Italiya «A» seriyasi 36-turining markaziy bahsida Rimning «Roma» klubi o‘z maydonida chempionat peshqadami – «Yuventus»ni 3:1 hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘yiyeda dastlab turinliklar futbolchisi Mario Lemina hisobni ochishga muvaffaq bo‘lgandi. Ammo oradan 4 daqiqa o‘tar-o‘tmas de Rossi muvozanatni tikladi.
56-daqiqada el-SHaravi 65-daqiqada Nainggolan tomonidan kiritilgan gollar esa «bo‘rilar»ning ishonchli g‘alabasiga zamin yaratdi.
Shu tariqa «Roma» o‘z hisobiga uch ochkoni qo‘shib qo‘ydi.
Roma – Yuventus 3:1 (2:1)
14 may, «Stadio Olimpiko»
Gollar: 0:1 – 21 Lemina, 1:1 – 25 de Rossi, 2:1 – 56 El-SHaaravi, 3:1 – 65 Nainggolan.
Roma: Shchensni, Manolas, Emerson, Ryudiger, Fasio, Perotti (GrenYE, 70), Salax (Totti, 90), Nainggolan (Jezus, 78), de Rossi, El-SHaaravi, Paredes.
Yuventus: Buffon, Benatiya, Bonuchchi, Lixtshtayner (Dani Alves, 64), Lemina, Asamoa, Sturaro (Dibala, 69), Pyanich, Kuadrado (Markizio, 77), Mandjukich, Iguain.
Ogohlantirish: Fasio (46), de Rossi (50), Paredes (60), Benatiya (89), Iguain (90).