Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 17.08.2025 00:30
      • Alaves
      • 2:1
      • Levante
      • 17.08.2025 00:30
      • Valensiya
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 17.08.2025 20:00
      • Selta
      • 0:2
      • Xetafe
      • 17.08.2025 22:30
      • Atletik Bilbao
      • 3:2
      • Sevilya
      • 18.08.2025 00:30
      • Espanyol
      • 2:1
      • Atletiko
      • 19.08.2025 00:00
      • Elche
      • -:-
      • Betis
      • 20.08.2025 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Osasuna
  • APL
      • 17.08.2025 18:00
      • Chelsi
      • 0:0
      • Kristal Pelas
      • 17.08.2025 18:00
      • Nottingem Forest
      • 3:1
      • Brentford
      • 17.08.2025 20:30
      • Man. Yunayted
      • 0:1
      • Arsenal
      • 19.08.2025 00:00
      • Lids
      • -:-
      • Everton
  • Superliga
      • 17.08.2025 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • 2:0
      • Surxon
      • 17.08.2025 19:00
      • Mash’al
      • 1:0
      • Andijon
      • 17.08.2025 20:15
      • Bunyodkor
      • 2:1
      • Buxoro
      • 18.08.2025 19:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Qizilqum
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 19 40
2 Neftchi 19 39
3 Dinamo 19 37
4 Bunyodkor 19 34
5 OKMK 19 34
6 Paxtakor 19 33
7 Navbahor 19 31
8 Surxon 19 23
9 Qizilqum 18 22
10 Andijon 19 21
11 So‘g‘diyona 19 20
12 Xorazm 18 19
13 Qo‘qon-1912 19 18
14 Mash’al 19 18
15 Buxoro 19 14
16 Sho‘rtan 19 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Paxtakor 2-0 So‘g‘diyona
19-тур Navbahor 0-1 Neftchi
19-тур Dinamo 1-0 OKMK
19-тур Nasaf 2-0 Sho‘rtan
19-тур Qo‘qon-1912 2-0 Surxon
19-тур Mash’al 1-0 Andijon
19-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro

Navbatdagi o'yinlar.

18/08/25 Xorazm - Qizilqum

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1691 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 637 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 18.08.2025

      06:35 Новости футбола.
      06:40 Д/ф "Дэвид Бекхэм. Одиозный".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Эюпспор".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Фламенго".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Палмейрас".
      14:00 Новости футбола.
      14:05 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Фатих Карагюмрюк".
      16:05 Новости футбола.
      16:10 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Эюпспор".
      18:10 Новости футбола.
      18:15 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Фламенго".
      20:15 Новости футбола.
      20:20 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Палмейрас".
      22:20 Новости футбола.
      22:25 Д/ф "Лионель Месси".
      23:25 LIVE Чемпионат Турции. "Касымпаша" - "Трабзонспор". Прямая трансляция.
      01:25 "Третий тайм". Артём Молодцов.
      01:50 Новости футбола.
      01:55 Чемпионат Турции. "Гёзтепе" - "Фенербахче".
      03:50 Новости футбола.
      03:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Крузейро". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 18.08.2025

      05:10 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 2.
      05:40 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 2.
      06:15 Д/ф "Жизнь - подарок!".
      07:00 Автоспорт. Ралли. Чемпионат России.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве.
      09:35 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Этап 5 на автодроме "Красное кольцо".
      10:30 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Акробатические группы.
      13:15 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      13:55 Автоспорт. G-Energy СМП РСКГ Эндуранс. Кубок России. Этап 3 на автодроме "Moscow Raceway".
      16:15 "Культовые".
      16:45 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Мемориал Иштвана Дьюлая в Будапеште, Венгрия.
      19:00 Дзюдо. "Большой шлем" Улан-Батора в Монголии. День 1.
      20:45 "Тайны звёзд спорта".
      21:15 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве. 1/2 финала.
      23:20 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Дуэты. Произвольная программа. Финал.
      00:25 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Смешанные дуэты. Произвольная программа. Финал.
      01:30 "Культовые".
      02:00 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      02:40 Автоспорт. G-Energy СМП РСКГ Эндуранс. Кубок России. Этап 3 на автодроме "Moscow Raceway".
      04:50 "География спорта". Норильск.
  • MATCH-TV
    • Sana: 18.08.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Всё о главном".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Виктория Комова.
      11:25 "Культовые".
      11:55 LIVE Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Прямая трансляция.
      15:00 Специальный репортаж.
      15:20 Новости.
      15:25 Есть тема! Прямой эфир.
      16:50 "География спорта". Норильск.
      17:20 "Лучшие из лучших".
      17:55 Новости.
      18:00 Смешанные единоборства. UFC 319 в Чикаго, США. Дрикус Дю Плесси против Хамзата Чимаева.
      19:10 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      20:10 LIVE Громко. Прямой эфир.
      21:25 LIVE Футбол. Лига Пари. "Торпедо" (Москва) - "Урал" (Екатеринбург). Прямая трансляция.
      23:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:50 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Эльче" - "Реал Бетис". Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 "Культовые".
      03:30 Матч! Парад.
      04:00 Футзал. Суперкубок России. "Ухта" - КПРФ (Москва).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 18.08.2025

      05:15 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 3.
      06:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      07:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      09:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      10:00 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 2.
      10:45 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 3.
      11:30 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MXGP. Гонка 1.
      12:00 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MX2. Гонка 2.
      12:30 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MXGP. Гонка 2.
      13:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      14:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      16:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 6. Херес-де-ла-Фронтера - Юнкера.
      18:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 10. Пуэнтеареас - Байона.
      20:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      22:00 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 7. Pitz Alpine Glacier Trail в Пицтале, Австрия. Обзор.
      22:30 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 8. Sierre Zinal Trail в Вале, Швейцария. Обзор.
      23:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      01:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 10. Пуэнтеареас - Байона.
      03:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 6. Херес-де-ла-Фронтера - Юнкера.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Seri - bu futbolchiga sarmoyani qizg‘anmang!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Shu kunlarda «Nissa» ofisi «Barselona», «Arsenal» va «PSJ» kabi grandlar tomonidan jo‘natilgan kazo-kazolar bilan gavjum. Boisi, jamoaning Kot-d`ivuarlik yarim himoyachisi Jan-Mikael Seri yakunlangan mavsum shu qadar effektli va samarali o‘ynadiki, ko‘pchilik beixtiyor unga alohida nazar solmoqda.

Transfer tarixi

«Nissa» 2 yilcha oldin ham mavsumni o‘ta omadsiz yakunlagandi. O‘sha vaqt bosh murabbiy vazifasini bajargan Klod Pyuel qo‘lidan kelganicha  vaziyatni o‘nglashga urindi, tirishdi. Biroq moliyaviy imkoniyatlar cheklangani bois, u tarkibni o‘zi istagandek, kuchaytirolmasdi. Deylik, murabbiy tanglik holatidan chiqib ketish ilinjida o‘z o‘g‘lini ham majburan maydonga tushirgan va bu klub muxlislariga aslo yoqmagandi. Qisqasi, Pyuel o‘sha mavsum «burgutchalar» yordamida bir amallab, jamoani elitada olib qolishga erishdi. Yozda esa hamma Hatem Ben Arfaning qaytishini intiqlik bilan kutib turgan bir payt jamoaning 2015 yil davomidagi asosiy transferi amalga oshirildi. Gap Kot-d`Ivuar milliy jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biriga aylangan Jan-Mikael Seri haqida ketmoqda. O‘shanda ixcham jussali yigitcha hech kimda ortiqcha taassurot qoldirmagan, «Pasush de Ferreyra» (Portugaliya) klubi atigi 500 ming yevro tufayli undan osongina voz kechib qo‘ya qolgandi. Portugaliya klubi saviyasi mutaxassilarga ham, ko‘plab muxlislarga ham yaxshi ma’lum. Serining taqdimot marosimida ishtirok etgan klub vakillari turli e’tirozlarga munosib javob berishdi: «Xo‘sh, deylik, bu yigitdan voz kechdik ham, 500 ming yevroga yana kimni xarid qilishimiz mumkin?» Qarangki, matbuot va muxlislar tomonidan xushlamaygina qabul qilingan Jan-Mikael hech narsaga parvo qilmay, «Nissa»dagi dastlabki o‘yinlardanoq bor e’tiborni o‘ziga qaratdi. Umuman, jamoa o‘yini hayratlanarli tarzda o‘zgardi, debyutant dadillik bilan yetakchilikni o‘z zimmasiga oldi. Natijada ko‘pni ko‘rgan tajribali muxlislar Serini o‘yin uslubi bo‘yicha tan olingan  Xavi va Andres Inyestaga qiyoslay boshlashdi. Mana, vaqt o‘tishi bilan bu o‘xshatish nechog‘li o‘rinli ekanligi isbotlandi - «notanish» yarim himoyachi 2016|2017 yillar  mavsumi yakuni bo‘yicha Fransiya elit ligasining eng yaxshi futbolchisi maqomiga da’vogar nomzodlar ro‘yxatidan joy oldi. To‘g‘ri, yakunda sovrin Edinson Kavaniga nasib etdi. Shunga qaramay, afrikalik legionerga munosib baho berish shart. Axir u fransuzlar chempionatiga Kavani kabi nomdor «Napoli»dan emas, balki kamtaringina «Pasush de Ferreyra» klubidan o‘tgandi.

Umumiy ma’lumot, hozirgi holat

Hozir Serini «ovlash» mavsumi ochiq. Qit’aning eng yetakchi chempionatlari nihoyasiga yetgach, «Marsel», «Monako», «PSJ», «Arsenal» va «Barselona» kabi jamoalar skautlari munosib yarim himoyachi topish ishlarini boshlab yuborishdi. Ular xususan, Seriga befarq qarashmayapti. «Nissa» o‘z navbatida, «ovchilar»ga qarshilik ko‘rsatish niyatida emas, chunki klub rahbariyati ivuarlik iqtidor sohibini tarkibda olib qolish oson emasligini yaxshi tushunib turibdi. Aslini olganda, «Nissa» prezidenti Jan-Pyer River vaziyatni birozgina bo‘rttirib ko‘rsatayotgandek. Chunonchi, «burgutchalar» so‘nggi vaqtlar ishonchli parvoz qilishni ancha o‘zlashtirib olishdi. Shunga muvofiq, klubning moliyaviy imkoniyatlari nisbatan yaxshilandi. Qo‘shimchasiga, jamoa CHLga yo‘l ochdiki, endi xalqaro turnirdagi ishtirok uchun oladigan mukofot puli vositasida o‘z yetakchisini bemalol tarkibda saqlab qolishi mumkin. Ammo bunday kamtarin jamoalarning bitta transfer orqali kamida 25 mln. yevro ishlash imkoniyatidan voz kechishi ham juda-juda qiyin. Boz ustiga, «Nissa» Seriga o‘xshagan xilma-xil taqdir sohiblari uchun tramplin vazifasini o‘taydigan klub sifatida tanilgan. Mana, birgina Serining o‘zi jamoa g‘aznasini 2015 yili sarflangan xarajatdan 50 baravar (!) ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirishi mumkin. 2 yil davomida futbolchiga berilgan kamtarona ish haqi va bosh-qa sarflarni ayirib tashlash bilan tushumning salmog‘i kamayib qolmaydi. Xo‘p, «Nissa» ko‘zlayotgan foyda miqdoriku oz emas, ammo futbolchining mahorati shunga yarashami?

Maydonda qanday yumushlarni bajaradi?

Jan-Mikael oxirgi mavsum markaziy yarim himoyachi pozisiyasida to‘p surdi. Pyuel davrida esa klassik «8-raqam» vazifasini ado etish bilan cheklanadigandek taassurot uyg‘otgandi. Bunda asosan kombinasion o‘yin tashkil etish va to‘pni oldingi chiziqqa yetkazib berish masalasiga javob berardi. Lekin Pyuel o‘rnini egallagan Lyusyen Favr 4-4-2 sxemasidan voz kechib, yarim himoyachi zimmasiga tushadigan yumushlarni ham ancha o‘zgartirdi. Misol uchun, «burgutchalar» oxirgi mavsum aksariyat bahslarda markazda 4 kishi bo‘lib harakatlanishdi. Shu bois, Seri asosan raqib hujumlarini bartaraf etish bilan shug‘ullandi. Zero, undagi tabiiy tezkorlik va chaqqonlik nafaqat raqiblardan to‘pni tortib olish, balki ular tomon yo‘llangan uzatmalar yo‘lini kesib qo‘yish imkonini beradi. Serining yakkakurashlar chog‘i samarali harakatlari statistikasi balki chinakam tayanch yarim himoyachilarinikiga nisbatan pastroqdir, biroq bu uning orqa chiziqdagi ahamiyatini sira kamaytirmaydi. Ivuarlik yarim himoyachi Klod Pyuel davridayoq standart vaziyatlardan foydalanish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgandi. Deylik, Ben Arfadek mahorat sohibi ham jarima zarbalarini amalga oshirish bobida Seriga «salom» berib, yo‘l bo‘shatgan. Umuman olganda, Jan-Mikaelning asosiy ustunligi kombinasion o‘yinda ko‘zga tashlanadi. Albatta, yosh iqtidor sohibining Xavi yoki Andres Inyesta darajasidan hali ancha pastda ekanligi shubhadan xoli. Ammo uning maydondagi harakat yo‘nalishi aynan shu mahorat sohiblarini eslatadi. Muhimi shuki, Serining o‘yinni tushunish qobiliyati, vaziyatlarga to‘g‘ri baho berish va to‘pni aniq uzatish mahorati evaziga «Nissa»ning uslubi batamom ijobiy tomonga o‘zgardi. Jamoa raqib uslubidan kelib chiqib, taktika tanlamaydi, balki uni o‘z chizmasi bo‘yicha harakatlanishga majbur etadi. Shuningdek, to‘pga ko‘proq egalik qilish ham «burgutchalar»ning asosiy qurollariga aylanmoqda. E’tiborli jihati shundaki, Pyuel shogirdlaridan to‘pni nazorat qilish masalasida yuqori foizga erishishni talab qilardi. Favr uchun esa har qanday ko‘rsatkichning sifat va samaradorligi muhimroq - futbol natija uchun o‘ynaladi. Aynan shu masalada Seriga o‘xshagan futbolchilar bebaho hisoblanishadi. Ular ochiq hududlarni vaqtida ko‘radilar va to‘pni o‘sha nuqtaga aniq yetkazib beradilar. Raqamlar bilan ifoda etsak, Seri uzatmalar aniqligi bo‘yicha 90 foizli ko‘rsatkichga ega. Qo‘shimchasiga, Jan-Mikael vaziyat taqozosiga ko‘ra, darvozaga zarba yo‘llashni ham joyiga qo‘yadi.

Seri mo‘may daromad manbasimi?

To‘g‘ri va o‘rinli savol. Shubha yo‘q, «Nissa» ivuarlik legioner transferidan katta manfaat ko‘radi. Aniqroq aytsak, jamoaning bu boradagi ulushi 25 mln. yevrodan ko‘p bo‘ladi. Bir qarashda, Fransiya chempionatida qayd etgan statistikasi (6ta gol va 9ta samarali uzatma) yuqori narxga mos emasdek. Masalan, «Marsel» vakili Florian Tovenning ko‘rsatkichlari bir muncha yuqori va u haqli ravishda grandlar o‘rtasida talash bo‘lmoqda. Seriga nisbatan qiziqish darajasini oshiradigan jihatlar ham yo‘q emas. Keling, qahramonimizning samarali harakatlari tahlili bilan tanishib chiqaylik: ivuarlik o‘yinchining 6ta golidan 2tasi g‘alaba va 1tasi durang natijani ta’minladi. Ha, bu ham o‘ta hayratlanarli natija emas, albatta. Mayli, endi samarali uzatmalari effektini ko‘rib chiqaylik: 1ta «pas»idan so‘ng o‘yinda hisobni ochuvchi gol urilgan bo‘lsa, yana 2tasida «Nissa» vakillari raqib darvozasini nishonga olib, durangga erishganlar. Shuningdek, yana 6ta samarali uzatmasidan so‘ng jamoasi g‘alaba golini nishonlagan. Demak, arifmetik hisob-kitoblarga ko‘ra, mavsum davomida jamg‘arilgan 78 ochkoning 24tasi bevosita Seri ishtirokida qo‘lga kiritilgan. Boshqacha aytganda, bu ko‘rsatkich 31 foizni tashkil etadi. Agar qishda Serining asosiy hamkori - Uilan Sipriyen jarohatlanmaganida, balki natijaning salmog‘i yanada osharmidi? Zero, shu yo‘qotishdan so‘ng Seri tez-tez tayanch yarim himoyachisi chizig‘iga qaytib to‘p surishga majbur bo‘ldi.

Xulosa qilsak, Seri o‘rtamiyona jamoa tarkibida shunday ko‘rsatkichlarga erishdi. Endi bir tasavvur qiling, Jan-Mikael yuzaga keltirgan qulay vaziyatlardan Alassan Plea va Mario Balotelli emas, Edinson Kavani va Radamel Falkao yoki samarali MSN (Lionel Messi - Luis Suares - Neymar) uchligi foydalanganida, qanday natijalar qayd etilardi?

Serining nomdor jamoaga moslashish ehtimoli

O‘ta yuqori. Chunki u anchayin kamtarin jamoa - «Pasush»dan «Nissa»ga o‘tib, qisqa vaqt ichida yetakchiga aylana oldi. Jamoalar saviyasi va nufuzidan kelib chiqsak, futbolchining bir necha baravar oshgan bosim ostida to‘p surgani oydinlashadi. Shu jiddiy o‘zgarishga dosh bergan Seri nega endi top-klublar talabini qondirolmasligi kerak? Yana unutmaslik lozim, Jan-Mikael - Kot-d~Ivuar terma jamoasi a’zosi. Uning tarkibidagi bellashuvlar doimo klubdagidan ko‘ra, ko‘proq e’tibor tortadi. Chunonchi, afrikalik muxlislar juda faollar. Bu jihat ham yarim himoyachining har qanday bosimga qarshi ma’lum ko‘nikma hosil qilganidan dalolat. Qolaversa, G‘arbiy Afrikadagi mutaxassislar talabchanlik borasida yevropaliklardan kam emaslar. Shunday ekan, top-klublar Seriga ikkilanmay «sovchi» jo‘natishi mumkin.

Arifmetik hisob-kitoblarga ko‘ra, mavsum davomida jamg‘arilgan 78 ochkoning 24tasi bevosita Seri ishtirokida qo‘lga kiritilgan. Boshqacha aytgandan, bu ko‘rsatkich 31 foizni tashkil etadi. Agar qishda Serining asosiy hamkori - Uilan Sipriyen jarohatlanmaganida, balki natijaning salmog‘i yanada osharmidi? Zero, shu yo‘qotishdan so‘ng Seri tez-tez tayanch yarim himoyachisi  chizig‘iga qaytib to‘p surishga majbur bo‘ldi.

Ma’lumot uchun

Jan-Mikael Seri

Tug‘ilgan sanasi va manzili: 1991 yil 19 iyul  (25 yosh), Grand-Byuryubu (Kot-d~Ivuar)

Fuqaroligi: Kot-d~Ivuar

Bo‘yi: 168 sm. Vazni:70 kg.

Pozisiya bo‘yicha: yarim himoyachi

Klubi: «Nissa» (Fransiya)

O‘yinchilik raqami: 6

Professional faoliyati: «ASEK Mimozas» (Kot-d~Ivuar) - 2010-2012 (16ta o‘yin, 1ta gol); «Portu-V» (Portugaliya) - 2012-2013 (19ta o‘yin, 1ta gol); «Pasush de Ferreyra» (Portugaliya) - 2013-2015 (54ta o‘yin, 2ta gol); «Nissa» (Fransiya) - 2015-... (71ta o‘yin, 9ta gol)

Kot-d~Ivuar terma jamoasida 2014 yildan buyon 12 marta maydonga tushib, 1ta gol urgan.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:20, 08.06.2017. O'qildi: 4737 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Насаф Husayn Norchayev 9
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 8
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 6
9 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
10 Андижон Rustam Turdimurodov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.