Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 17.08.2025 00:30
      • Alaves
      • 2:1
      • Levante
      • 17.08.2025 00:30
      • Valensiya
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 17.08.2025 20:00
      • Selta
      • 0:2
      • Xetafe
      • 17.08.2025 22:30
      • Atletik Bilbao
      • 3:2
      • Sevilya
      • 18.08.2025 00:30
      • Espanyol
      • 2:1
      • Atletiko
      • 19.08.2025 00:00
      • Elche
      • -:-
      • Betis
      • 20.08.2025 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Osasuna
  • APL
      • 17.08.2025 18:00
      • Chelsi
      • 0:0
      • Kristal Pelas
      • 17.08.2025 18:00
      • Nottingem Forest
      • 3:1
      • Brentford
      • 17.08.2025 20:30
      • Man. Yunayted
      • 0:1
      • Arsenal
      • 19.08.2025 00:00
      • Lids
      • -:-
      • Everton
  • Superliga
      • 17.08.2025 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • 2:0
      • Surxon
      • 17.08.2025 19:00
      • Mash’al
      • 1:0
      • Andijon
      • 17.08.2025 20:15
      • Bunyodkor
      • 2:1
      • Buxoro
      • 18.08.2025 19:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Qizilqum
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 19 40
2 Neftchi 19 39
3 Dinamo 19 37
4 Bunyodkor 19 34
5 OKMK 19 34
6 Paxtakor 19 33
7 Navbahor 19 31
8 Surxon 19 23
9 Qizilqum 18 22
10 Andijon 19 21
11 So‘g‘diyona 19 20
12 Xorazm 18 19
13 Qo‘qon-1912 19 18
14 Mash’al 19 18
15 Buxoro 19 14
16 Sho‘rtan 19 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Paxtakor 2-0 So‘g‘diyona
19-тур Navbahor 0-1 Neftchi
19-тур Dinamo 1-0 OKMK
19-тур Nasaf 2-0 Sho‘rtan
19-тур Qo‘qon-1912 2-0 Surxon
19-тур Mash’al 1-0 Andijon
19-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro

Navbatdagi o'yinlar.

18/08/25 Xorazm - Qizilqum

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1695 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 642 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 18.08.2025

      06:35 Новости футбола.
      06:40 Д/ф "Дэвид Бекхэм. Одиозный".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Эюпспор".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Фламенго".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Палмейрас".
      14:00 Новости футбола.
      14:05 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Фатих Карагюмрюк".
      16:05 Новости футбола.
      16:10 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Эюпспор".
      18:10 Новости футбола.
      18:15 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Фламенго".
      20:15 Новости футбола.
      20:20 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Палмейрас".
      22:20 Новости футбола.
      22:25 Д/ф "Лионель Месси".
      23:25 LIVE Чемпионат Турции. "Касымпаша" - "Трабзонспор". Прямая трансляция.
      01:25 "Третий тайм". Артём Молодцов.
      01:50 Новости футбола.
      01:55 Чемпионат Турции. "Гёзтепе" - "Фенербахче".
      03:50 Новости футбола.
      03:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Крузейро". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 18.08.2025

      05:10 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 2.
      05:40 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 2.
      06:15 Д/ф "Жизнь - подарок!".
      07:00 Автоспорт. Ралли. Чемпионат России.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве.
      09:35 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Этап 5 на автодроме "Красное кольцо".
      10:30 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Акробатические группы.
      13:15 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      13:55 Автоспорт. G-Energy СМП РСКГ Эндуранс. Кубок России. Этап 3 на автодроме "Moscow Raceway".
      16:15 "Культовые".
      16:45 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Мемориал Иштвана Дьюлая в Будапеште, Венгрия.
      19:00 Дзюдо. "Большой шлем" Улан-Батора в Монголии. День 1.
      20:45 "Тайны звёзд спорта".
      21:15 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве. 1/2 финала.
      23:20 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Дуэты. Произвольная программа. Финал.
      00:25 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Смешанные дуэты. Произвольная программа. Финал.
      01:30 "Культовые".
      02:00 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      02:40 Автоспорт. G-Energy СМП РСКГ Эндуранс. Кубок России. Этап 3 на автодроме "Moscow Raceway".
      04:50 "География спорта". Норильск.
  • MATCH-TV
    • Sana: 18.08.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Всё о главном".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Виктория Комова.
      11:25 "Культовые".
      11:55 LIVE Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Прямая трансляция.
      15:00 Специальный репортаж.
      15:20 Новости.
      15:25 Есть тема! Прямой эфир.
      16:50 "География спорта". Норильск.
      17:20 "Лучшие из лучших".
      17:55 Новости.
      18:00 Смешанные единоборства. UFC 319 в Чикаго, США. Дрикус Дю Плесси против Хамзата Чимаева.
      19:10 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      20:10 LIVE Громко. Прямой эфир.
      21:25 LIVE Футбол. Лига Пари. "Торпедо" (Москва) - "Урал" (Екатеринбург). Прямая трансляция.
      23:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:50 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Эльче" - "Реал Бетис". Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 "Культовые".
      03:30 Матч! Парад.
      04:00 Футзал. Суперкубок России. "Ухта" - КПРФ (Москва).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 18.08.2025

      05:15 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 3.
      06:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      07:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      09:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      10:00 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 2.
      10:45 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 3.
      11:30 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MXGP. Гонка 1.
      12:00 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MX2. Гонка 2.
      12:30 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MXGP. Гонка 2.
      13:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      14:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      16:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 6. Херес-де-ла-Фронтера - Юнкера.
      18:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 10. Пуэнтеареас - Байона.
      20:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      22:00 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 7. Pitz Alpine Glacier Trail в Пицтале, Австрия. Обзор.
      22:30 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 8. Sierre Zinal Trail в Вале, Швейцария. Обзор.
      23:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      01:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 10. Пуэнтеареас - Байона.
      03:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 6. Херес-де-ла-Фронтера - Юнкера.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Klopp – birinchi «qizil yo‘l»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Suratga chizgilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Germaniyalik Yurgen Klopp uchun «Liverpul» bosh murabbiyi rolidagi birinchi to‘liq yil dramatik tus oldi. «Qizillar» bu davrda 2ta kubok finalini boy berishdi.

Lekin Klopp yozgi kapital ta’mirdan so‘ng o‘z jamoasini APL g‘olibligi uchun asosiy da’vogarlardan biri sifatida gavdalantirdi. Harqalay, «Liverpul» ayni payt «Chelsi»ning bosh ta’qibchisi va raqobatchisidek taassurot uyg‘otmoqda. Angliya premyer-ligasida yarim masofa bosib o‘tilgach, Liverpool Echo jurnalistlari Yurgen Kloppni maxsus suhbatga chorlashdi va u bilan yakunlangan yilning eng e’tiborli voqealarini yod olishdi. Aytish joiz, mersisaydliklar uchun har oydan xotirlashga arziydigan yorqin o‘yinlar topildi.

Yanvar

23 yanvar. «Kerrou Roud». Angliya chempionati. «Norvich» — «Liverpul» - 4:5

— «Kerrou Roud»dagi o‘yin juda qiziqarli tus oldi: sizlar avvaliga 3:1 ko‘rinishida ortda bordinglar, keyin hisobni 4:3ga aylantirish uddasidan chiqdinglar. Ammo jamoangiz qo‘shimcha daqiqalarda gol qo‘yib yubordi. Muhimi, Adam Lallana 95-daqiqada g‘alabani ta’minlagan gol muallifiga aylandi. Siz tomoningizdan singdirilgan jamoaviy ruhning amaldagi isboti shu o‘yin emasmi?

— Ochiq gapirsam, shaxsan o‘zim bunday ssenariy ostidagi o‘yinlar kamroq kuzatilishi tarafdoriman. Axir bunaqasiga asablar dosh berishi qiyin - misli ko‘rilmagan bosim, zo‘riqish... Biroq «Norvich»ga qarshi kechgan o‘yinni «sehrli» iborasi yordamida ta’riflayman, baribir. Zero, hammasi mo‘’jizakor bo‘ldi. Yigitlar 4 oy davomida jamoaviy ruhni shakllantirish ustida olib borgan ishlarimiz samarasini ko‘rsatishdi.

— Xususan, Lallana raqib darvozasini ishg‘ol qilgach, siz ham maydonga yugurib tushdingiz va xursandchilik onlari odatdagidek, ko‘zoynagingiz yana sindi...

— Futbolchilar shunchaki, ehtirosga berilishdi. To‘xtang, barchasiga Kristian Benteke aybdor. Demak, vaziyatdan foydalanib, shogirdlarimni ogohlantiraman: yaxshisi, ko‘zoynagimni boshqa sindirmanglar, aks holda, aybdorni aniqlab, uni boshqa klubga sotib yuboraman (kuladi).

Fevral

28 fevral. «Uembli». Liga kubogi finali. «Liverpul» — «Manchester Siti» - 1:1 (pen. - 1:3)

— «Liverpul» bosh murabbiyi sifatidagi birinchi katta finalingiz «Manchester Siti»ga qarshi kechdi. O‘sha kun xotirangizda qanday muhrlandi?

— Juda yomon o‘ynaganimizni ayta olmayman. Deylik, qo‘yib yuborilgan birinchi goldan so‘ng faqat hujumni o‘yladik. Bu vaqtda eng muhimi «Siti»ning qarshi hamlaga o‘tishiga imkon bermaslik edi. Buni uddaladik ham. Har holda, raqib aytarli vaziyat yaratolmadi. Asosiysi, biz javob golini nishonladik va bir qarashda, g‘alabani o‘z tomonimizga og‘diradigan kayfiyatda edik. Afsuski, nimadir o‘xshamay qoldi. Aytish o‘rinli, shu o‘yinga qadar penaltilarni bajarish bo‘yicha yaxshigina ko‘rsatkichga ega bo‘lgandik, biroq finalda omadimiz chopmadi. Umuman, bunday lahzalar, ya’ni penaltilar seriyasida hammasini omad hal qiladi. Axir 11 metrli zarbani qandaydir rejaga solishning iloji yo‘q - shunchaki, natijani mardonavor qabul qilish kerak. Ehtimol, hozir ko‘pchilik eslamas, ammo vaqtida jamoam bilan ba’zi finallarda g‘olib chiqqanim ayni haqiqat. G‘alaba - doimo yaxshi, biroq mag‘lubiyat onlarida ham yashashda davom etish kerak-ku. Bor gap shu.

— Penalti tepilayotgan payt doimo o‘girilib olasiz. Nima, bu irimmi?

— Bilmadim. Hattoki, «Uembli»dagi penaltilar seriyasini ham ko‘rmadim. Umuman, jamoam 11 metrli jarima zarbasini amalga oshirayotganida, kamdan-kam holatda voqea joyiga qarashim mumkin. Yo‘q, aslida irimlarga mukkasi ketgan odam emasman, ammo penalti holatida negadir ko‘z tikishga sira botinolmayman. Bordiyu, to‘p oldiga Jeyms Milner yaqinlashsa, hech uning qanday muammo sezmayman. Bunda qanday zarba yo‘llashiga qarashim ham shart emas. Shunchaki, Jeyms gol urgach, tribunalar shovqinini eshitsam, bas. Ishoning, stadiondagi bunday manzarani tomosha qilish gol ko‘rishdan zavqliroq.

Mart

17 mart. «Old Trafford». YEL 1|8 final raundi. «Manchester Yunayted» — «Liverpul» - 1:1 («Liverpul» 2ta o‘yin natijasiga ko‘ra, 3:1 hisobida ustun chiqdi)

- «Manchester Yunayted»ni dog‘da qoldirgancha yevroturnir chorak finaliga chiqish yoqimli bo‘lsa kerak.

— Ha, bunisi endi yaxshiroq. «Manchester Yunayted»! O‘sha golni ayting! Biz go‘yoki, stadiondagi tovush tugmachasini bosib qo‘ydik. «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘z maydonimizdagi o‘yinda esa a’lo bahoga tortadigan futbol ko‘rsatgandik. Garchi hisob 2:0 ko‘rinishini olgan bo‘lsada, o‘sha oqshom aslida ko‘proq gol urishimiz hech gap emasdi. Xullas, «Liverpul» yaqqol kuchli ko‘ringandi. «Old Trafford»ga safar esa chindan ham, umuman boshqa narsa. Buni so‘z bilan ta’riflash qiyin, hammasi qandayligini shunchaki, bevosita sinab ko‘rish kerak.

— Eslasak, «Trafford»dagi o‘yinning birinchi bo‘limi sizlar uchun oson kechmadi. Faqat tanaffusga chiqish arafasida Koutinyo tomonidan urilgan gol hammasini o‘zgartirgandi.

— Xuddi shunday. Kiyinish xonasiga yo‘l olar ekanmiz, Filippening golidan rosa quvonganimiz esimda. Axir shu gol «Yunayted»ning ikkinchi bo‘limda kerakli natijaga erishishi xususidagi umidlarini butkul so‘ndirdi. Chunonchi, mezbonlardan keyingi raundga chiqish uchun 3ta gol urish talab etilardi. Buning imkoni bor aslida, ammo hech kim ishonmagandi. Chunki «Liverpul» chakki ko‘rinmayotgandi. Oddiy aytganda, bizning qarama-qarshiligimiz taqdirini o‘sha lahza, ya’ni Filippening goli hal qilgandi. Alohida aytishim kerak, golning o‘zi takrorlanmas chiqdi. De Xeani boshqacha tarzda dog‘da qoldirish juda qiyin. Misol uchun, avvalgi mavsum «MYU»ga o‘z maydonimizda yutqazgandik va o‘sha uchrashuv «Liverpul»ning aynan de Xeaga qarshi olishuviga aylangandi. Baxtimizga, «Trafford»da Filippe uning darvozasini ajoyib tarzda ishg‘ol qildi...

— Umuman, yil Koutinyo uchun nihoyatda omadli keldi. Bu fikrga qo‘shilasizmi?

— Ha, albatta. Filippe 2016 yili chindan ham, oldinga katta qadam tashladi. Muhimi, u o‘ta barqaror o‘ynadi. O‘ylashimcha, Koutinyoga jamoamiz uslubi rosa mos tushdi. Yigitlar uning maydonda nimalarga qodirligini juda yaxshi bilishadi, shuning uchun vaziyat tug‘ilishi bilan to‘pni darhol uzatishadi. Men esa har safar o‘zimga pichirlayman: «O, yo‘q, faqat bu safar ham darvoza tomon zarba yo‘llama!» Biroq tan olaman, agarda men ham uningdek tepishni uddalay olganimda, zarba berishdan sira qaytmasdim.

Aprel

14 aprel. «Enfild Roud». YEL 1|4 final raundi. «Liverpul» — «Borussiya» D. - 4:3

— Bu «Liverpul»ning 2016 yil davomidagi eng yaxshi kunimi?

— Yaqinda telefon orqali Xans Yoaxim Vatske bilan gaplashdim. Biz bir-birimizni Rojdestvo bilan qutladik, eng yaxshi tilaklarni bildirdik. U suhbatimiz yakunida shunday dedi: «Yana bir marta Liverpulga borishim va stadionga kirib, o‘sha qiyosi yo‘q muhit ichiga tushishim kerak. Tan olaman, aprelda «Enfild»da ro‘y bergan voqealarni unutishim juda qiyin bo‘ldi - bir necha oy azoblandim. Bu men uchun uzoq vaqt davomidagi eng og‘ir oqshom...». Biz uchun esa aksincha, hammasi sehrli tus oldi va tarixiy lahzalarga aylandi. Umuman, «Borussiya»ga qarshi har ikki o‘yinimiz alohida ahamiyat kasb etdi. Qur’ada bizga «Dortmund» tushgach, hamma nolidi: «Eh, omadimiz yurishmadi». Zero, raqibimiz butun turnir davomida yaxshi o‘ynayotgandi. Ammo biz uyda va safarda bo‘ladigan 2ta o‘yinda har narsa ro‘y berishi mumkinligini juda yaxshi tushunardik. O‘sha paytgacha dortmundliklar ishtirokidagi ko‘plab o‘yinlarni tomosha qilgandik, faqat muxlis sifatida. Misol uchun, men har doim ularning g‘alaba qozonishlari, chiroyli futbol ko‘rsatishlaridan o‘zgacha rohatlanaman. Qur’a natijasi e’lon qilingach esa, «Borussiya»ga bo‘lajak raqib sifatida jiddiy qarashga majbur bo‘ldik. Uning o‘yinlarini qancha ko‘p ko‘rsak, tahliliy xulosalar shunchalik boyidi va qarama-qarshilikda ustun kelishimizga ishonch ortib bordi. Safarda ancha yaxshi harakatlanib, durang natijani saqlab qoldik. Keyin «Enfild»da hattoki, 0:2 va 1:3 hisoblarida ortda borganimizda ham, yetarlicha xavfli vaziyatlar yaratdik. Ya’ni golga tortadigan holatlar soni bo‘yicha «Dortmund»ning avvalgi barcha raqiblari umumiy statistikasidan ham yaxshiroq ko‘rsatkich qayd etdik. Chunki u bilan qanday olishish zarurligini bilardik. Faqat qarshi hujumda 2ta va himoyadagi o‘z xatomiz oqibatida yana bitta gol qo‘yib yuborganimiz qo‘shimcha muammo tug‘dirdi. Shuning barobarida agar oxirigacha xotirjamlikni saqlab qolsak, vaziyatlar sonini yanada ko‘paytirishimiz va oxir-oqibat, g‘alaba qozonishimiz mumkinligiga ishondik. Umuman, men omadi kulgan murabbiyman. Zero, Maynsda ham, Dortmundda ham doimo ajoyib manzarali stadiondan alohida ilhom olganman. Ammo ochiq aytaman, o‘sha oqshom «Enfild»da butun hayotimdagi eng yaxshi yarim soatlikni boshdan o‘tkazgandim.

— «Borussiya» bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘sha mag‘lubiyatga qandaydir  izoh berishga ojiz ekanligini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hisob 3:3ga aylangach, stadionda hamma «Liverpul»ning 4-golni ham urishiga ishongan va buni intiqlik bilan kutgan ekan. Futbolchilar va muxlislarning birlashishlari shumi?

— Aynan shu. Menimcha, «Enfild»ga muntazam tushadigan «Liverpul»ning har bir fanati o‘sha o‘yinning oxirgi 30 daqiqasini qayta-qayta tomosha qilishi kerak. Shunda muxlislar nimalarga qodir ekanliklarini sira unutmaydi. Ishonchim komil, «Liverpul» fanatlarning qo‘llab-quvvatlashlarisiz bunaqa jasorat ko‘rsata olmasdi. Ehtimol, ayrimlar bu gaplarni murabbiyning majburiyati o‘laroq, aytayotganimni ta’kidlar. Lekin o‘zim to‘liq aminman - bular 100 foiz yurakdan aytilyapti.

May

18 may. «Sankt-YAkob Park». YEL finali. «Liverpul» — «Sevilya» - 1:3

- «Liverpul»ning yevrokuboklardagi sarguzashti alamli yakun topdi. «MYU», «Borussiya» va «Vilyarre-al»ga qarshi omadli kurashlardan so‘ng mersisaydliklar «Sevilya»ga bas kelolmadilar. Shu tariqa «Liverpul»ning 11 yillik tanaffusdan keyin yana yevrokubok yutish umidi so‘ndi. Boz ustiga, jamoangiz navbatdagi mavsum CHLda o‘ynash huquqidan ham mosuvo bo‘ldi...

— Ha, o‘sha finalda ham yutqazdik - bu tushunarli. Biroq «Liverpul» birinchi bo‘limda raqibidan ancha ustun ko‘ringandi. Biz hattoki, ikkinchi golni urdik, afsuski, uni o‘yindan tashqari holat sabab, hisobga olishmadi...

— Shuningdek, to‘p qo‘l bilan o‘ynalgan holat uchun penalti belgilanmaganiga bog‘liq bahs tug‘ildi...

— Bu to‘g‘ri. Penalti berishmadi, golni inobatga olishmadi - yoqimsiz holatlar bir talay. Shunga qaramay, hisobda oldinda bordik - 1:0. Futbolda doimo  barchasini to‘liq nazorat ostida ushlash imkonsiz ishdir. G‘alaba uchun ozgina omad ham zarur. Eslang, finalning birinchi bo‘limida jamoam juda faol o‘ynagandi. Biroq mohiyatan olganda, butun mavsum o‘ta shiddatli tus olganidanmi, o‘yinning ikkinchi bo‘limini ham munosib o‘tkazishga shunchaki, kuchimiz yetmadi. Bu bilan o‘zimni oqlamoqchi emasman. Ammo o‘sha o‘yinga qadar necha marta maydonga tushganimizni bir o‘ylang. Oyoqlaring 500talab o‘yinda yugurib-charchagan payt mavsumning eng muhim bahsida maydonga tushish biroz g‘alati. Albatta, FIFA, UYEFA va AFA nuqtai nazaridan hammasi mantiqqa mos - muxlislar futbolni yaxshi ko‘rishadi. Ammo achinarlisi shuki, rahbarlar jahon chempionati ishtirokchilari sonini 48ta oshirishni yoki Yevropa chempionatining qandaydir yangi formatini rejalashtirish payti negadir futbolchilar imkoniyatini hisobga olishmaydi.

— O‘sha oqshomni eslaganingizda, miyangizdan «Eh, nimanidir boshqacha qilganimda edi, uchrashuv natijasi o‘zgacha bo‘lardi» qabilidagi o‘y-xayollar ham o‘tadimi?

— Albatta, Bazeldagi o‘yin 1-2 hafta davomida miyamda charx urganini tan olaman. Ammo bundan ko‘p emas. Zero, ortiqcha o‘ylashdan ma’no yo‘q - asabingiz buzilgani qoladi, xolos. Axir vaqtni ortga qaytarish imkoni bormi? Asosiy saboq - o‘sha uchrashuvning ikkinchi bo‘limida yuz bergan xatolar. Ularni zinhor boshqa qaytarmasligimiz kerak.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:11, 22.01.2017. O'qildi: 9378 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Насаф Husayn Norchayev 9
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 8
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 6
9 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
10 Андижон Rustam Turdimurodov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.