Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yevropa chempionati qahramonlarining tarixi (1-qism)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Evropa chempionati / Futbolchilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi o‘yinchilari taqdiri. 

Polsha maydonlarida tashkillashtirilgan musobaqada germaniyalik yoshlar «aka»laridan o‘rnak olgan holda, taxtga ko‘tarilishdi. Ammo turnirning eng yaxshi futbolchisiga atalgan asosiy individual sovrin g‘olib jamoa vakiliga nasib etgani yo‘q.

Xullas,  «Oltin to‘p» finalchi - Ispaniya termasi yulduzi Dani Sebalyos mulkiga aylandi. Keling, shu bahona «qo‘hna qit’a»ning yoshlar o‘rtasidagi chempionatida shunday e’tirofga erishgan laureatlar keyingi taqdiriga bir nazar solamiz.

Alohida qayd etish kerak, U-21dagi sovrin ulardan ayrimlari uchun butun faoliyat yo‘llaridagi eng asosiysi bo‘lib qoldi. Xullas, bugun 1978-1990 yillar oralig‘idagi turnirlar tarixi va to‘lqinini ko‘rib chiqamiz.

YEVRO-78 (U-21)

Vohid XALILXOJICH (sobiq Yugoslaviya)

O‘sha paytda:

25 yosh, «Velej»

Turnirda: 6ta o‘yin, 6ta gol

Hozir:

64 yosh, Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi

Sobiq Yugoslaviya terma jamoasida: 15ta o‘yin,

8ta gol

Yutuqlari: sobiq Yugoslaviya kubogi sohibi; Fransiya chempioni

Yoshlar o‘rtasidagi ilk Yevropa chempionati 1978 yili olimpiya tizimida o‘tkazilgan: avvaliga kvalifikasion raund, keyin to‘g‘ridan-to‘g‘ri «pley-off». «Oltin to‘p»ning ilk laureati bosniyalik Vohid Xalilxojichga kelsak, ko‘pchilik uni yaxshigina murabbiy sifatida biladi. Har holda, Kot-d~Ivuar va Jazoir termalari hamda «Trabzonspor» klubida chakki ishlamagan. Ammo Xalilxojich vaqtida juda istiqbolli futbolchi sanalgan. U 10 yil davomida Bosniyaning «Velej» klubida o‘ynagach, 29 yoshida «Nant» (Fransiya) safiga qo‘shilib, bu jamoa tarixidan joy oladi: 163ta o‘yin, 93ta gol. Ayni payt Yaponiya terma jamoasiga ustozlik qilayotgan murabbiy professional futbolchi sifatida oxirgi marta «PSJ»da ko‘rinish bergandi.

YEVRO-80 (U-21)

Anatoliy DEMYANENKO (sobiq ittifoq)

O‘sha paytda:

21 yosh, «Dinamo» K.

Turnirda: 6ta o‘yin

Hozir:

58 yosh, ishsiz

Sobiq ittifoq terma ja-moasida: 80ta o‘yin, 6ta gol

Yutuqlari: sobiq ittifoq chempioni (5 marta); sobiq ittifoq superkubogi sohibi (3 marta); sobiq ittifoq kubogi sohibi (4 marta); Kubok egalari kubogi sohibi; Ukraina chempioni; Ukraina kubogi sohibi

Zamonaviy Ukraina termasi yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligi final raundiga 2 marta chiqdi - 2006 va 2009 yillarda. Ukraina futboli vakili esa Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisi maqomini ancha oldin olgandi. Sobiq ittifoqning o‘sha yoshlar termasida chap qanot laterali sifatida o‘ynagan Demyanenko Yevro-80 kashfiyoti bo‘lgandi, keyinchalik esa Kiyev «Dinamo»sining almashtirilmas futbolchisi darajasiga chiqdi. Shuningdek, sobiq ittifoq terma jamoasida ham yorqin iz qoldirdi (o‘yinlar soni bo‘yicha 4-yaxshi ko‘rsatkichga erishdi). Hisob bo‘yicha ikkinchi laureat butsalarini mixga ilgach, «Dinamo» (Kiyev), «Neftchi» (Boku) va «Nasaf» (Qarshi) klublarini boshqardi. Mavsum-2012|2013da ma’lum muddat «Volin»ga ustozlik qilgach, murabbiylik ishida tanaffus oldi va hali qaytganicha yo‘q.

Yevro-82 (U-21)

Rudi FYOLLER (Germaniya)

O‘sha paytda:

22 yosh, «Myunxen 1860»

Turnirda: 6ta o‘yin, 4ta gol

Hozir:

57 yosh, «Bayer» sport direktorii

Germaniya terma jamoasida: 90ta o‘yin, 47ta gol

Yutuqlari: jahon chempioni; Italiya kubogi sohibi; CHL g‘olibi

Fantastik hujumchi «Verder» uchun 137ta o‘yinda 97ta gol urib, Germaniya chempionatida chinakam shov-shuv ko‘targandi. «Roma» safiga qo‘shilgach, mahsuldorligi ancha pasaygan bo‘lsada, Italiya kubogi sohibiga aylandi, shuningdek, bundestim tarkibida jahon chempionati oltin medalini yutdi. Fyoller shundan so‘ng «Marsel» bilan CHLda g‘alabani tantana qildi. Keyinchalik o‘zini murabbiylikda ham sinab ko‘rdi: «Bayer» va «Roma» klublari hamda Germaniya termasida. JCH-2002da jamoasi 2-o‘rin bilan kifoyalanganidan so‘ng esa bu sohadan yiroqlashdi va 2005 yildan e’tiboran, Leverkuzenning «Bayer» jamoasi sport direktori sifatida ishlamoqda.

YEVRO-84 (U-21)

Mark XEYTLI (Angliya)

O‘sha paytda:

22 yosh, «Portsmut»

Turnirda: 6ta o‘yin, 6ta gol

Hozir:

55 yosh, ishsiz

Angliya terma jamoasida: 32ta o‘yin, 9ta gol

Yutuqlari: Fransiya chempioni; Shotlandiya chempioni (6 marta); Shotlandiya Liga kubogi sohibi (3 marta); Shotlandiya kubogi sohibi (2 marta)

Novcha va baquvvat Xeytli markaziy hujumchi sifatida o‘ynardi. E’tiborlisi, u yoshlar o‘rtasidagi qit’a chempionatida ketma-ket 2 marta qatnashib, aql bovar qilmas o‘yinlari bilan barchani o‘ziga qaratgandi. Tabiiyki, bunday futbolchining «Portsmut»da uzoq vaqt qolmasligi tayin edi. Ammo Markning «Milan»ga o‘tishi omad keltirmadi - hujumchi jarohatlardan ko‘p azoblandi. Keyin «Monako» orqali «Glazgo Reynjers» safiga qo‘shilib, chinakamiga sovrinlarga ko‘mildi. Futbolchilik faoliyatiga nuqta qo‘ygach esa, 90-yillarda «Xall Siti»ni boshqardi va bu sohadan butunlay yiroqlashdi. Aytgancha, Xeytlining o‘g‘li hozirda Shotlandiyaning «Dandi» klubi sharafini himoya qilmoqda.

YEVRO-1986 (U-21)

Manolo SANCHIS (Ispaniya)

O‘sha paytda:

21 yosh, «Real»

Turnirda: 6ta o‘yin

Hozir:

52 yosh, TV eksperti

Ispaniya terma jamoasida: 48ta o‘yin, 1ta gol

Yutuqlari: Ispaniya chempioni (8 marta); UYEFA kubogi sohibi (2 marta); Ispaniya superkubogi sohibi (5 marta); Ispaniya kubogi sohibi (2 marta); CHL g‘olibi (2 marta); Qit’alararo kubok egasi

«Real» afsonasi Manuel Sanchisning o‘g‘li turnirga Madrid klubining tajribali tayanch yarim himoyachisi sifatida borgandi. Chunonchi, jamoada 3 mavsum o‘ynashga ulgurgandi. Manolo butun faoliyati davomida «Madrid»ga sodiq qolib, uning libosida 700 martadan ortiq maydonga tushdi, klub futbolida imkoni bor deyarli barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Murabbiylik sohasida esa ishlashni xohlamay, televideniye eksperti bo‘ldi.

YEVRO-88 (U-21)

Loran BLAN (Fransiya)

O‘sha paytda:

22 yosh, «Monpelye»

Turnirda: 6ta o‘yin

Hozir:

51 yosh, ishsiz

Fransiya terma jamoasida: 97ta o‘yin, 16ta gol

Yutuqlari: Fransiya kubogi sohibi (2 marta); Fransiya chempioni; Ispaniya superkubogi sohibi; Ispaniya kubogi sohibi; Kubok egalari kubogi sohibi; jahon chempioni; Yevropa chempioni; Angliya chempioni

Blan faoliyatini «Monpelye»da hujumkor yarim himoyachi sifatida boshladi, biroq vaqt o‘tishi bilan markaziy himoyachiga aylandi. U yoshlar o‘rtasidagi Yevropa birinchiligiga yo‘l olishgacha «Monpelye»da 251ta o‘yin o‘tkazishga ulgurgandi. Loran keyinchalik Fransiya («Monpelye» va «Oser»), Ispaniya («Barselona») hamda Angliya («MYU»)da munosib to‘p surdi, yetarlicha sovrin yutdi. Muhimi, 1998 yili mundial g‘olibiga aylangan Fransiya terma jamoasi tarkibida Zayniddin Zidan, Fabyen Bartez, Lilian Tyuram kabilar qatori bosh rolni bajardi. Uning o‘yinlardan oldin Bartezning yaltiroq boshini o‘pishi o‘sha jamoaning o‘ziga xos belgisiga aylangandi. Blan butsalarini mixga ilgach, «Bordo» va «PSJ» klublari hamda Fransiya termasini boshqardi, ammo 2016 yili ishdan ketgani bo‘yicha bo‘sh yuribdi.

YEVRO-90 (U-21)

Davor SHUKER (sobiq Yugoslaviya)

O‘sha paytda:

22 yosh, «Dinamo» Z.

Turnirda: 6ta o‘yin,

4ta gol

Hozir:

49 yosh, Xorvatiya futbol federasiyasi prezidenti

Xorvatiya terma jamoasida: 69ta o‘yin, 45ta gol

Yutuqlari: Ispaniya chempioni; Ispaniya superkubogi sohibi; CHL g‘olibi; Qit’alararo kubok sohibi

Xorvat goleadori avvaliga sobiq Yugoslaviya («Osiyek», «Dinamo» Z.), keyin Ispaniya («Sevilya», «Real») chempionatida raqiblar darvozabonlarini rosa ranjitdi, faoliyati oxirida esa APL («Arsenal», «Vest Xem») va bundesliga («Myunxen 1860»)da javlon urdi. Davor shuningdek, Xorvatiya termasi bilan JCH-98 bronza medalini yutishdan tashqari, o‘sha mundialda 6ta gol urib, «Oltin butsa»ni ham qo‘lga kiritdi. Shuker futbolchilik faoliyatini tugatgach, Zagrebda shaxsiy akademiyasini ochdi - Davor Suker Soccer Academy. 2012 yildan esa Xorvatiya futbol federasiyasi prezidenti lavozimini egallab turibdi.

YEVRO-92 (U-21)

Renato BUZO (Italiya)

O‘sha paytda:

23 yosh, «Sampdoriya»

Turnirda: 6ta o‘yin, 3ta gol

Hozir:

47 yosh, ishsiz

Italiya terma jamoasida: -

Yutuqlari: Italiya chempioni; Italiya superkubogi sohibi

Hujumkor yarim himoyachi Yevro-92 startiga qadar «Yuventus» va «Fiorentina» safida «A» seriyasining 100tadan ko‘p o‘yinida ishtirok etgandi. Qit’a birinchiligida esa «Sampdoriya» vakili sifatida qatnashib, yorqin nur sochgan Buzo keyinchalik kattalar orasida «yo‘qolib» qoldi. Xususan, «Sampa»dan ketgach, «Napoli», «Pyachensa», «Kalyari» va «Spesiya» klublarida o‘zini ko‘rsatishga urindi, biroq unga Italiya milliy jamoasida libosini loaqal bir marta kiyish ham nasib etmadi. Yangi sohada esa «Spesiya, «Fiorentina» va «Kyevo»da bosh murabbiyga assistentlik qildi, quyi divizion jamoalarini mustaqil boshqarib ko‘rdi. Ammo 2014 yili bu ishdan uzoqlashdi.

YEVRO-94 (U-21)

Luish FIGU (Portugaliya)

O‘sha paytda:

21 yosh, «Sporting» L.

Turnirda: 5ta o‘yin

Hozir:

44 yosh, «Inter» rahbariyati vakili

Portugaliya terma jamoasida: 127ta o‘yin, 32ta gol

Yutuqlari: Portugaliya kubogi sohibi; Ispaniya chempioni (4 marta); Ispaniya kubogi sohibi (2 marta); Ispaniya superkubogi sohibi (3 marta); Kubok egalari kubogi sohibi; Yevropa superkubogi egasi (2 marta), CHL g‘olibi; Qit’alararo kubok sohibi; Italiya chempioni (4 marta); Italiya kubogi sohibi; Italiya superkubogi egasi (2 marta)

Figu - jahon futboli afsonasi. U Yevro-94da portugallar «oltin avlodi» (Rui Koshta, Abel Shavyer, Riu Bentu...)ga yetakchilik qilgandi. Luish yoshlar o‘rtasidagi musobaqadan 1 yil o‘tgach, Ispaniyaga yo‘l olib, «Barselona» libosini kiydi. Kataloniyada 5 mavsum davomida 249ta o‘yinda maydonga tushib, 45ta gol urgan holda mahalliy fanatlar yoqimtoyiga aylangach, ...«Real» taklifini qabul qildiyu, bir zumda «buyuk sotqin» maqomini oldi. Madridda ham 5 yil o‘ynab, 7ta sovrin yutgach, Italiyaga ko‘chib, «Inter»ning qatorasiga 4 marta skudetto sohibi bo‘lishida bosh rollardan birini ijro etdi. Faoliyatini yakunlaganidan keyin esa Milan klubida qolib, rahbarlik lavozimlaridan birini egalladi.

YEVRO-96 (U-21)

Fabio KANNAVARO (Italiya)

O‘sha paytda:

22 yosh, «Inter»

Turnirda: 4ta o‘yin

Hozir:

43 yosh, «Tyanjin Kuanjin» bosh murabbiy

Italiya terma jamoasida: 136ta o‘yin, 2ta gol

Yutuqlari: UYEFA kubogi egasi; Italiya kubogi sohibi (2 marta); Italiya superkubogi sohibi; jahon chempioni; Ispaniya chempioni (2 marta); Ispaniya superkubogi egasi

Yevro-96 startidan 1 yilcha oldin «Napoli»ni «Parma» bilan almashtirgan Fabio bu klub safida 4ta billur sovrin yutdi - UYEFA kubogi, Italiya superkubogi va mamlakat kubogi (2 marta)ni. 28 yoshida esa «Inter», yana 2 yildan keyin «Yuve» bilan shartnoma tuzdi va Turinda nihoyat, «A» seriyasi g‘olibi bo‘ldi. Biroq keyinchalik 2ta chempionlik unvoni ham bekor qilindi ko‘plarniki qatori. 2006 yili esa jahon chempioni maqomida «Real»ga o‘tdi. Yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida eng yaxshi futbolchi sifatida e’tirof etilganlardan atigi ikkisi ke-yinchalik France Footballdan «Oltin to‘p» qabul qildi - aynan Kannavaro va Figu. Italiyalik himoyachi o‘yinchilik faoliyatiga Saudiya Arabistonida xotima yasab, murabbiylik ishini Osiyoda boshladi. Xususan, 2016 yili «Tyanjin Kuanjin» boshqaruvini qo‘lga olib, klubning Xitoy super-ligasiga chiqishini ta’minladi.

P.S.: 1998-2017 yillar oralig‘idagi Yevropa chempionati (U-21) bosh laureatlari bilan gazetamizning nav-batdagi sonlarida tanishishingiz mumkin.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:00, 26.07.2017. O'qildi: 7843 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.