"Obod" klubining ikkala tarkibi ham nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Avvaliga asosiy tarkib "Mash’al" bilan kuch sinashib, 3:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, tushdan keyin o‘rinbosarlar birinchi liga vakili "Zomin"ga qarshi maydonga chiqib, akalari singari raqibni "taslim" etishning uddasidan chiqishdi - 2:1.
Nazorat uchrashuvlari17 fevral. Toshkent. "Obod" maydoni.OBOD - MASH’AL - 3:0 (1:0)"Obod": Shirinboy Abdullayev, Sardor Qahhorov, Abror Xusinov (Mirshohid Olimov), Anvar G‘ofurov, Farhod Mirahmatov, Farrux Haydarov (Sanjar To‘raqulov), G‘ayrat Umirov, Sunnat Ermatov, Sanjar Rihsiboyev (Idris Bikmaykin), Sherzod Jalilov (Sunnatilla Abdullajonov), Shohruz Norxonov.
Gollar: Shohruz Norxonov (2ta), Sunnat Abdullajonov.
OBOD (o‘rinbosarlar) - ZOMIN - 2:1 (0:0)"Obod": Ubaydullo Inoyatullayev, Dilmurod Jo‘raboyev, Abduvohid Alimov, Islom Ismoilov, Sarvar Rihsiboyev, Abbos Isroilov, Farhod Mahamadjonov, Doniyor Yoqubjonov, Jahongir Omonov, Daniel Nasriddinov, Ismoil Jasurxo‘ja.
Zaxiradan tushganlar: Islombek Yusufjonov, Abbos Saidkarimov, Husan G‘aniyev, Mirsodiq Mahamatov, Abdulloh Mahkamov, Humoyun Abdualimov, Otabek Pardaboyev, Sherdor To‘xtasinov.
Gollar: Abdulloh Mahkamov, Humoyun Abdualimov.