Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba.

  • Superliga
      • 14.06.2025 20:00
      • OKMK
      • 0:0
      • Sho‘rtan
      • 14.06.2025 20:00
      • Bunyodkor
      • 1:1
      • Paxtakor
      • 14.06.2025 20:00
      • Qizilqum
      • 0:0
      • So‘g‘diyona
      • 15.06.2025 20:00
      • Surxon
      • -:-
      • Neftchi
      • 15.06.2025 20:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Navbahor
      • 15.06.2025 20:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Dinamo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 11 25
2 OKMK 12 24
3 Dinamo 10 22
4 Navbahor 11 20
5 Paxtakor 12 19
6 Neftchi 10 19
7 Bunyodkor 12 18
8 Mash’al 12 15
9 Xorazm 11 14
10 Andijon 12 13
11 Surxon 11 13
12 Qizilqum 12 12
13 Qo‘qon-1912 12 12
14 So‘g‘diyona 12 10
15 Buxoro 12 9
16 Sho‘rtan 12 6

O'tgan o'yinlar.

12-тур Buxoro 1-1 Andijon
12-тур Qo‘qon-1912 0-4 Mash’al
12-тур OKMK 0-0 Sho‘rtan
12-тур Bunyodkor 1-1 Paxtakor
12-тур Qizilqum 0-0 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

15/06/25 Surxon - Neftchi
15/06/25 Nasaf - Navbahor
15/06/25 Xorazm - Dinamo

So'rovnoma

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Vitaliy Legay: “Seleksiya ishlari davom etadi”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Andijon
Rukn: Yangiliklar
A A A

Joriy mavsum kuchlilar safiga qaytishni asosiy maqsad qilgan “Andijon” chempionatga astoydil tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jamoa yaqinda poytaxtda qisqa muddatli yig‘in o‘tkazib qaytdi. Aytish kerakki, Toshkentda “burgutlar” bir nechta sinov-nazorat bahslarida maydonga tushdi. Bosh murabbiy Vitaliy Legay mazkur yig‘in va kelajakdagi rejalari to‘g‘risida klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

– Vitaliy Aleksandrovich, boshqaruvingizdagi jamoa yaqinda Toshkentdagi yig‘inni yakunladi. Ushbu yig‘indan ko‘nglingiz qanchalik to‘ldi?

– Rejamizga muvofiq poytaxtdagi yig‘in davomida avvaliga futbolchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdik. Natijalar yomon bo‘lmadi. Deyarli 90 foizga futbolchilar tibbiy ko‘rikdan yaxshi o‘tdi. Toshkentda asosiy e’tiborni nazorat o‘yinlariga qaratdik. Kun-ora o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etib, futbolchilarni yana bir bor ko‘zdan kechirdik. Afsuski ob-havo injiqligi qaysidir ma’noda o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi. O‘yin kunlari qor-yomg‘ir yog‘ib turdi. Shunga qaramay yigitlar o‘zlarini ijobiy tomondan ko‘rsatishga urindi. Shu bois aytishim mumkinki, Toshkentdagi yig‘inimizdan qoniqish xosil qildim.

– Tarkibdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida bizga sizdan boshqa xech kim aniq ma’lumot bera olmaydi. Shu bois bu haqda o‘zingizdan eshitsak.  

– Toshkentda bir nechta yosh o‘yinchilarni ko‘rikka taklif etib, ularni nazorat o‘yinlari orqali ko‘rikdan o‘tkazdik. Ularning ikki nafari andijonlik ekanligini aytib o‘tishim kerak. Bular – Muhammadyusuf Abdumajidov va Abdulaziz Yoqubovdir. Abdumajidovni andijonlik muxlislar yaxshi bilishsa kerak, u o‘tgan yili “UzDongJu” sharafini himoya qilgandi. Yoqubov esa Shahrixon tumanida tug‘ilgan. Ulardan tashqari yana Xusniddin Xusniddinov va Kamron Abduhamidovlarni ham ko‘rikdan o‘tkazmoqdamiz. Ushbu futbolchilar 1998-1999 yillarda tavallud topgan. Qanot yarim himoyachilari va hujumchi sifatida xarakat qiladi. “Bunyodkor” akademiyasi tarbiyalanuvchilaridir. Toshkentda o‘tkazgan uchrashuvlarimiz chog‘ida ularni nimalarga qodir ekanligini ko‘rdik. Yomon taassurot qoldirmadi. Endi Andijondagi yig‘inga ham taklif etganmiz. Xulosa chiqarishga shoshilmaymiz va yana o‘yinlar orqali sinovdan o‘tkazamiz. Shuningdek himoya chizig‘ini yanada kuchaytirish maqsadida “UzDongJu”dan Abdurasul Komilovni taklif etganmiz. O‘ylaymanki  mavsum davomida ushbu futbolchining jamoaga yordami katta bo‘ladi.

– Jamoa bilan xayrlashgan futbolchilar ham bo‘lsa kerak?

– Ha, albatta. Qariyb bir oy davomida jamoamiz yig‘inida ishtirok etgan yarim himoyachi G‘ayrat Jo‘rayev bilan xayrlashishga qaror qildik. O‘z vaqtida oliy ligada o‘ynagan ushbu futbolchining jamoaga yordami tegishiga umid qilgandik. Ammo negadir biz o‘ylagandek bo‘lib chiqmadi. Natijada do‘stona ravishda xayrlashishga qaror qildik. Yuqorida aytib o‘tganimdek, “UzDongJu”dan himoyachi Komilovni tarkibga qo‘shib olganmiz. Shu bois uning o‘rniga biz ularga Shoyad Mullajonovni berdik. Hozircha shular.

Vitaliy Legay

– Asosiy tarkib o‘zagini aniqlab olgan bo‘lsangiz kerak?

– Ha, deyarli tarkibni aniqlab oldik desam xato bo‘lmaydi. Endi uni shakllantirib borish uchun ishlaymiz.  Lekin shuni ham aytish kerakki, seleksiya ishlarini to‘xtatganimiz yo‘q. Yana ayrim o‘yinchilarni safimizga qo‘shib olishimiz mumkin.

– Aytingchi sizni ayni damda qaysi chiziqlar ko‘proq xavotirga solmoqda?

– Bizga bitta yaxshi tajribali darvozabon kerak. Ayni damda ixtiyorimizda Lochin Dolimov, Aziz Abubakirov va Barakatillo Isroilov bor. Ularni a’lohida ajratib o‘tishni istamayman. Lekin tajribali posbon bilan kelisha olsak, yuqoridagilarning bittasi bilan xayrlashamiz. Shuningdek himoya chizig‘iga ham bitta tajribali o‘yinchi topa olsak maqsadga muvofiq bo‘lardi. Qolgan pozisiyalardan har xolda xotirjamman.

– Davron Tursunov ham tibbiy ko‘rikdan o‘tib keldi. Ushbu tajribali himoyachi qachondan jamoaga yordam bera boshlaydi?

– Afsuski o‘tgan yili Tursunovning sog‘ligida muammo yuzaga kelib, tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘ta olmagandi. Yaqinda uni yana tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdik. Ozgina muammosi bor. Shifokorlar kerakli muolajalarni olishni maslahat qildi. Shu asosida u davolanmoqda. Davronni imkoniyatlarini yaxshi bilaman. O‘ylaymanki u ikkinchi davradan yana “Andijon”ga yordam berishni boshlaydi. Nasib etsa 1-2 oydan so‘ng himoyachi to‘liq kuch bilan mashg‘ulotlarda ishlay boshlaydi. Har xolda shunga umid qilyapman.

– O‘tgan mavsum “Obod” safida oliy ligada debyut qilgan andijonlik darvozabon Davron Jo‘raqulov ham jamoangizning yig‘inida ishtirok etib kelayotgandi. Ammo uni hozirda ko‘rmayapmiz. Bu haqda nima deysiz?

– Jo‘raqulov yaxshi darvozabon. Faqat unda ortiqcha vazn bor. Futbolchi o‘z meyorini bilib yurish kerak. Nafaqat futbolchi balki hamma inson o‘z meyorini bilmog‘i darkor. Qishki yig‘in chog‘ida o‘z ustida ishlab, keyin chempionat boshlanganida yana ortiqcha vaznni yuzaga keltirsa u o‘zini aldagan bo‘ladi. Davron ham bu borada o‘z ustida hali ko‘p ishlashi kerak. Ortiqcha vazn bilan futbol o‘ynash qiyin. Ayniqsa darvozabonlarga. Chunki to‘pni qaytarishda reaksiya ko‘rsatish uchun ortiqcha vazn xalaqit beradi.

– Anvar Berdiyevning Toshkentdagi nazorat o‘yinlarida maydonga tushmagani to‘g‘risida ham aytib o‘tsangiz?  

– Berdiyev jamoamizdagi eng tajribali futbolchilardan biridir. Uning boy tajribasi hali bizga asqotadi degan umiddaman. Anvarni mahoratiga shubham yo‘q. Tajribali hujumchi so‘nggi 1,5 yilni “Andijon”da o‘tkazdi. Nimalarga qodir ekanligini yaxshi bilamiz. Nima uchun uni maydonga tushmayotganiga kelsak, sun’iy qoplamali maydonda o‘ynab, jaroxatini yangilab olishini istamadik. Lekin u o‘z ustida tinimsiz ishlamoqda. Yoshlarga o‘z tajribasini bermoqda. Yana qaytaraman Anvardan umidimiz katta va u bu yil jamoamiz uchun ko‘plab foydali gollarni uradi.

– Ko‘pchilik ishqibozlar tarkibga tanikli va o‘z vaqtida oliy ligada o‘ynagan futbolchilarni kelishini xohlashmoqda. Bunga javoban nima degan bo‘lardingiz?  

– To‘g‘ri, oliy liga qaytish uchun tajribali futbolchilarning yordami katta bo‘ladi. Lekin e’tibor qaratsangiz, bugungi kunda tarkibimizda oliy ligada o‘ynagan 5-6 nafar o‘yinchi bor. Qahramon Mahamadjonov, Akbar Xodjayev, Farhod Bekmuratov, Sanjar Asqaraliyev, Ibrohim Otaxonov, Anvar Berdiyev kabi o‘yinchilarni aytish mumkin. Bundan tashqari Baxtiyor Qosimov, Jahongir Maqsudov, Dilmurod Mahmudov singari iqtidorli futbolchilarimiz ham o‘tkan mavsum ayrim uchrashuvlarda 18talik ro‘yxatga kiritilgan. Ulardan ham nimadir kutsak bo‘ladi. Imkoni bo‘lganida tajribali ko‘pni ko‘rgan o‘yinchilarni yana olardik. Ammo buning uchun ularga ko‘tarma pullarini ham berish lozim. Shu tomonlarini ham o‘ylash kerak. Shu bois ixtiyorimizdagi o‘yinchilardan unumli foydalanishga xarakat qilamiz.

– Maqsud Mahmudov, Oybek Nurmatov, Kamron Abduhamidov, singari o‘yinchilarni ijara asosida kelishiga qanday munosabatdasiz?

– Biz imkon qadar ularni to‘liqligicha olmoqchimiz. Bu borada o‘sha klub rahbarlari bilan yana gaplashamiz. Birinchi ligada  1998 yil va undan kichik yoshdagi o‘yinchilarni o‘ynashi shart bo‘lgani uchun ushbu yoshdagi iqtidorli o‘yinchilarni ijara asosida bo‘lsa ham tarkibga jalb etishga majburmiz.

– O‘tgan yili “Andijon” yoshlar jamoasida to‘purarlik mahoratini namoyish etgan Alisher Abduvohidovning bugungi xolati to‘g‘risida fikringiz qanday? Undan bu yil ham muxlislarning umidi katta bo‘lmoqda.

– U hali o‘z ustida yana ko‘p ishlashi kerak. Potensiali yuqori. Golni xis qilish qobilyatga ega. Lekin Alisherga barqarorlik yetishmayapti. Jaroxatlardan so‘ng o‘ziga bo‘lgan ishonchi biroz pasaygandek. Abduvohidov birin-ketin gollar ura boshlasa “ishtaxasi” yanada ochilib qoladi deb o‘ylayman. Nafaqat Alisherda balki ko‘plab futbolchilarimizda barqarorlik yo‘q. Bugun yaxshi o‘ynasa, ertaga aksincha bo‘lmoqda. Bu vaqtinchalik xolat deb o‘ylayman. Chempionat boshlansa hammasi ko‘ngildagidek kechishiga umid qilamiz.

– Bu yil murabbiylar shtabida sizga andijonlik mutaxassislar yordam bermoqda. Murabbiylik sohasida ilk qadamlarini tashlayotgan Rasul Rahmonov va Bekzod Turg‘unov xususida nima deysiz. Ular sizga qanchalik yordam bermoqda?

– Siz aytib o‘tgan yosh murabbiylarimizdan tashqari menga Abdurashid Ismoilov ham yaqindan ko‘maklashayotganini aytib o‘tishim kerak. Oliy va birinchi liga klublarida ishlagan mutaxassis. Rahmonov va Turg‘unovga keladigan bo‘lsak, ular o‘z vaqtida futbol o‘ynagan. Butsalarini mixga ilgach ushbu sohada qolishni afzal bildi. Biz esa ularga yordam beramiz. Yosh mutaxassislarimizning ishtiyoqi baland. Bu tabiiy xol. Misol uchun ko‘chada to‘p tepayotgan yosh bolakayni futbolga maktabiga olib borib, imkoniyat bersangiz o‘zini ko‘rsatish uchun astoydil xarakat qiladi. Murabbiylar ham shundaydir. Rasul bilan Bekzod murabbiy sifatida hali ko‘p o‘qib, o‘rganishi kerak. Ish davomida ularga ham yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib boryapmiz. Murabbiylik lisenziyaga o‘qishga borishdan oldin amaliy bilib olishsa yomon bo‘lmaydi. Ish chog‘ida ularning ham fikrlarini eshitaman va birgalikda kamchiliklarni bartaraf etib bormoqdamiz.

Manba: fcandijon.uz
Kiritildi: 13:36, 21.02.2017. O'qildi: 6626 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 10
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 6
3 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 5
5 Машъал Humoyun Murtazoyev 5
6 Бунёдкор Luis Kachorri 5
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 5
8 Сурхон Muhammadali Abdurahmonov 4
9 Нефтчи Zoran Marushich 4
10 Насаф Husayn Norchayev 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.