Bugun 19 oktyabr, 2025 yil, yakshanba.

  • La-liga
      • 18.10.2025 00:00
      • Real Ovyedo
      • 0:2
      • Espanyol
      • 18.10.2025 17:00
      • Sevilya
      • 1:3
      • Malyorka
      • 18.10.2025 19:15
      • Barselona
      • 2:1
      • Jirona
      • 18.10.2025 21:30
      • Vilyarreal
      • 2:2
      • Betis
      • 19.10.2025 00:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Osasuna
      • 19.10.2025 17:00
      • Elche
      • 0:0
      • Atletik Bilbao
      • 19.10.2025 19:15
      • Selta
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 19.10.2025 21:30
      • Levante
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 20.10.2025 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Real Madrid
      • 21.10.2025 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Valensiya
  • APL
      • 18.10.2025 16:30
      • Nottingem Forest
      • 0:3
      • Chelsi
      • 18.10.2025 19:00
      • Brayton
      • 2:1
      • Nyukasl
      • 18.10.2025 19:00
      • Byornli
      • 2:0
      • Lids
      • 18.10.2025 19:00
      • Kristal Pelas
      • 3:3
      • Bornmut
      • 18.10.2025 19:00
      • Manchester Siti
      • 2:0
      • Everton
      • 18.10.2025 19:00
      • Sanderlend
      • 2:0
      • Vulverhempton
      • 18.10.2025 21:30
      • Fulhem
      • 0:1
      • Arsenal
      • 19.10.2025 18:00
      • Tottenhem
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 19.10.2025 20:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 21.10.2025 00:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Brentford
  • Superliga
      • 18.10.2025 17:00
      • Navbahor
      • 0:2
      • Bunyodkor
      • 18.10.2025 19:15
      • Dinamo
      • 4:1
      • Buxoro
      • 19.10.2025 16:00
      • Paxtakor
      • 3:0
      • Qizilqum
      • 19.10.2025 18:15
      • Neftchi
      • 1:0
      • OKMK
  • «A» Seriya
      • 18.10.2025 18:00
      • Lechche
      • 0:0
      • Sassuolo
      • 18.10.2025 18:00
      • Piza
      • 0:0
      • Verona
      • 18.10.2025 21:00
      • Torino
      • 1:0
      • Napoli
      • 18.10.2025 23:45
      • Roma
      • 0:1
      • Inter
      • 19.10.2025 15:30
      • Komo
      • 2:0
      • Yuventus
      • 19.10.2025 18:00
      • Jenoa
      • 0:0
      • Parma
      • 19.10.2025 18:00
      • Kalyari
      • 0:2
      • Bolonya
      • 19.10.2025 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Lasio
      • 19.10.2025 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Fiorentina
      • 20.10.2025 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Udineze
  • Bundesliga
      • 20.10.2025 13:22
      • Shtutgart
      • 1:1
      • Nyurnberg
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 25 56
2 Neftchi 25 54
3 Paxtakor 25 49
4 Dinamo 24 47
5 Bunyodkor 25 43
6 OKMK 25 40
7 Navbahor 25 37
8 So‘g‘diyona 25 31
9 Qizilqum 25 29
10 Andijon 24 28
11 Qo‘qon-1912 25 26
12 Surxon 25 25
13 Xorazm 25 24
14 Mash’al 25 23
15 Buxoro 25 21
16 Sho‘rtan 25 12

O'tgan o'yinlar.

25-тур Nasaf 3-0 Qo‘qon-1912
25-тур Mash’al 0-3 Xorazm
25-тур Andijon 4-3 Sho‘rtan
25-тур So‘g‘diyona 2-1 Surxon
25-тур Navbahor 0-2 Bunyodkor
25-тур Dinamo 4-1 Buxoro
25-тур Paxtakor 3-0 Qizilqum
25-тур Neftchi 1-0 OKMK

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 6820 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2670 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 19.10.2025

      07:00 Д/ф "Пеле. Король футбола".
      08:00 Чемпионат Турции. "Истанбул Башакшехир" - "Галатасарай".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Атлетико Минейро".
      12:00 Чемпионат Турции. "Ризеспор" - "Трабзонспор".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Форталеза".
      16:00 Чемпионат Турции. "Истанбул Башакшехир" - "Галатасарай".
      17:55 LIVE Чемпионат Италии. "Дженоа" - "Парма". Прямая трансляция.
      19:55 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Атлетико Минейро".
      21:55 LIVE Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Фатих Карагюмрюк". Прямая трансляция.
      23:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Сан-Паулу". Прямая трансляция.
      02:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Фатих Карагюмрюк".
      04:00 Профилактика.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 19.10.2025

      05:30 Д/ф "Новак Джокович. Только победа".
      06:25 "Непобедимый".
      06:55 LIVE Стрельба из лука. Кубок мира. Финальный этап в Нанкине, Китай. Олимпийский лук. Женщины. Прямая трансляция.
      09:00 Дзюдо. Fonbet Чемпионат России в Екатеринбурге. День 3.
      10:55 LIVE Стрельба из лука. Кубок мира. Финальный этап в Нанкине, Китай. Олимпийский лук. Мужчины. Прямая трансляция.
      13:00 "Парусный спорт".
      13:30 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Вестмонте, США.
      15:15 "Команда мечты".
      15:45 Триатлон. Чемпионская серия. Финальный этап в Вуллонгонге, Австралия. Женщины.
      17:55 Стрельба из лука. Кубок мира. Финальный этап в Нанкине, Китай. Олимпийский лук. Женщины.
      20:15 "Непобедимый".
      20:40 "Лица страны". Анастасия Логунова.
      20:55 Дзюдо. Fonbet Чемпионат России в Екатеринбурге. День 4.
      22:40 Стрельба из лука. Кубок мира. Финальный этап в Нанкине, Китай. Олимпийский лук. Мужчины.
      00:55 "Команда мечты".
      01:25 Триатлон. Чемпионская серия. Финальный этап в Вуллонгонге, Австралия. Мужчины.
      03:30 "Непобедимый".
      04:00 Профилактика.
  • MATCH-TV
    • Sana: 19.10.2025

      07:00 Дзюдо. Fonbet Чемпионат России в Екатеринбурге. День 3.
      08:00 Бокс голыми кулаками. Bare Knuckle FC on DAZN Hollywood в США. Джаред Уоррен против Майка Ричмана.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Д/ф "Бобби Робсон. Больше, чем тренер".
      13:15 Все на Матч! Прямой эфир.
      13:55 LIVE Футбол. Лига Пари. "Челябинск" - "Арсенал" (Тула). Прямая трансляция.
      16:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      16:25 LIVE Баскетбол. Единая лига ВТБ. УНИКС (Казань) - "Локомотив-Кубань" (Краснодар). Прямая трансляция.
      18:25 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Ванкувере, Канада. Ренье Де Риддер против Брендана Аллена.
      19:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      20:50 LIVE Футбол. Чемпионат Италии. "Аталанта" - "Лацио". Прямая трансляция.
      23:00 После футбола с Георгием Черданцевым.
      23:55 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Хетафе" - "Реал Мадрид". Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:15 Д/ф "Шумахер и Шумахер".
      04:00 Профилактика.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 19.10.2025

      06:00 Легкая атлетика. Чикагский марафон в США.
      08:00 Велоспорт. Тур Нидерландов. Этап 4.
      09:00 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал.
      10:30 Легкая атлетика. Чикагский марафон в США.
      11:45 LIVE Легкая атлетика. Амстердамский марафон в Нидерландах. Прямая трансляция.
      14:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал.
      16:00 Велоспорт. Тур Нидерландов. Этап 4.
      16:35 LIVE Велоспорт. Тур Нидерландов. Этап 5. Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Велоспорт. "Классика Венето" в Италии. Прямая трансляция.
      20:15 Легкая атлетика. Амстердамский марафон в Нидерландах.
      22:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1.
      23:00 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      03:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 10. Эннза - Мон-Дор.
      03:45 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 15. Мюре - Каркасон.
      04:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sadio Mane - yulduzga aylangan mitti javohir

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Sadio Mane qandaydir ikki daqiqa ichida chempionlikka asosiy da’vogar - «Tottenhem»ni karaxt ah­volga solib qo‘ydi.

Bundan atigi ­bir necha yil avval Senegalda chang yutib yurgan noyob iqtidor so­hibi hozirda APL jamoalari uchun bar­taraf etishning iloji bo‘lmagan qo‘rqinchli «ofat»ga aylandi. Goal.com sayti 2016 yilning eng sara futbolchilari 50taligida 39-o‘ringa loyiq ko‘rilgan afrikalik mitti javohir bosib o‘tgan yo‘l haqida hikoya qiladi.

Yashindek chaqnash - Sadio Manega bolalikda berilgan in’om. Shu xislati evaziga u Nacho Monreal va Kallum Chembersni laqillatib, «Arsenal» darvozasi tomon yo‘l topgan va «Liverpul»dagi debyutini ajo­yib gol bilan nishonlagandi. Undan ikki yil avval «Sautgempton»da ilk marta maydonga tushib, yangi jamoasi foydasiga penalti ishlagan, taqdir taqozosi bilan o‘shanda ham Liga kubogi doirasida «Arsenal» jabr ko‘rgandi.

Manedagi yashin tezlik Angliya uchun yangilik bo‘lsa, Senegal poytaxtidan olisda joylashgan Sediu shaharchasi aholisi uchun yaxshi tanish edi. Sadio ana shu shaharchaning chang ko‘chalarida to‘p tepib ulg‘aygan. Nihoyat, 15 yoshga to‘lgan bolakay amakisi hamrohligida Dakar sari 800 km.li safarga otlandi.

«Poytaxtga yetib kelganimizda stadion menga o‘xshagan bolakaylarga to‘lib ketgandi. Tezda bizni guruhlarga ajrata boshlashdi. Hech yodimdan ko‘tarilmaydi, katta yoshdagi bir kishi menga tikilib turdi-da, taajjubini yashira olmagan holda savolga tutdi: «Sen bu yerda nima qilyapsan? Nahotki, ko‘rikka kelgan bo‘lsang? Shu butsa, shu short bilan to‘p tepmoqchimisan? Qanday qilib?» Men unga bundan yaxshiroq libosim yo‘qligini aytdim. Maydonga tushganimdan keyin o‘sha odamning yuzidagi taajjub o‘rnini hayrat egallaganini ko‘rdim. Menga yaqinlashib, akademiyaga qabul qilinganligim, faqat uning jamoasida o‘ynashimni aytdi», - deya eslaydi Mane.

Ha, Sadio o‘zining noyob qobiliyati evaziga futbol mutaxassislari xayrixohligiga osonlikcha erishdi. Ammo ota-onasining roziligini olish oson bo‘lmadi: «3-4 yoshli paytimdan boshlab to‘pdan ajramaganimni yaxshi eslayman. Ko‘chada to‘p tepayotgan bolalarni ko‘rsam, ularga qo‘shilmasdan turolmasdim. Ulg‘aygach, stadionga boradigan bo‘ldim - «kumir»larimni o‘z ko‘zim bilan ko‘rishni istagancha, o‘zimni ularning o‘rnida ko‘rardim. Terma jamoaning JCH-2002dagi muvaffaqiyati (guruhda amaldagi chempion - Fransiyani yengib, chorak finalgacha yetib borgandi) mamlakat aholisiga tengi yo‘q shodiyonani tuhfa etgach, taqdirimni futbol bilan bog‘lashga ahd qildim. Ota-onam ruhoniy bo‘lishgani bois, millionlar o‘yiniga qiziqmasdilar. Ular meni boshqa sohada ko‘rishni istashardi. Oxir-oqibat, butun fikri-xayolim futbolda ekaniga amin bo‘lishgach, Dakarga borishimga izn berishdi».

Kim o‘z farzandiga yordam bermaydi? Sadioning ota-onasi ham uni qo‘llab-quvvatlab turishdi, amakisi doimiy tayanch bo‘ldi. Umuman, begona kishilar ham o‘z orzusini ro‘yobga chiqarishi uchun Manega ozgina bo‘lsada ko‘mak berishga harakat qilishardi. Mana, endi ular, jumladan, «Mes»ga yo‘l olguniga qadar Dakarda boshpana bilan ta’minlab turgan kishilar ham u bilan haqli ravishda faxrlanishadi. Manening maftunkor o‘yinlarini intiqlik bilan kutadilar. Futbolchi Senegal terma jamoasi tarkibida maydonga tushish uchun vataniga qaytganida, stadion muxlislarga to‘lib ketadi. O‘z navbatida, ishqibozlarga o‘z tashakkurini izhor qilishi mumkin bo‘lgan qulay imkoniyatni behuda ketkazmayapti. Minnatdorchilikdan tashqari, Mane vatandoshlarini terma jamoaning yetakchisiga xos sermazmun o‘yinlar bilan mukofotlamoqda. «Sautgepmton»dan 30 mln. funt evaziga o‘tgan yarim himoyachi «Liverpul»da ham sermahsul - 11ta uchrashuvda urilgan gollarning 10tasida uning ulushi bor. «Sent Meris»dagi ikki mavsumni ham 10tadan ortiq gol bilan yakunladi. Yashindek tezlik, aqlli oyoq, vaziyatni his eta bilish qobiliyati va charchoq bilmaslik xususiyatlari sohibi ikki marta «MYU»ning e’tiborini tortgandi. Biroq taqdir Maneni 2012 yildagi London Olimpiadasidan boshlab kuzatib kelayotgan Yurgen Klopp jamoasiga ravo ko‘rdi. To‘g‘ri, germaniyalik murabbiy uni o‘z jamoasiga ikkinchi urinishda qo‘shib olishga muvaffaq bo‘ldi. Chunki avvaliga Klopp «Zals­burg» rahbariyati bilan kelisholmadi, keyinchalik Sadio «Sautgempton»­ga yo‘l olgandi. Aytgancha, «avliyolar»­dan ilgari Moskvaning «Spar­tak»i Manega ishonish qiyin bo‘lgan qiymatdagi shartnomani taklif etgan, ammo futbolchi saviyali chempionatni moddiy manfaatdan ustun qo‘ygandi. O‘shanda Yurgen Kloppning qiziqishi «Borussiya» Dortmunddek o‘ziga xos jamoadan joy olishiga umid uyg‘otgandi. Bir tomonda Yurgen Sadioni kuzatishda davom etdi, futbolchi esa mukammallik sari yanada intila boshladi: «Orzum amalga oshmagach, o‘zimga so‘z berdim: bor kuchimni yuqoriroq saviyaga ko‘tarilishga sarflayman. Shunda ko‘nglimdagi klubning o‘zi izlab keladi. Amalda ham shunday bo‘ldi - «Sautgempton»dagi ishonchli o‘yinlarimdan so‘ng Klopp meni o‘z jamoasiga taklif qildi. Bungacha amalga oshirgan ishlarimdan mamnunman. Chunki men malakali murabbiydan saboq olyapman. Qachondir maqsadimga erishishimga ishonardim».

«Emireyts»da «Liverpul»dagi gollari sonini ochgach, Sadio qo‘llari bilan Kloppni ko‘rsatib, ustozi tomon yugurdi va uni quchoqlab oldi. Bu quvonchli onlardan so‘ng ancha vaqt o‘tdi. Biroq ushbu voqea Manening qanchadan-qancha narsalardan voz kechgani-yu, qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tganini eslatib turadi. «O‘smirlik paytimda yaqinlarimdan uzoqlashish juda qiyin bo‘lgandi. Onamni, opa-singillarimni sog‘inardim. Futbolchi bo‘lishga ahd qilgan ekanman, bu qiyinchiliklarni yengib o‘tishim shartligini yaxshi bilardim. Shu ayriliq irodamni tobladi. Menga o‘xshagan iqtidorli yigitlarning aksariyati so‘nggi marragacha yetib bora olishmadi. Men esa hammasiga chidadim va nihoyat, professional darajasiga erishdim».

Manening xonadoni Liverpul markazida joylashgan. Hozirda shahar bo‘ylab navigator yordamisiz bemalol harakatlana oladi. Yangi muhit, yangi uy, yangi talablarga allaqachon moslashib ulgurdi. Qahramonimizning «Enfild»dagi faoliyati kutilganidan ham jozibali va samarali boshlandi. Hujumkor uchlikning a’zosi sifatida u Filippe Koutinyo hamda Roberto Finmino bilan hamkorlikda raqib himoyachilarini ayanchli ahvolga solib qo‘ymoqda. Uning hayratomuz harakatlari muxlislarga zavq ulashmoqda. Ammo futbolchi har qanday vaziyatda ham hushyorlikni yo‘qotmaslikka intiladi: «Maydonda futbolchi o‘tkinchi xayollardan yiroq bo‘lishi kerak. Ayniqsa, «Liverpul»ga o‘xshagan nomdor jamoalarda to‘p suradigan bo‘lsa. Aks holda, sen raqiblarni emas, ular seni oyoq osti qilishadi», - deydi Mane.

«Qachondir meni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan jamoaga o‘tishimni, o‘zim orzu qilgan murabbiy rahbarligida to‘p surishimni bilardim. Maqsadim - meni yaxshi biladigan ustozim ishonchini oqlash, qo‘limdan kelganicha unga yordam berish. Boshqa har qanday fikrdan yiroqman. Hozir shu jamoaning bir bo‘lagi ekanligimdan mamnunman. Jamoa­doshlarim yuksak iqtidor sohiblari. Barchamiz bir maqsad yo‘lida birlashganmiz. Mahoratli sheriklar qurshovida to‘p surish ancha oson va zavqli», - deydi yarim himoyachi.

Mane 15 yoshli o‘smirlik davrini yodga olib, o‘z kechinmalarini yosh izdoshlariga ibrat sifatida keltirishni xush ko‘radi: «Bolalik paytingda ko‘chada to‘p surgan ekansan, o‘zingni futbolning barcha sir-asroridan xabardordek his etasan. Har bir harakatingni o‘ziga xos uslubda bajarishga urinasan, ko‘pincha bu borada o‘zingni tengsiz hisoblaysan. Biroq men juda ko‘p uslublarni, taktik holatlar va boshqa nozik jihatlarni akademiyada o‘zlashtirdim. Qolaversa, hozir ajoyib murabbiylardan saboq olishni davom ettiryapman. Shuningdek, tajribali jamoadoshlarimdan ham».

«O‘zimni ko‘proq boshqalarni eshitadigan, kuzatadigan va ulardan o‘rganadigan kishilar toifasidan, deb bilaman. O‘zimni doimo yosh hisoblayman, bilimga chanqoqman, yanada yuqoriroq saviya sari intilaman. Navbatdagi yangi kun qandaydir ijobiy narsani o‘rganish uchun berilgan ajoyib imkoniyat!».

Mane uchun bu faqat boshlanishi, xolos. «Liverpul» mutasaddilari bu xariddan mamnunlar. Ammo uni ushlab qolmaganlar-chi? Afsusda ekanliklariga shubha yo‘q. Keyingi pushaymon - o‘zingga dushman! Hayot o‘zi shunaqa!

Ma’lumot uchun

Sadio Mane

Tug‘ilgan sanasi va manzili: 1992 yil 10 aprel, Sediu (Senegal)Ampluasi: vinger

Bo‘yi: 175 sm. Vazni:55 kg.O‘ynagan jamoalari: «Mes» (2010-2012); «Red Bull» (2012-2014); «Sautgempton» (2014-2016); «Liverpul» (2016-...)

Senegal terma jamoasi tarkibida 42 marta maydonga tushib 12ta gol urgan

Manedagi yashin tezlik Angliya uchun yangilik bo‘lsa, Senegal poytaxtidan olisda joylashgan Sediu shaharchasi aholisi uchun yaxshi tanish edi. Sadio ana shu shaharchaning chang ko‘chalarida to‘p tepib ulg‘aygan. Nihoyat, 15 yoshga to‘lgan bolakay amakisi hamrohligida Dakar sari 800 km.li safarga otlandi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:13, 25.02.2017. O'qildi: 7718 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Насаф Husayn Norchayev 14
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Бунёдкор Imeda Ashortia 7
10 Машъал Humoyun Murtazoyev 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.