Bugun 10 aprel, 2026 yil, juma.

  • Superliga
      • 09.04.2026 19:00
      • Neftchi
      • 0:1
      • Paxtakor
      • 09.04.2026 19:00
      • Buxoro
      • 2:0
      • Qizilqum
  • «A» Seriya
      • 10.04.2026 23:45
      • Roma
      • -:-
      • Piza
      • 11.04.2026 18:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Cremonese
      • 11.04.2026 18:00
      • Torino
      • -:-
      • Verona
      • 11.04.2026 21:00
      • Milan
      • -:-
      • Udineze
      • 11.04.2026 23:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Yuventus
  • APL
      • 11.04.2026 00:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 11.04.2026 16:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Bornmut
      • 11.04.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Everton
      • 11.04.2026 19:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brayton
      • 11.04.2026 21:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Fulhem
  • La-liga
      • 11.04.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Jirona
      • 11.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Alaves
      • 11.04.2026 19:15
      • Elche
      • -:-
      • Valensiya
      • 11.04.2026 21:30
      • Barselona
      • -:-
      • Espanyol
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Atletiko
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 6 15
2 Paxtakor 6 15
3 Buxoro 6 13
4 Bunyodkor 6 13
5 Navbahor 6 12
6 Nasaf 6 11
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 6 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
6-тур Neftchi 0-1 Paxtakor
6-тур Buxoro 2-0 Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Ayaks» – yoshlik shijoati markazi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yevropa Ligasining chorakfinal va yarimfinal bosqichlaridagi dramatik g‘alabalar bilan musobaqa finaliga yetib kelgan Amsterdamning «Ayaks» klubi bu natijaga asosan yosh iste’dodlarga tayanib erishgani e’tiborni tortmasdan qolmaydi. «Manchester Yunayted»ga qarshi bahs oldidan ushbu futbolchilarning bir nechtasi bilan yaqinroq tanishamiz.

Andre Onana

«Ayaks» o‘rinbosarlarida ikki mavzum o‘tkazgan Onana 2016 yil yozida Yasper Silissen «Barselona»ga o‘tgach amsterdamliklarning asosiy darvozaboniga aylandi. Onana bunga tayyor edimi? Endi bu savolga bemalol «ha» deb javob berish mumkin. 21 yoshli darvozabonning «Lion»ga qarshi o‘yinda ko‘rsatgan qahramonliklari buning isbotidir. Shunday ekan, u Niderlandiya chempionatida 32 ta, Yevropa Ligasida 13 ta o‘yin o‘tkazgani ajablanarli emas. «Mankunianlar» hujumchilariga ham bu «devor»dan o‘tish oson bo‘lmaydi.

Devinson Sanches

Onana singari Sanches ham «Ayaks» asosiy jamoasidagi ilk mavsumini o‘tkazdi. Hayratlanarli jismoniy holati, to‘pga otilishi, o‘yinni o‘qiy olishi va himoyadan hujumga o‘tishi bilan kolumbiyalik futbolchi mavsumning boshidayoq zaxira uning uchun emasligini ko‘rsatdi. Hozirda Peter Bos jamoasining ustunlaridan biriga aylangan 20 yoshli himoyachi «Ayaks»ning yil o‘yinchisi deb topilgani ham bejizga emas. Hozirgacha oltita sovrin, jumladan 2016-yilgi Libertadores kubogini yutgan Sanches yettinchi sovrinini amsterdamliklar safida qo‘lga kiritishga harakat qiladi.

Bertran Traore

«Chelsi»da porlay olmagan Traore o‘ziga tanish bo‘lgan Niderlandiya chempionatiga qaytib bu safar «Ayaks» safiga qo‘shildi. Burkina-Faso terma jamoasi futbolchisi nafaqat o‘z tezkorligi va driblingi evaziga raqiblarni dovdiratib qo‘ydi, balki 38 o‘yinda 13 ta gol urdi va 4 ta golli pas ham berdi. Bu natija Traore «Ayaks» to‘purarlari ro‘yxatida Kasper Dolbergdan keyin ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kasper Dolberg

Mikael Laudrup, Ibrahimovich, Fisher va Eriksen singari futbolchilarni «Ayaks»ga o‘tkazgan skaut Jon Steen Olsen 2015 yil yozida 17 yoshli Dolbergni ham Amsterdamga olib keldi. Bir yildan keyin jamoaning asosiy tarkibiga qo‘shilgan futbolchi bu yerda o‘z o‘rnini topib oldi. Daniya milliy terma jamoasidan ham chaqiruv olgan 20 yoshli hujumchi amsterdamliklar safida 29 o‘yinda 16 ta gol urishga erishgan.

Jastin Klyuyvert

Otasi Patrik Klyuyvert singari Jastin ham «Ayaks» muxlislarini katta orzular qilishga undamoqda. Bosh murabbiy Bos tomonidan «Ayaks»ning «sof mahsuloti» deya ta’riflangan futbolchi g‘ayrioddiy texnika, to‘p bilan muomala qilish qobiliyati va driblingga ega. Bu hali hammasi emas – u otasi singari gol urishni biluvchi va sevuvchi hujumchidir. 1995 yil 24 mayda Patrik Klyuyvert Chempionlar ligasi finalidagi goli bilan «Ayaks»ga chempionlikni taqdim etgan. Oradan roppa-rosa 22 yil o‘tib uning o‘g‘li boshqa bir yevrokubokni amsterdamlik muxlislarga taqdim etishi mumkin.

Bunda unga «Ayaks»ning «keksaroq» yetakchilari – 24 yoshli yarim himoyachilar marokashlik Hakim Ziyeh va jamoa sardori Davi Klaassen bajonidil yaqindan yordam beradi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 12:32, 24.05.2017. O'qildi: 3394 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 4
2 Нефтчи Stipe Perisa 4
3 Сурхон Chinedu Stefan 4
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик