Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Dallollik»ning futbolga ta’siri

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Milan» bilan shartnomani uzaytirishni xohlamagan Janluiji Donnarumma mojarosi «qizil-qoralar» uchun jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin edi. Axir 18 yoshli darvozabonning ortida Zlatan Ibragimovich, Pol Pogba, Mario Balotelli hamda Romelu Lukakuga agentlik qilayotgan obro‘li Mino Rayola turibdi.

Rayolaning ta’kidlashicha, dastlab uning mijoziga shartnoma muddati yakunlangunga qadar o‘yin amaliyotisiz qoldirish bilan tahdid qilishgan, so‘ngra jismoniy ziyon yetkazishlarini aytishgan. «Nomaqbul ishlarga qo‘l urayotgan sport direktori Mirabeli bilan hamkorlik qilishni xohlamayman», - dedi agent.

Ayni payt Rayolaning mijozlari orasida «Milan»ning boshqa futbolchilari ham bor. Fransiyaning L~Equipe nashri ma’lumotlariga tayansak, ushbu ro‘yxatda Italiya termasi vakillari Jakomo Bonaventura hamda Inyasio Abate, shuningdek, 19 yoshli kelajagi porloq hujumchi Kozimo La Ferrara, 17 yoshli himoyachi Matteo Gabbiya bor. Qolaversa, o‘tgan mavsum mos ravishda «Alaves» va «Zvolle»ga ijaraga berilgan 23 yoshli braziliyalik markaziy himoyachi Rodrigu Eli hamda 19 yoshli marokashlik futbolchi Hoshim Masturni ham unutmaslik darkor. Italiya matbuoti agentning bir og‘iz so‘zi bilan yuqorida nomi tilga olingan futbolchilar «Milan»ni tark etishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Agar vaziyat shunday yakunlansa, futbol olami agentlarning millionlar o‘yinida tutgan o‘rin naqadar yuksak ekaniga yana bir bor amin bo‘ladi.

«Zvolle»ni FK «Rayola» deb atashganiga nima deysiz? Chunki o‘tgan mavsum italiyalik agentning Gollandiya fuqaroligiga ega olti nafar mijozi ushbu klub sharafini himoya qilishgandi. «PSJ» e’tiboriga tushgan Mastur va Ongenda singari hujumchilar uchun «Zvolle» o‘yin amaliyoti va tajriba to‘plash imkonini taqdim etdi.

Gollandlar ham mamnun. «Rayolaga rahmat. Uning yordami bilan sotib olishga qurbimiz yetmaydigan futbolchilar jamoamizda to‘p surishmoqda», - dedi yanvarda «Zvolle»ning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Ron Yans.

Italiya «V» seriyasida qatnashuvchi «Novara» klubi haqida ham ayni shu fikrni bildirish mumkin. Rayola bu jamoaga to‘rt mijozini joylashtirgan. Xuddi shunday kvartet (Ibragimovich, Pogba, Mxitaryan, Romero) «Manchester Yunayted»da, yana uch nafari «PSJ»da (Maksvell, Matyuidi hamda 18 yoshli Jorjen) to‘p surishdi.

Sevimli klublariga ega superagentlardan yana biri - Jorje Mendesh. Ammo uning faoliyatida o‘z yurtiga bog‘liqlik sezilib turadi. Mendesh «Benfika», «Braga» hamda «Portu» bilan keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirgan. Xususan, o‘tgan mavsum «Benfika»da uning naq yetti nafar mijozi o‘ynadi: Ederson, Nelson Semedu, Filippe Augustu, Pizzi, Guga Rodrigesh, Diogo Gonsalvesh va Ruben Diash.

Avvalroq Jorje Mendesh «Monako»da o‘z otryadiga ega chiqqandi (Rikardu Karvalyu, Xames Rodriges, Kavaleyru, Elder Koshta, Falkao). O‘tgan mavsum Bernardu Silva bor edi. Ikki futbolchi (Garay va Mangala) «Valensiya»da to‘p surishdi.

Xuddi Minoda bo‘lganidek, Jorjening ham nomiga munosib klub bor - «Vulverxempton». Xitoyning Fosun International kompaniyasi tomonidan sotib olingan jamoaga Mendesh bilan «Valensiya» va «Portu»da hamkorlik qilishga ulgurgan Nunu ustozlik qilmoqda. Tarkib esa Kavaleyru hamda Elder Koshta hisobiga to‘ldirildi.

Marko Roys va Toni Krossning ishlari bilan shug‘ullanuvchi yana bir mashhur agent Folker Strutning Germaniya jamoalarida mijozlari bisyor. Ayniqsa, «Kyoln»da bunday futbolchilar to‘qqiz nafarni tashkil etadi: Raush, Xorn, Lemann, Risse, Xayns, Xartel, Yoich, Ozjan, Klyunter.

Fransiyada esa David Venditellining Score Agencies kompaniyasi asosiy e’tiborni azaliy raqobatchilar «Lion» va «Sent-Etyen»ga qaratgan. Lionliklar safida to‘qqiz mijozi to‘p surayotgan bo‘lsa (ular orasida Lyakazett ham bor), «Etyen»da bunday futbolchilar soni besh nafarni tashkil etadi (jamoa sardori Perren ham ulardan biri). Venditellining mijozlari ro‘yxatida asosan yosh o‘yinchilar qayd etilgan, ammo kim biladi deysiz, balki kelajakda aynan shu futbolchilarning nomi eng yuqori o‘rinlarda qayd etilar?!

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 22:22, 12.07.2017. O'qildi: 3437 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик