Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 24 55
2 Paxtakor 23 52
3 Navbahor 23 45
4 OKMK 24 39
5 Lokomotiv 23 38
6 Buxoro 23 37
7 Nasaf 23 37
8 Qizilqum 24 33
9 Andijon 24 30
10 Dinamo 23 30
11 So‘g‘diyona 24 29
12 Surxon 24 28
13 Qo‘qon-1912 24 23
14 Bunyodkor 24 23
15 Xorazm 24 23
16 Mash’al 24 4

O'tgan o'yinlar.

24-тур Andijon 0-1 Qizilqum
24-тур Mash’al 0-1 OKMK
24-тур Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
24-тур Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
24-тур Surxon 0-0 Xorazm

Navbatdagi o'yinlar.

17/10/26 Lokomotiv - Nasaf
17/10/26 Dinamo - Buxoro
17/10/26 Navbahor - Paxtakor

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2542 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2795 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 17.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 17.10.2026

      06:00 Снукер. Финал.
      08:00 Велоспорт. Третий этап. Женщины.
      09:00 Велоспорт. Третий этап. Мужчины.
      10:00 Снукер. Финал.
      11:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Трассы Америк. Гонка.
      14:00 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      15:35 LIVE Велоспорт. Четвертый этап. Женщины. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Велоспорт. Четвертый этап. Мужчины. Прямая трансляция.
      19:15 Трековый велоспорт. Чемпионат мира. Шанхай. День 4.
      21:00 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      23:00 Снукер. Финал.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Трассы Америк. Гонка.
      03:00 Снукер. British Open. Финал.
      04:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Фудзи. Гонка.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Alfredo di Stefano

“Real” afsonasi Alfredo di Stefano! Quyida uning futbolchilik faoliyati haqida bilib olishingiz mumkin.

Alfredo 1926 yilning 4 iyul sanasida Buenos Ayresda tavallud topgan. U “River Pleyt” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Moziy yulduzlari: Alfredo di Stefano

“River Pleyt”
Alfredo 1944-1949 yillar davomida Argentina bayroqdori “River Pleyt” klubi sharafini himoya qildi. 5 mavsum davomida di Stefano 74 ta uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasini 55 marta aniq nishonga oldi. Bu davr ichida u 2 martadan Argentina chempioni va kubogini qo‘lga kiritdi. 1947 yilda esa 27 gol bilan Argentina chempionatining eng sermahsul futbolchisiga atalgan sovringa ega chiqdi.

“Urakan”
Di Stefano 1846 yilgi mavsumni ijara asosida Argentinaning “Urakan” jamoasi safida o‘tkazgan edi. 19 yoshli hujumchi ushbu klub tarkibida 25 ta o‘yinda 11 ta gol kiritdi. Bunday sermahsullikdan so‘ng u yana jonajon jamoasi tarkibiga qaytdi va bir yildan keyin chempionat to‘purariga aylandi.

“Milonarios”
23 yoshli iqtidorli hujumchi Argentinadani tark etib Kolumbiyaga yo‘l oldi va bu yerda mahalliy “Milyonarios” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Di Stefano kolumb klubiga tezda moslashib ketdi. 4 mavsum ichida “Milyonarios” 3 marta Kolumbiya chempioni bo‘ldi, bir bora Kolumbiya kubogida muvaffaqiyat qozondi. Argentinalik hujumchi esa 1951 yili 32 ta gol bilan, 1952 yilda esa 19 ta gol bilan chempionat to‘purariga aylandi. 4 yil ichida u roppa rosa 100 ta gol urdi va buning uchun atigi 112 ta uchrashuvda maydonga tushishiga to‘g‘ri keldi. Bunday fantastik natijalardan so‘ng Di Stefanoning Amerika qit’asida qolmasligi aniq edi.

Moziy yulduzlari: Alfredo di Stefano

“Real”
Di Srefanoning Ispaniyaga kelishi ancha mojorolarga sabab bo‘ldi. U “Real” va “Barselona” o‘rtasidagi ziddiyatni yanada avj olishiga sababchi bo‘lgan edi. Ikkala klub bilan shartnoma tuzishga kelishib qo‘ygan hujumchi ikki o‘t orasida qolib ketdi. Taqdir uni Kataloniyaga emas, Madridga yo‘l olishini ko‘rstadi.

Alfredo “Qirollik klubi”da aql bovar qilmas ishlarni amalga oshirdi. Dastavval uning klub bilan qo‘lga kiritgan yutuqlariga to‘xtalib o‘tsak. 1953-1964 yillar davomida di Stefano “Blankos” bilan 8 bora Ispaniya chempioni, bir marta Ispaniya kubogi, 5 bora Chempionlar kubogi, ikki marta Lotin kubogi va bir martadan Qit’alararo kubogi va kichik jahon chempionatlarida zafar quchdi.

1954 yilda 27 gol, 1956 yili 24 gol, 1957 yili 31 gol, 1958 yili 19 gol va 1959 yili 23 ta gol bilan Ispaniya La Ligasida to‘purarlikni qo‘lga kiritdi. 1958 yili 10 gol va 1962 yili 7 gol bilan Chempionlar kubogining bosh to‘purariga aylandi. Chempionlar kubogining qatorasiga beshta finalida ham gol kiritib, takrorlanmas rekord o‘rnatdi. 1957 va 1959 yillarda “Oltin to‘p” sohibiga aylandi.

Moziy yulduzlari: Alfredo di Stefano

Bu hali hammasi emas edi. Di Stefano Madriddagi faoliyati davomida 396 ta uchrashuvda maydonga tushib 307 ta gol kiritdi va o‘sha paytda klub tarixidagi eng sermahsul futbolchi sifatida rekordchiga aylandi. Keyinchalik uning bu rekordini “Real”ning yana bir afsonasi Raul yangilagan. Darvoqea, u Chempionlar kubogida 58 o‘yinda 49 ta gol kiritib ushbu nufuzli turnir tarixidagi eng sermahsul futbolchi bo‘lib turgan. Umuman olganda Alfredoning “qirollik klubi” safida o‘tkazgan norasmiy o‘yinlardagi gollarini ham qo‘shib hisoblasak 412 tani tashkil qiladi! Argentinalik hujumchi Madridni 38 yoshida tark etdi!

Moziy yulduzlari: Alfredo di Stefano

“Espanyol”
Di Stefano “Real”dagi “oltin davrlari” orqada qolganidan so‘ng Kataloniyaning “Espanyol” jamoasi safiga borib qo‘shiladi. 1964-1966 yillarda Alfredo Katalon klubi tarkibida birorta ham yutuqni qo‘lga kirita olmadi. Jamoa tarkibida 60 ta uchrashuv o‘tkazib 14 ta to‘p kiritdi. Albatta sermahsullik yuqori emas edi. Biroq u 40 yoshida ham 10 dan ortiq gol urganligi har qancha tahsinga sazovordir.

Moziy yulduzlari: Alfredo di Stefano

“Argentina” terma jamoasi
Di Stefano 1947 yilda Argentina terma jamoasi bilan janubiy Amerika chempionatida ishtirok etdi. 22 yoshli hujumchi ushbu musobaqada o‘zining sermahsulligini namoyish qila oldi. 6 uchrashuv va 6 ta gol! Argentina esa qit’a chempioni! Biroq Alfredoning Argentina termasidagi faoliyati atigi bir yil davom etdi xolos. U boshqa ushbu yurt termasi uchun maydonga tushmadi.

Moziy yulduzlari: Alfredo di Stefano

Ispaniya termasi
Di Stefano 10 yil davomida hech qaysi yurt termasi sharafini himoya qilmadi. Nihoyat u 1957 yilda Ispaniya terma jamoasiga jalb etildi. Hujumchi ispanlar tarkibida 31 o‘yinda 23 ta gol urdi va o‘sha paytda Ispaniya termasi tarixidagi eng sermahsul futbolchiga aylandi. Afsuski unga Ispaniya bilan birorta musobaqada zafar quchish baxti nasib etmadi. Di Stefano boshqa mashhur yulduzlar singari jahon chempioni bo‘lishni armon qila olmadi. Uning eng katta armoni mundialga bora olmagani bo‘lgan edi.

Qiziqarli faktlar
1. Di Stefano faoliyati davomida 704 ta uchrashuvda maydonga tushib raqiblar posbonlarini 516 bora ranjitishga muvaffaq bo‘lgan.

2. Agar uning norasmiy o‘yinlardagi natijalarini ham qo‘shib hisoblasak bu ko‘rsatkich 927 uchrashuvda 703 golni tashkil etadi.

3. Di Stefano 18 mavsum davomida chempionatlarda 10 tadan ortiq gol urgan.

4. 1956/57 yilgi mavsum Alfredo uchun eng omadlisi bo‘ldi. O‘sha mavsumda u 58 ta gol kiritgan.

5. Di Stefano 1951 yilda Kolumbiya terma jamoasi tarkibida 4 ta norasmiy o‘yinda ham ishtirok etgan.

Moziy yulduzlari: Alfredo di Stefano

Di Stefano butsalarini “qoziqqa ilgach” o‘zini murabbiylikda ham sinab ko‘rdi. Bu endi alohida mavzu. “Real Madrid” afsonasi 2014 yilning 7 iyul kuni 88 yoshida bu yorug‘ dunyoni tark etdi. Biroq uning qayd etgan natijalari jahon futboli tarixida butun umrga o‘chmas iz qoldirdi!

Furqat Yusupov tayyorladi
Manba: www.Furkat.uz

O'qildi: 14773 marta.

Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 15
2 Нефтчи Stipe Perisa 13
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 12
4 Бухоро Sherzod Esanov 10
5 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
6 Нефтчи Zoran Marushich 9
7 Пахтакор Chinedu Stefan 9
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
9 Пахтакор Doston Hamdamov 9
10 Навбаҳор Husayn Norchayev 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик