Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 128 52 45 225
2 Yaponiya 40 67 61 168
3 Janubiy Koreya 21 26 43 90
4 O‘zbekiston 12 17 12 41
5 Qozog‘iston 9 13 23 45
6 Tailand 9 7 12 28
7 Eron 8 15 9 32
8 Bahrayn 8 2 3 13
9 KXDR 7 5 5 17
10 Malayziya 6 3 9 18

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1860 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2113 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 28.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 28.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 28.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 28.09.2026

      06:00 Велоспорт. Монреаль. Мужчины.
      08:00 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      09:30 Снукер. British Open. Финал.
      11:00 LIVE Снукер. Первый раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Теннис. Лондон.
      15:30 Снукер. Первый раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Второй раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      20:30 Велоспорт. Монреаль. Мужчины.
      21:00 Конный спорт. Конкур. Вена. Global Champions Tour.
      23:00 Снукер. Второй раунд.
      00:00 Трейлраннинг.
      01:00 Велоспорт. Тур Хорватии. Шестой этап. Мужчины.
      02:00 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      03:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      04:30 Снукер. Второй раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Stanislav Cherchesov: «Xavotirga o‘rin yo‘q»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Boshqa rasmiy turnirlar / Konfederasiyalar kubogi
Rukn: Intervyular
A A A

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov Konfederasiyalar kubogida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan 30 nafar futbolchi ro‘yxatini e’lon qildi. Shundan so‘ng Futbolchilar uyida matbuot anjumani o‘tkazildi.

— Kengaytirilgan tarkibdagilardan qaysilari Avstriyadagi yig‘inga borishadi?

— 26 nafari. Uch darvozabon va 23 o‘yinchi. Hozircha shunday. Lekin yig‘in arafasida vaziyat o‘zgarib ketishi mumkin.

— Konfederasiyalar kubogida istalgan payt jarohat olganlarning o‘rnini bosadigan zaxira futbolchilar bo‘ladimi?

— Xudo ko‘rsatmasin, almashtiradigan bo‘lsak ham buni musobaqaning birinchi o‘yiniga qadar amalga oshiramiz. 23 kishidan iborat yakuniy tarkib 7 iyungacha e’lon qilinadi. Turnir davomida futbolchi almashtirishning iloji yo‘q.

— Kambolov ro‘yxatga himoyachi sifatida kirgan. Uni aynan shu chiziq vakili sifatida ko‘ryapsizmi?

— Kimgadir bu kutilmagan bo‘lishi mumkin. Lekin vaziyat o‘zgardi. Berezuskiylarning turnirda yordam berolmasliklari oydinlashgach, variantlarni o‘rganib chiqdik. Kambolov «Lokomotiv»ga qarshi o‘yinda markaziy himoyaga o‘tkazildi. O‘sha uchrashuvda unga e’tibor qaratdim, so‘ngra statistikasini o‘rganib chiqdim. «Bordo», «Liverpul», «Syon» bilan bo‘lgan o‘yinlarini kuzatdim. Yevropa Ligasida ham himoyachi sifatida o‘ynadi. Ko‘rinib turibdiki, Ruslan bu chiziqda yaxshi to‘p surmoqda. O‘z navbatida, bunday turnirlarda darvozabondan tashqari barcha futbolchilar universal bo‘lishlari kerak. Kambolov markaziy himoya va tayanch yarim himoyasida o‘ynay oladi. Terma jamoa uchun bu foydali bo‘lishi mumkin.

— Sizningcha, Fernandes himoyada foydaliroqmi yoki hujumga yaqin chiziqdami?

— Ikkisida ham bir xil saviyadagi o‘yin namoyish qila oladi, Fernandesni tekshirishimizga hojat yo‘q.

— So‘nggi paytlarda jarohatlar girdobida qolgan Zagoyev ham ro‘yxatdan joy olgan. Uning sog‘lig‘idan xavotirda emasmisiz?

— Futbol - to‘qnashuvlarga boy o‘yin. Zagoyev shikastlanganiga 19 kun bo‘ldi. Uning jarohatdan forig‘ bo‘lishi uchun ko‘pi bilan 21 kun talab etiladi. U lat yegan sana bilan Konfederasiyalar kubogidagi o‘yinimiz belgilangan sana orasida 52 kun bor. Alanning darajasini yaxshi bilamiz, tajribali ekanligi uchun ham ro‘yxatdan joy olgan.

— Dzyubaning ham sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgandi. Artyomning ro‘yxatdaligi barcha muammolar ortda qolganidan dalolatmi?

— Shifokorlarimiz «Zenit»dagi hamkasblari bilan doimo aloqadalar. Dzyuba barcha uchrashuvlarda maydonga tushmoqda va so‘nggi paytlarda taqiqlarsiz ishlamoqda. 22-sanada Moskvada bo‘ladi.

— Noyshtedterning o‘yinlarini shaxsan kuzatdingizmi, u bilan suhbatlashdingizmi?

— Gaplashmadik. Ammo u terma o‘yi­nidan so‘ng to‘rtta bahsda maydonga tushdi. Bitta kubokda va uchta chempionatda. Turkiyada mavsum 22 mayda tugaydi. U yerga bormadim. Xayriyatki, hozirgi vaqtda barchasini videoyozuvlar orqali ko‘rish imkoniyati bor.

— Tarasovning holatidan qoniqish hosil qilyapsizmi? SSKAga qarshi uchrashuvdan so‘ng u tanqid ostida qolgandi.

— O‘sha bahsdan so‘ng sizlar uni tanqid qildinglar, ammo oldingi o‘yinlarda maqtamadinglar. SSKA bilan bahs olsak, Tarasov bir bo‘limda boshqalar 90 daqiqada bajaradigan ishni uddaladi, juda faol to‘p surdi. Faqat shunchaki, keraksiz joyda paydo bo‘lib qoldi, xolos.

— Terma jamoani qabul qilib olganingizdan buyon Smolov hali o‘ynamadi. Uning holatini qanday baholaysiz?

— Fyodor ikkita yig‘inimizda qatnashdi. Birinchisida o‘z gollarini urdi. Ikkinchisida esa, faqat nazariy mashg‘ulotlar bilan cheklandi. Hujumchining vazifasi gol urish, bu ishni u doim uddalamoqda. Demak, xavotirga o‘rin yo‘q. Biz uchun eng muhimi - uning jismoniy holati.

— Samedov «Spartak»ka o‘tganidan so‘ng zaxirada ko‘p o‘tirmoqda. Uning terma jamoadagi imkoniyat­lari qanday?

— «Spartak»dagi holati bizga unchalik qiziqmas. Samedov terma jamoa o‘yinlarida muntazam ravishda o‘zini ko‘rsatib kelgan. Umuman olganda, klubida ham uchta gol urdi. Shundan ikkitasi jamoaga g‘alaba keltirdi.

Rossiya termasining kengaytrilgan tarkibi

Darvozabonlar: Igor Akinfeev (SSKA), Aleksandr Belenov («Ufa»), Marinato Gilerme («Lokomotiv»), Andrey Lunyov («Zenit»);

Himoyachilar: Viktor Vasin (SSKA), Georgiy Jikiya («Spartak»), Ruslan Kambolov («Rubin»), Fyodor Kudryashov («Rostov»), Ilya Kutepov («Spartak»), Roman Noyshtedter («Fenerbaxche», Turkiya), Andrey Semyonov («Terek»), Roman Shishkin («Krasnodar»);

Yarim himoyachilar: Yuriy Gazinskiy («Krasnodar»), Denis Glushakov («Spartak»), Aleksandr Golovin (SSKA), Alan Zagoyev (SSKA), Aleksandr Yeroxin («Rostov»), Yuriy Jirkov («Zenit»), Roman Zobnin («Spartak»), Dmitriy Kombarov («Spartak»), Aleksey Miranchuk («Lokomotiv»), Aleksandr Samedov («Spartak»), Igor Smolnikov («Zenit»), Dmitriy Tarasov («Lokomotiv»), Mario Fernandes (SSKA);

Hujumchilar: Aleksandr Buxarov («Rostov»), Artyom Dzyuba («Zenit»), Maksim Kanunnikov («Rubin»), Dmitriy Poloz («Rostov»), Fyodor Smolov («Krasnodar»).

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:47, 21.05.2017. O'qildi: 2980 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик