Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Madriddagi to‘rt mavsumda orttirilgan 17 jarohat. Garet Beyl jami 79 o‘yinda o‘ynamadi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Jarohatlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Real» va «Barselona» klublari o‘rtasidagi so‘nggi «El-Klasiko»ning birinchi bo‘limidayoq Garet Beyl shifokorlar yordamiga muhtojlik sezdi va o‘z o‘rnini boshqa bir futbolchiga bo‘shatib berdi.

Vaholanki u yaqindagina jarohatidan forig‘ bo‘lgandi. Endi esa yana o‘sha oq xalatlilarga muhtoj bo‘lib qoldi. «Sports.ru» nashri Beylning Madriddagi to‘rt mavsumi davomida 17 bor jarohat olganiga e’tiborini qaratdi. Sizningcha, bu juda ko‘p emasmi?

ESPN hammasini hisoblab borayotgandi. 17 jarohat va buning ortidan uelslik iqtidor «Real»ning 79 ta uchrashuvini qo‘yib yubordi. Pol Pogbaga qadar jahonning eng qimmat futbolchisi bo‘lib turgan Beylni Flarentino Peres shu maqsadda «Qirollik klubi»ga taklif qilmagan bo‘lsa kerak, deyiladi maqolada.

Beyl besh yilgina avval «Tottenhem»ning chap qanot himoyasida o‘ynaydigan oddiy bir futbolchi edi. 2014 yilgi mavsum Chempionlar ligasining finalida g‘alaba golini urdi va endi uni butun dunyo tan ola boshladi, deb yozadi Daily Mirror. Hozir esa ketma-ket jarohatlar muammo Garetning bolaligidayoq boshlangandi degan qarashlarga sabab bo‘lmoqda.

2014/15 yilgi mavsumni Beyl fantastik tarzda o‘tkazdi va 48 o‘yinda 4200 daqiqa harakat qildi. O‘tgan mavsum futbolchining statistikasi shuning yarmiga teng bo‘ldi. Bu mavsum esa raqamlar yanada pasayib ketdi.

2016 yilning yanvarida va shu yilning noyabrida Beyl ikki jiddiy jarohat bilan nisbatan uzroqroq muddatga safdan chiqdi. Oyoqning boldir qismi jarohatlarning teng yarmini o‘zida mujassam etdi, shuningdek, son qismidagi muammolar ham tez-tez ko‘zga tashlandi. Demak, boldir baquvvat tana og‘irligidan aziyat chekayotgan bo‘lishi mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, bu Beylning eng og‘ir yillari emas. Haqiqiy muammo uning 16 yoshidayoq namoyon bo‘lgandi.

«Bolaligimda juda kichkina edim. 15 yoshimdan esa juda tez o‘sishni boshladim. Buning oqibatida belimda qattiq og‘riqlar paydo bo‘la boshladi. Mening suyuklarim og‘irligimga nisbatan juda katta edi» - dedi Garet Beyl.

Beylni kashf qilgan skaut Rod Raddik ham futbolchi 15 yoshidan keyingi uch yilini qanday azoblarda o‘tkazgani haqida aytib bergandi. Beldagi og‘riqlar sabab Beyl ko‘p mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi. «Sautgempton» esa barchasiga sabr qildi. Murabbiylar Garet bilan shartomani uzaytirish shart emas deb hisoblashni ham boshlagandi. Ammo «Norvich»ga qarshi hal qiluvchi o‘yinda uelslik o‘zini faqat yaxshi tomondan ko‘rsatdi va ota-onasiga ham, murabbiylarga ham futbol uchun kerakligini isbotlay oldi.

Beyl «Tottenhem»da porladi. Bunda unga Harri Rednapp katta yordam bergandi.

«Uning eng katta muammosi bora-bora zabardast o‘yinchiga aylanib olishida edi. Mashg‘ulotlar vaqtida u arzimagan to‘qnashuvlardan keyin ham yerga yotib olar, shifokorlar unga qarab chopardi. Vaqt o‘tib men doktorlarni yugurishdan to‘xtatdim: «Unga e’tibor qilmang, o‘zi ko‘tarilsin». Shundan keyin Beyl kamroq yiqilishni boshladi.

Agar sen yaxshi futbolchi bo‘lsang, oyog‘ingga tinimsiz tepishlariga ko‘nikishing kerak. Bundan qutulishning yagona yo‘li — oyoqlarni kesib tashlash. Beylning qaddi-qomati birinchi variantga rozi bo‘lish imkonini berardi.

Vaqt o‘tib, Beyl shunday degandi: «Endi zarbalar menga og‘riq berayotganini bildirib qo‘yishni istamayman».

Hozir Garet o‘sha og‘riqlarni ko‘rsatmaslikka intiladi. Shunday bo‘lsa-da, biz ichidan nimalar o‘tayotganini ko‘rib, bilib turamiz» - dedi Harri Rednapp.

Beyl katta maqsadlar sari yo‘lda mayda narsalar bo‘lmaydi deb hisoblaydiganlar xilidan. U Ronalduning bosimiga dosh berish uchun o‘z vaqtida ruhshunos qabuliga ham yozilgandi. U hozir 27 yoshda va hammasi hali oldinda ekaniga ishonadi. Madrid klubi bir soniya ham kutishni istamasa-da, Beyl sabr bilan hammasiga bardosh berishi kerak.

 

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:57, 28.04.2017. O'qildi: 5437 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик