Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oleg Kononov: «Murabbiy hamisha diplomat bo‘lavermaydi»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Krasnodar»ni uch yil boshqargan Oleg Kononov Rossiyaning taniqli murabbiylaridan biriga aylandi. «SSF» nash­riga intervyu bergan 50 yoshli mutaxassis jamoadagi faoliyatini yodga oldi.

- O‘tgan mavsum yakunida «Bavariya»ga stajirovkaga borgandingiz. Taassurotlar qanday?

- Jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan uchrashdim. Unga bir nechta savollar berdim. Italiyalik mutaxassis undan oldin ishlagan Pep Gvardiolaning ishiga yuqori baho berdi. Aytishicha, Pep futbolchilarni funksional va taktik jihatdan yaxshi tayyorlagan. Shuningdek, Karlo ispaniyalik murabbiy paytidagi seleksiya ishlarini ham maqtadi.

- Yana qaysi jihatlar e’tiboringizni tortdi?

- Mashg‘ulotlardagi holat yoqdi. Hamma bir yoqadan bosh chiqaradi. Aytgancha, u yerga Anatoliy Timoshuk bilan borgandim. Uni «Bavariya»da hamon hurmat qilishadi.

- Anchelotti Gvardiolaning «bagaji» haqida ham gapirdimi?

- To‘g‘risini aytsam, «oldingi murabbiyning bagaji» nima ekanligini tushunmayman. Umuman, bu haqda gapirish noo‘rin. Futbolchi bugun bir mutaxassis bilan ishlayaptimi uning qarashlarini qo‘llashi lozim. Ertaga boshqasi kelsa, uning aytganlarini bajarishga majbur. Murabbiylar hech qachon bir-birlarining ishlarini takrorlashmaydi.

- Yaqinda «Chelsi»da ham stajirovka qildingiz. Ikki klubni solishtira olasizmi?

- Aslida, bosh murabbiylarning ishlarini solishtirish kerak. Antonio Kontening mashg‘ulotlari uzoq davom etadi. Agar mashqlar soat 11:00da boshlansa, bazada futbolchilar soat 9:00dayoq to‘planib bo‘lishadi. Ular «nagruzka»larga individual tarzda tayyorgarlik ko‘rishadi. Keyin har bir futbolchi kamida bir yarim soat shug‘ullanadi. Anchelotti esa «Milan»dagidan farqli o‘laroq, taktikaga kamroq vaqt ajratadi. Konte futbolchilarning individual mashg‘ulotlariga ko‘proq e’tibor beradi.

- Siz aytganingizdek, Pavel Mamayev Monte-Karlodagi mojarodan keyin o‘ziga kelmadi. U ijtimoiy tarmoqlar orqali sizdan shunday gaplarni kutmaganini aytgandi. Ayni paytda o‘zaro munosabatingiz qanday?

- O‘shandan keyin Pavel bilan gaplashmadim. Lekin oramizda hech qanday mojaro yo‘q, deb hisoblayman.

- Mamayevning xarakteri og‘irligini bilamiz. U bilan qanday ishlagansiz?

- Murabbiy hamisha diplomat bo‘lishi shart emas. Axir ishimiz doimiy stress, asabiylikdan iborat. Biz Pavel bilan keragicha suhbatlashib olganmiz. Mamayev ko‘p mehnat qildi, mashg‘ulotlarda o‘zini ko‘rsatdi. Yakunda natija berdi va u Rossiya terma jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi. Kichik mojarolarni suhbat orqali hal qilardik. Ba’zida bu natija bermasdi va qattiqqo‘llik qilishga to‘g‘ri kelardi. Fyodor Smolov kelganidan so‘ng Pavel klubning yetakchisiga aylandi. Ularning dueti 2015|2016 yillar mavsumi bezagiga aylandi. Ular o‘yin va natijadan rohat olishardi. Biz esa nostandart harakatlaridan. Xalk - Dzyuba, Promes - Ze Luish, Mamayev - Smolov bu uchta duetning qarama-qarshiligini tomosha qilish rohat bag‘ishlagan.

- Mamayev futbolchi sifatida «Krasnodar» uchun kerak edi. Siz uni asosiy tarkibdan haydaganingizda buni o‘ylamadingizmi?

- Hozir qandayligini bilmadim-u, mening davrimda Pavel haqiqatan ham jamoaning yetakchi o‘yinchilaridan edi. U tarkibda yo‘qligida muammolarga duch kelardik.

- Fyodor Smolovning real bahosi qancha?

- «Krasnodar» rahbari ham shuni o‘ylayotgan bo‘lsa kerak. Ammo matbuotda yozilayotganidan ikki baravar qimmat turadi.

- Demak, 20 million yevro. U Germaniya chempionatiga mos keladimi?

- Germaniya chempionatida futbol ancha tezkor. Fyodor ham bunday o‘yin rejimini ushlab tura oladi. Yanada o‘sishi uchun unga ikkita jamoa mos keladi - «Bavariya» va «Borussiya» (Dort­mund).

- Nima uchun u so‘nggi ikki-uch mavsumdan buyon ko‘p gol uryapti?

- Barchasi uning istagiga, jamoa o‘yiniga, jamoadoshlariga, murabbiy va rahbariyatga bog‘liq bo‘lib qoldi.

- Sizning qo‘l ostingizda o‘ynagan yana bir futbolchi - Roman Shirokov. Avvaliga uning xarakteri borasida xavotirga tushmadingizmi?

- Roman kelishi bilanoq gaplashib oldik. Bizga uning tajribasi va iqtidori kerak edi. Boz ustiga, Shirokov biz namoyish etayotgan futbolga osongina moslashdi. Ayrim futbolchilar va rahbarlar Romanning oliftalik qilishidan cho‘chishgandi. U - katta professional. Boshqa yigitlar ham uning ortidan borishdi. Mamayev, Ari, Vanderson, Joaozinyo, Ahmedov, Kaleshin, keyinroq Pereyra, Izmaylov va Labordelar qiziqarli o‘yin namo­yish qila boshlashdi.

- Shirokov siz bilan o‘yin taktikasini muhokama qilarmidi?

- Barchasini bo‘lmasa ham qilib turardi. Roma hamisha jamoa haqida o‘ylagan.

- «Krasnodar»dan o‘zingiz ketdingizmi yoki haydashdimi?

- O‘zaro kelishgan holda qaror qabul qilganmiz. Bu borada boshqa hech narsa demayman.

- Ko‘pchilik uchun bu kutilmagan bo‘ldi.

- Fikringizga qo‘shilaman. Chunki, murabbiy har doim ham o‘zi iste’foga chiqavermaydi.

- Ikki nafar yordamchingiz ham bosh murabbiy bo‘lishdi. Sizningcha, Andrey Tixonov yoki Igor Shalimovdan qay biri ko‘proq muvaffaqiyat qozonadi?

- Andrey bilan ko‘p ishladim va u haqda ancha-muncha gapira olaman. Tixonov iqtidorli va yosh. O‘z yo‘lini endi boshladi. Menimcha, Shalimov ochiq inson emas. Lekin u futbolchi va murabbiy sifatida katta tajriba to‘plagan. Barchasi ularning o‘zlariga bog‘liq.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:51, 08.02.2017. O'qildi: 2666 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик