Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba.

  • Elit OCHL
      • 16.02.2026 21:00
      • Al-Ahli (SA)
      • 4:3
      • Shabab al-Ahli
      • 16.02.2026 21:00
      • Sharja
      • 1:2
      • Nasaf
      • 16.02.2026 23:00
      • Ash-Shorta
      • 3:2
      • Duhayl
      • 16.02.2026 23:15
      • Al-Hilol
      • 2:1
      • Al-Vahda
      • 16.02.2026 23:15
      • Ash-Shorta
      • -:-
      • Duhayl
      • 17.02.2026 21:00
      • As-Sadd
      • -:-
      • Al-Ittihod
      • 17.02.2026 21:00
      • Al-G‘arafa
      • -:-
      • Traktor
  • «A» Seriya
      • 17.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 0:2
      • Lechche
  • La-liga
      • 17.02.2026 01:00
      • Jirona
      • 2:1
      • Barselona
  • ECHL
      • 17.02.2026 22:45
      • Galatasaroy
      • -:-
      • Yuventus
      • 18.02.2026 01:00
      • Benfika
      • -:-
      • Real Madrid
      • 18.02.2026 01:00
      • Monako
      • -:-
      • PSJ
      • 18.02.2026 01:00
      • Borussiya D
      • -:-
      • Atalanta
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 12 7 9 28
2 Italiya 8 4 11 23
3 AQSh 6 8 5 19
4 Niderlandiya 6 5 1 12
5 Avstriya 5 7 3 15
6 Shvesiya 5 5 1 11
7 Shveysariya 5 2 3 10
8 Germaniya 4 7 6 17
9 Fransiya 4 7 4 15
10 Yaponiya 4 5 9 18
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Samoga uchsang, jamoadan ketasan» yoxud futbol olamidagi g‘ayrioddiy cheklovlar

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Footclub sayti ko‘plab g‘ayrioddiy cheklovlarni o‘quvchilar hukmiga havola etdi.

SALTO OTISH MUMKIN EMAS

2007 yilda «Manchester Yunayted» jamoasining sobiq bosh murabbiysi Ser Aleks Fergyusson portugaliyalik yarim himoyachi Nanini jamoaga taklif qiladi. Futbolchi bilan tuzilgan shartnomaga shotlandiyalik mutaxassis kutilmagan bandni kiritadi, ya’ni Naniga golni nishonlash vaqtida salto oshishni taqiqlab qo‘yadi. Boisi, bosh murabbiyni jamoaga yaxshigina narxga tushgan portugaliyalik o‘yinchining salto natijasida yerga noqulay tushishi va oqibatda kasalxonaga tushishi tashvishga solardi. Biroq Nani bu taqiqqa e’tibor ham bermaydi. Buning isboti tariqasida esa oradan biroz vaqt o‘tgach, Irlandiyaning «Glentorana» jamoasiga qarshi kechgan matchda (3: 0) Luish Nani ketma-ket ikki marta salto oshadi. Lekin Ser Aleksning bejizga tashvishga tushmagani keyinroq o‘z isbotini topdi. Ya’ni 2013 yilda braziliyalik hujumchi Maurides aynan Nanining tryukini takrorlab ko‘rmoqchi bo‘ldi va natijada qattiq jarohat oldi. Biroq salto Naniga hech qanday zarar keltirmagan.

CHANG‘IDA UCHISH MAN QILINADI

Norvegiya terma jamoasining sobiq yosh futbolchisi Stig Inge Bernebyu chang‘ida tramplindan sakrashni yaxshi ko‘rardi. Sportning bu xavfli turiga bo‘lgan qiziqish unga otasi Yo Bernebyudan o‘tgandi. Yo o‘z vaqtida chang‘ida tramplindan sakrash bilan muntazam shug‘ullangan, hatto 1968 va 1972 yilgi qishki olimpiya o‘yinlarining ham ishtirokchisi sanaladi. Stig Inge biroz vaqtdan so‘ng Angliyaning «Liverpul» jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. Uning qiziqishidan yaxshigina xabardor bo‘lgan jamoa rahbariyati esa futbolchining xavfsizligini ta’minlash va jarohatlanishining oldini olish maqsadida qorli har qanday sport turi bilan shug‘ullanishni taqiqlaydi.

UZUN SOCHLAR MASHMASHASI

Argentinalik Fernando Redondo o‘zgacha soch uslubi bilan mashhur edi. Buni qarangki, aynan ana shu soch uslubi uning terma jamoa bosh murabbiysi Daniel Passarell bilan tortishib qolishi va natijada terma jamoa safini tark etishiga sabab bo‘ldi. Bu voqea 1998 yilgi jahon chempionatida kuzatildi. Gap shundaki, Argentina terma jamoasi ustozi Passarell Fernandodan sartaroshga borishni talab qiladi. «U o‘ziga xos qonun-qoidalarni yaratardi, — degandi o‘shanda Redondo. — Bir kuni mendan sochimni qisqartirishimni talab qildi. Sochimning futbol o‘ynashga nima aloqasi bor, tushunmayman. Shu bois uning buyrug‘iga bo‘ysunmadim». Redondo keyinchalik, ya’ni Argentina terma jamoasini yangi murabbiy boshqarayotgandagina terma jamoa safida maydonga tushadi.

MOTOSIKL KUSHANDASI

2011 yilda «Manchester Siti» klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Mario Balotelliga motosikl minishni taqiqlaydi. Bunga hujumchining «Harley-Davidson» markali motosikli bilan falokatga yo‘liqqani sabab bo‘ladi. Biroq bu Marioga kor qilmaydi. O‘z qarorini o‘zgartirishni yoqtirmaydigan, qaysar Balotelli yangidan-yangi motosikllar sotib olaveradi va o‘z navbatida qoidani ham buzaveradi. Buni qarangki, Balotellining motosikllari kamida 27 marta jarima maydonchasiga olib kelingan ekan.

SAMO BORASIDAGI CHEKLOV

«Sanderlend» jamoasi rahbariyatining taqiqi yanada g‘ayrioddiy: jamoa mutasaddilari klubning yangi a’zosi Stefan Shvarts bilan tuzilgan shartnomaga quyidagicha mazmundagi bandni ham kiritishadi: «Samoga uchsang, jamoadan haydalasan!» Bu taqiq bejizga emasdi, albatta. Klub mutasaddilari o‘yinchining kosmosga chiqib ketishidan xavfsirashgandi. Buni «Sanderlend»ning o‘sha paytdagi bosh direktori Jon Fikling quyidagicha izohlaydi: «Shvartsning maslahatchilaridan biri rostdan ham uning kosmosga sayohat qilishi uchun chiptaga buyurtma bergan. Biz esa bu Stefanning qarori ekanligini anglab, uning salomatligidan tashvishga tushdik. Boisi, kosmosga sayohat qilish borasidagi ko‘plab hujjatlarda bu xavfli mashg‘ulot ekanligi belgilab qo‘yilgan. Shuning uchun biz eng to‘g‘ri yo‘lni tutdik, Stefanga kosmosga chiqishni taqiqladik. To‘g‘ri, mazkur band bir qarashda kulgili, ammo bunaqa g‘alati bandlar bo‘lgan shartnomalarni istagancha uchratish mumkin.

FAQAT QORA BUTSA

Yana diqqat markazimizda Aleks Fergyusson. 2010 yilda ser Aleks «Manchester Yunayted» yoshlariga har xil rangdagi butsilar kiyishni man qiladi. Bu taqiqni esa jamoaning o‘sha paytdagi o‘yinchisi Jon O‘SHi quyidagicha izohlaydi: «Mashg‘ulotlar qora butsida olib borilardi. Chunki bu rang e’tiboringizni unchalik tortmaydi. Har xil yorqin rangli butsilar ham kiyishingiz mumkin, faqat u sizning diqqatingizni chalg‘itmasligi kerak».

INQILOBMI YOKI HALOKAT?

Mobil telefondan foydalanmaslik, gazli ichimliklar ichmaslik, mayonez, ketchup, amerikancha fast-fudlar iste’mol qilmaslik, umuman hazillashmaslik va gaplashmaslik — bu qonunlar ilk bora «Sanderlend»da joriy qilindi. «Bu ommaviy inqilob, o‘zgarish bo‘ladi», degandi jamoaning o‘sha paytdagi bosh murabbiysi Paulo Di Kanio. Ha, haqiqatan ham, bu qarorlar murabbiyning jamoani boshqarish stsenariysidagi inqiboliy jihatlaridek ko‘ringandi. Aslida esa mazkur qaror zarariga xizmat qildi. Yuqoridagi taqiqlarga ortiq bardosh bera olmagan futbolchilar italiyalik mutaxassisga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘yishdi.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 19:24, 25.06.2017. O'qildi: 5881 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Бетис Kucho Ernandes 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.