Bugun 30 may, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Myunxenda yevropadagi o‘zbeklarning futbol turnir-bayrami

Baho:
+1 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Boshqa turnirlar
Rukn: Reportajlar
A A A

An’anaviy turnirga aylangan «Evropadagi O‘zbeklarning futbol turnir-bayrami» beshinchi marotaba «Davra» o‘zbeklar jamiyati tarafidan 25-May kuni Myunxen shahrida tashkil qilindi.

Turnir-bayram O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasi Franfurt Mayn shahridagi bosh konsulligi hamda O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi qo‘llab-quvvatlovi bilan amalga oshirildi. Turnirda jami o‘nta jamoa ishtirok etib ikki guruhga bo‘lingan holda ikkita maydonda parallel o‘yinlar o‘tkazildi.

A guruhda FC Triesdorf, FC Olympia München, FC Frankfurt, FC Bavaria va FC Davra jamoalari o‘zaro kuch sinashishgan bo‘lsa

B guruhda FC MBA Triesdorf, FC Dortmund, FC München, FC Frankfurt United hamda FC Uzbek United jamoalari kuch sinashishdi.

A guruhida birinchi o‘rinni egallagan FC Frankfurt B guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan FC Dortmund bilan yarim finalning asosiy qismi va qo‘shimcha vaqtida durrang o‘ynab penalti tepishlar evaziga finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

B guruhida birinchi o‘rinni egallagan FC München jamoasi esa A guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan FC Triesdorf bilan yarim final bahsida 5-0 hisobida g‘alaba qozonib finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, FC Frankfurt jamoasining ikki yetakchi o‘yinchisi yarim final o‘yinida qattiq jarohatlanib final bahsida ishtirok eta olmadi. Shiddatli o‘tgan final uchrashuvida FC München 3-0 hisobida g‘alaba qozonib Davra kubogi 2017 ni qo‘lga kiritdi.

Turnirda eng yaxshi darvozabon deb FC Frankfurt jamoasi darvozaboni Nodir Hojiyev, eng yaxshi o‘yinchi deb FC München o‘yinchisi Shohjaxon Gaipov tan olindi. Turnir to‘rurari esa FC München hujmchisi Abror Shonazarov bo‘ldi. Barcha o‘yinchilarga esdalik sovg‘alar va Davra diplomi topshirildi.

FC Frankfurt jamoasiga ikkinchi o‘rinni olganlik medali, FC München jamoasiga esa birinchi o‘rinni olganlik medali va Davra kubogi topshirildi.

Turnir oxirida barcha vatandoshlar O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasi Franfurt Mayn shahridagi bosh konsulligi hamda O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi tarafidan tayyorlangan osh dasturxoniga taklif qilindi. O‘ta yuqori kayfiyatda o‘tgan turnir-bayramiga milliy taomimiz hisoblanmish oshni dasturxonga tortilishi bayramga o‘zgacha fayz baxsh etdi. Vatandoshlarimiz turnir-bayramidan katta taasurotlar bilan qaytayotganliklarini ta’kidlashdi va shunday bayramlar chet elda yashayotgan vatandoshlarimiz uchun juda katta ahamiyatga ega ekanligini aytishdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasi Franfurt Mayn shahridagi bosh konsullikdan bosh konsul Yerkin Hamroyev hamda O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasidan Mamur Rasulov va Asqar Beknazarovlar ishtirok etishdi.

Anvar SHERMATOV, Berlin shahri

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:08, 02.06.2017. O'qildi: 7784 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик