Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oliy ligada favorit bormi?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Statistika
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Maqolani o‘qishdan avval alohida e’tiborga oling, yozganlarimizning 9-tur bahslariga aloqasi yo‘q. Ya’ni quyida oliy liga birinchi davrasining yarmidan keyingi holat bo‘yicha mulohaza yuritamiz. Xususan, kutilmagan peshqadamlarning dadil yurishiga nisbatan o‘z qarashlarimizni bayon etishga urinib ko‘ramiz.

Futboldagi favorit tushunchasi. Turnir jadvalida hammamiz ko‘rishga o‘rganib qolgan manzara, ya’ni yetakchi sanalgan klublarning doimo pesh-qadamlar guruhida borishi nihoyat, xotima topdimi? Shunday bo‘lganidan umidvormiz, albatta. Zero, oliy ligamizda yangi kuchlarning bosh ko‘tarishi birinchi navbatda, raqobatni kuchaytiradi, qolaversa, o‘yinlarga qiziqish darajasini oshiradi. Shu ma’noda aytsak, «Dinamo»ning mavsum startidagi vajohatini ko‘rib, uni salkam «Lester»ga aylantirib qo‘yganlar omon bo‘lsinlar! Muxlislarni aldash imkonsizdir va buning oqibati ham yaxshi emas. Xullas, tarkibida na yulduz ijrochilari va g‘aznasida na milliardlari bor klub (xoh «Dinamo», xoh «Navbahor»)ning chempionat startidanoq hammani o‘ylash va quvonishga majbur qilayotgani futbolimiz uchun faqat yutuqdir. Umuman olganda, zamonaviy futbolda favorit tushunchasi o‘z mohiyatini yo‘qotib borayotgani yaqqol sezilyapti. Misol uchun, «Kristall Pelas»ning qandaydir        1 oy ichida «Chelsi», «Arsenal» va «Liverpul»dek grandlarni yengishga xijolat chekmagani tasodif hisoblanmas, harqalay. Yoki «Terek» va «Ufa» kabi o‘rtamiyona  klublarning Rossiya premyer-ligasida tobora olg‘a intilayotganiyu, «Rostov»ning qatorasiga 10ta o‘yinda gol qo‘yib yubormaganiga qarang. Bu faktlar fonida «Qo‘qon-1912»ning oliy liga doirasidagi safar o‘yinlarida hali yengilmagani va 8ta tur bo‘yicha mehmonda hammadan ko‘p ochko olgani tasodif yoxud fantastikadek qabul qilinmasligi kerak.

«Qo‘qon-1912». Umumiy ma’lumot. Vodiy klubi murabiylar shtabi 8ta tur doirasidagi o‘yinlarda jami 22 nafar futbolchi xizmatidan foydalandi. Oddiy aytganda, atigi 2 nafar o‘yinchigina zaxirada qolmoqda. Aleksandr Merzlyakov va Murod Xolmuhammedov 8ta o‘yinda to‘liq 90 daqiqadan harakatlanishdi. Yana bir e’tiborli tomoni, qo‘qonliklar 8ta uchrashuvda bor-yo‘g‘i 14ta sariq kartochka olishdi. To‘g‘ri, jamoa 2tagina o‘yinda (o‘z uyida)  o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. Bu davrdagi mag‘lubiyatsiz seriya 7ta o‘yinni tashkil etdi. Hujumda Filipp Rayevas va Suhrob Berdiyev dueti yaxshigina effekt beryapti. Faxriy Nosir Otaqo‘ziyev ham har bir o‘yinda o‘zini ko‘rsatish uchun ma’lum vaqtga ega bo‘lyapti. Xulosa shuki, jamoaning asosiy tarkibi va zaxirachilari o‘rtasida qandaydir jarlik yo‘q. No‘’mon Hasanov «Paxtakor»dagi  murabbiylik ishida o‘zi istagandek muvafaqqiyat qozonolmagandi. Asli qo‘qonlik mutaxassis endi jonajon shahri klubi ravnaqi yo‘lida yeng shimarib mehnat qilyapti. Oliy ligaga qaytganiga 3 yil bo‘lgan bu klub boshqatdan qad ko‘tar-yapti, chog‘i. Murabbiy tomonidan yo‘lga qo‘yilgan 4-4-2 taktik sxemasi aksariyat o‘yinlarning oxirgi daqiqalarigacha o‘z shakli va mohiyatini yo‘qotmayapti. Bir qarashda, hujumkor futbol uchun talab qilinadigan «fizika» darajasi ham chakki emas. Ha, «Qo‘qon-1912»ni oldinda og‘ir sinovlar kutib turibdi. Ya’ni 9-turda «Paxta-kor»ni mehmon qilgan jamoa endi navbati bilan  «Navbahor» va «Lokomotiv» bilan kuch sinashadi. Bu o‘yinlar orasidagi vaqt 3-4 kunni tashkil etishini inobatga olsak, sinovning naqadar jiddiyligi ayonlashadi. No‘’mon Hasanov shogirdlari shu o‘yinlarda kamida 6 ochko olishsa, ularning birinchi davrani kuchli uchlikda  yakunlashlariga shubha qolmaydi, hisob.

«Dinamo». Umumiy ma’lumot. Samarqand jamoasi murabbiylari 8ta o‘yinda jami 17 nafar futbolchini maydonga tushirishdi. Ha, jamoa zaxirasida hali amaliyotga ega bo‘lmagan yigitlar bor, lekin ular yetarli darajada toblanishmagan. Mixail Naumov (32 yosh), Javohir Qahramonov (21 yosh), Mirkomil Lokayev (22 yosh) va Jasur Azimov (23 yosh)esa barcha o‘yinlarning boshidan oxiriga qadar harakatda bo‘lishdi. Sariq kartochka masalasi shunchaki, ajoyib: «dinamochilar» 8ta turda 11 martagina ogohlantirildilar. To‘g‘ri, jamoaning 1ta o‘yinni chetlatilish bois, ozchilik bo‘lib tugatganini ham aytish kerak. Samarqandliklar 3ta bahsda gol jabrini chekishmadi. Darvoza daxlsizligi saqlab qolingan o‘yinlarning 2tasi mehmonda kuzatildi. Ha, dastlabki 3ta turda 100 foizli natijaga erishgan klub keyingi 5ta o‘yinning atigi 1tasida g‘alabani tantana qildi. Boz ustiga, turnir jadvalidagi ta’qibchilari - «Qo‘qon-1912» va «Navbahor»ga yutqazib qo‘ydi. Shuning barobarida Toshkentda

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 21:45, 11.05.2017. O'qildi: 3772 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.