Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Zidanning Ronaldusi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Zayniddin Zidan «Real» bosh murabbiyligiga kelgach jamoa yetakchisi Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi. Maydonda u markaziy himoyachiga aylangan bo‘lsa, maydonda tashqarida o‘z jismoniy holatini nazorat qilishni o‘rgandi. Bu o‘zgarishlarga yaqinroqdan nazar tashlab ko‘ramiz.

Krishtianu Ronaldu o‘yinida pasayish bormi? Albatta, muxlislarni uzoq vaqt davomida g‘ayrioddiy driblingi va 30 metrdan urilgan gollariga o‘rgatib qo‘ygan portugaliyalik futbolchi bunday yorqin roldan voz kechgani aniq. Bu muxlislarni biroz xafa qilishi tabiiy. Lekin bu uning davri tugayapti degani emas, aksincha… Zero Zayniddin Zidan unga shunday o‘zgarish yo‘lini ko‘rsatdiki, bu orqali Ronalduning samaradorligi avvalgidek qolmoqda.

Markaziy hujumchi

Ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 45 o‘yinda 40 ta gol urgan portugaliyalik yulduz bu borada o‘z odatiga sodiq qolmoqda. Lekin Ronaldu hali raqiblarini bu mavsumdagidek kam aldamagan (1 o‘yinda o‘rtacha 0,9 dribling) va kam zarba bermagan (1 o‘yinga o‘rtacha 5,6 zarba) edi. Bunday noodatiy statistikaga uning darvozabonlar bilan birga-bir vaziyatlari va jarima amydonchasi ichidagi zarbalari ko‘payishini ham qo‘shish mumkin.

Bu o‘zgarishlarning barchasi «Real» boshqaruviga Zidan kelgach sodir bo‘lmoqda: aynan fransiyalik mutaxassis qo‘li ostida Karim Benzemaga «aldamchi to‘qqizlik» vazifasi yuklatilgach, Krishtianu Ronalduning ham jamoadagi roli o‘zgardi. U fransiyalik jamoadoshi harakatlari natijasida ochilgan bo‘shliqlardan foydalanib jarima maydonchasi ichida ko‘proq paydo bo‘lib vaziyatlarni yakunlay boshladi.

Ronaldu ushbu mavsumda jami 3 marta jarima maydonchasi tashqarisidan gol urdi, ulardan faqat bittasi jarima zarbasidan («Atletiko»ga qarshi o‘yinda). Bu borada ham u «Real»ga kelganidan buyon eng past natija kuzatilgan. Ronladuning ushbu mavsumdagi gollarining aksariyati penalti nuqtasi atrofidan berilgan zarbalar natijasida kiritilgan – o‘tgan mavsumlardan uning aksariyat gollari jarima maydonchasining chetroq qismlaridan kiritilar edi.

Zidanning ushbu mavsumda «Real»ni ko‘pincha ikki hujumchi bilan o‘ynatishi Ronalduga qanotdan uzatilgan to‘plarni qabul qilish va penalti nuqatasi atrofidan zarba yo‘llash imkonini berdi. O‘z navbatida Ronaldu jarima maydonchasi ichida xoh birinchi zarbalarda, xoh qaytgan to‘plarni tepishda bo‘lsin, o‘ta aniqlik bilan harakat qildi.

Jismoniy holatning yaxshiroq nazorati

«Bu balki men o‘zimni jismoniy jihatdan eng yaxshi his qilayotgan davrimdir. Avvalgi mavsumlarning oxirida men biroz charchagan holatda bo‘lardim, chunki juda ko‘p o‘ynardim. Bu safar shu nazorat tufayli vaziyat biroq boshqacha. Bu Zizu tomonidan amalga oshirilgan juda aqlli nazorat», – dedi Ronaldu Yevropa Chempionlar Ligasi finali oldidan tashkillashtirilgan intervyuda.

Bu portugaliyalik futbolchining mavsum davomida jamoani boshqarish borasida Zidan sha’niga aytilgan ilk maqtovi emas. Aslida Ronaldu avvallari bu masalaga hozirgidek yondashmas edi. Ko‘pincha to‘rtinchi hakam tabloda uning maydonni tark etishini anglatuvchi raqamni ko‘rsatgach, ochiqchasiga jahlini namoyish etardi. Biroq endi 32 yoshda bo‘lgan futbolchi bu masalada ham o‘zgargan.

Agar u Tottidek uzoq o‘ynashni istasa, har mavsumda 50 tadan o‘yin o‘tkazish bilan bunga erishib bo‘lmaydi. «Avvalgi yillardagi zo‘riqishlar tufayli u mavsum oxirini yuqori holatda o‘tkazishimiz uchun dam olishi kerakligini biladi. Bu futbolchilar bilan gaplashilishi kerak bo‘lgan mavzu», – degan edi buni yaxshi tushungan Zidan. Hozir fransiyalik mutaxassis mehnatlarining samarasini faqat e’tirof etish mumkin.

Odatda mavsum oxirida mushaklarida zo‘riqish paydo bo‘lib kelgan Ronaldu bu safar «Real» libosidagi eng yaxshi may oylaridan birini o‘tkazdi: u barcha musobaqalardagi oxirgi 5 o‘yinida sakkizta gol urdi. Ajoyib formaga kirgan Ronaldu endi bundan «Yuventus»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Yevropa Chempionlar Ligasi finalida foydalanishi kerak.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 11:26, 02.06.2017. O'qildi: 18434 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик