Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • 2:2
      • Osasuna
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:0
      • Vilyarreal
      • 09.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Barselona
  • «A» Seriya
      • 06.04.2026 15:30
      • Udineze
      • 0:0
      • Komo
      • 06.04.2026 18:00
      • Lechche
      • 0:3
      • Atalanta
      • 06.04.2026 21:00
      • Yuventus
      • 2:0
      • Jenoa
      • 06.04.2026 23:45
      • Napoli
      • 1:0
      • Milan
  • Superliga
      • 07.04.2026 17:00
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Xorazm
      • 07.04.2026 18:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 07.04.2026 19:15
      • Andijon
      • -:-
      • Navbahor
      • 08.04.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Nasaf
      • 08.04.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Surxon
      • 08.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • So‘g‘diyona
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 31 72
2 Napoli 31 65
3 Milan 31 63
4 Komo 31 58
5 Yuventus 31 57
6 Roma 31 54
7 Atalanta 31 53
8 Bolonya 31 45
9 Lasio 31 44
10 Sassuolo 31 42
11 Udineze 31 40
12 Torino 31 36
13 Parma 31 35
14 Jenoa 31 33
15 Fiorentina 31 32
16 Kalyari 31 30
17 Cremonese 31 27
18 Lechche 31 27
19 Verona 31 18
20 Piza 31 18

O'tgan o'yinlar.

31-тур Sassuolo 2-1 Kalyari
31-тур Verona 0-1 Fiorentina
31-тур Lasio 1-1 Parma
31-тур Cremonese 1-2 Bolonya
31-тур Piza 0-1 Torino
31-тур Inter 5-2 Roma
31-тур Udineze 0-0 Komo
31-тур Lechche 0-3 Atalanta
31-тур Yuventus 2-0 Jenoa
31-тур Napoli 1-0 Milan

Navbatdagi o'yinlar.

10/04/26 Roma - Piza
11/04/26 Kalyari - Cremonese
11/04/26 Torino - Verona
11/04/26 Milan - Udineze
11/04/26 Atalanta - Yuventus
12/04/26 Jenoa - Sassuolo
12/04/26 Parma - Napoli
12/04/26 Bolonya - Lechche
12/04/26 Komo - Inter
13/04/26 Fiorentina - Lasio

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

YECHL yarimfinali prevyusi: «Atletiko» qasos o‘tida yonmoqda

Baho:
+2 | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Final pley-offlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bugun Madridning «Real» klubi UYEFA chempionlar ligasi yarimfinali dastlabki uchrashuvi doirasida o‘z stadioni «Santyago Bernabeu»da hamshaharlari «Atletiko» klubini qabul qiladi.

Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladigan Madrid derbisi bilan UYEFA chempionlar ligasi yarimfinal uchrashuvlari boshlab beriladi. Diyego Simeone jamoasi, mana, to‘rtinchi mavsumdirki, Qo‘hna Qit’aning eng asosiy turnirida «qirollik klubi»ga ro‘baro‘ bo‘lmoqda.

Oldingi uch bahslashuvning barchasi «qaymoqlilar»ning g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Boz ustiga ikki bor bu hodisa finalda ro‘y bergan – 2014 yil qo‘shimcha vaqtda — 4:1 va 2016 yil 1:1 (penaltilar seriyasidan so‘ng 5:3). Finalda har ikki marta 90 daqiqa kuchli jamoani aniqlab bera olmagan. 2014/15 yilgi mavsumda esa «Atletiko» chorak finalda yutqazib chiqib ketgan edi. O‘shanda «Santyago Bernubeu»da o‘tgan javob uchrashuvida Chicharitoning 88-daqiqada kiritgan goli hamma narsani hal qilgan edi.

«Real» yarim himoyachisi Isko yangi qarama-qarshilik oldidan eski kurashlarni yodga olar ekan, Lissabonda o‘tgan 2014 yilgi finalda Serxio Ramos tomonidan kiritilgan to‘pga alohida e’tibor qaratdi. Aynan «Real» sardorining qo‘shimcha vaqtda urgan goli «qirollik klubi»ga o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tkazishga imkon yaratgan edi.

«Ramosning Lissabonda urgan golni eslasam hanuzgacha badanim jimirlab ketadi. Bu o‘ta muhim o‘yin edi va Serxio to‘p kiritgach, endi albatta g‘alabaga erishishimiz ma’lum bo‘lib qolgan edi.

Milanda o‘tgan penaltilar seriyasi karyeramdagi eng keskin va asablarni taranglashtiradigan vaziyat bo‘lgan. O‘shanda agar dastlabki beshtadan zarbadan so‘ng hisob tengligicha qolganida men ham bir metrlik nuqtadan zarba berishim kerak edi, biroq jamoadoshlarim hammasini chiroyli yakunlashgandi.

Umid qilamanki, bu safargi qarama-qarshilik yakuni ham oldingi natijalarga o‘xshash bo‘ladi. Biroq «Atletiko» o‘yinchilari ham qasos o‘tida yonishayotgani aniq», — deya Iskoning so‘zlarini keltiradi ispanlarning Marca nashri.

«Real»ning bosh murabbiyi Zayniddin Zidan bu o‘yinda uelslik yarimhimoyachi Garet Beyl xizmatlaridan foydalana olmaydi. Mahalliy AS nashri muxlislar o‘rtasida so‘rov o‘tkazib, ularning 60 foizi Garetning o‘rnida Iskoni ko‘rishni istashayotganini aniqlagan, biroq fransiyalik murabbiy maydonda o‘yinchilarga to‘g‘ri pozisiya topib bera olishdek noodatiy qarorlari bilan mashhur, shu sbabali biror narsa taxmin qilishga shoshilmaslik kerak — Zidanning ixtiyorida Marko Asensio, Xames Rodriges va Lukas Vaskes bor.

Lekin Rafael Varan umumiy guruhga qaytgan, agar markaziy himoyachilardan faqat Ramos va raqiblaridan mahorat bobida ustun emasligi kundek ravshan bo‘lgan Nacho Fernandesgina safda ekanligi e’tiborga olinsa, «qaymoqranglilar» uchun bu katta voqea.

Simeone esa, o‘z navbatida, sog‘aygan yarimhimoyachi Yannik Arraskoni o‘z bag‘riga qabul qildi, biroq himoyachisi Xase-Mariya Ximenesdan ayrilgan. Nima bo‘lganda ham, «Las-Palmas» bilan bo‘lgan o‘tgan uchrashuv (5:0) da uning olgan jarohati uning birinchi yarim finaldagi uchrashuvini so‘roq ostiga qo‘yib turibdi.

Oldingi uchrashuvlar va har ikki kulbning o‘yin odatidan kelib chiqilsa, bu qarama-qarshiliklar gollarga boy bo‘lishini kutish yaramaydi. Bu holatda «matraschilar» uchun mehmonda gol urib olish katta muvaffaqiyat bo‘lardi. O‘yin oldidan himoyachi Diyego Godin ham shu haqida gapirib o‘tgan.

«Bu teng kuchli raqiblar bahsi. Yarim finalga yetib kelgan barcha jamoalar shunga loyiqdirlar.

Bunday uchrashuvlarda mehmonda gol kiritish doimo muhim bo‘lgan. Biz aynan shu vazifani amalga oshirmoqchimiz. Bizda o‘yinga tayyorlanish uchun ko‘p vaqt bo‘lmadi. Bir necha kun avvalgina maydonga tushgandik. Biroq biz «Real» va uning shonli tarixi haqida yaxshi bilamiz.

Biz oldingi mag‘lubiyatlardan saboq chiqarganmiz. Bu o‘yinga barcha muhim o‘yinlarga tayyorlanganimizdek puxta tayyorgarlik ko‘rganmiz», — deya Godinning so‘zlarini keltiradi UYEFA sayti.

«Nol»ga o‘ynash qiyin bo‘lishi haqida o‘yin oldidan shogirdlarining himoyadagi o‘yini eng kuchli jihati emasligini juda yaxshi biladigan Zidan ham aytib o‘tgan edi.

«Nima bo‘lgan bo‘lsa, hammasi tarixda qoldi. Ortga qarashdan naf yo‘q. Bizda ijobiy tajriba bo‘lgan, biroq endi hammasi boshqacha. Biz o‘yinda favorit emasmiz. Imkoniyatlar 50/50, pley-off bosqichida o‘zi doimo shunaqa bo‘lib kelgan. Ertaga g‘alaba qozonish uchun barcha narsani ishga solishni rejalashtirganmiz. Hozircha javob o‘yini haqida o‘ylamayapmiz. Barcha uy-xayollarimiz ertangi o‘yinga qaratilgan, keyin nima bo‘lishi haqida o‘ylab ko‘rishga vaqtimiz bor.

O‘tgan mavsumga solishtirganda darvozamiz daxlsizligini saqlab qolish qiyinroq bo‘lmoqda. Bu — futbol, har qanday jamoaning kuchli jihatlari bo‘ladi, «Atletiko» ham bundan mustasno emas. Biz uchun har doim raqibdan ko‘proq gol urish muhim bo‘lib kelgan.

Lekin ertaga biz gol urib, darvozamiz daxlsizligini saqlab qolishga urinamiz, axir bu pley-off», — deya Zidanning so‘zlarini keltiradi UYEFA sayti.

«Real» ruligi Zayniddin Zidan kelganidan buyon har ikki jamoa o‘yinida umumiy jahatlar ko‘prok ko‘zga tashlana boshlandi. Nima bo‘lganda ham, «matraschilar» ham, «qaymoqlilar» ham kuchli qarshi hujumda tezlik bilan raqib himoyasini yorib o‘tadi. Faqat farqi shundaki, «Real» raqibidan farqli o‘laroq, hanuzgacha himoyada o‘yinini tartibga keltira olgani yo‘q.

«Real» o‘yinning har bir tarkibiy qismida kuchli. Ular yaxshi himoyalanib, kuchli hujumlar uyushtirishadi. Biroq «Atletiko» ham raqibiga ko‘ngilsizliklar taqdim eta oluvchi jamoalar sirasiga kiradi. Har ikki jamoaning o‘yin uslubi o‘xshash, — deya Gabining so‘zlarini keltiradi UYEFA matbuot xizmati. — Kim o‘yin rejasini hayotga tatbiq eta olsa, o‘sha yutadi.

Biz o‘z hissiyotlarimizni jilovlashimiz kerak. Menda boshqa jamoalardan ko‘ra «Real»ga qarshi o‘tadigan o‘yinlar ko‘proq hayajon keltirib chiqaradi.

Albatta, biz yana bir bor finalga chiqishni istaymiz. Chempionlar ligasidagi dastlabki o‘yin juda muhim. Biz tarixda bunga guvoh bo‘lganmiz. Javob uchrashuvi — dastlabki uchrashuvning oqibati. Agar biz ertaga yaxshi natijaga erisha olsak, oldinga katta qadam tashlagan bo‘lamiz».

O‘yin boshlanishidan oldin futbolchilarning gap-so‘zlarida ko‘zga yaqqol tashlanadigan narsa o‘zaro hurmat va raqiblar shaniga tonnalab maqtov yog‘dirilishi bo‘ldi. Masalan, Simeone o‘yin oldidan qachonlardir maydonda unga qarshi kurash olib borgan Zidanni klubda bir yildan ortiqroq vaqt ichida erishgan natijalari uchun rosa maqtadi.

«Zidan bosh murabbiy etib tayinlangach katta hajmdagi ishlarni amalga oshirdi. U jamoadagi hammani baxtli qildi, to‘g‘ri muvozanatni topa bildi va katta maqsadlar sari ilgarilamoqda. Muhim o‘yinlar doimo qiyin bo‘lgan, ertangi o‘yin ham mustasno bo‘lmaydi. Aniq qandaydir bir natija haqida o‘ylamayapman. Bizni juda qizg‘in o‘yin kutib turibdi. Biz erkin muhit yaratib, tashabbusga ega bo‘lamiz, deb umid qilaman. Javob uchrashuvi bizning maydonimizda bo‘lib o‘tadi, shu sababli ertaga gol urolsak, u biz uchun katta foyda bo‘lardi», — deya Simeonening so‘zlarini keltiradi UYEFA sayti.

Men doim o‘yinlar oldidan biroz tahlikaga tushaman. Men voqe’likdan butkul uzilishim kerak. Meni mas’uliyat yuki bosib turibdi va u tobora og‘irlashib bormoqda. Buni men har qanday jamoaga qarshi o‘yinda sezaman.

«Real» o‘z uyida har doimgidek, butun kuch-qudratini namoyon etadi. «Qaymoqranglilar» Isko, Xames Rodriges va Asensio ishtirok etadigan turli taktik sxemalardan foydalanishi mumkin. Ular bizga yetarli muammo tug‘dirish payidan bo‘lishadi, ayniqsa o‘yin avvalida. Biz ularning bosimiga dosh berishimiz kerak. O‘yinning boshlang‘ich qismida bu oson ish bo‘lmaydi».

Bu o‘yin gollarga boy bo‘lishini kutish yaramaydi, boz ustiga dastlabki o‘yinda. Faqat shuni qayd etish kerakki, joriy mavsumda jamoalar har to‘rt o‘yindan bittasida so‘nggi 15 daqiqa ichida gol urishmoqda. «Qaymoqranglilar»da bunday gollar soni 40 taga yetgan va ularning 25 tasi Ispaniya chempionatida urilib, jamoaga 17 ochko keltirgan. Bu o‘yinning dastlabki soniyasidan so‘ngiga qadar ter to‘kishga to‘g‘ri keladi.

O‘yinda hakamlik angliyalik Martin Atkinsonga ishonib topshirilgan. U joriy mavsumda YECHLning uch o‘yinini boshqargan, jumladan, «Atletiko»ning PSVga qarshi mehmonda o‘ňgan o‘yinini ham. Unda ispanlar minimal g‘alabaga erishishgan edi.

«Biz bu o‘yinlarda hakamlik nechog‘lik og‘ir bo‘lishini ham xshi bilamiz. Ishning qiyinligi stadionda muxlislar tomonidan yaratilgan muhit bilan tushuntirilishi mumkin. Lekin umid qilamizki, «Real»ga qarshi o‘yinda maydonda hakamning bor-yo‘qligi bilinmaydi va barcha o‘yindan bahra oladi», — degan o‘yinoldi matbuot anjumanida Simeone.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:44, 02.05.2017. O'qildi: 7555 marta. Fikrlar: 19 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 16
2 Комо Anastasios Duvikas 11
3 Комо Niko Pas 10
4 Ювентус Kenan Yildiz 10
5 Наполи Rasmus Xeylund 10
6 Удинезе Kinan Devis 10
7 Аталанта Nikola Krstovich 9
8 Милан Rafael Leau 9
9 Интер Xakan Chalxanoglu 9
10 Сассуоло Andrea Pinamonti 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик