Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bu yilgi Chempionlar ligasining eng yaramas o‘yinchisi kim?

Baho:
+-1 | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Futbolchilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

“Real Madrid” Chempionlar ligasini 2 marta ketma-ket yutgan birinchi jamoaga aylandi. “Real” — “Yuve” (4:1) o‘yini nafaqat rekord bilan esda qoladi. Bu finaldan so‘ng “Oltin to‘p” yana Krishtianu Ronalduga nasib etishi kundek ravshan bo‘ldi, Yevropa futboli yaramas futbolchini topib oldi, Florentino Peres esa Zidanni jahonning eng yaxshi murabbiyi deya maqtadi.

Zidan

Bu qiziq holat: jahon futboli top-murabbiylari oldida biron marotaba Zidan ismi tilga olinmadi, u esa ikki marta ketma-ket Chempionlar ligasida g‘alaba qozonmoqda, biroq hamma ham ayta olmaydi buning siri nimadaligini. Zinedin Zidan taktika bo‘yicha daho bo‘lmasa-da, biroq jamoani ruhlantirish bo‘yicha tengsiz ekanligini hammaga isbotladi. Olqishlarga sazovor holat. Qayerdandir iqtidorli o‘yinchilarni topadi, uni katta sahnaga chiqarib, hamma tanitadi. Yana u yulduzlar bilan ishlay oladi, bu esa “Real”dek jamoaga juda ham zarur bo‘lgan holat.

Manjukichning goli

Agar o‘yinni olib qaraydigan bo‘lsak, “Yuve” mo‘jiza tufayli “Real”ni yutishi mumkin edi. 27-daqiqaga kelib bunga umid bordek edi, chunki Manjukichning golini boshqacha ham atab bo‘lmaydi. “Keksa sinyora”likar 3 ta pas evaziga jarima maydonchasiga kirib, Manjukichning ajoyib goli evaziga hisobni tenglashtirishdi. Biroq bu gol “Real”ni kuboksiz qoldirishga kamlik qildi. Bu gol chiroyi evaziga hali ko‘p yillar finalda urgan gollar bezagi bo‘lib turadi.

KR7 – yana eng kuchli

Yarim yil o‘tar-o‘tmas, Ronaldu keyingi “Oltin to‘p”ga da’vogar. Uning statistikasi aytib turibdi: Ispaniya chempionati, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati, Chempionlar ligasi to‘purari. Uning finalda urgan ikkita goli “Yuve”ni ruhan sindirdi va o‘yinni g‘alabagacha olib ketish qolgandi, xolos. Ustiga-ustak agar 2-iyulda Rossiyada Konfederatsiyalar kubogida chempionlikni nishonlasa, bu so‘zsiz “Oltin to‘p” egasi degani. Messi nima evaziga Ronaldudan o‘tishini hech kim bilmaydi, hatto Leoning o‘zi ham.

Serxio Ramos – Jahon futboli yaramasi

84-daqiqa, “Real” o‘yinda ishonchli tarzda oldinda bormoqda, qo‘l-oyog‘i bog‘langan “Yuve” asta-sekin harakatlanib turgandi, vaqt millari esa “Real”ni kubokka yaqinlashtirayotgan payt edi. To‘satdan Serxio Ramos spektakl o‘ynadi va muxlislarni zerikishdan saqlab qoldi. Xuan Kuadrado to‘pni olish uchun borayotgandi, yo‘l-yo‘lakay Serxioning oyog‘ini asta bosdi. Ramos darhol maydonga yotdi va hatto tez yordam unga yordam bera olmaydigandek chayqalishni boshladi. Oqibatda Kuadrado ikkinchi sariq kartichkani oldi va maydonni tark etdi, Serxio esa hech narsa bo‘lmagandek o‘yinni davom ettirdi.

“Agar men o‘g‘limning oldida shu ishni qilganimda, bilasizmi, nima bo‘lardi? Men o‘g‘limning ko‘ziga qaray olmasdim”, – deya aytib o‘tdi Rio Ferdinand. Qolgan hamma odamlar ham mana shu fikrda edilar. Serxio Ramos esa bu gaplarga tupurgan holda kubokni ko‘targancha xursandchilik qildi.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 20:59, 10.06.2017. O'qildi: 35180 marta. Fikrlar: 12 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик