Bugun 6 noyabr, 2025 yil, payshanba.

  • ECHL
      • 05.11.2025 01:00
      • Atletiko
      • 3:1
      • Yunion
      • 05.11.2025 01:00
      • Bude-Glimt
      • 0:1
      • Monako
      • 05.11.2025 01:00
      • Yuventus
      • 1:1
      • Sporting
      • 05.11.2025 01:00
      • Liverpul
      • 1:0
      • Real Madrid
      • 05.11.2025 01:00
      • Olimpiakos
      • 1:1
      • PSV
      • 05.11.2025 01:00
      • PSJ
      • 1:2
      • Bavariya
      • 05.11.2025 01:00
      • Tottenhem
      • 4:0
      • Kopengagen
      • 05.11.2025 22:45
      • Pafos
      • 1:0
      • Vilyarreal
      • 05.11.2025 22:45
      • Qorabog‘
      • 2:2
      • Chelsi
      • 06.11.2025 01:00
      • Ayaks
      • 0:3
      • Galatasaroy
      • 06.11.2025 01:00
      • Bryugge
      • 3:3
      • Barselona
      • 06.11.2025 01:00
      • Inter
      • 2:1
      • Qayrat
      • 06.11.2025 01:00
      • Manchester Siti
      • 4:1
      • Borussiya D
      • 06.11.2025 01:00
      • Nyukasl
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 06.11.2025 01:00
      • Marsel
      • 0:1
      • Atalanta
      • 06.11.2025 01:00
      • Benfika
      • 0:1
      • Bayer
  • Elit OCHL
      • 05.11.2025 15:00
      • Vissel Kobe
      • 1:0
      • Ulsan Xyonde
      • 05.11.2025 17:15
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 3:1
      • Shanghai Shenhua
  • OChL-2
      • 05.11.2025 17:15
      • Istern
      • 0:7
      • Ratchaburi
      • 05.11.2025 17:15
      • Tep Han Nam Din
      • 0:1
      • Gamba Osaka
      • 05.11.2025 18:45
      • Al-Vasl
      • 2:2
      • Al-Muharraq
      • 05.11.2025 18:45
      • Arkadag'
      • 1:1
      • Al-Ahli Doha
      • 05.11.2025 21:00
      • Xolidiya
      • 0:0
      • Andijon
      • 05.11.2025 21:00
      • Az-Zavra
      • 2:1
      • Istiqlol Dushanbe
      • 05.11.2025 23:15
      • An-Nasr (SA)
      • -:-
      • Goa
      • 05.11.2025 23:15
      • Al-Vihdat
      • -:-
      • Istiqlol
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 27 60
2 Nasaf 27 58
3 Paxtakor 27 55
4 Dinamo 26 50
5 Bunyodkor 27 46
6 OKMK 27 41
7 Navbahor 27 38
8 So‘g‘diyona 27 34
9 Qizilqum 27 32
10 Andijon 26 29
11 Qo‘qon-1912 27 29
12 Surxon 27 28
13 Mash’al 27 26
14 Buxoro 27 25
15 Xorazm 27 24
16 Sho‘rtan 27 15

O'tgan o'yinlar.

27-тур Dinamo 3-1 Xorazm
27-тур Navbahor 0-0 Nasaf
27-тур Sho‘rtan 4-3 OKMK
27-тур Andijon 1-1 Buxoro
27-тур Neftchi 2-1 Surxon
27-тур So‘g‘diyona 3-0 Qizilqum
27-тур Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
27-тур Paxtakor 4-2 Bunyodkor

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 8966 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2960 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Paulu Barboza: "Krishtianuning aybdor yoki aybsizligini bilmaymiz"

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Krishtianu Ronaldu va soliq mahkamalari o‘rtasidagi mojaro mohiyati nima? Portugaliyalik mashhur agent  Paulu Barboza «SE» nashri iltimosiga binoan, jahonning eng yaxshi futbolchisini yomon qiynayotgan masala va birin-ketin yuzaga kelayotgan mojarolar sababini tushuntirishga urindi. Chunonchi, avvalgi hafta tarqalgan xabar «Real» muxlislarini juda-juda siqiltirdi.

Portugaliyaning A   Bola nashri o‘z manbalariga tayanib bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Krishtianu «Real» prezidenti Florentino Peres bilan uchrashuv chog‘i jamoadan ketish niyatida ekanligini ro‘y-ro‘st aytgan.  Qo‘shimcha qilinishicha, ayni payt Konfederasiyalar kubogida qatnashayotgan futbolchi Ispaniya soliq idoralarining turli ayblovlaridan bezigan. Eslatish joiz, ispanlarning da’volaricha, Ronaldu 2011-2014 yillar oralig‘ida jami 14,7 million yevroga teng soliq to‘lovlarini yashirgan.

- Avvalo, ko‘pchilikni qiziqtirgan savol: Ronaldu nega birdaniga ketishni istab qoldi?

- Ayni payt futbolchining bu boradagi izohidan bexabarmiz. Ya’ni turli manbalarda Ronaldu atrofidagi oxirgi voqealardan kelib chiqib, shunday ssenariy yuzaga kelishi mumkinligi taxmin qilinmoqda, xolos.

- Xo‘sh, bunday taxmin-xulosa nima bilan bog‘liq?

- Ko‘rinishidan, Ispaniya soliq ma’muriyati futbolchi tomonidan mamlakat g‘aznasiga topshirilayotgan to‘lovlarni qat’iy tekshirib ko‘rishga qaror qilgan, shekilli. Krishtianu esa buni adolatsizlik, deb hisoblaydi. Agar Lionel Messida ham shunga o‘xshash muammo borligini e’tiborga olsak, hammasi oddiydek. Biroq media vakillari bu mojaroga boshqacha yondashmoqdalar va umumiy manzarani bo‘rttirib ko‘rsatishga urinmoqdalar.

O‘zi tushunarliki, Ispaniyada futbolchilarni diqqat bilan kuzatishadi. Xususan, ularning soliq majburiyatlarini qanday ado etishayotgani ham qat’iy nazorat ostida. Ma’lum vaqt oldin «Real» sharafini himoya qilgan Rikardu Karvalyo va Madrid jamoasini boshqargan Joze Mourinyoga bog‘liq soliq mashmashalariyu, tekshiruvlar jarayoni ularga qanchalik qimmatga tushgani ko‘pchilikka ma’lum.

Bu borada ortiqcha gapga hojat yo‘q. Eslasangiz, Karvalyo ham, Mourinyo ham soliq ma’muriyati bilan ixtiyoriy ravishda hisob-kitob qilishgandi. Ronaldu ham balki shunday yo‘l tutishi ma’quldir... Har holda, jarayonni sudgacha cho‘zishga urinishdan qandaydir ma’no yo‘q.

- Endi og‘riqli masala: futbolchilarning to‘liq hajmda soliq to‘lashni istamasliklari sababi nima?

- Hammasi Football Leaks tomonidan yo‘lga qo‘yilgan onlayn-platforma tufayli boshlandi. Chunonchi, shu orqali futbolchilarning hisob raqamlariga daxldor moliyaviy ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Xususan, imidj huquqlari ortidan kelayotgan daromad Ispaniya soliq organlari nazoratida emasligi oydinlashdi. Zero, futbolchilar bu yo‘nalishda asosan boshqa mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar bilan hamkorlik qilishadi.

- Boshqacha aytganda, ular tarif foizi pastroq bo‘lgan boshqa mamlakatlarda soliq to‘lashadi...

- Ha, shunday. Biroq Ispaniya qonunchiligi bo‘yicha imidj shartnomasi deylik, Yaponiyada rasmiylashtirilsa hamki, ispanlarga soliq to‘lanishi shart. Shuningdek, kelishuvni Ispaniya idoralarida maxsus deklarasiyalash shart. Bularning barchasiga shartnomani rasmiylashtirgan kompaniya yoki firma mas’uldir.

- Ronaldu va Messini qiynayotgan muammolar o‘rtasida aytarli farq yo‘q, chog‘i...

- Ikki futbolchi oldida ham mazmun-mohiyati bo‘yicha bir xil muammo bor. To‘g‘ri, ular shakliga ko‘ra, boshqacharoq ko‘rinishi mumkin.

- Ronalduning ketish haqidagi ogohlantirishi - bu cho‘chitishmi yoki...?

- Faqat o‘zidan so‘rash kerak. Biroq shunisi tayinki, futbolchi qattiq ranjigan va atrofidagi ishlardan mutlaqo norozi. Ehtimol, uning gapi shikoyatdir. Bilamizki, Krishtianu jahon futbolidagi yorqin shaxs va «Real» tomonidan mutlaqo qo‘llab-quvvatlanishni istaydi. U bunga haqli ham. Qolaversa, turli ayblovlar keti uzilmasa, futbolchining bosimga dosh berishi juda qiyin. Biroq ikkinchi tomondan olsak, «Real» yustisiya organlarini almashtirolmaydi.

- Ha, ko‘rinishidan, Krishtianu mablag‘ masalasida jiddiy yo‘qotishga duch keladigandek...

- Gap rasman 15 million yevro haqida ketyapti.

- Bu uning uchun vahimali darajada ko‘p emas. Shunday ekan, mojaroni cho‘zishdan nima foyda?

- Menimcha, bu savolga Ronalduning maslakdoshlari javob berishlari kerak. Aniqrog‘i, shunday yo‘l tutishni tavsiya qilayotganlar. Axir yuqori organlar bilan  janjallashib ko‘rish fikri Ronalduning o‘zidan chiqmagandir. Fakt shuki, u soliq tizimi sohasi bo‘yicha mutaxassis emas. Demakki, atrofidagi ayonlar maslahatlariga asosan ish tutgan...

- Umumiy holatga matbuot qanday yondashmoqda?

- Kataloniya matbuoti salbiy qarashga ega, Madrid gazetalari va kanallari esa umuman boshqacha pozisiyada. Misol uchun, «Messi ishi» ko‘rib chiqilayotgan payt Leoni bearmon tanqid qilishgandi - hamma va o‘ta qat’iy ohangda. Zero, jamoatchilik qonunbuzarlarga nisbatan keskin fikr bildirishga o‘rgangan. Tabiiyki, bunday bosim ostida yashash va ishlash oson emas.

- Messi soliq tizimiga oid jinoyati uchun shartli qamoq jazosiga mahkum etilgandi. Ronalduga real qamoq jazosi tayinlashlari ehtimoli ham mavjudmi?

- Krishtianuning aybdor yoki aybsizligini bilmaymiz. Ya’ni hozircha hammasi OAV ma’lumotlari asosida muhokama qilinmoqda. Xullas, sub’ektiv taxminlar... Biroq bu jarayon qanchalik cho‘zilsa, Ronaldu shunchalik ko‘p jabr chekadi, azoblanadi. O‘zingiz o‘ylang, hukumat bilan kelishmovchilikda yashash osonmi?

- Oxirgi savol: Ronalduning «Real»dan ketish ehtimolini qanday baholaysiz?

- Shunday ssenariy bor ekan, har narsa bo‘lishi mumkin. Anig‘i bitta: Krishtianu ma’lum darajada xotirjamlik kafolatlanadigan joyda o‘ynashni istaydi. Ehtimol, Angliyada, balki hattoki, Xitoyda. Lekin shaxsan men portugaliyalik sifatida u aybsiz emasligini isbotlashini istayman. Ammo bu ishonch emas, balki faktlar hukmidagi masala.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:01, 26.06.2017. O'qildi: 4398 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 15
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Нефтчи Zoran Marushich 8
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
9 Бунёдкор Luis Kachorri 8
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.