Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba.

  • La-liga
      • 10.01.2026 01:00
      • Xetafe
      • 1:2
      • Real Sosyedad
      • 10.01.2026 18:00
      • Real Ovyedo
      • 1:1
      • Betis
      • 10.01.2026 20:15
      • Vilyarreal
      • 3:1
      • Alaves
      • 10.01.2026 22:30
      • Jirona
      • 1:0
      • Osasuna
      • 11.01.2026 01:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Elche
      • 11.01.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Malyorka
      • 11.01.2026 20:15
      • Levante
      • -:-
      • Espanyol
  • AFC U-23
      • 10.01.2026 16:30
      • BAA
      • 0:3
      • Yaponiya
      • 10.01.2026 16:30
      • Livan
      • 2:4
      • Janubiy Koreya
      • 10.01.2026 19:00
      • Eron
      • 0:0
      • O‘zbekiston
      • 10.01.2026 21:30
      • Suriya
      • -:-
      • Qatar
      • 11.01.2026 16:30
      • Xitoy
      • -:-
      • Avstraliya
      • 11.01.2026 19:00
      • Tailand
      • -:-
      • Iroq
      • 12.01.2026 21:30
      • Saudiya Arabistoni
      • -:-
      • Vyetnam
      • 12.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Qirg‘iziston
  • «A» Seriya
      • 10.01.2026 19:00
      • Udineze
      • 2:2
      • Piza
      • 10.01.2026 19:00
      • Komo
      • 1:1
      • Bolonya
      • 10.01.2026 22:00
      • Roma
      • 2:0
      • Sassuolo
      • 11.01.2026 00:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Torino
      • 11.01.2026 16:30
      • Lechche
      • -:-
      • Parma
      • 11.01.2026 19:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Milan
      • 11.01.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Lasio
      • 12.01.2026 00:45
      • Inter
      • -:-
      • Napoli
      • 12.01.2026 22:30
      • Jenoa
      • -:-
      • Kalyari
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 21 49
2 Manchester Siti 21 43
3 Aston Villa 21 43
4 Liverpul 21 35
5 Brentford 21 33
6 Nyukasl 21 32
7 Man. Yunayted 21 32
8 Chelsi 21 31
9 Fulhem 21 31
10 Sanderlend 21 30
11 Brayton 21 29
12 Everton 21 29
13 Kristal Pelas 21 28
14 Tottenhem 21 27
15 Bornmut 21 26
16 Lids 21 22
17 Nottingem Forest 21 21
18 Vest Xem 21 14
19 Byornli 21 13
20 Vulverhempton 21 7

O'tgan o'yinlar.

21-тур Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
21-тур Bornmut 3-2 Tottenhem
21-тур Brentford 3-0 Sanderlend
21-тур Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
21-тур Everton 1-1 Vulverhempton
21-тур Fulhem 2-1 Chelsi
21-тур Manchester Siti 1-1 Brayton
21-тур Byornli 2-2 Man. Yunayted
21-тур Nyukasl 4-3 Lids
21-тур Arsenal 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

17/01/26 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01/26 Tottenhem - Vest Xem
17/01/26 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01/26 Liverpul - Byornli
17/01/26 Lids - Fulhem
17/01/26 Chelsi - Brentford
17/01/26 Nottingem Forest - Arsenal
18/01/26 Vulverhempton - Nyukasl
18/01/26 Aston Villa - Everton
20/01/26 Brayton - Bornmut

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Buxoro» rahbariyati klub atrofidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Buxoro
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Buxoro» futbol klubi o‘tgan yilgi milliy futbol mavsumining sensasiyalaridan biri bo‘ldi — bir yil avval bazo‘r Oliy Ligada jon saqlab qolgan jamoa 2016 yil davomida Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib bordi.

Jamoa bunday muvaffaqiyatga o‘z-o‘zidan erishgani yo‘q — 2016 yilgi mavsum oldidan klubga bir qator taniqli futbolchilar jalb etildi, bundan avvalroq, 2015 yilning ikkinchi davrasida klub murabbiylar shtabida bungacha «Paxtakor», «Lokomotiv», «Dinamo», «Sho‘rtan» klublarida ishlagan turkmanistonlik mutaxassis — Tachmurod Agamurodov ish boshlagan edi.

23 yanvar kuni nafaqat Tachmurod Agamurodov, balki klubning butun murabbiylar shtabi iste’foga chiqarildi. Bu vaqtgacha jamoa yetakchisiga aylanib ulgurgan bir qator futbolchilar klubni tark etib ulgurgan edi. Bu xabarlar «Buxoro»dagi «futbol ertagi» yakuniga yetdi, degan taassurot uyg‘otmay qo‘ymasdi.

Ayni vaqtda, ijtimoiy tarmoqlar jarayon bilan bog‘liq boshqa bir tasodifiy holatga ham e’tibor qaratgan — Buxoroning yangi hokimi 2008 yili Samarqand viloyatiga rahbar bo‘lib kelgach, o‘sha vaqtda «Dinamo»da ishlayotgan Agamurodov bir oydan so‘ng iste’fo bergan. Bu safar shu holat Buxoroda takrorlandi.

«Buxoro» rahbariyati klub atrofida paydo bo‘layotgan «asossiz gap-so‘zlar»ning oldini olish maqsadida, «Daryo» internet-nashriga murojaat yo‘lladi. Unda Agamurodov ham a’zosi bo‘lgan murabbiylar shtabining iste’foga chiqarilishi sabablari, shuningdek, klubning yangi rivojlanish strategiyasi haqida so‘z boradi.

«Aksariyat muxlislarda chempionatda 4-o‘rinni egallagan jamoa murabbiylar shtabi nega ishdan chetlatildi, degan savol tug‘ilishi mumkin.

Birinchidan, har qanday mutaxassis ishga qabul qilinganda uning oldiga ma’lum talablar qo‘yiladi. Mutaxassis ham mavjud talablarni amalga oshirish uchun o‘z shartlarini o‘rtaga tashlaydi.

2016 yilgi mavsum avvalida jamoa murabbiylar shtabi oldiga Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yildi. Bu borada jamoaga barcha sharoitlar yaratib berildi. Murabbiylar talabiga asosan yulduz futbolchilar tarkibga jalb etildi. Ammo natija-chi?! Mavsum yakuniga ko‘ra jamoa OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. Mazkur holatning o‘ziyoq murabbiylar shtabi rahbariyatning talabini qondira olmaganligi hamda iste’foga loyiqligini ko‘rsatadi.

Ikkinchidan, 2016 yilgi mavsumdagi «Buxoro» futbol klubi byudjeti Oliy Ligada faoliyat yuritayotgan klublar o‘rtasida 2-o‘rinni egallagan. Ammo turnir jadvalidagi yakuniy pog‘ona — 4-o‘rin.

Bu holat klub rahbariyati tomonidan pullarni behuda sovurish, kerak bo‘lsa, talon-toroj qilish sifatida baholandi» - deyiladi «Buxoro» PFK murojaatida.

«Buxoro» rahbariyatining qayd etishicha, klub o‘z rivojlanish strategiyasini qayta ko‘rib chiqqan va endi asosiy e’tibor yoshlarga qaratiladi.

«Endilikda faqatgina katta mablag‘, baland maosh evaziga jamoadan jamoaga ko‘chib yuruvchi «yulduz» o‘yinchilar bilan natijaga erishib bo‘lmasligini anglagan klub rahbariyati o‘z rivojlanish strategiyasini o‘zgartirib, mahalliy yoshlar evaziga bosqichma-bosqich taraqqiyot yo‘lini tanladi.

Jamoada buxorolik futbolchilar orasida kim muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi? Faqatgina Shavkat Salomov va qisman Jasur Hasanov. Suhrob Ne’matov zaxiradan maydonga tushdi; Bobir Amonov, Jamoliddin Ubaydullayev, Nozim Umurov singari futbolchilar esa, bir-ikki o‘yinni aytmasa, zaxira o‘rindig‘ini «isitdi». Jamoaga o‘rinbosarlar tarkibidan hech kim jalb etilmadi.

Negaki, asosiy e’tibor faqatgina «yollanma» futbolchilar evaziga natijaga erishishga qaratilib, yoshlar bilan ishlash unutildi. Oqibatda esa jamoa kelajagi xavf ostida qoldi. Shu bois ayni paytda viloyatdagi ayrim muxlislar jamoaning keyingi yildagi ishtirokidan xavotir olmoqda. Agar klub murabbiylar shtabi o‘z vaqtida yoshlar bilan ishlashga ham e’tibor qaratganida, bugun mazkur xavotirlarga o‘rin qolmasdi.

Shu bois, ayni paytda viloyatda futbolni mahalliy yoshlar hisobiga kuchaytirishga e’tibor qaratildi. Mablag‘ ham ana shu maqsadga yo‘naltirildi. Tabiiyki, bunday vaziyatda katta maoshga o‘rgangan futbolchilar o‘z xohishiga ko‘ra jamoani tark etadi» - deyiladi «Buxoro» PFK murojaatida.

Klub murojaatida alohida qayd etilishicha, Tachmurod Agamurodovning iste’fosi bilan viloyatga yangi hokim tayinlanuvi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q.

«Xulosa qilib aytganda, Tachmurod Agamurodovning iste’fosi viloyat hokimi shaxsiy munosabati bilan emas, balki sohada tartib o‘rnatish maqsadida amalga oshirildi. Iste’foning asosiy sababi — avvalo belgilangan natijaga erishilmaganligi, qolaversa, jamoa o‘yinini bir martalik tarkib hisobiga tuzib, uning kelajagiga e’tibor qaratilmaganligida. Bu holatdan esa rahbariyat qoniqmasdan, uni iste’foga chiqardi» - deyiladi «Buxoro» PFK murojaatida.

Avvalroq «Buxoro» futbol klubiga Buxoro futboli tarbiyalanuvchisi Ulug‘bek Baqoyev bosh murabbiy etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi. Unga O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov ma’lum muddat yordam beradi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:18, 01.02.2017. O'qildi: 8339 marta. Fikrlar: 15 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 20
2 Брентфорд Igor Tiago 16
3 Борнмут Antuan Semenyo 10
4 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 9
5 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
6 Ньюкасл Bruno Gimaraes 8
7 Брайтон Denni Uelbek 8
8 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
9 Астон Вилла Olli Uotkins 7
10 Астон Вилла Morgan Rodjers 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.