Bugun 20 noyabr, 2025 yil, payshanba.

  • Superliga
      • 19.11.2025 16:00
      • Sho‘rtan
      • 1:1
      • Buxoro
      • 20.11.2025 16:00
      • Surxon
      • 0:0
      • OKMK
      • 20.11.2025 18:15
      •   Paxtakor
      • 1:0
      • Nasaf
      • 21.11.2025 16:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Navbahor
      • 21.11.2025 18:15
      • Andijon
      • -:-
      • Xorazm
      • 21.11.2025 18:15
      • Dinamo
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 28 61
2 Nasaf 28 58
3 Dinamo 28 56
4 Paxtakor 28 56
5 Bunyodkor 28 46
6 OKMK 29 45
7 Navbahor 28 38
8 So‘g‘diyona 28 37
9 Qizilqum 28 35
10 Surxon 29 32
11 Qo‘qon-1912 28 30
12 Mash’al 28 29
13 Andijon 28 29
14 Buxoro 29 27
15 Xorazm 28 24
16 Sho‘rtan 29 16

O'tgan o'yinlar.

29-тур Sho‘rtan 1-1 Buxoro
29-тур Surxon 0-0 OKMK
29-тур Paxtakor - Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

20/11/25 Paxtakor - Nasaf
21/11/25 Mash’al - Navbahor
21/11/25 Andijon - Xorazm
21/11/25 Dinamo - Qo‘qon-1912
22/11/25 So‘g‘diyona - Bunyodkor
22/11/25 Neftchi - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 20.11.2025

      05:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Фламенго". Прямая трансляция.
      07:30 "Всё о главном". Андрей Мурнин.
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Атлетико Минейро".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Витория".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Спорт Ресифи".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Фламенго".
      16:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Витория".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Спорт Ресифи".
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Фламенго".
      23:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Крузейро". Прямая трансляция.
      02:00 "Всё о главном". Дмитрий Гунько.
      02:30 Д/ф "Марадона. Лучший в истории".
      03:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Сан-Паулу". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 20.11.2025

      05:55 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 1.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 1 в Оберндейле, США. Олимпийский лук. Команды.
      09:35 "География спорта". Выборг.
      10:05 Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве.
      11:40 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира. Гран-при Италии. Ski GP1, Sky ladies GP1.
      12:10 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки.
      14:30 Театрализованное спортивно-гимнастическое шоу Алексея Немова "Легенды спорта. Наследие".
      16:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      16:30 "Эволюция спорта".
      17:00 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 2.
      18:40 "Новый чемпион". Специальный репортаж.
      18:55 LIVE Плавание. Кубок сильнейших спортсменов (25 м) в Беларуси. Прямая трансляция.
      21:45 "Непобедимый".
      22:15 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 1 в Оберндейле, США. Олимпийский лук. Личное первенство.
      00:15 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира. Гран-при Италии. Runabout and freestyle.
      00:45 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки.
      02:55 Плавание. Кубок сильнейших спортсменов (25 м) в Беларуси.
  • MATCH-TV
    • Sana: 20.11.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Баскетбол. Единая лига ВТБ. "Уралмаш" (Екатеринбург) - "Локомотив-Кубань" (Краснодар).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Вид сверху".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:30 Профессиональный бокс. "Лига Ставок. IBA. Pro 3". Артур Субханкулов против Ибрагима Баллы.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Век нашего спорта". "1955 - 1960 гг.".
      16:55 "Тайны звёзд спорта".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:05 Д/ф "Арсен Венгер. Непобедимый".
      21:15 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. "Торпедо" (Нижний Новгород) - "Спартак" (Москва). Прямая трансляция.
      00:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      01:30 Евротур.
      02:25 Смешанные единоборства. UFC 322 в Нью-Йорке, США. Ислам Махачев против Джека Делла Маддалены, Валентина Шевченко против Чжан Вэйли.
      03:55 "Эволюция спорта".
      04:55 Д/ф "Сёстры Уильямс".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 20.11.2025

      05:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 102.
      07:30 Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. Раунд 1.
      09:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 138.
      10:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка.
      11:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      12:30 Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. Раунд 1.
      14:00 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 8 в Дубае, ОАЭ. Обзор.
      15:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. HS 138. Смешанные команды.
      17:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Штутгарте, Германия.
      18:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Торонто, Канада.
      19:00 LIVE Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      23:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 138.
      00:00 LIVE Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      04:00 Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. 1/4 финала.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Uch mavsum» sindromi?! «Barselona»ga nima bo‘ldi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

2017 yilni “Barselona” bir mag‘lubiyat va durang bilan boshladi. Kataloniyaliklar har qanday tanaffusdan keyin shunday qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazadi, odatda. FIFA kunlari bo‘ladimi yoki qisqa ta’tillar, jamoa o‘z o‘yin ritmiga tushvolishi qiyin kechadi. Bunga avval ham ko‘p guvoh bo‘lganmiz. Ammo bu safargi muammoning ildizi chuqurroq, nazarimda.

Futbolda ma’lum bir uslubning 3 mavsumdan ortiq ustun turishi qiyin masala. Buning turli sabablari bor: asosiy tarkib charchog‘i, jarohatlar, uslubga yangi futbolchilarning qo‘shilib keta olmasligi, raqiblarning jamoa o‘yinini yaxshi tahlil qilib, unga qarshi “qurollanishi” va hokazo. O‘z vaqtida Gvardiolaning uslubi boshqa hamkasblarinikiga qaraganda uzoqroq yashagandi. Ammo undan oldin Lui van Gaal (1997-2000), Frank Raykard (jamoani besh mavsum boshqargan bo‘lsa-da, faqat o‘rtaliq uch mavsumi muvaffaqiyatli kechgandi) kabi murabbiylarning g‘oyasi “Barselona”da uch mavsumdan ortiq yashay olmagandi. Luis Enrike ham ayni damda shu kabi holatga tusha boshladi.

Gvardiola ketgach, kataloniyaliklar holati ma’lum inqiroz ostida qolgandi. Tito Vilanovaga vaziyatni o‘zgartirishga sog‘lig‘i yo‘l bermadi. Tata Martino esa klubga moslasha olmadi. Enrike taklif qilingach, nimanidir o‘zgartirishi kerak edi va u o‘zgartirdi ham. Agar Gvardiola talqinida “futbol – yarim himoyaning ishi” bo‘lgan bo‘lsa, Lucho ko‘proq yulduzli hujum tandemiga – MSN o‘yiniga tayandi. Maydonda boshqa futbolchilarning asosiy vazifasi shu uchlikka imkon qadar erkinlik va qulaylik tug‘dirish bo‘ldi. Maydon markazidan hujumga o‘tish tezligi oshdi, tezkor qarshi hujumlar yo‘lga qo‘yildi. “Yangi qon” kataloniyaliklarni jonlantirib yubordi. Istalgan raqib yana ular oldida “oyoqlari titrab” maydonga tushadigan bo‘ldi. Mana endi, vaqt o‘tishi bilan bu uslub ham yangilanishga ehtiyoj seza boshladi. Bu - tabiiy jarayon. Futbolda hech bir loyiha birxillikda uzoq yashay olmaydi. Maydonda faqat o‘z o‘yiningni ko‘rsatishing kifoya emas, raqibning qarshi choralariga ham qarshi choralar tayyor turishi kerak. Jamoalarda bosh murabbiy asosiy planda tursa ham, uning ortida o‘nlab mutaxassislar tinimsiz izlanadilar. Futbol shunchaki o‘yin emas – u ilmiy, taktik izlanishlar fani. Futbolda faqat ijrochilar o‘yin taqdirini hal qilmaydi. Bu yerda ko‘pincha g‘oyalar, uslublar, taktik kurashlar ham hal qiluvchi darajaga ko‘tariladi.

http://cdn.bartarinha.ir/files/fa/news/1395/10/19/1124544_793.jpg

Lucho dastlabki mavsumda MSNning aqlbovar qilmas jipsligini ta’minlay oldi. Uchta kuchli quroldan bitta kuchli hujum mashinasi yaratdi. Lekin bu bilan jamoaning qolgan qismini (yarim himoya, himoya va darvozabon) foydasiz bo‘g‘inga aylantirib qo‘ydi deb bo‘lmaydi. “Barselona” bor ekan, uning asosiy kuchi yarim himoya bo‘lib qolaveradi. Busiz to‘pni nazorat qilish, o‘yinni boshqarish, maydondagi ustunlikni ushlab turish mumkin emas. Shunchaki, Lucho vaziyat taqozosi bilan jamoani yarim himoya qaramligidan biroz uzoqlashtirdi, xolos. Lekin bu uzoqlashish vaqt o‘tishi bilan sezilarli muammoga aylandi. Xavi yo‘q, Iniyestaning yoshi o‘tib, jarohatlari ko‘payib borishi, Rakitichda pasayish, Busketsning bir o‘zi maydon markazida yolg‘izlanib qolishi...

Luis Enrike bu holatni o‘tgan mavsumdayoq payqadi. Yozgi transferlarda asosiy urg‘uni yarim himoyani barqarorlashtirishga qaratdi. Gomesh, Denis Suares xarid qilindi. Messi o‘ng qanot hujumidan ko‘proq maydon markaziga “tortildi”. Shular orqali muammoga yechim qidirildi. Ammo bu urinishlar tugal yechim bo‘la olmayapti. MSN uchligidan birortasining o‘yinida pasayish kuzatilsa, jamoa o‘yiniga ta’sir o‘tkazadigan bo‘ldi. Messining ko‘pincha ortga qaytib o‘ynashi uchlikda uzilishlar hosil qildi. Raqib ham buni yaxshi o‘zlashtirib, yuqori pressingni “antibarsa quroli”ga aylantirib oldi. Albatta, yuqori pressing katta jismoniy kuch talab qiladi, buni hamma ham eplay olmaydi. Ammo natijaga erishish uchun qulay chora bu. “Barselona”da o‘yinni yarim himoya to‘liq nazorat qila olmayotgan ekan, yuqori pressing yordamida MSNni jamoadan uzib qo‘yish mumkin. Kubok bahsida “Atletik” buni yana bir marta ko‘rsatib berdi. Endi boshqa jamoalar ham shu yo‘l orqali qarshilik qilishga urinmoqda.

esigI.jpg

Izoh: Aynan shu holatda "Atletik" futbolchilari yuqori pressing qo‘llab, Iniyestaning Messiga oshirgan pasini uzib qo‘yadilar va tezkor qarshi hujum orqali gol uradilar.

Messining markazga yaqin o‘ynashi Serxi Roberto uchun o‘ng qanotda faollik talab qiladi. Ammo u o‘z vaqtida Dani Alvesh harakat qilgani kabi kombinasion samara ko‘rsata olmayapti. “Barsa” majburan qanot hujumlarini ko‘proq chapdan uyushtirishga majbur bo‘lmoqda. Bu esa hujum variantlarini kamaytirishi bilan birga, chap qanot himoyasida bo‘shliq yuzaga kelishiga sabab bo‘lyapti. Raqib o‘z tezkor qarshi hujumlarida asosan shu zonadagi bo‘shliqdan unumli foydalanyapti.

bBn0M.jpg

Izoh: "Atletik" kataloniyaliklarning qanot himoyasidagi bo‘shlig‘idan unumli foydalandi. Uch kun o‘tib, "Vilyarreal" ham xuddi shu tarzda "Barsa" darvozasini ishg‘ol qildi.

Enrike oldida muammodan chiqib ketishning ikkita yo‘li bor – tezroq yarim himoyada barqarorlikni ta’minlash yoki MSNni yana mukammal formaga kiritish. Hozircha Neymar qanchalik faol bo‘lmasin, sermahsullikka erisha olmayapti (golsiz o‘yinlari seriyasi 10tadan oshdi). Suaresda charchoq alomatlari bor. Messiga biroz erkinlik va ko‘mak zarur. Oxirgi vaqtlarda Messiga juda katta hajmdagi vazifa yuklanib qolyapti. Ham hujumni tashkil qilish, ham raqib himoyasini yorib o‘tish, ham gol urish. Yarim himoyaning barqaror emasligi shu yuklamaning ortib borishiga sabab bo‘lyapti. “Barsa”da yarim himoyachilarning gol urishi susayib ketayotgani ham muammoning belgisi. Maydon markazi kuchaysa, jamoaning istalgan futbolchisi gol urish imkoniga ega bo‘ladi. Zidanning “Real”iga qarang: fransiyalik mutaxassis aynan yarim himoya chizig‘ini tartibga solish orqali madridliklarni shu bugungi darajasiga chiqardi. Shuning uchun jamoa yo‘qotishlarni sezdirmayapti. Gol kiritish ham faqat hujumchilar chekida qolgani yo‘q.

“Barselona”da esa hozircha na Iniyesta, na Rakitich, na Denis yoki Gomesh o‘z gollari bilan jamoasiga aytarli yordam bera olgani yo‘q. Arda va Rafinya esa asosan qanot hujumlarida o‘ynagan paytda gollar kiritishyapti, yarim himoyada harakatlanishganida emas.

Katta o‘yinlarda kichik detallar masalani hal qiladi. Tizim barqaror ishlamasa, alohida ijrochilar qanchalik mahoratli bo‘lmasin, har doim ham jamoani qutqarib qola olmaydi. Enrikening ayni damdagi vazifasi shunday murakkab. Agar u buni tuzata olmasa, Van Gaal va Raykard taqdiri davomchisiga aylanadi. Axir u ham o‘zining uchinchi mavsumini o‘tkazmoqda...

Lutfullo Tursunov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:27, 11.01.2017. O'qildi: 10308 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 16
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Бунёдкор Imeda Ashortia 8
8 Нефтчи Zoran Marushich 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
10 Бунёдкор Luis Kachorri 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.