Xalqaro futbol federasiyalari uyushmasi futbol qoidalariga bir qator juz’iy o‘zgarishlar kiritildi.
FIFAning ko‘rsatmalari asosida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan taniqli hakamlar hamda instruktorlar klublar, jamoalar, OAV vakillari uchun seminarlar tashkil etishyapti.
Xuddi shunday tadbirlarda biri “Metallurg” futbol klubining yangi mavsumga tayyorgarlik olib borayotgan qarorgohi – Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tdi. Semenarni FIFA referisi Vladislav Seytlin olib bordi. U “Futbol qoidalaridagi o‘zgarishlar” mavzusida ma’ruza qildi, futbolchilarni, jamoa murabbiylarini qiziqtirgan savollariga javob qaytardi.
Bugun poytaxtimizdagi “Bunyodkor” akademiyasi futbol maydonida “Metallurg” yoshlar tarkibi mezbonlarning yoshlar tarkibiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazadi. Ikki kundan keyin esa bekobodliklarning asosiy tarkibi “Bunyodkor” yoshlariga qarshi to‘p suradi.
5 fevral sanasida esa “Metallurg” o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga uchib ketadi.