Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bugun UZREPORT TVda "Selta" - "Real Madrid" uchrashuvini jonli efirda tomosha qiling

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

Bugun Uzreport telekanalida Ispaniya Primerasining 21-turida qoldirilgan "Selta" - "Real Madrid" uchrashuvi jonli efirda namoyish qilinadi.

Siz Toshkent vaqti bilan soat 23:50dan boshlab mazkur uchrashuvdan translyasiyani tomosha qilishingiz mumkin. Bahs esa soat 00:00da start oladi.

Uchrashuv prevyusi:
La Liga.
21-turning qoldirilgan uchrashuvi.
"Selta" - "Real Madrid"
Vigo. "Balaidos" stadioni. Soat 00:00
Hakam: Xuan Munera

17-may sanasida "Real" jamoasi uchun mavsum so‘ngidagi uch finaldan bittasi bo‘lib o‘tadi va unda madridliklar Vigoning "Selta" jamoasi mehmoni bo‘lishadi. Aslida mazkur uchrashuv fevral oyida, Ispaniya Primerasining 21-turida bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq Galisiya hududidagi noqulay ob-havo sababli noma’lum muddatga qoldirilgan edi.

Fevral oyida Edurardo Berisso shogirdlari hozirgiga nisbatan ancha yaxshi holatda edilar va har qanday raqib uchun noqulay jamoa hisoblanishar edi. Ammo Ispaniya Kubogida final uchun kurashda "Alaves"ga imkoniyat boy berib qo‘yilgach, vigoliklar bor e’tiborlarini Yevropa Ligasiga qaratishdi va ichki chempionat uchrashuvlariga deyarli ko‘z yumib qo‘ya qolishdi. Ammo "Selta" xalqaro maydonda ham aynan yarim final bosqichida "Manchester Yunayted"ga imkoniyatni boy berib musobaqa bilan xayrlashdi. Ichki chempionatga bo‘lgan e’tiborsizlik sabab endilikda "Selta" turnir jadvalida 13-pog‘onagacha paslab ketdi. Bu mavsum Berisso shogirdlari uzoq borsa 11-o‘ringa ko‘tarilishlari mumkin xolos. Lekin bu vazifa ham ancha mushkul. Ochiqchasiga aytadigan bo‘lsak, "Selta" bu bahsga unchalik ham yaxshi holatda tashrif buyurayotgan yo‘q. Ustiga ustak, Yevropa Ligasi ham futbolchilardan ancha kuch olib qo‘ygani aniq. Lekin "Selta" La Liga yetakchilariga qarshi tayyorgarlik ko‘rishni biladi. Bu mavsum vigoliklar "Barselona"ni ham "Real Madrid"ni ham mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lishganini unutmaslik kerak.

"Real"ga to‘xtaladigan bo‘lsak, jamoa ayni dam yaxshi kayfiyatda mazkur uchrashuvga yetib kelmoqda va bu mavsum ikkita sovrin (Ispaniya chempionati va YECHL) uchun kurashda yaxshi imkoniyatga ega bo‘lib turibdi. "El Klasiko"dan so‘ng Zidan shogirdlari La Liga doirasida qatorasiga 4ta uchrashuvda g‘alaba qozona olishdi. So‘ngi turda esa "qirollik klubi" "Sevilya"ni qiyinchiliksiz 4:1 hisobida taslim etishga muvaffaq bo‘ldi. Bu madridliklar uchun mazkur mavsumdagi so‘ngi uy uchrashuvi edi. Endilikda "Real" chempion bo‘lishi uchun ikkita safar o‘yinida hech bo‘lmasa 4 ochko jamg‘arishi kerak bo‘ladi. Har qanday mag‘lubiyat jamoani chempionlikdan mahrum qiladi.

Mazkur uchrashuvga "Selta" tarkibda bir necha yo‘qotishlar bilan tashrif buyurmoqda. Jamoa hujumchisi Juzeppe Rossi jaroxat olgan. Shuningdek markaziy yarim himoyachi Nemanya Radoyaning maydonga tushishi ham so‘roq ostida. Toto Berisso mazkur o‘yin qaydnomasiga darvozabon Blanko, himoyachilar Ronkalya, Planas, Lemos hamda yarim himoyachi Seneni ham kiritmagan.

"Real" tarkibida esa Dani Karvaxal hamda Garet Beyllar jaroxat sabab o‘z jamoasiga yordam bera olmaydi. Shuningdek yana bir himoyachi Nacho ham diskvalifikasiya sabab mazkur uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Pepe va Xames Rodrigesning maydonga tushishi esa so‘roq ostida. Ba’zi xabarlarga ko‘ra kolumbiyalik futbolchi "Manchester Yunayted" bilan shartnoma tuzishni boshlab yuborgan. Zidan o‘tgan turda Marselo, Isko va Benzemaga hordim chiqarishga imkon berdi. Kazemiro va Modrich esa to‘liq uchrashuv o‘tkazishmadi. Ayni shu sabab "Real"ning asosiy tarkib futbolchilari mazkur bahsga jismonan toliqmagan holda yetib kelishmoqda.

Birinchi davradagi bahs.
27.08.2016. Madrid. Stadion "Santyago Bernabeu".
"Real" - "Selta" 2:1
Gollar: Morata, 60, Kroos, 81 - Orelyana, 67

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 13:54, 17.05.2017. O'qildi: 10998 marta. Fikrlar: 14 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик