Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan "Paxtakor" Ukrainaning "Stal" klubi bilan nazorat o‘yinida maydonga tushdi.
Ukraina Premyer-ligasi ishtirokchisiga qarshi bellashuvda gol urish uchun imkoniyatlar ko‘proq "Paxtakor" tarafida bo‘ldi, ammo ulardan foydalanish futbolchilarga nasib etmadi. Sergeev va Iskanderovning zarbalaridan keyin to‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Shu tariqa bahsda tomonlar gol ura olishmadi.
16 fevral kuni "Paxtakor" Turkiyada uchinchi nazorat uchrashuvini Rossiyaning "Krilya Sovetov" klubiga qarshi o‘tkazadi.
"Paxtakor" - "Stal" 0:0
"Paxtakor": Lobanov, Andreev (Avilov, 60), Ismatullayev, Oraxovas, Hoshimov (Alijonov, 60), A.Ahmedov (G.Ahmedov, 66), Sohibov (YUsupov, 66), Kozak (O‘runov, 46), Iskanderov (G‘anixonov, 60), Karimov (Nurullayev, 46), Sergeev (Hakimov, 60).
"Stal": Bandura, Voronin, Kravchenko, Ulyanov, Klimchuk, Karasyuk, Dovgiy, Zaderaka, Deul, Debelko, Komvalius.