Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba.

  • La-liga
      • 10.05.2025 00:00
      • Las-Palmas
      • 0:1
      • Rayo Valyekano
      • 10.05.2025 17:00
      • Valensiya
      • 3:0
      • Xetafe
      • 10.05.2025 19:15
      • Selta
      • 3:2
      • Sevilya
      • 10.05.2025 21:30
      • Malyorka
      • 2:1
      • Valyadolid
      • 10.05.2025 21:30
      • Jirona
      • 0:1
      • Vilyarreal
      • 11.05.2025 00:00
      • Atletiko
      • 4:0
      • Real Sosyedad
      • 11.05.2025 17:00
      • Leganes
      • 3:2
      • Espanyol
      • 11.05.2025 19:15
      • Barselona
      • -:-
      • Real Madrid
      • 11.05.2025 21:30
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Alaves
      • 12.05.2025 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Osasuna
  • «A» Seriya
      • 10.05.2025 18:00
      • Komo
      • 3:1
      • Kalyari
      • 10.05.2025 21:00
      • Lasio
      • 1:1
      • Yuventus
      • 10.05.2025 23:45
      • Empoli
      • 2:1
      • Parma
      • 11.05.2025 15:30
      • Udineze
      • 1:2
      • Monsa
      • 11.05.2025 18:00
      • Verona
      • -:-
      • Lechche
      • 11.05.2025 21:00
      • Torino
      • -:-
      • Inter
      • 11.05.2025 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Jenoa
      • 12.05.2025 21:30
      • Venetsiya
      • -:-
      • Fiorentina
      • 12.05.2025 23:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Roma
  • Superliga
      • 10.05.2025 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • 1:3
      • OKMK
      • 10.05.2025 19:00
      • Nasaf
      • 2:2
      • Bunyodkor
      • 10.05.2025 20:15
      • Paxtakor
      • 6:0
      • Buxoro
  • APL
      • 10.05.2025 19:00
      • Fulhem
      • 1:3
      • Everton
      • 10.05.2025 19:00
      • Ipsvich
      • 0:1
      • Brentford
      • 10.05.2025 19:00
      • Sautgempton
      • 0:0
      • Manchester Siti
      • 10.05.2025 19:00
      • Vulverhempton
      • 0:2
      • Brayton
      • 10.05.2025 21:30
      • Bornmut
      • 0:1
      • Aston Villa
      • 11.05.2025 16:00
      • Nyukasl
      • 2:0
      • Chelsi
      • 11.05.2025 18:15
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Vest Xem
      • 11.05.2025 18:15
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Lester
      • 11.05.2025 18:15
      • Tottenhem
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 11.05.2025 20:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Liverpul 35 82
2 Arsenal 35 67
3 Nyukasl 36 66
4 Manchester Siti 36 65
5 Chelsi 36 63
6 Aston Villa 36 63
7 Nottingem Forest 36 62
8 Brentford 36 55
9 Brayton 36 55
10 Bornmut 36 53
11 Fulhem 36 51
12 Kristal Pelas 36 47
13 Everton 36 42
14 Vulverhempton 36 41
15 Vest Xem 36 40
16 Tottenhem 36 39
17 Man. Yunayted 36 39
18 Ipsvich 36 22
19 Lester 36 22
20 Sautgempton 36 12

O'tgan o'yinlar.

36-тур Fulhem 1-3 Everton
36-тур Ipsvich 0-1 Brentford
36-тур Sautgempton 0-0 Manchester Siti
36-тур Vulverhempton 0-2 Brayton
36-тур Bornmut 0-1 Aston Villa
36-тур Nyukasl 2-0 Chelsi

Navbatdagi o'yinlar.

11/05/25 Man. Yunayted - Vest Xem
11/05/25 Nottingem Forest - Lester
11/05/25 Tottenhem - Kristal Pelas
11/05/25 Liverpul - Arsenal

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 11.05.2025

      05:30 "Всё о главном". Игорь Ледяхов.
      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Галатасарай".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Падерборн 07" - "Магдебург".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Германии. "Вердер Бремен" - "РБ Лейпциг".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Галатасарай".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Боруссия Мёнхенгладбах".
      16:20 Новости футбола.
      16:25 LIVE Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Кайзерслаутерн" - "Дармштадт 98". Прямая трансляция.
      18:25 LIVE Чемпионат Германии. "Байер 04 Леверкузен" - "Боруссия Дортмунд". Прямая трансляция.
      20:25 LIVE Чемпионат Германии. "Айнтрахт Франкфурт" - "Санкт-Паули". Прямая трансляция.
      22:25 LIVE Чемпионат Германии. "Штутгарт" - "Аугсбург". Прямая трансляция.
      00:30 "Всё о главном". Дмитрий Ляпкин.
      01:00 Чемпионат Германии. "Байер 04 Леверкузен" - "Боруссия Дортмунд".
      03:00 Д/ф "Пеле. Король футбола".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Кайзерслаутерн" - "Дармштадт 98".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 11.05.2025

      06:30 "Лучшие из лучших".
      06:55 LIVE Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 2 в Шанхае, Китай. Классический лук. Команды. Прямая трансляция.
      09:00 Дзюдо. "Большой шлем" Казахстан Барысы в Астане. День 2.
      10:35 "Страна спортивная".
      10:55 LIVE Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 2 в Шанхае, Китай. Классический лук. Личное первенство. Прямая трансляция.
      13:00 Д/ф "Бобби Робсон. Больше, чем тренер".
      15:00 "Непобедимый".
      15:30 "География спорта". Уфа.
      16:00 Д/ф "Роджер Федерер. Путь чемпиона".
      16:55 LIVE Гандбол. Чемпионат России. Женщины. OLIMPBET Суперлига. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      18:40 "Небесная грация".
      18:55 LIVE Пляжный футбол. Чемпионат мира в Сейшельских Островах. Матч за 3-е место. Прямая трансляция.
      20:25 LIVE Пляжный футбол. Чемпионат мира в Сейшельских Островах. Финал. Прямая трансляция.
      21:45 "Лучшие из лучших".
      22:15 Дзюдо. "Большой шлем" Казахстан Барысы в Астане. День 3.
      23:55 "Что за спорт?". "Экстрим".
      00:25 Лыжные гонки. Чемпионат мира в Норвегии. Мужчины. Скиатлон. 20 км.
      01:20 "Непобедимый".
      01:50 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 2 в Шанхае, Китай. Классический лук. Команды.
      04:00 "География спорта". Уфа.
      04:30 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 2 в Шанхае, Китай. Классический лук. Личное первенство.
  • MATCH-TV
    • Sana: 11.05.2025

      07:00 LIVE Смешанные единоборства. UFC 315 в Монреале, Канада. Белал Мухаммад против Джека Делла Маддалены, Валентина Шевченко против Манон Фирот. Прямая трансляция.
      10:00 Новости.
      10:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 М/с "Чемпионы".
      12:25 Эль-Класико. Стратегия и тактика.
      12:55 LIVE Регби. Pari Чемпионат России. "Енисей-СТМ" (Красноярск) - "Стрела-Ак Барс" (Казань). Прямая трансляция.
      15:00 Новости.
      15:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      15:55 LIVE Баскетбол. Единая лига ВТБ. 1/2 финала. "Локомотив-Кубань" (Краснодар) - "Зенит" (Санкт-Петербург). 3-й матч. Прямая трансляция.
      17:55 Новости.
      18:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:45 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Барселона" - "Реал Мадрид". Прямая трансляция.
      21:15 LIVE Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. 25-й тур. "Динамо" (Москва) - "Спартак" (Москва). Прямая трансляция.
      23:40 LIVE Футбол. Чемпионат Италии. "Наполи" - "Дженоа". Прямая трансляция.
      01:45 После футбола с Георгием Черданцевым.
      03:00 Пляжный футбол. Чемпионат мира в Сейшельских Островах. Финал.
      04:10 Волейбол. Кубок России. Мужчины. Финал шести в Казани. Финал.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 11.05.2025

      06:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Майами, США. День 3.
      08:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 2. Тирана. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      10:00 Автоспорт. WEC. Этап 3. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      11:30 Велоспорт. Женщины. "Вуэльта". Этап 7.
      12:30 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Майами, США. День 3.
      13:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      15:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 2. Тирана. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      16:00 LIVE Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 3. Влёра - Влёра. Прямая трансляция.
      20:45 Автоспорт. WEC. Этап 3. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      22:15 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 3. Влёра - Влёра.
      23:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      01:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 3. Влёра - Влёра.
      03:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 3. Влёра - Влёра.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Badjo (Italiya)

Futbolda shaxsiyatlar juda ko‘p. Yil o‘tgan sayin futbolchilarning mahoratlari oshib borayotgandek tasavvur uyg‘onsa-da, futbolda ijodkorlik yo‘qolib borayotgandek tuyulaveradi. O‘z ishining eng mohir ustalari yetib chiqayotgan bo‘lsa ham, maydonda mo‘’jiza yaratadiganlar kamayib boraveradi. Valderama ketdi, Kantonani anchadan buyon ko‘rmaymiz, Zidan bilan xayrlashdik. Yana bir qahramon borki, u bizni ertaklarga ishontira olgan bo‘lsa-da, faoliyati u qadar tekis kechmagan. Pastga qulashlar, haqoratlar, jarohatlar, ammo u har safar nohaq ravishda jarlikka qulatilgan ertak qahramonlari singari ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘lar va yana o‘sha o‘ziniki bo‘lgan cho‘qqini egallardi. <p>

Maqola uchun sarlavha haqida juda ko‘p o‘yladim. Chunki men Badjo haqida to‘lqinlanmasdan yoza olmasdim va sarlavhaning o‘zidayoq o‘quvchini hayajonga solishini istagandim. Men Badjoning o‘yinlarini kuzatish baxtiga musharraf bo‘lganman va aynan u tufayli Italiya futbolining jozibasiga, jahon chempionatlarining takrorlanmas sehriga oshufta bo‘lganman. O‘ylab ko‘rsam, futbol uchun, muxlis uchun “Roberto Badjo” nomidan-da balandparvozroq sarlavhani topish mushkul ish ekan.

U haqida futbolning vise-qiroli Diyego Maradona shunday degandi:
- Men juda ko‘p hujumchilarni ko‘rdim, ammo Badjoni takrorlay oladiganlarini uchratmadim.

Badjo faoliyatini yakunlagan “Breshia” murabbiyi Karletto Massone:
- U Italiyaning eng ijodkor futbolchisi bo‘lib qoladi. U Hatto Meassa yoki Bonipertidan ham ustunroq edi, Maradona, Pele kabilar bilan bir qatorda tilga olinishga loyiq futbolchi edi. Agar tizzasidagi jarohati bo‘lmaganda u dunyoning eng zo‘ri bo‘lardi, - deb fikr bildirgandi.

U o‘n olti yoshida tizzasidan qattiq jarohat olgandi va vrachlar unga futbol o‘ynamaslikni maslahat berishgandi. Uning tizzasidagi og‘riq o‘yin paytida doimo bezovta qilar va biror vosita bilan buni qoldirishning iloji yo‘q edi.

Roberto Badjo 1967 yilda Kaldonyo shaharchasida, oddiy oilada, oltinchi farzand bo‘lib tavallud topdi. Uning dastlabki jamoasi xududning asosiysi “Vichensa” bo‘ldi. A-seriyada esa u o‘zining 19 yoshida “Fiorentina” klubida maydonga tushdi. “Sampdoriya” ga qarshi kechgan debyut uchrashuvida florensiyaliklar g‘alaba qozonishdi, ammo uchrashuvdan keyin g‘alaba haqida emas, Badjoning navbatdagi jarohati haqida munozaralar boshlanib ketdi. Bosh murabbiy Sven Goran Eriksson undan yorqin kelajak kutmagandi va “Chizena”ga sotib qutulishni ham o‘ylagandi. Futbolchini himoya qiladiganlar topildi va Badjo hech kimni uyaltirib qo‘ymadi. Aynan Florensiyada Badjo porladi, ayniqsa uning “Napoli” jamoasiga kiritgan goli barchani karaxt ahvolga solib qo‘ygandi. Deyarli raqibning yarim futbolchilarini aldab o‘tib darvozani ishg‘ol qilgan Badjo haqida tinmay yoza boshladilar. “Maradona jamoasiga Maradona usulida gol” – sarlavhalari Italiya gazetalarining muqovalaridan joy oldi. U “Fiorentina”da besh mavsum o‘ynadi va 94 uchrashuvda maydonga tushib, 39 ta golga mualliflik qildi. 1990 yilda esa “Yuventus”ga o‘sha paytlar uchun rekord summa – 17 millionga sotib yuborildi.

O‘tgan asrning so‘nggi o‘n yilligining boshlanishi Italiyada juda katta hayajon va intiqlik bilan kutilardi. Italiya maydonlarida o‘tadigan navbatdagi jahon chempionatida Badjodan ham ko‘p narsa kutishardi. Roberto o‘sha chempionatda o‘zini ko‘rsatdi, ammo kutilganidek porlamadi. Avstriya bilan kechgan dastlabki bahsda ikkinchi bo‘limda maydonga tushib hal qiluvchi to‘pni kiritgan Skilachchining soyasida qolib ketdi. Shunday bo‘lsa-da uning Chexoslavakiya darvozasiga kiritgan ajoyib goli yosh yulduzning kelajagi haqida ijobiy bashoratga zamin yaratardi. Pley-off bosqichida Skilachchi bilan juftlikda yaxshi o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsa-da, murabbiy Vichini uni yarim final bahsida faqat zaxiradan maydonga tushirdi. Bu harakatni u Badjoning charchab qolganligi bilan izohladi va bu mag‘lubiyatga olib keldi.

- Qanaqa charchash, - tutaqib ketgandi Roberto, - men 23 yoshdaman va o‘sha kuni maydonga tushib hatto maysalarni g‘ajishga ham tayyor edim.

Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Roberto yana bir gol kiritadi va terma jamoasining g‘alabasini ta’minlaydi.

Uning keyingi mundiali, AQSh da esa Badjo faoliyatining cho‘qqisi va bu cho‘qqidan qanday yiqilishini tomosha qilgandik. U qulamagandi, balki uni qulatishgandi. Buyuklarning xatosi naqadar buyuk bo‘lishini o‘sha 17 iyul oqshomida yana bir bor xis qilgandik.

Badjo chempionatga Yevropaning va dunyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida tashrif buyurdi. Italiya terma jamoasi turnirni mag‘lubiyat bilan boshladi.(Irlandiya 0:1). Keyin durang va so‘nggi turga kelibgina g‘alabaga erishishdi. Jamoa tarkibida Badjo ham unchalik sezilmasdi va hatto “Yuve” prezidenti Jovanni Anyelli unga “uvigan quyoncha” deb ta’rif bergandi. Pley-offda esa u hammani jim qildi. U shunday o‘yin ko‘rsatdiki, butun Italiya uning poyiga tiz cho‘kishga tayyor holatga keldilar.

1/8 final. Nigeriya - Italiya. Jismonan baquvvat va texnik futbolchilardan tashkil topgan afrikaliklar tashabbusni qo‘lga oldilar, Amunike hisobni ochdi. Buning ustiga Zola qizil kartochka olib maydonnni tark etdi. 89-daqiqa. Palyuka yig‘lashga tayyor, Barezi Nigeriya hujumlarini oxirgi kuchi bilan qaytarmoqda va ana shunda Roberto katta sahnaga chiqdi. Qandaydir vaziyatda u to‘pni egalladi va bitta harakat bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Qo‘shimcha vaqtda esa g‘alaba to‘piga mualliflik qildi.

1/4 final. Raqib o‘sha chempionatga katta niyatlarda kelgan va nimchorak finalda yirik g‘alabani qo‘lga kiritgan Ispaniya terma jamoasi. Hisob 1:1 va barcha qo‘shimcha vaqtni kutib o‘tirgan pallada yana Badjo gol kiritadi.

Yarim final. Stoichkov boshchiligidagi bolgarlar 90 daqiqa nemislarning asabiga o‘ynab g‘alabani yulqib ketishadi va Italiya qarshisiga ajoyib kayfiyatda chiqishadi. Yana Badjo. U dastlabki daqiqalardayoq dublga erishib, aslida finalga kim loyiqligini ko‘rsatib qo‘yadi.

Final. Braziliya-Italiya. Jarohatlangan bo‘lishiga qaramay Badjo maydonga tushadi va 120 daqiqa maydonda harakat qiladi. Fojea penaltilar seriyasida ro‘y beradi. Italiyaliklarning so‘nggi zarbasini Roberto amalga oshiradi va...

Soniya o‘tib Badjo futbolkasi bilan yuzini berkitib turar, braziliyaliklar esa to‘rtinchi chempionlikni nishonlar edilar. Badjo bu mag‘lubiyatga sababchimidi? Yo‘q, aslo! Roberto Italiya terma jamoasining mana shu yerga yelkasida olib chiqqandi. Badjoning Italiya terma jamoasini oltin medalsiz qoldirgani haqida ayuxannos solayotganlar usiz o‘sha terma jamoa kumush medalga ham loyiq emasligini idrok qilishni xohlamas edilar. Aslida u bir zarba bilan ikkita gol kirita olmasdi, u xatoga yo‘l qo‘ymaganda ham raqib keyingi zarbani aniq yo‘llasa g‘alaba qozonardi. Mossaro va Barezilar ungacha xato qilib bo‘lgandilar. Ammo... JCH-94 ni ajoyib o‘tkazgan Roberto faqat o‘sha penalti e’tibori bilan eslanadigan bo‘ldi. Hatto uning xatosini Buddizmga berilib ketganligiga bog‘ladilar.

- Men Budda emasman, insonman, - deb izohladi Badjo, - musulmonlar va xristianlar penaltini bexato bajarishadimi?

Unga millat dushmanidek munosabatda bo‘ldilar. A-seriyadagi o‘yinlari qovushmadi. “Yuventus” tarkibida yangi yulduz – Del Pyero paydo bo‘la boshlagandi. “Milan”ga transfer qilindi. Muvaffaqiyatsiz chiqdi. “Bolonya” ga o‘tdi.

Yana eski Badjo qayta boshladi. Sababi... Sababi navbatdagi mundial yaqinlashib kelardi. Badjo esa jahon chempionatlari uchun yaratilgandek edi, go‘yo. Hatto bir telejurnalist JCH-98 dan so‘ng shunday degandi:

- Moziydagi Badjosiz mundiallar qanday o‘tganligi haqida hozir tasavvur qila olmayman, afsuski kelajakda yana shunday chempionatlar ko‘p bo‘ladi va uni tomosha qiladigan muxlislarga achinishdan boshqa choram yo‘q.

JCH-98 da u Chili terma jamoasi darvozasiga penaltidan to‘p kiritdi va Italiya futboli tarixida uchta jahon chempionatida gol kiritgan futbolchi sifatida tarixdan joy oldi. Fransiyadagi jahon chempionatida u yana bir bor barchani ajablantirdi. AQSh dagi xatodan so‘ng, yana penalti nuqtasiga yaqinlashdi. Chiliga qarshi uchrashuvda tepgan penaltisini tushunish mumkin, bosim oz, guruh bosqichi edi. Chorak finaldagi maydon egalari bilan bahsdagi penaltilar seriyasida ishtirok etgani esa uning kuchli ruhiyatli inson ekanligini ifodalaydi.

- AQSh da bitta xato qildim va yurtim mag‘lub bo‘ldi. O‘sha penaltini to‘rt yil ichida bir kun ham unutmadim, o‘sha xissiyotni har kun boshimdan o‘tkazdim. To‘rt yil o‘tib yana shunday penalti tepish imkoniyati tanladim. Necha kishi mening gol urishimga ishonmaganliklarini hech qachon bila olmayman, ammo men uchun muhimi o‘zim ishonardim. O‘tmishning xatolari kelajak uchun tajribadir. Yo‘lda davom etaman.

Bu Badjoning so‘zlari edi. Uning bu harakati nafaqat futbol olamida, balki o‘ziga bo‘lgan ishonchga muxtoj bo‘lgan hammaga yo‘l ko‘rsatdi. Yakob Aagard o‘zining “Shaxmatda mukammallikka intilish” kitobining ilk boblaridan birida muallif kuchli bosim ostida qanday harakat qilish kerakligini tushuntiradi va misol tariqasida Roberto Badjoning voqeasini misol keltiradi.

O‘sha chempionatda Italiya u qadar nurli o‘yin ko‘rsatmadi. Chunki Chezare Maldini jamoa yetakchisiin aniqlay olmadi va ba’zan Badjoni, ba’zan esa Del Pyeroni asosiy tarkibga tushirardi. Badjoning yagona kamchiligi esa, agar barcha unga yetakchi sifatida ishonch bildirilmasa bor imkoniyatlarini ocha olmasdi. Bu jihati bilan u fransiyalik afsungar Zayniddin Zidanga o‘xshab ketardi. U mana shu nuqson tufayli “Inter”da ham muvaffaqiyat qozona olmadi. U JCH-98 dan so‘ng Ronaldo va Samaranolarga sherik sifatida “Inter”ga olib kelingan va Moratti tomonidan “transfer besh yil kechikib bo‘lsa-da amalga oshirildi” deb quvvatlangan bo‘lsa-da, u yerda porlay olmadi.

U endigina unutila boshlagan paytda esa “Breshia” ga o‘tdi. “Tangri kelyapti” – breshialiklarn uni mana shundan kutib olishgandi. JCH-2002 yaqinlashib kelardi va Badjo yana o‘ynay boshladi, u o‘ynay boshlaganda nimalar bo‘lishini tasavvur qilish oson. Butun tiffozi terma jamoa murabbiyi Trappatonniga Badjoni JCh ga olib ketishni talab qilib namoyishlar uyushtira boshladi, internetda so‘rovnomalar o‘tkazildi. Ko‘pchilikning aytishicha, butun millat faqat Musollini davridagina mana shunday yakdil fikrlagan ekan. Ammo Trappatoni uni olib ketmadi. Uning fikricha, “Breshia”ning saviyasi terma jamoa uchun past edi. Italiya JCh dan sharmanda bo‘lib qaytdi va asosiy aybdor sifatida bosh murabbiyni tilga oldilar. Yetakchilikni qo‘liga olishi kerak bo‘lgan Totti hech qachon Badjo bo‘la olmasligini ko‘rsatdi.

Uning futboldan ketishi ham go‘zal bo‘ldi. A-seriyadagi o‘zining so‘nggi mavsumini 37 yoshida o‘tkazgan Badjo 12 ta gol kiritdi va 13 ta golga asissentlik qildi, u bu borada faqatgina Tottidan ortda qolgandi. 25-turda esa u o‘zining so‘nggi golini “Parma” darvozasiga ajoyib tarzda kiritdi.

«Bu gol ikki tomonlama tuyg‘u uyg‘otadi. Bir tomondan bu go‘zallik va yengillik iskanjasida hayratda qolasan, boshqa tomondan esa bunday go‘zal futbol o‘z o‘rnini kuch va qo‘pollikdan tashkil topgan zamonaviy futbolga bo‘shatib berayotganligidan afsuslanasan”

“Gadzetta de la Sport” uning bu golini shunday izohlagandi.
U Italiyaning eng mashhur to‘rttala klubida (“Yuventus”, “Inter”. “Milan”, “Bolonya”) safida o‘ynagan yagona futbolchi bo‘ldi. Ammo uning qalbi baribir “Fiorentina”ga tegishli edi. Bir marta “Yuventus” – “Fiorentina” uchrashuvida hakam tomonidan belgilangan penaltini tepishni istamagandi. Jamoadoshi penaltini amalga oshira olmagach, murabbiyning jahli chiqadi va uni almashtiradi. Yechinish xonasiga ketayotganda florensiyalik muxlis u tomonga klub ramzi bulgan sharfni otadi va Badjo uni bo‘yniga bog‘lab oladi. Keyinchalik u boshqa klublar safida ham Florensiyada maydonga tushganda bo‘yniga “Fiorentina” ramzini taqib olardi.

Men uni yulduz sifatida Papendan ustun deb bilaman. Chunki u faqat gol uruvchi emas edi, juda ko‘p vaziyatlarda sheriklarini qo‘llab quvvatlardi. Maydonni nazorat qila olardi. Platini u haqida “uni 9 raqamlilar toifasiga ham. 10-lar toifasiga ham kirita olmaysiz. U 9.5-toifadagi futbolchi edi” degandi.

Men uning futbolchi sifatida Romariodan ham ortiqligini xis qilaman. U kuchli jamoada kuchli o‘ynaydigan emas, bir o‘zi butun jamoani chempion qila oladigan futbolchilar toifasidan edi.

U yetakchi sifatida Zidandan ham zo‘r, mening o‘lchovimda. Zidan jamoasining yetakchisi edi, ammo JCH-2006 finalida jamoani og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Buni Roberto hech qachon qilmasdi.

U inson sifatida Stoichkovdan yaxshiroq. Bolgariyalik futbolchiga o‘xshab yulduzligidan foydalanishga harakat qilmasdi, “menga mumkin” degan fikr kechmasdi xayolidan. U doim oddiy inson bo‘lib qolishni xohlardi va faqatgina maydonda durdona yaratishga harakat qilardi.

“Yillar o‘tadi, muxlislar muhabbatini mendan yaxshiroq bo‘lgan boshqa futbolchilar egallashi tabiiy. Ammo ikkinchi Maradona yoki van Basten bo‘lmaganidek, ikkinchi Badjo ham bo‘lmaydi. Har kimning futbolda va hayotda o‘z yo‘li mavjud. Mening baxtim shundaki, o‘zimga zavq beradigan kasb bilan shug‘ullandim. Menga Tangrim insonlar muhabbatini qozona oladigan qobiliyat ato etdi va men bundan to‘liq foydalandim. Men futbolga bor kuchimni va imkoniyatimni sarfladim va bu jihatdan mening vijdonim pok” (Roberto Badjo).

Qahramon Aslanov

O'qildi: 13905 marta.

Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Ливерпуль Muhammad Saloh 28
2 Ньюкасл Aleksander Isak 23
3 Манчестер Сити Erling Xoland 21
4 Ноттингем Форест Kris Vud 19
5 Брентфорд Yoan Vissa 18
6 Брентфорд Brian Mbemo 18
7 Астон Вилла Olli Uotkins 16
8 Вулверхэмптон Mateus Kunya 15
9 Челси Koul Palmer 15
10 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 14

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.