Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yurgen Klopp: «Liverpul» - mo‘’jizaviy jamoa»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Liverpool Echo nashrida «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Kloppning suhbati chop etildi. Angliyalik jurnalistlar germaniyalik mutaxassisning har oy bergan intervyularidagi eng qiziq gaplarni ajratib, ularning barini jamlashdi.

Iyun Evro-2016

— Islandiya termasi inglizlarni nimchorak finalda mag‘lub etdi. Germaniya jamoasi esa yarim finalda fransuzlarga imkoniyatni boy berdi. Umuman olganda, Yevro- 2016dan qanday xulosa chiqardingiz?

— Unchalik ko‘p o‘yin tomosha qilmadim. Angliya termasining barcha uchrashuvlarini kuzatdim. Ammo Emre Jan maydonga tushmagani bois Germaniya jamoasi ishtirokidagi bahslarning ayrimlarini o‘tkazib yubordim.

— Kelajakda Germaniya termasini boshqarishni rejalashtirmayapsizmi?

— Bu haqda umuman o‘ylamayapman. Hozir qo‘l ostimda bir jamoa bor. Ikkita ishni birgalikda bajarish esa noto‘g‘ri.

— Nima uchun Angliya termasining yirik turnirlarda omadi kelmaydi? Bunga sabab qishki tanaffusning yo‘qligimi?

— Hayotda nimanidir tanlashga to‘g‘ri keladi. Masalan, menga qolsa, 24 soat ishlab, 10 soat uxlasam deyman. Lekin buning umuman iloji yo‘q. Inglizlar yil davomida futbol ko‘rishni, shuningdek, yozda ham yaxshi formada bo‘lishni istashadi.

Iyul

Kaliforniyadagi mavsum taraddudi

— Ilk marta mavsumga «Liverpul» bilan tayyorgarlik ko‘ryapsiz...

— Menga juda yoqdi. Jamoaga yangi kelganimda, hattoki, shug‘ullanishga ham ulgurmagandik. O‘yinlar, o‘yinlar, o‘yinlar... Mavsumoldi tayyorgarliklar juda muhim. Mashg‘ulot lageriga bir jamoa bilan borib, boshqasi, ya’ni kuchaygani bilan qaytasiz. Boz ustiga, AQSHda «Liverpul»ning muxlislari juda ko‘p. U yerga bejiz bormadik. Shunga o‘xshash safarimizning navbatdagisini Osiyoga uyushtiramiz. Umuman olganda, bunga qarshi emasman.

— Aksariyat futbolchilarning aytishlaricha, bu yilgi mashg‘ulotlar o‘zgacha bo‘libdi...

— O‘ylashimcha, biz bundan ko‘prog‘iga qodir edik, lekin o‘zimizga kerakli mashqlarni bajarish bilan cheklanamiz. Negaki, bu yerda Germaniyadagidek davralar oralig‘idagi mashg‘ulotlar yo‘q. Qolaversa, ayrim futbolchilar tarkibimizga kechroq qo‘shilishdi. Shu bois ham ko‘ngildagidek shug‘ullana olmadik.

Avgust 2016 yil 14 avgust, «Emireyts» Arsenal- Liverpul- 3:4

— Sadio Mane gol urgach, ustingizga chiqib oldi...

— Haqiqatan ham bu g‘alati bo‘ldi. Negaki, o‘yin endigina boshlangandi. Lekin chempionatni yaxshi boshlaganimizdan xursandman. Mavsumoldi tayyorgarliklardan so‘ng kayfiyatimiz chog‘ edi. Tarkibimizga ajoyib futbolchilar jamlanganini hamma bilardi. Buni «Emireyts»da isbotladik.

Sentyabr 2016 yil 10 sentyabr, «Enfild» Liverpul-Lester- 4:1

— «Enfild»dagi yangi asosiy tribunaning ochilishini ajoyib tarzda nishonladinglar. Stadionga yig‘ilgan 53 ming muxlis amaldagi chempionning qay tarzda dog‘da qoldirilganiga guvoh bo‘ldi.

— «Enfild»ni o‘tgan mavsum «Chelsi»ga qarshi kechgan oxirgi o‘yinimizda tark etgandim. Stadionga sentyabrda yana kirganimda yangi tribunani ko‘rib, o‘zimni xuddi dunyoning sakkizinchi mo‘’jizasi oldida turgandek his etdim. Ular buni qanday qurishganini tushuna olmadim.

Oktyabr

2016 yil 29 oktyabr, «Selxerst»

Kristal Pelas- Liverpul- 2:4

— O‘yin ajoyib tarzda o‘tdi. Tanaffusga qadar darvozalar besh bora ishg‘ol qilindi.

— Biz raqibdan ko‘ra yaxshiroq o‘ynadik. Darvozamizdan kutilmagan gollarni o‘tkazib yubordik. Aytishim mumkinki, xuddi «kattalardek» o‘ynadik. Ikkinchi bo‘limda har narsa ro‘y berishi mumkin edi. Bizning asosiy qurolimiz futbol ekanini tushunishimiz lozim. Agar oddiy va tezkor o‘ynasak, istalgan raqibga qiyinchilik tug‘diramiz. Misol uchun, «Everton»ga qarshi kechgan uchrashuvning ikkinchi bo‘limida shunday bo‘ldi.

Noyabr

2016 yil 29 noyabr, Liga kubogining 5-raundi, «Enfild»

Liverpul-Lids- 2:0

— Mazkur uchrashuvda Ben Vudbyorn «Liverpul» safida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi...

— Ha, ajoyib bo‘ldi. Buni Benning o‘zi ham kutmagandi. Yoshlar bilan boshqacha tarzda ishlashni boshladik. Hozirda ko‘plab yigitlar asosiy jamoaga jalb qilinmoqdalar. Shu jumladan, Ben ham.

Dekabr, 2016 yil 19 dekabr, «Gudison Park»

Everton-Liverpul- 0:1

— «Gudison Park»ka birinchi tashrifingiz muvaffaqiyatli chiqdi...

— Ha. Bugun biz g‘alabaga to‘la haqli edik. Birinchi bo‘limning o‘ta qiyin kechishini barcha yaxshi bilardi.

— Derbidagi, shu bilan birga, «Gudison Park»dagi yutuq «Liverpul» fanatlari uchun qanchalik muhim ekanligini tushundingizmi?

— To‘g‘risi, bunchalik bo‘lishini kutmagandim.

— 2016 yildan qoniqish hosil qildingizmi?

— Yil yaxshi o‘tdi. Yaqinda Yoaxim Vatske «Ishlar qalay?» deb so‘ragandi, «Ba’zida ishongim kelmaydi. «Liverpul» -  mo‘’jizaviy jamoa. Menga ideal tarzda mos keladi»,- degan javobni berdim.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:36, 15.02.2017. O'qildi: 5113 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик