Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Noreal Madrid»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yevropa matbuoti YECHL finali haqida nima yozdi? Zidanning so‘zlari, Ronalduning rekordi va Xames Rodrigesning qayg‘usi – jahon ommaviy axborot vositalari diqqat markazida. Kataloniyadagi yangiliklar esa asosan Ernesto Valverdega taalluqli bo‘ldi. YECHL finali Yevropaning o‘nlab sport nashrlarida turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Championat.com ko‘hna qit’adagi jurnalistlarni ko‘proq qaysi mavzu qiziqtirganini bilish maqsadida yetakchi gazeta va jurnallar sarlavhalariga e’tibor qaratdi.

ESPN: Ronaldu marrada

Mazkur maqolada portugaliyalik yulduzning ilk sov­rinini aynan Kardiffdagi «Millenium» stadionida qo‘lga kiritgani haqida yozilgan. Bu voqea 2004 yili sodir bo‘lib, yakunda «Manchester Yunayted» Angliya kubogi sohibiga aylangandi. «O‘shanda hakamning final hushtagidan so‘ng Ronaldu tajribali jamoadoshlaridan muvaffaqiyatni qanday nishonlash lozimligini so‘ragandi. Hozir esa o‘sha stadion sahnasining markazidan joy olib, sheriklariga o‘rnak bo‘lmoqda. Uni to‘xtatish imkonsiz».

Marca: Taqdir yoqimtoylari; Yevropa qirollari; Tarix yaratuvchilar

Madrid portali finalni onlayn tarzda yoritdi, final hushtagidan so‘ng 20ga yaqin maqola tayyorladi. Asosan, ko‘pchilikka ma’lum faktlar e’tirof etildi: YECHLdagi 12-g‘alaba, Ronalduning gollari, Zidanning qatorasiga ikki marta muvaffaqiyat qozongani, ilk bor sovrinning himoya qilingani... Darvoqe, jurnalistlar Xames Rodrigesning stadionni hammadan oldin tark etib, birinchi bo‘lib avtobusga o‘tirganini ko‘rishgan. Afsus!

AS: 12

Gazetada uchrashuv hisoboti va «Real»ning yilni yuqori natija bilan yakunlagani haqida yozilgan. Saytda esa «Ronaldu «Oltin to‘p»ga qo‘l uzatmoqda» sarlavhali maqola joylandi. Yana bir nechta raqamlar: portugaliyalikning faoliyatidagi 600tadan ortiq gol, oltinchi marta YECHLning eng yaxshi to‘purari bo‘lishi, joriy mavsum Chempionlar Ligasi chorak finalidan boshlab raqiblar darvozasini 10 marta ishg‘ol qilishi: rekord ortidan rekord.

Sport: Valverde Belyerinni olib kelmoqchi

«Real» Madrid g‘alabasining Kataloniya matbuotida yoritilishi kamdan-kam uchraydigan holat. Mana, Sport buni amalda isbotladi. Nashr muqovasida azaliy raqibning 12-g‘alabasi uchun kichkina joy ajratildi. Ularni Ektor Belyerinning «Barselona»ga o‘tishi mumkinligi ko‘proq qiziqtiradi. Saytda esa chempionlikning nishonlanishi tartibi keltirib o‘tilgan. Shuningdek, ushbu nashr «Real» muvaffaqiyati bilan bog‘liq hangomalarni ham chop etdi. Ular orasida kulgililari kam, ammo yo‘q emas.

Mundo Deportivo: Tarixiy Zidan

Kataloniyaning boshqa bir mashhur nashrida esa hammasi joyida: muqovadan Zayniddin Zidan joy oldi. Saytda biroz boshqacha manzara kuzatildi: xuddi Sport nashridagi kabi Madriddagi nishonlash marosimi anonsi, ijtimoiy tarmoqlardan olingan hangomalar to‘plami. E’tiborlisi, Mundo Deportivo bergan memlar nisbatan yaxshiroq chiqdi. Ulardan birining tarjimasini keltirib o‘tmoqchimiz:

- Otajon, qaysi jamoa jahonda eng kuchli?

- Albatta, «Barsa», o‘g‘lim!

- Unda nega biz bugun «Yuventus»ga ishqibozlik qilyapmiz? Bir hafta avval «Atletiko», ungacha «Bavariya»­ni qo‘llab-quvvatlagandik.

GazzettaDelloSport: Bu - qarg‘ish

«Yuve»ning birinchi bo‘limdagi ajoyib o‘yini ishonch bag‘ishladi. Ammo keyingi 45 daqiqalikda «Real» barcha umidlarni yo‘qqa chiqardi», - tahririyatdagilar Massimiliano Allegrining shogirdlarini tanaffus payti ruhlantira olmaganini ta’kidlashdan tashqari, mag‘lubiyatni mistikaga yo‘yishdi.

Football Italia: «Yuventus»ga hukm chiqaramiz

Sarlavha ancha qo‘pol chiqqaniga qaramay, maqolada «Yuventus»ni yomonlamay, aksincha, jamoaning yonini olishgan. Turinliklarning uch yil avvalgi tarkibi bilan hozirgisi solishtirilib, o‘sha finaldan so‘ng «Keksa sinyora»da ancha o‘sish kuzatilgani ta’kidlangan. Mag‘lubiyat «Real»ning kuchi bilan bog‘landi, ammo muallif bugungi «Yuventus»ning kelajagi porloqligiga ishonadi.

BBC: G‘aroyib «Real»

Bu nashr ayrim statistik ma’lumotlarni keltirib o‘tdi.

«Real» - YECHL tarixida 500tadan ortiq (hozir Chempionlar kubogidagisini qo‘shmasa 503taga yetdi) gol urgan dastlabki klub.

Krishtianu Ronaldu - YECHLning uchta finalida to‘p kiritgan ilk futbolchi.

Zayniddin Zidan - qatorasiga ikki marta Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan birinchi murabbiy.

Sky Sports: Ronaldu «Real»ni buyuklik sari yetaklamoqda

Ta’kidlash joizki, Britaniyaning uchta nashri «Realdagi qahramonlar haqida chiqish qildi. Maqolada asosiy e’tibor o‘yinning borishiga qaratilgan. O‘z navbatida, «Yuventus»dagi sovuqqonlik va xotirjamlik alohida e’tirof etildi. Ammo madridliklar uyushtirgan bosimga Allegri javob qaytarolmadi. Shuningdek, Xuan Kuadradoning chetlatilishi haqida yozilgan.

Parisien: Zidan - Yevropa qiroli

Ushbu maqolada Krishtianu Ronalduning xizmatlari ham maqtovga loyiq ko‘rilgan, ammo asosiy e’tibor Zidanga qaratilgan. Jamoadagi hamjihatlik, taktik syurprizlar, aqlli rotasiya, xotirjamlik va ishonch - hech narsa nazardan chetda qolmadi.

L~Equipe: «Noreal Madrid»

Va yakunda - Fransiyaning eng obro‘li sport gazetasi. Nashrda ham, saytda ham asosiy rolda yana Zidan, u bilan kichik intervyu chop etildi. Unda «Real» ustozi shunday fikr bildirdi: «Men baxtliman, mavsum o‘ylaganimdan ham muvaffaqiyatli kechdi. Bu final - eng yuqori cho‘qqi. Finalda to‘rtta gol urish - kam uchraydigan holat. Ammo biz ham jismonan, ham ruhan tayyor edik va ajoyib o‘yin o‘tkazdik. Tarixdagi eng yaxshi murabbiylardan biri? Menga shunchaki, buyuk klubda faoliyat yuritish baxti nasib etdi. Ha, ko‘p ter to‘kdim. Ammo asosiysi - jamoaning kuchi. Qo‘l ostingda shunday futbolchilar bor ekan, ishlash ancha yengillashadi».

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:21, 09.06.2017. O'qildi: 13421 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.