Bugun "Obod" klubining asosiy va o‘rinbosarlar tarkibi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Ertalab Vyacheslav Tigay murabbiyligidagi o‘rinbosarlar "Olmaliq"ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, tushdan so‘ng asosiy tarkib a’zolari "Bunyodkor" akademiyasi maydonida yosh "qaldirg‘ochlar"dan ustun kelishdi - 3:1.
Jamoa navbatdagi nazorat uchrashuvini 11 fevral kuni "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘tkazadi.
Nazorat uchrashuvlariOBOD (o‘rinbosarlar) - OLMALIQ (o‘rinbosarlar) - 2:18 fevral. Toshkent. "Obod" maydoni."Obod": Ubaydullo Inoyatullayev (Islom Yusufjonov), Sherdor To‘xtasinov, Islom Ismoilov, Abbos Isroilov (Abdulboriy Olimov), Abbos Saidkarimov, Humoyun Abdualimov, Daniel Nasriddinov, Jahongir Omonov, Abdulloh Mahkamov, Farhod Karimov, Sarvar Hoshimov.
Gollar: Abbos Isroilov, Abdulloh Mahkamov.
BUNYODKOR (o‘rinbosarlar) - OBOD - 1:3 (0:1)8 fevral. Toshkent. "Bunyodkor akademiyasi" maydoni.Bosh hakam: Aleksandr Lupashko.
"Obod": Shirinboy Abdullayev (Azamat Ahmedov), Sardor Qahhorov (Abbos Po‘latov), Abror Xusinov (Javlon Iskandarov), Anvar G‘ofurov, Farhod Mirahmatov, Sanjar To‘raqulov, G‘ayrat Umirov, Farrux Haydarov (Cultonbek Nurimov), Sanjar Rihsiboyev (Sunnatilla Abdullajonov), Pavel Solomin (Idris Bikmaykin), Sherzod Jalilov (Mirshohid Olimov).
Gollar: G‘ayrat Umirov (2ta), Farhod Mirahmatov.