Bugun 15 may, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
  • La-liga
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Intervyu. Romelu Lukaku: «Bizni kichkintoylar ham kuzatishini unutmaylik»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

O‘z vaqtida, «Everton»dagi yorqin o‘yinlari bilan muxlisu mutaxassislar e’tiborini qozongan belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku keyinchalik «Chelsi» safiga qo‘shildi. Ammo Joze Mourinyo boshchiligidagi jamoada ishlari yurishmagan forvard ko‘p o‘tmay Liverpulga qaytdi. Mana, joriy mavsumda u yana sermahsullikni oshirib, APL goleadorlari ro‘yxatini boshqarib turibdi. Romelu Angliya premyer-ligasi tarixida «Everton»ning eng yaxshi to‘purariga aylanib oldi. Ushbu futbolchi tez-tez OAVga intervyu berib, suhbat chog‘ida o‘zi bilan bog‘liq ma’lumotlarni ochiq-oshkora aytishga odatlangan. Bugun biz uning eng sara fikrlaridan iqtiboslar keltirmoqchimiz. Demak, diqqatingiz markazida Lukakuning hayot aqidalari.

Hamisha o‘yinga to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘raman, barqaror to‘p suraman. Qaysi jamoaga qarshi mayjonga tushmaylik, hamisha zarur chorani qo‘llashni bilaman. Himoyachilar oldinga o‘tishimga to‘sqinlik qilishsa, darvozaga teskari turgan holatda o‘ynayman. Gol urish uchun doimo fursat topiladi. Imkon qadar eng yaxshi variantni tanlashga intilaman - bu ajoyib.

 O‘z vaqtida o‘qishni tashlashim ham mumkin edi, ammo men bir vaqtning o‘zida ta’lim va futbolga vaqt ajratish mumkinligini isbotlashni xohladim. Buni amalda uddaladim, vaholanki, juda qiynalgandim - sheriklaring dam olayotganda dars tayyorlash oson emas. Ba’zan kitoblarni irg‘itib yuborgim kelardi.

 Ertalab uyg‘onganimdan so‘ng birinchi navbatda, Yaratganga iltijo qilaman. So‘ngra ota-onam bilan suhbatlashaman, turli masalalarda yordam kerakmi, yo‘qmi, so‘rab ko‘raman. Shundan keyingina mashg‘u-lotlarga otlanaman.

 Bolaligimda ro‘y bergan bir voqeadan so‘ng bosh bilan o‘ynashni yoqtirmay qolganman.

 Portugaliyalik murabbiy (Mourinyo) qo‘l ostida o‘ynashni istadim, chunki u «Portu» bilan YECHLda g‘olib chiqqan. Joze, darhaqiqat, benazir.

 «Chelsi»dagi ilk kunim Maykl Essyen va Didye Drogbaning o‘rtasida o‘tirgandim. Darhol ukamga qo‘ng‘iroq qilib, shunday dedim: «Jordan, bizning Belgiyada ko‘rganlarimiz men bugun Angliyada guvohi bo‘layotgan voqealar oldida hech narsa emas».

 Doimo jamoadoshlarimdan biroz yoshroq bo‘lganman. Shu bois akademiyani ko‘ngildagidek tamomlay olmadim, hamma narsani o‘rganishga ulgurmadim. Jismonan tayyor edim, ammo to‘laqonli forvardga aylanish uchun ayrim mayda jihatlar yetishmayotgandi. Bu hol uzoq vaqt davom etdi. Ortga qaytib, ba’zi narsalarni qaytadan o‘rganish kerak edi.

 Sabr qildim, ammo keyingi uchta uchrashuvda ham hech nima o‘zgarmadi. Termamiz safida JCH-2014da qatnashishni xohladim, shu bois ijara asosida «Everton»ga o‘tdim.

 Buni hamma ham bilmaydi, ammo «Everton» bilan shartnoma tuzganimda, birinchi bo‘lib Joze Mourinyo menga omad tiladi. So‘ngra ko‘p narsalar haqida gapirdi. Uni hamon qattiq hurmat qilaman. Hammasi shunday yakunlanganidan afsusdaman.

 Rayola (agenti)ning gaplaridan ranjidim, axir mening ham g‘ururim bor. Qiyin davrni boshdan kechirayotganimda, hech kim aytmaydigan so‘zlar bilan «siyladi». Mino shunday dedi: «Sen xuddi hech qachon futbol o‘ynamagan ayollar kabi to‘p suryapsan».

 Bu - rekord uchun ajo-yib yo‘l. Hozirgi darajaga chiqishimda Roberto Martines va Ronald Kumanning xizmatlari beqiyos. Shunday natijaga erishishimda yordamlarini ayamaganliklari uchun ulardan minnatdorman.

 Ilk mashg‘ulotdayoq Anri menga nimanidir o‘rgatishi mumkinligini anglagandim. Tyerri hammasini ochiqchasiga aytadi: xatolarni ko‘rsatib, turli vaziyatlarda qanday harakat qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi. O‘yinchilar Anrining qanday yutuqlarga erishganidan xabardorlar, shu bois uning gaplarini diqqat bilan tinglab, topshiriqlarini so‘zsiz bajarishadi. Martines - Anri tandemi JCH-2018da g‘olib chiqish uchun barcha imkoniyatga ega.

 Krishtianu Ronalduning futbol va maydon tashqarisidagi hayotini uyg‘unlashtirishiga havas ko‘zi bilan qarayman. Hech qachon «paparassi»dan o‘zini olib qochmaydi, uni Peris Xilton, Irina Sheyklar davrasida ko‘rish mumkin... Ammo hech narsa Ronalduning ajoyib o‘yin ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilolmaydi.

 Vaqtini tungi klubda o‘tkazib, uyiga bir ahvolda ketadigan mashhurlarga o‘xshashni xohlamayman. Kimlar uchundir bu qiziq, ammo bizni kichkintoylar ham kuzatishini unutmaslik darkor. Ularga namuna bo‘lish uchun har qanday zararli odat va illatlardan voz kechish darkor.

 Mourinyo, Gvardiola va Venger bilan ishlashni xohlayman. Aynan shunday ketma-ketlikda.

 Bir kunda 24 soat futbol haqida o‘ylayman, o‘zim uchun foydali jihatlar ustida ishlayman. Kompyuterimda turli toifadagi hujumchilar o‘yinlari tushirilgan videoparchalar bor. O‘sha futbolchilarning harakatlarini soatlab kuzataman.

 Ikki yil avval, o‘yinim qovushmasa, kayfiyatim tushib ketardi, «Aftidan, bugun mening kunim emas ekan», deb o‘ylardim. Endilikda taslim bo‘lmayapman. Jamoa sening xizmatingga ehtiyoj sezayotgan ekanmi, demak hamisha bunga tayyor turib, sheriklaringni o‘z ortingdan ergashtirishni bilishing lozim.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:26, 18.04.2017. O'qildi: 4257 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик