Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves

Navbatdagi o'yinlar.

18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

2016 yilning omadsizlari ramziy terma jamoasi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Qaysidir futbolchini yomonlash niyatimiz yo‘q. Lekin «Barselona», «Bavariya» yoki APL grandlarida to‘p surayotgan yulduzlarning o‘yinlari qovushmadimi, demak ularga antitermadan joy ajratish o‘rinli. Mazkur ro‘yxatda kuchsizlar yo‘q, hammasi etarlicha sovringa ega chiqqan. Bu erda jahon, Evropa va Janubiy Amerika chempionlari bor. Quyida nomi tilga olinadigan 11 futbolchidan 10 nafari ECHL g‘olibiga aylanishgan. Masalaning ahamiyatli jihati ham shunda. Omadsizlarni «A» seriya, primera yoki APL autsayderlari orasidan qidirishning kimga qizig‘i bor? Yo‘q, chempionlarga nazar tashlab, ular ichidan antiqahramonlarni tanlaymiz. Boshladik!

Darvozabon

1. Klaudio Bravo («Manchester Siti»)

Ushbu kiperning muvaffaqiyatsizligida Gvardiolani ayblash mumkin. Ammo ispaniyalik mutaxassis garchi «Bavariya» bilan ECHLda g‘olib chiqmagan bo‘lsada, yil antiqahramonlari safidan o‘rin egallamaydi. Vaholanki, u «Machester Siti»da boshlagan shiddatni yo‘qotib qo‘ygandek. Bravoning starti esa umuman, o‘xshamadi. Amerika kubogidagi g‘alaba uchun chililik Klaudioga haykal qo‘yishga tayyor edilar, u «shaharliklar» safida muntazam xatoga yo‘l qo‘ymoqda, deyish qiyin. Ammo Xart­ni hamon eslashmoqda, uni «Torino»ga bejiz qo‘yib yuborgandeklar.

Himoyachilar

2. Serj Ore (PSJ)

Blanni haqoratlash, o‘z darvozabonini yomonlash, jamoani erga urish hamda Zlatan to‘g‘risida yomon gaplar gapirish... Shunday «karomat» ko‘rsatganlarni antiqahramonlar qatoriga qo‘shmaslikning iloji yo‘q. Ore nima qilayotganini o‘zi tushunmayapti. Serj polisiyachiga qo‘l ko‘tardi. Faqatgina Parij klubi nufuzi va obro‘li advokatlar tufayli qamoq jazosidan qutulib qoldi. Agar u futbol haqida ham o‘ylab, tuzukroq o‘yin ko‘rsatganida, mojarolar ham bo‘lmasmidi...

3. Branislav Ivanovich («CHelsi»)

Ajabo! Ivanovich janjallashmadi, hech kimni tishlamadi. Kuchli futbolchi, lekin hozir emas. Konte tomonidan «CHelsi»da tuzilgan uch kishidan iborat mudofaa chizig‘ida Branislavga joy topilmayapti. O‘ng qanotdagi o‘rnini vinger Mozesga bo‘shatib berdi. Aftidan, Ivanovichning davri o‘tgandek. Axir u g‘olibona odimlayotgan tarkibning bir qismi bo‘lishi, chap qanot himoyachisi Aspilikueta uning markazdagi joyini egallab olmasligi mumkin edi-ku. Terrini tushunamiz, yoshi o‘tib qolgan. Branislav esa Antonioning kutgan o‘yinini ko‘rsatolmadi. Albatta, o‘tgan mavsum ham u qadar muvaffaqiyatli kechmagandi.

4. Jerom Boateng («Bavariya»)

Bu o‘rinda jarohatlar pand berdi. Jerom yuqori darajali futbolchi bo‘lgani uchun uning terma jamoa va klubdagi xatolar seriyasi Boateng uchun yilning omadsiz kelganiga ishora qilayotgandek. Vaholanki, u 2015 yili barcha ligalardagi himoyachilar orasidan eng kuchli o‘yin namoyish etgandi. Lekin keyinchalik «Bavariya» ECHL bosh sovrinini qo‘lga kiritolmadi, Germaniya termasi Evropa chempionligidan quruq qoldi. Boateng endi davolanish bilan band. Yulduz o‘yinchi uchun omadsiz yil.

5. Xordi Alba («Barselona»)

Evro-2016 antiqahramonlaridan biri. Keyinchalik «Barselona» murabbiylari ham bu fikrga qo‘shilishdi. Axir yozda Kataloniyaga Din keldi. To‘g‘ri, fransuz hali Albani asosiy tarkibdan «siqib» chiqarmadi, ammo baribir, ispaniyalik himoyachi kelajagi borasida qayg‘urishiga to‘g‘ri keladi. Axir yaqindagina yakuniga etgan yilda Neymar tomon yo‘llangan noaniq uzatmalari, avvalgi tezligini yo‘qotishi va himoyadagi xatolari bilan yodda qoldi-da. Bu hol ECHLda ham, Evroda ham va hattoki, primerada ham uchradi. «Osasuna»ga qarshi bahsda golli paslar bergani esa kuchli o‘yindan dalolat bermaydi.

Yarim himoyachilar

6. Yaya Ture («Manchester Siti»)

Vensan Kompanining ko‘p o‘ynamayotgani tushunarli - jarohatlar o‘z so‘zini aytdi. Biroq Yaya Ture va uning agenti Selyukni haqiqiy yil omadsizlari deyish mumkin. O‘z boshlariga o‘zlari tashvish orttirishdi. Afrikalik afsona o‘z vakilining Gvardiola haqida bo‘lmag‘ur gaplar aytishiga jim qarab turdi. Turening mast holda avtomobil boshqargani - multimillioner uchun sharmandalikdan bosh­qa narsa emas, zero Angliyaning istalgan hududida xohlagan paytda taksi chaqirish imkoniyati mavjud. Keyinchalik Yaya o‘zini oqlashga urindi, biroq aslida voqea qanday sodir bo‘lgani bizga qorong‘u. Hattoki, tarkibga qaytganidan so‘ng qayd etgan «dubl»i ham ivuarlik futbolchini yil omadsizlari ro‘yxatidan chetda qolishi uchun etarli bo‘lmadi.

7. Serxio Buskets («Barselona»)

Simulyant sifatida tanilgan Serxioga jahon futbolida turlicha qarashlari sir emas, ammo u qatorasiga ikki yil mobaynida o‘z ampluasida dunyoda tengsiz o‘yinchiga aylandi. Faqat 2016 yil bundan mustasno. Balki Puyol, Xavi hamda Inestaning yo‘qligi bilinayotgandir? Balki. Ammo Buskets biroz formasini yo‘qotib qo‘ygandek. Ba’zi uchrashuvlarni yuqori kayfiyatda o‘tkazish uchun uning darajasi etarli. Lekin hamma ham mayda detallarga e’tibor qaratavermaydi.

8. Xames Rodriges («Real»)

Tan olaylik, agar Xames bechora va omadsiz ekanini kamroq ta’kidlab, o‘yinlarga jismonan yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rganida, uning «Real» tarkibidan tushib qolishiga biroz boshqacharoq munosabat bildirilardi. Ammo Rodriges vaziyatga o‘zi aralashayotgan ekan, Zayniddin uslubi jabrdiydasi haqida gapirishga hojat qolmaydi. Futbolchining ziqna agenti yozgi transferlar paytida unga tuzukroq shartnoma topolmadimi? Ehtimol. Biroq anig‘i shuki, Xames hozircha zaxiralar o‘rindig‘ida qolib ketyapti. U yaxshi o‘yinchi, lekin yil omadsizlari qatorida zikr etildi.

Hujumchilar

9. Tomas Myuller («Bavariya»)

Hattoki, Yoaxim Lyov ham tan oldi: Myuller kuchsiz jamoalar darvozasini ishg‘ol qilgach, ularni kamsitgandan ko‘ra, Evro-2016da gollar ursa bo‘lardi. Darvoqe, kamsitish professionallarga xos emas, bu ham germaniyalik hujumchining bugungi ro‘yxatdan o‘rin egallashiga etarlicha asos vazifasini o‘tashi mumkin. Myuller maydon tashqarisida mehribon yigit, maydonda esa ortiqcha hayratga solmayapti. Anchelotti bosh­qaruvidagi «Bavariya» uchun joriy mavsumdagi birinchi to‘pini yaqindagina kiritdi. Uni chiroyli uzatmalari ham qutqarib qololmadi. Statistika va o‘yin jarayoni avvalgi Myullerning o‘ziga o‘xshamayotganiga ishora.

10. Anxel Di Mariya («PSJ»)

Ehtimol, ishonmasdirsiz, lekin bu fakt - argentinalik futbolchining joriy mavsum «PSJ»dagi samaradorligi «Manchester Yunayted»­da o‘ynagan davridagidan ham pastroq ko‘rinish kasb etdi. To‘g‘ri, Anxelning omadli o‘yinlarini ko‘ra turib, buni payqash qiyindir, lekin o‘z davrining eng yaxshi qanot hujumchilaridan biri 2016 yilda o‘zini ko‘rsatolmadi. Di Mariya hozirgi obro‘si, reklamalari, maoshi va transfer narxi bilan umuman boshqacha ishlashi lozim. O‘zingga kel, Anxel!

11. Ueyn Runi («Manchester Yunayted»)

Alkaser va Batshuayi, albatta, turli darajadagi omadsiz transferlar o‘nligidan o‘rin egallashlari aniq. Ammo yil antiqahramonlaridan iborat terma jamoa tuzilar ekan, bu joyga Ueyn Runi ko‘proq mos tushadi. Keyn Evro-2016ni ko‘ngildagidek o‘tkazolmadi, biroq «shporlar» safida gollar urdi. Runi esa o‘z termasining Pirlo yoki Inestasiga aylanish niyatini amalga oshirolmadi. Keyinchalik klubdagi muammolar boshlandi. Na «Manchester Yunayted», na Angliya milliy jamoasi Runi bilan yaxshi o‘yin ko‘rsatishi mumkinligiga ishonmoqda. Balki Xitoyga jo‘nash vaqti kelgandir? Albatta, axir Ueynning o‘yini qovushmayapti, o‘zi ham nimanidir o‘zgartirish unchalik ishtiyoqmand emasdek.

Bosh murabbiy

12. Sem Ellardays (Angliya)

Qariya Sem - yil korrupsioneri. Orzusidagi jamoada ishlashdan quruq qoldi-ya. «Kristal Pelas» unga transferlar uchun 20 million funt ajratadigan bo‘ldi, lekin Angliya termasi - mutlaqo boshqa daraja. Ellardays hamon «uch sherlar» boshchiligida mag‘lubiyatga uchramagan murabbiy bo‘lib turibdi, chunki bittagina o‘yin o‘tkazdi va keyinchalik maydon tashqarisidagi «uddaburonligi» uchun omma oldida sharmandalikka uchradi. APLda shundoq ham futbol vakillariga katta pul to‘lanadi, shunday ekan, ziqna Sem ikki karra hayratlantirdi - notanish odamlarga ishonib, qonunni qanday chetlab o‘tish mumkinligi haqida gapirib berdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:55, 20.01.2017. O'qildi: 10800 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик