Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Nyukasl - Brayton

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ikki afsona — Filipp Lam va Xabi Alonso futbolchilik faoliyatini yakunladi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugun — 20 may kuni Germaniya Bundesligasining so‘nggi tur bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Muddatidan avval mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan Myunxenning «Bavariya» klubi o‘z maydonida «Frayburg»ni qabul qilib, 4:1 hisobida zafar quchdi.

Mazkur bellashuv ikki afsonaviy futbolchi — Filipp Lam hamda Xabi Alonso uchun so‘nggi rasmiy o‘yin sifatida tarixda qoldi. Ular qatorida darvozabon Tom Shtarke ham futbolchilik karyerasiga yakun yasadi.

Filipp Lam

Lam haqida doston yozsa bo‘ladi, deb ta’rif berdi «Championat.asia» nashri. Afsonaviy himoyachi faoliyati davomida jami 668 o‘yin o‘tkazdi va raqiblar darvozasini 19 marta ishg‘ol qildi.

U «Bavariya»ning afsonaviy futbolchilari Frans Bekkenbauer, Gerd Myuller, Zepp Mayer, Karl-Xayns Rummenigge, Uli Xyoness, Lotar Matteus, Jovanni Elber, Mexmet Sholl va Oliver Kan qatorida tilga olinadi.

Filipp Lam faoliyati davomida biror marta ham qizil kartochka olmagan himoyachi hisoblanadi. U maydonda yuksak madaniyat bilan o‘ynaydigan sanoqli himoyachilardan biri edi.
Germaniya terma jamoasidagi yorqin o‘yinlari bilan yodda qolgan Lam faoliyati davomida «Shtutgart» (2003—2005) va «Bavariya» (2001—2017) safida harakat qildi. «Nemis mashinasi»ga ilk bor 2004 yilda chaqirilgan futbolchi, 2014 yil termadagi so‘nggi o‘yinida maydonga tushgandi.

Erishgan yutuqlari

Jahon chempioni — 2014
UYEFA Chempionlar ligasi g‘olibi — 2013
UYEFA Superkubogi sohibi — 2013
Klublar o‘rtasida Jahon chempioni — 2013
Germaniya chempioni — (8). 2006, 2008, 2010, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017
Germaniya kubogi sohibi — (6). 2006, 2008, 2010, 2013, 2014, 2016
Germaniya Superkubogi sohibi — 2010, 2012
Germaniya liga kubogi egasi — 2007

Xabi Alonso

Xabi Alonso deganda «Liverpul» hamda «Real»dagi yorqin futboli bilan tanilgan ajoyib maestro xayolga keladi. «Liverpul» safida «Milan»ga qarshi kechgan fantastik finalda g‘alaba qozongan va Chempionlar ligasi sohibiga aylangan Alonso, keyinchalik bu ishni «Real» bilan ham uddalagandi.

Ispaniya terma jamoasi bilan ikki karra Yevropa hamda bir marta jahon chempionligiga erishgan Alonso faoliyatini «Bavariya»da yakunladi. Unga «Bavariya» bilan yevrokuboklarda g‘olib chiqish nasib qilmadi. Shunga qaramay, Alonso «Bavariya»dagi faoliyati davomida uch karra Bundesliga g‘olibligiga erishdi va bir martadan Germaniya kubogi hamda Superkubogi sohibiga aylandi.

Alonso faoliyati davomida 688 ta o‘yinda maydonga tushgan va raqiblar darvozasini 44 bor nishonga olgan. U «Real Sosyedad» (1999—2004), «Eybar» (2000—2001), «Liverpul» (2004—2009), «Real» (2009—2014), «Bavariya» (2014—2017) kabi klublar sharafini himoya qildi.

Erishgan yutuqlari

Jahon chempioni — 2010
Yevropa chempioni — 2008, 2012
UYEFA Chempionlar ligasi g‘olibi — 2005, 2014
UYEFA Superkubogi sohibi — 2005, 2014
Angliya kubogi sohibi — 2006
Angliya Superkubogi egasi — 2006
Ispaniya chempioni — 2012
Ispaniya kubogi egasi — 2011, 2014
Ispaniya Superkubogi egasi — 2012
Germaniya chempioni — 2015, 2016
Germaniya kubogi sohibi — 2016
Germaniya Superkubogi egasi — 2016

Tom Shtarke

Professional faoliyatini «Bayer»da boshlagan Tom Shtarke keyinroq «Gamburg», «Paderborn», «Duysburg», «Xoffenxaym» hamda «Bavariya» jamoalarida o‘ynadi. 2012 yil Germaniyaning eng sovrindor jamoasiga o‘tgan kiper faoliyatining so‘nggi besh yilida bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Erishgan yutuqlari

UYEFA Chempionlar ligasi g‘olibi — 2013
UYEFA Superkubogi egasi — 2013
Klublar o‘rtasida jahon chempioni — 2013
Germaniya chempioni — 2013, 2014, 2015, 2016, 2017
Germaniya kubogi sohibi — 2013, 2014, 2016

Tom Shtarke besh yil mobaynida «Bavariya»da Noyerga zaxira posboni sifatida faoliyat ko‘rsatdi va o‘z muzeyini 9 ta sovrin bilan to‘ldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:59, 20.05.2017. O'qildi: 4939 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик