Bugun 8 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 08.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Sassuolo
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • -:-
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Yuventus
  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • -:-
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • -:-
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Betis
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Brentford
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Igor Netto (Ittifoq)

Bugun sizlarga hikoya qilmoqchi bo‘lganim Igor Netto haqida ko‘pchilik bilmasligi mumkin, lekin umid qilamanki ushbu yozganlarimiz sizlarga u haqida, uning futboldan iborat bo‘lgan hayoti haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘lishingiz imkonini beradi.

1950-60 yillardagi “Spartak” (Moskva) klubi sardori, Sobiq Ittifoq terma jamoasining yetakchi o‘yinchisi haqida juda ko‘p yozish mumkin.

-U juda sho‘x bola edi,-deb xotirlaydi uning akasi Lev,-doimo to‘p o‘ynagani o‘ynagan, oyim esa uning oyoq kiyimini yangilashdan charchamasdi.

O‘n sakkiz yoshida “Spartak” kiyimini kiygan futbolchi, 18 mavsum shu jamoada faoliyat yuritdi. Sardor sifatida jamoasi bilan besh marta mamlakat chempioni, uch marta kubok sohibi bo‘ldi. Terma jamoa safida Yevropaning dastlabki chempioni sifatida tarixda qoldi. U o‘sha paytlayoq, hayotligidayoq afsonaga aylanib ulgurgan va bunga bir nechta sabablar bor edi.

Futbol tarixida u faqat buyuk futbolchi emas, buyuk sardor sifatida o‘chmas iz qoldirdi. Chilida o‘tgan 1962 yilgi jahon chempionatidagi uning jasoratini ungacha ham, undan keyin ham hech kim takrorlay olmadi.

Guruh uchrashuvi edi. Sobiq Ittifoq terma jamoasi Urugvay bilan o‘ynar va hisob 1:1 edi. Hujumchi Igor Chislenko raqib darvozasiga kuchli zarba beradi. Keling, qolganini Igor Nettoning o‘zidan eshitaylik:

-To‘p darvozaning o‘ng yuqori burchagidan joy oldi. Uzoqroqda turgan jamoadoshlarim golni nishonlay ketishdi, lekin urugvaylik darvozabon Sosa va bir nechta futbolchilar gol bo‘lmaganini, to‘p darvoza to‘rining teshigidan darvozaga kirganini isbotlamoqchi bo‘lib hakamga yopishib ketishdi. Lekin, hakam maydon markaziga ishora qildi. Mening o‘zimga ham gol bo‘lmagandek tuyulgandi va Chislenkoning oldiga yugurdim. “Gol bo‘ldimi?”, deb so‘radim. “Yo‘q”, darhol javob berdi u. Shunda men sardor sifatida italiyalik hakam oldiga keldim va ishoralarim bilan gol bo‘lmaganligini tushuntirdim. U menga minnatdorchilik bildirdi. Men esa qalbimda xotirjamlik va yengillik his qildim. Biz halol futbol o‘ynardik.

Sizga qandaydir notabiiy tuyulmadimi bu satrlar. Menga shunday tuyuldi dastlab. Mana shunday futbol o‘ynashardi ilgari. Sardor nomi ham mana shunday ahamiyatga ega edi. Hozir esa.. Hozir sardor deganda biz, nuqul hakam bilan tortishadigan va faqat va faqat o‘z jamoasining manfaatini himoya qiladigan futbolchilarni tushunamiz. U futbolchilar esa futbolning, muxlislarning (raqib muxlislari bo‘lsa ham) manfaatlarini yuqori qo‘yishgan.

O‘sha uchrashuvda Nettoning jamoasi baribir g‘olib chiqdi. O‘sha paytlarda “FAIR PLAY” kabi sovrinlar bo‘lmasa-da, butun dunyo bu harakatni chin qalbdan olqishlashdi. Haqiqiy halol o‘yin maydon tashqarisiga chiqarib yuborilgan to‘pni raqibga qaytarib berish uchun bor kuchi bilan yana maydon tashqariga tepib yuborshi emasdi u paytlarda.

Oradan yigirma to‘rt yil o‘tib, zamonlar ham o‘zgardi, sardorlar ham. Xuddi shunday turnirda, bundan ham ahamiyatli uchrashuvda yana bir sardor qo‘li bilan to‘p kiritdi va barchani aldadi. Hakam golni hisobladi, lekin, afsuski Maradonaning hayoliga kelmadi boshqacha yo‘l tutish. O‘sha gol unga chempionlikni olib bergandir, lekin, futbol ahli oldida hurmatini yo‘qotilishiga asosiy sabab bo‘ldi.

Uni jamoadoshlari “gus” deb atashardi. Bunga sabab, uning bo‘ynining uzunligiyu, ovozining biroz xirillab chiqishi edi. O‘n yildan ortiq vaqt mobaynida u “Spartak”da va terma jamoada sardorlik qildi. Yuksak texnika va individual o‘yini, maydondagi haqiqiy jangchilik xususiyatlari bilan hammaning mehrini qozondi. Maydonda u juda shiddatli va qiziqqon edi, lekin doimo, hatto eng katta bosimlarda ham o‘zining taktik fikrlashini yo‘qotmasdi. Hamisha maydondagi holatni to‘liq xis qilib turardi, ajoyib kombinasiyalar tashkil qilar va ko‘pincha o‘zi ularni nihoyasiga yetkazardi. Keyinchalik, ko‘pchilik tomonidan sevilgan go‘zal va nafis “spartakcha futbol”ning rivojlanishida aynan uning hizmatlari katta edi.

Viktor Ponedelnik u haqida shunday deydi:

-Menimcha, u futbol tarixida eng yaxshi yarim himoyachilardan biri edi. U hatto yuqori tezlikda ham 2-3 himoyachini bemalol aldab o‘tar, o‘zining chap qanotidan deyarli darvoza chizig‘igacha borib, ajoyib paslarni bera olardi. Uning unchalik baland bo‘lmagan, lekin qat’iy ovozi jamoadaoshlarini ham doimo yuqori bosimda ushlab turardi.

Nikolay Starostin:

-Tasavvur qiling, barcha hujum qilish yo‘llari berkilgan, raqib himoyasidan o‘tish umuman iloji yo‘q. Hatto, eng ayyor to‘p uzatishlar ham egasiga yetib bormayapti. Birdan, Igor Netto to‘p bilan oldinga tashlanadi, bittasi aldab o‘tiladi, ikkinchisi, keyin uchinchisi. U darvoza qarshisida va gol. Igor esa o‘zining kiborlarcha harakatlari va muloyim nigohi bilan maydon markaziga qarab yuguradi.

U futbolga nihoyatda jiddiy munosabatda bo‘lardi. U taktik tarafdan butunlay konservativ edi va nostandart harakatlarni yoqtirmasdi. Mag‘lubiyatni mardonavor qabul qilardi, hech qachon o‘yindan so‘ng ortiqcha gap qilmasdi. Doim undan mag‘lubiyat sababi so‘ralganda, “ko‘p xato qildik”, deb qisqa javob berardi va o‘zining va jamoadoshlarining e’tiborini keyingi uchrashuvga qaratardi. Balki, mana shu hususiyatlari uchun ham, u sardorlik qilgan o‘n besh yil davomida “Spartak” hech qachon ikki marta ketma ket mag‘lubiyatga uchramagandi.

Uning hayotga bo‘lgan munosabati ham o‘ta jiddiy edi. Onasini nihoyatda qadrlardi. Alohida yashasa-da, deyarli har kuni uni oldiga kelardi. Ba’zi kunlari hatto birorta so‘z aytmasdi, lekin oldida o‘tirib qaytib ketardi. Ba’zan esa, yotib qolardi, krovatni onasiga yaqin qilib surardi-da, xotirjam uxlardi. Maydonda u nihoyatda qat’iy va jiddiy edi, uyda esa juda muloyim va mehribon edi.

U futbol o‘ynashni o‘ttiz olti yoshida to‘xtatdi. To‘g‘rirog‘i, u xohlamasa-da, murabbiylar uning dam olishini xohlashdi. Igor esa “Spartak”dan boshqa jamoada o‘zini tasavur qila olmasdi. Futbolsiz qolish unga juda qattiq ta’sir qildi va uzoq vaqt kasal bo‘lib yotdi. Keyin esa, murabbiylik sohasini boshladi. Uzoq yillar davomida u mamlakatda va chet elda turli jamoalarda ishladi, ammo, unchalik muvaffaqiyat qozonmadi. Ko‘pchilik bu omadsizlikni uning o‘ta halolligi bilan bog‘lashadi. Yillar o‘tib, u jonajon klubiga qaytdi va yosh bolalarni tarbiyalay boshladi.

Insonda doimo hayoti oldinda ekanligi haqida tasavvur mavjud bo‘ladi. Istalgan paytda o‘zini o‘nglab olishi mumkindek, bu narsa butunlay o‘ziga bog‘liqdek tasavvurda bo‘ladi. Ammo.. Inson hayotining asosiy qismida qanday hayot kechirgan bo‘lsa, ko‘pincha umrining oxirida mana shu hayotning in’ekosini yashaydi. Boylik, kayfu safo dardida yashagan odam, hatto bu narsalar o‘zi uchun ahamiyatini yo‘qotgan paytga kelib ham, ulardan voz kecha olmaydi. Shuning uchun ham, hayotning eng yorqin pallasida inson o‘z maqsadini belgilab olishi lozim.

Igor Netto hayotini futbol bilan yashadi. Aniqrog‘i futbol uning qalbining va hayotining eng katta bo‘lagi edi. Umrining oxirgi kunlarida og‘ir kasallikka chalindi. U deyarli butun xotirasini yo‘qotgan va ko‘pincha o‘z uyini ham topa olmay qolardi. Uning xotini tashlab ketgan va akasining uyida istiqomat qilardi.

-U o‘zining kasalligini bilmasdi,-deydi mashhur futbolchi va murabbiy Nikita Simonyan,-hayotining qiyinlashib ketgani haqida ko‘p nolirdi, lekin kasali haqida gapirmasdi. Meinmcha, uning miyasi o‘ziga bo‘ysunmay qo‘ygandi.

Bir kuni u futbol ko‘rib o‘tirib, “Larisa! Larisa! Qani Volodya?” deb baqirib yuborgan. Vladimir Maslachenko sharhlayotgan o‘yinni ko‘rib o‘tirib, Vladimir bilan birga o‘tirgandek hayolga borgan va uning yo‘q bo‘lib qolganini tushunmay qolgandi. Kelinoyisi Larisa unga, o‘yindan keyin Maslachenko albatta kelishini aytib, zo‘rg‘a yupatgandi.

Oilaviy hayotdagi baxtsizlik, futbol bilan og‘ir hayrlashuv, moddiy qiyinchiliklar uning sog‘lig‘iga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmagandi. Ba’zi vaqtlarda, u atrof bilan aloqani yo‘qotar va butunlay futbol o‘ynab yurgan vaqtlariga qaytib qolardi. Hatto, ba’zan u sport formasini kiyib, sumkasini tayyorlab olardi va sheriklarini kutib o‘tirardi. Mashg‘ulotlar keyinga qoldirilganligini aytib, zo‘rg‘a uni tinchlantirishardi. Shunda u kiyimlarini almashtirardi va hammasini unutib yuborardi.

Albatta, uni ko‘p davolashdi, lekin kasallikni to‘xtatib bo‘lmasdi. 1999 yilning 30 martida, o‘zining oltmish to‘qqiz yoshida futbolning ajoyib farzandi vafot etdi.

Qahramon Aslanov

O'qildi: 14362 marta.

Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик