Bugun 30 may, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

U-15 xalqaro turniri oldidan bosh murabbiylar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

Baho:
+1 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Boshqa turnirlar
Rukn: Rasmiy xabarlar
A A A

Shu yilning 1–5 iyun kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston, Polsha, Yaponiya va Belarus o‘smirlar terma jamoalari o‘rtasida U-15 xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan bugun, 31 may kuni O‘FF anjumanlar zalida musobaqa oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Polsha o‘smirlar termasining aviareysi kechiktirilgani bois, bosh murabbiy Robert Voychik matbuot anjumanida ishtirok etmadi. Qolgan murabbiylar turnir oldidan o‘z fikrlari, tayyorgarlik vazifalari va maqsadlari haqida so‘zlab berdi.

O‘zbekiston U-15 bosh murabbiyi Dilshod Nuraliyev: Toshkentdagi xalqaro turnir biz uchun Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Turnirda kim g‘olib bo‘lishi asosiysi emas. Muhimi musobaqada tajriba orttirish, qiziqarli va mazmunli futbol ko‘rsatish.

Raqiblar haqida aytadigan bo‘lsam, Yaponiya kuchli, Polsha va Belarus Yevropaning yetakchi jamoalari sanaladi. Tarkibimizda xalqaro maydonda o‘z kuchini ko‘rsata oladigan istiqbolli futbolchilar bor.

Oldindagi maqsadlar haqida aytadigan bo‘lsam, saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Osiyo chempionati final bosqichiga chiqish uchun harakat qilamiz. Futbolchilar bilan ishlashda davom etib, 2012 yilda qo‘lga kiritilgan Osiyo chempioni maqomni qaytarishga harakat qilamiz.

Yaponiya U-15 bosh murabbiyi Arima Kenji: Mazkur turnirga chaqiruv olganimizdan xursandmiz. Musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Fevral oyidan boshlab turli musobaqalarda qatnishib, ancha yaxshi holatga kirib oldik. Jumladan, Shri-Lankada mamlakat o‘smirlari va Italiya bilan o‘ynadik. O‘zbekistonga katta o‘zgarishlar bilan keldik – tarkibdagi 13 futbolchi yangi. Vazifamiz ularni jismoniy jihatdan tayyorlash va xalqaro tajribaga ega bo‘lishini ta’minlash.

Mening fikrimcha, bu turnir tajriba orttirishdan tashqari, o‘zaro do‘stlik aloqalarini yaxshilashga yordam beradi. Qaysi jamoa kuchli ekanini aytish qiyin, hamma o‘ziga yarasha kuchli. Maqsadimiz – har bir o‘yinda bor kuchimizni ko‘rsatib, raqiblarga munosib qashrilik ko‘rsatish.

O‘zbekistondagi havo borasida fikrim ijobiy. Havo hozircha yaxshi, o‘ylaymanki, bu turnir davomida muammo bo‘lmaydi. Yaponiya o‘smirlar va yoshlar termasi so‘nggi yillarda Osiyo chempionatlardagi ketma-ket omadsizlikka duch kelmoqda. Buning asosiy sababi – Osiyo jamoalarining kuchayib borayotganidadir.

Belarus U-15 bosh murabbiyi Mixail Marxel: Bunday turnirda o‘ynashdan baxtiyormiz. Tayyorgarlik vaqtida bizga bu kabi o‘rtoqlik musobaqalari yetishmaydi. Shu sababli, bildirilgan taklifga hech ikkilanmay rozilik berdik. Osiyo jamoalari bilan o‘ynash biz uchun yaxshi tajriba sifatida xizmat qiladi.

Barcha jamoalar kuchli, kim favorit ekanini ayta olmayman. Ammo Polsha futbol maktabi Yevropada yetakchi hisoblanadi. Bizda o‘smirlar termasi endigina tuzildi va bor yo‘g‘i ikkita o‘yin o‘tkazdik. Tarkibda muammolarimiz ham bor, chunki futbolchilar maktabda imtihom topshirmoqda. Yana bir bor aytaman, bo‘lajak turnir xalqaro darajadagi tajriba bo‘ladi.

Toshkentdagi U-15 xalqaro turniri taqvimi bilan mazkur havola orqali tanishing.  

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 12:27, 31.05.2017. O'qildi: 3467 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик