Oliy liga 14-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Nasaf” (2:1) uchrashuvi yakuniga yetgach, mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘yin haqidagi fikrlarini aytib o‘tdi.
"Uchrashuv keskin kurashlar va teng kurashlar ostida o‘tdi. Birinchi bo‘limdagi yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Ikkinchi bo‘limda Sergeev gol urgan vaziyatda himoyachilarimiz biroz diqqatini yo‘qotdi. Umumiy qilib aytganda, kamchiliklarimiz bor. Bu kamchilik uyushtirgan hujumlarimizni golga aylantira olmaslik.Kamchiliklarimiz ustida ishlaymiz.
Biz himoyadagi bu kabi xatolarga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. “Paxtakor"ning standart vaziyatlari xavfli bo‘lishini bilardik va buni futbolchilarga ham tayinlagan edik. Ammo bugun birinchi golni aynan standart vaziyatidan keyin o‘tkazib yubordik. Ikkinchi gol esa Karimovning shaxsiy mahorati evaziga kiritildi.
Ikkinchi davrada jamoa tarkibini kuchaytirishimiz kerak. Yuqori urinlar uchun kurashda busiz iloji yo‘q. Jamoamizdagi yoshlar doim barqaror o‘yin ko‘rsata olishmayapti. Biz bu haqda rahbariyatga murojaat qildik. Hujum chizig‘imizni kuchaytirishimiz kerak. Krasichni ham jamoamizga qaytarish istagimiz bor. Bizga u kabi individual mahoratga ega o‘yinchilar juda zarur. Albatta davralar oralig‘ida bu borada yangiliklar bo‘ladi" - dedi Berdiyev.