ega bo‘ldi va keyinchalik klubning sport direktori lavozimini egalladi.

Aynan Pardesaning “Real”dagi omadsiz faoliyati natijasida, “Butre beshligi” atigi bir uchrashuvdagina butun o‘yin davomida birga harakat qilgan.

Evropa Chempionlar kubogidagi omadsizlik davom etardi. Ayniqsa, Yevropa maydonlarida o‘zining buyuk “trio”si va Barezi, Donadonilari bilan “Milan” bo‘y ko‘rsata boshlagach, bu sovrin “Real” uchun yanada uzoqlashib ketdi. “Bernabeu”dagi o‘yinda har holda qoniqarli natijaga erishildi 1:1, ammo “San Siro”da “Real” o‘z uslubida tor-mor etildi 0:5.

90-yillarni “Real” Jon Toshakning qo‘l ostida boshladi. Jamoaning Yevropa maydonlaridagi omadsizliklari Ispaniyada asosiy bahs mavzusi bo‘lib qoldi. Jamoani tanqid qiladiganlar ham, himoyachilari ham ko‘p edi, ammo eng achinarlisi qo‘lga kiritilgan ketma-ket besh chempionlik tezda unutilgandi. Klubning Yevropa maydonlaridagi omadsizliklari uning jamoa tarixida 60-yillardagi kabi oltin harflar bilan muhrlanishiga to‘sqinlik qilardi. “Butre beshligi” futbolchilariga tanqidlar yomg‘iri to‘xtay demasdi.

U paytga kelib ular uch kishi qolgandilar. Martin Vaskes klub prezidenti Mendosa bilan kelishmay qoldi va u Italiyaga, yetakchiga ehtiyoj sezayotgan “Torino”ga yo‘l oldi. Italiyaliklar adashishgandi. U yaxshi o‘g‘il bo‘la olardi, ammo undan yaxshi ota chiqmasdi. Vaskesning o‘rnini esa Georgi Xadji ealladi.

Italiyada o‘tgan jahon chempionatida beshovlon ham terma jamoa tarkibidan joy olishdi. Ammo bu turnir ispan futboli uchun omadsiz yakunlandi. Yugoslaviya terma jamoasi bilan 1/8 final uchrashuvida qo‘shimcha vaqtda mag‘lubiyatga uchragan Ispaniya terma jamoasi o‘z an’analariga sodiq qolib mundialni erta tark etdi.

“Real”ning navbatdagi mavsumi ham shu kayfiyatda o‘tdi. Ispaniya chempionatida va Yevrokuboklardagi omadsizlik. Bu safar “Real”ni to‘xtatadigan “Milan” ham shart emasdi, “Spartak” (Moskva) ning o‘zi ham yetarli bo‘ldi. O‘sha paytda “Real”ning boshqaruvini yana Di Stefano qo‘liga olgandi. Moskvadagi uchrashuv martda o‘tkazilganligi sababli maydonning ahvoli yaxshi emasdi. Buni yaxshi tushungan ispanlar ko‘proq himoyaga e’tibor berishdi va “Spartak”ka deyarli imkoniyat berishmadi. Uchrashuvda hisob ochilmadi va javob uchrashuvining favoriti deb albatta “Real” tilga olina boshlandi. Uchrashuvning ilk daqiqalaridayoq Butregenyoning zarbasi golga aylangani ham raqibni to‘xtata olmadi. Radchenkoning ikki va Shmarovning bir goli “Spartak”ning 3:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi. O‘sha uchrashuvda muxlislar moskvaliklarning chiroyli o‘yinidan hayratda qolishdi va uchrashuv oxirida ularni olqishlay boshlashdi. Ikki kun o‘tib Di Stefano iste’foga chiqdi:
— Sizlarga qo‘limni uzatishni istagandim, ammo oyog‘imni cho‘zdim, — dedi u shogirdlariga klubni tark etayotib.

Keyin Antich keldi, Mendosa ikki marta shu postni egalladi, xullas bu o‘zgarishlar va ketma-ket ikki omadsiz mavsum “Butre beshligi”ning tanazzuliga sabab bo‘ldi. 1993 yilga kelib Ispaniya terma jamoasi murabiiyi Xavyer Klemente qo‘pol ravishda bayonot berdi:
“Butre beshligi” o‘ldi!

1995 yilga kelibgina bu beshlik (aslida uchlik qolgandi) haqiqatdan ham tugadi. Michel va Sanchislar klubda o‘ynashni davom ettirishgan bo‘lishsa-da, beshlikning haqiqiy yuzi Emilio Butregenyo turli tanqidlardan zerikdi va “Barselona”ning taklifiga ham e’tibor bermasdan Meksikaga yo‘l oldi.

Qahramonlarimiz ichida faqat Manolo Sanchisgina uzoq kutilgan Yevropa Chempionlar Ligasining g‘olibi bo‘ldi. Hatto ikki marta. 1998 va 2000 yillarda zafar quchgan “Real” qit’alararo kubokning ham sohibiga aylandi.

Xorxe Valdano:
Manolo Sanchisning otasi ham mashhur futbolchi bo‘lgan. Aytishlaricha, Manoloni Stefano, Pushkash, Xento, Amansio kabi futbol afsonalari erkalab katta qilishgan. Ammo unda manmanlikdan asar ham yo‘q, o‘z davrining futbolchilari orasidagi ustunliklari bilan maqtanmaydi, aksincha o‘zining maydondagi sezilmas, ammo almashtirib bo‘lmas o‘rnidan ham zavq olishni biladi.

80-yillardagi “Real” qanchalik ulkan muvaffaqiyatlarga erishmasin, qanchalik muxlislar ko‘nglini quvonchga to‘ldirmasin, bu davr tarix varaqlarida 50-60 yillardagi “Real”ning soyasida qolib ketdi. Buning sababi yuqorida aytib o‘tganimizdek, asosiy Yevropa turniridagi muvaffaqiyatsizliklar edi.

“Real”ning besh buyuk tarbiyalanuvchilarining tarixi shu yerda poyoniga yetadi. Deyarli hamshahar bo‘lgan besh yigitning bir davrda, birgalikda muvaffaqiyatning cho‘qqisiga qadar chiqishlari albatta qiziq holat. Ular yaqin do‘st edilar va birga ulg‘aydilar, birga mashg‘ulotlarda qatnashdilar, birga g‘alaba qozondilar. Ular futbol kasbini futbol zavqiga aylantira olgandilar.

Bemalol aytish mumkinki, aynan mana shu yigitlar ispan futboliga o‘sha 60-yillardagi va hozirga kelib ispan futbolini yuziga aylangan yuqori tajovuzkorlikni olib kirdilar. Axir aynan o‘shalar futbolning oddiy sport o‘yini darajasidan ijtimoiy sohaga aylanib borayotgan davrlarda Ispaniyada asosiy rolda bo‘lishdi. Ularning barchasi afsonaga aylanishdi.

Qahramon Aslanov

O'qildi: 15778 marta.

Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Paxtakor Dragan Cheran 13
2 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 10
3 So‘g‘diyona Lupche Doriev 10
4 Nasaf Zoran Marushich 9
5 Навбаҳор Toma Tabatadze 8
6 Qizilqum Elguja Lobjanidze 8
7 Динамо Kojo Joel 7
8 Нефтчи Nsungusi Effiong 7
9 So‘g‘diyona Vladimir Jovovic 7
10 Динамо Xislat Halilov 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.