Bugun 4 mart, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 03.03.2026 00:45
      • Udineze
      • 3:0
      • Fiorentina
  • La-liga
      • 03.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 0:1
      • Xetafe
      • 04.03.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 04.03.2026 00:30
      • Bornmut
      • 0:0
      • Brentford
      • 04.03.2026 00:30
      • Everton
      • 2:0
      • Byornli
      • 04.03.2026 00:30
      • Lids
      • 0:1
      • Sanderlend
      • 04.03.2026 01:15
      • Vulverhempton
      • 2:1
      • Liverpul
      • 05.03.2026 00:30
      • Aston Villa
      • -:-
      • Chelsi
      • 05.03.2026 00:30
      • Fulhem
      • -:-
      • Vest Xem
      • 05.03.2026 00:30
      • Brayton
      • -:-
      • Arsenal
      • 05.03.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 05.03.2026 01:15
      • Nyukasl
      • -:-
      • Man. Yunayted
  • Superliga
      • 04.03.2026 18:45
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Paxtakor
      • 04.03.2026 19:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • Andijon
      • 05.03.2026 19:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Buxoro
      • 05.03.2026 19:15
      • Mash’al
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 05.03.2026 19:30
      • Surxon
      • -:-
      • Neftchi
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 29 64
2 Manchester Siti 28 59
3 Man. Yunayted 28 51
4 Aston Villa 28 51
5 Liverpul 29 48
6 Chelsi 28 45
7 Brentford 29 44
8 Everton 29 43
9 Bornmut 29 40
10 Fulhem 28 40
11 Sanderlend 29 40
12 Brayton 28 37
13 Nyukasl 28 36
14 Kristal Pelas 28 35
15 Lids 29 31
16 Tottenhem 28 29
17 Nottingem Forest 28 27
18 Vest Xem 28 25
19 Byornli 29 19
20 Vulverhempton 30 16

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

05/03/26 Aston Villa - Chelsi
05/03/26 Fulhem - Vest Xem
05/03/26 Brayton - Arsenal
05/03/26 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03/26 Nyukasl - Man. Yunayted
06/03/26 Tottenhem - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xuan Mata: "Hech nima insonlarni futbol va musiqachalik birlashtirolmaydi" (intervyu)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi yarimhimoyachisi Xuan Mata Ispaniyaning El Pais nashriga intervyu berib, Joze Mourinyo bilan munosabatlari, mehribon singlisi hamda Yevropa Ligasidagi g‘alaba xususida gapirdi. Dastlabki daqiqalardanoq ushbu suhbatning oddiy tarzda kechmasligi aniq bo‘ldi.

Bu futbolchi uchrashuvlarga kechikmaydi, aksariyat yulduzlar singari «Tezroq bo‘ling, shoshilyapman!», demaydi. Noqulay savollarni e’tiborsiz qoldirmaydi, hamisha o‘z nuqtai nazarini bildirib, javob qaytaradi, muloyim gapirishga intiladi. Yaqinda «MYU» Yevropa Ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi, ammo mazkur musohaba mavzusi faqat futbol bilan cheklanib qolmaydi.

«MOURINYO BILAN O‘RTAMIZDA NIZO BO‘LMAGAN»

- O‘zingizni oddiy inson deb hisoblaysiz. Buni o‘ziga xos xushomadga yo‘yish mumkinmi?

- Meni qanday tarbiyalashgan bo‘lsa, shundayligimcha qolganman. Ayni dam «Manchester Yunayted»dek klubda to‘p suryapman. Shu paytgacha erishgan yutuqlarim bilan faxrlanaman, ammo hayotimda ham, futbolda ham oddiylik hukm surishini xohlaganman. Atrofdagilarga hurmatni yo‘qotmay, hamisha insoniylikka tayanish lozim.

- Biroq siz muzeylarga borasiz, kitob o‘qishni yaxshi ko‘rasiz, ijtimoiy muammolarga befarq qaramaysiz. Bularning bari futbolchi uchun noodatiy emasmi?

 - Bundan o‘zimni noqulay sezmayman. Shu kabi hayot tarzi, ayni turdagi qiziqishga ega o‘yinchilar bisyor. Maydondagi harakatlarimiz yaqqol ko‘rinmoqda, ammo muayyan nom, aniq libos sohibida nima mujassamligini anglash oson emas. To‘g‘ri, ba’zan kishiga huzur bag‘ishlamaydigan aksincha holatlar ham uchrab turadi.

- «Chelsi» tarkibidan joy ololmaganingizdan so‘ng Mourinyo bilan munosabatlaringiz nechog‘li o‘zgardi?

- Vaziyat mutlaqo boshqacha tus oldi - klub, tarkib, o‘yin uslubi. Ammo hech qachon portugaliyalik mutaxassis bilan munosabatlarimiz yomonlashmagan, aslo nizoga bormaganmiz. Hozir ham yaxshi chiqishamiz. Shunchaki, Joze «Chelsi»da qattiq nazorat va aniq uslubga asoslangan o‘yin tashkil etishni xohladi. «MYU»dagi futbolchilar esa boshqa toifadan, ko‘proq mening xarakteristikamga mos tushadi. Mourinyo ikkimiz esa hamon avvalgidekmiz, o‘zgarmaganmiz.

- Sizningiz nazdingizda ideal murabbiy qanday bo‘lishi kerak?

- U yaxshi va yomon kunlarda yetakchilikni qo‘lga olishi, qo‘l ostidagi futbolchidan imkon qadar ko‘proq ijobiy xislatlarni chiqara bilishi lozim. Buni uddalash qiyin, ammo alohida shaxslarni boshqarish - muhimlik bobida taktik va jismoniy tayyorgarlik masalalaridan aslo qolishmaydi. Futbolchilarni yangi marralar sari ruhlantirish, ular bilan hamjihatlikda ish yuritish pozitivlikka asoslanishi lozim. Shu tariqa muhit yaxshilanaveradi. Kishi qachonki o‘zini qulay his etsa, uning ochilmagan qirralari namoyon bo‘laveradi. Mazkur holat nafaqat futbol, balki boshqa sohalarga ham taalluqli.

- Klubdoshlar bilan do‘stona aloqalarni yo‘lga qo‘yish osonmi?

- Aslo, yo‘q. 15 xil millatga ega 25 nafar futbolchi bilan birga yashashga to‘g‘ri keladi. Ularning hammasi maydonga tushishni xohlaydi. Tabiiyki, bu kabi holatda jiddiy raqobat yuzaga keladi. Ammo haqiqiy do‘stlar orttirishga ulgurdim, uzzu-kun birgaman. Mabodo, qaysidir pallada o‘rtada qayg‘urish holati uchrasa, bilingki, bu iliq munosabatlarga asos yaratadi. Ko‘pincha bunday vaziyatda tanlash imkoniyati qolmaydi.

«MUHIMI - KERAKLI PAYTDA «YO‘Q» DEYA OLISH»

- Futbol yulduzlari yosh, badavlat va mashhurlar. Ushbu holatda xudbinlikdan qanday yiroq yurish mumkin?

- Bunday pallada atrofda ro‘y berayotgan holatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Yuzingizga haqiqatni ayta oladiganlarning gapiga quloq tutib, doimo realist bo‘lishga intilish lozim. O‘zing eshitishni xohlagan narsalarni ta’kidlayverishlari yaxshilikka yetaklamaydi. Ha, chin aytilgan so‘zlardan so‘ng yomon jihatlaring haqida bilib olasan, ammo bu foydali, o‘ziga xos saboq.

- Lekin inson o‘smirlik chog‘laridanoq hamma narsaga ega chiqishga ko‘nikadi.

- O‘z navbatida, ixtiyoringdagi narsalardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganish lozim. Aks holda, faoliyating davomida qiyinchiliklar vujudga keladi. O‘yinchilik davri uzoq davom etmasligi, imtiyozlar asta-sekin yakunlanishiga tayyor turish kerak. Keyinchalik esa harakatlaring tavakkalga asoslanadi. So‘nggi marta Ispaniya termasi safiga qo‘shilganimda bizga sobiq futbolchilar haqida film ko‘rsatishdi. Unda faoliyatning yakuniy pallasi, o‘sha holatda jamiyatga foyda tegishi uchun nimalar qilish kerakligi xususida gapirilgan. Boshqa tomondan, mablag‘ni to‘g‘ri taqsimlashni ham bilish muhim. Pullar yo‘qmi, demak hayotda o‘z o‘rningni topishga intilishda davom etishing kerak.

- Siz yo‘lga qo‘ygan xayrli ishlarda ishtirok etishni xohlaganlar ko‘pchilikni tashkil etadimi?

- Yashirmayman, juda bisyor. Ammo muhimi - kerakli paytda «yo‘q» deya olish. Buning uchun ko‘p mehnat qildim, vaholanki, dastlab hamma insonlar xayrli ishlarga jiddiy qaraydi, deb o‘ylardim. Afsuski, shuncha odam sizdan foydalanishga urinarkan. Men o‘z qadriyatlarimga sodiqman, atrofdagilarga yordam berishga intilaman, shu tariqa o‘zimni xotirjam sezishim mumkin. O‘ylashimcha, boshqalarga ko‘maklashish kishiga faqat yaxshilik olib keladi.

«HECH NARSA INSONLARNI FUTBOL VA MUSIQACHALIK BIRLASHTIROLMAYDI»

- Ispaniyadagi bir tashkilot har gal gol urganingizda ijtimoiy tamaddixonalarga 100 kg. go‘sht topshirar ekan. Ammo aksariyat yulduzlar xayriya ishlarini o‘z obro‘lari uchun, soliq imtiyozlariga erishish maqsadida amalga oshirishadi...

- Har kim o‘zicha o‘ylash huquqiga ega. Men doimo yordam berish chog‘idagi samimiylikka ishonaman. Masalan, hozir amalga oshirayotgan loyihamizning keng qamrov kasb etgani kishini quvontiradi. Chunki unga ko‘ra, beshta qit’adagi ikki milliondan ortiq bolalar har yili futbol tufayli yordam olishmoqda. Millionlar o‘yiniga shunchaki sport turi emas, balki ko‘pchilikni birlashtiruvchi katta kuch sifatida qarash kerak. Hech narsa insonlarni futbol va musiqachalik birlashtirolmaydi. Shuningdek, singlim bilan Efiopiyadagi bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida futbolkalar ishlab chiqaradigan tizimga asos soldik.

- Singlingiz bilanmi?

- Ha, u haqiqiy yulduz! Raqobatdan ko‘ra hamkorlikka ko‘proq ishonadigan ajoyib ayol. Paula odamlarga ko‘maklashish maqsadida jahonning turli davlatlariga borgan. Gap asosan qashshoqlik, erkak va ayol o‘rtasidagi teng huquqlilik ta’minlanmayotgan mamlakatlar haqida bormoqda. Singlim har jabhada barchaga o‘rnak bo‘lishi mumkin.

- Shunga qaramay, kumir - sizsiz.

- Xorxe Valdano aytganidek, futbol - buyuklikka erishmagan narsalar orasida eng buyugi. Bu bor gap. Ehtiros, his-hayajonni chaqirishda millionlar o‘yiniga yetadigani yo‘q. Jamoangning g‘alaba va mag‘lubiyatlari kayfiyat va oilaviy munosabatlarga ta’sir o‘tkazadi. Shifokorlar bemorlarga yordam berishmoqda, olimlar turli vaksinalar kashf etishmoqda, ayrimlar boshqalar hayotini saqlab qolish uchun o‘zinikidan voz kechmoqda. Ammo ulardan hech biri o‘zi arziydigan e’tirofga sazovor bo‘lmayaptilar.

- Yevropa Ligasidagi g‘alaba obro‘yingizga ijobiy ta’sir etishi aniq.

- Albatta, ushbu turnir biz uchun ulkan ahamiyat kasb etardi, zero «Manchester Yunayted» YELda hali g‘olib chiqmagandi. Qolaversa, musobaqada zafar quchish orqali keyingi mavsum Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdik. Bu ishqibozlar, xususan, butun Manchester ahli uchun juda muhim.

Ma’lumot uchun

Xuan MATA

Tug‘ilgan sanasi: 1988 yil 28 aprel

Tug‘ilgan joyi: Burgos (Ispaniya)

Ampluasi: yarim himoyachi

Faoliyati davomida «Real Madrid Kastilya» (2006-2007), «Valensiya» (2007-2011), «Chelsi» (2011-2014) va «Manchester Yunayted» (2014 yildan buyon) to‘p surgan. Ispaniya chempionatida 129ta o‘yinda 33ta gol urgan, Angliyada esa 191ta uchrashuvda raqib jamoa darvozalarini 45 marta ishg‘ol qilgan.

Yutuqlari: Ispaniya (2008) va Angliya (2012, 2016) kubogi sohibi, Yevropa Chempionlar Ligasi (2012) hamda Yevropa Ligasi (2013, 2017) g‘olibi. Angliya liga kubogi (2017) va superkubogi (2016)da zafar quchgan. Jahon (2010) va Yevropa (2012) chempioni.

Ispaniya termasida 41ta o‘yinda maydonga tushib, 10ta gol urgan.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:45, 11.06.2017. O'qildi: 4343 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 18
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 14
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
5 Челси Joao Pedro 11
6 Брайтон Denni Uelbek 11
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 10
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
9 Фулхэм Xarri Uilson 9
10 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.