Bugun 1 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 01.05.2026 23:45
      • Piza
      • -:-
      • Lechche
      • 02.05.2026 18:00
      • Udineze
      • -:-
      • Torino
      • 02.05.2026 21:00
      • Komo
      • -:-
      • Napoli
      • 02.05.2026 23:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Jenoa
  • APL
      • 02.05.2026 00:00
      • Lids
      • -:-
      • Byornli
      • 02.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 02.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Vest Xem
      • 02.05.2026 19:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Brayton
      • 02.05.2026 21:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Fulhem
  • La-liga
      • 02.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Malyorka
      • 02.05.2026 17:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Levante
      • 02.05.2026 19:15
      • Valensiya
      • -:-
      • Atletiko
      • 02.05.2026 21:30
      • Alaves
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 03.05.2026 00:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Barselona
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ugu Almeyda: «SSKAga tashvish tug‘dira olamiz»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

2015 yili Portugaliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ugu Almeyda Rossiyaning «Kuban» va «Anji» klublari sharafini himoya qilgandi.

Ayni paytda u Gresiyaning AYEK jamoasida faoliyat yuritmoqda. Mazkur klub Chempionlar Ligasining 3-saralash raundida Moskvaning SSKAsiga qarshi bahs olib boradi. Shu munosabati bilan Championat.com sayti Almeyda bilan suhbat uyushtirdi.

- Qur’a natijalarini jamoadoshlaringizdan bilib oldingizmi?

- Internetda ko‘rdim.

- Nima haqida o‘yladingiz?

- Bizga doimiy ravishda Rossiya chempioni bo‘lib yurgan kuchli raqib to‘g‘ri kelgani haqida o‘yladim. Bunday jamoa to‘sig‘idan o‘tish juda qiyin.

- SSKA favoritmi?

- Kim favoritligini bilmayman. Shunchaki, biz uchun qiyin o‘yinlar bo‘ladi. Shu narsa aniqki, ikkita bir-biriga munosib raqib to‘qnash keladi. Xuddi biz Gresiya chempionatiga tayyordek, SSKA ham Rossiya chempionatiga shay. Ular shu haftadayoq chempionat bahslarini boshlashadi. O‘zaro uchrashuvimizga qadar SSKA keragicha o‘yin va mashg‘ulotlarni o‘tkazgan bo‘ladi. Biz mavsumga 17 kun tayyorlanamiz. Hozir Polshada yig‘in o‘tkazyapmiz.  Bugun uchinchi nazorat o‘yinimizni o‘tkazamiz. Hozircha hammasi yaxshi ketyapti va 26 iyulga qadar ajoyib formada bo‘lamiz. Mavsumni keyinroq boshlaganimiz bizni kuchsiz yoki kuchli qilib qo‘ymaydi. Nima qilgan taqdirda ham o‘yinga jangovar kayfiyatda bo‘lamiz.

- O‘tgan mavsumda AYEK ikkinchi o‘rinni egalladi. O‘shandan buyon jamoada qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

- Bir necha futbolchi ketdi. 3-4 nafar yangilar keldi. Tarkib biroz yangilandi. Bu barcha uchun odatiy hol.

- SSKA vaqti-vaqti bilan yopiq o‘yin ko‘rsatadi. AYEK qanday harakat qiladi?

- AYEK to‘pni nazorat qilib, o‘yin tizginini ushlab turishni yoqtiradi. Ammo SSKAning hujumlar uchun deyarli imkoniyat bermasligini yaxshi bilaman. Moskvaliklar tarkibida tajribali futbolchilar yetarli. Darvozabon va himoyachilar ko‘p yillardan buyon birga o‘ynashadi.

- Birinchi o‘yin Gresiyada bo‘ladi. Bu qandaydir muhim ahamiyat kasb etadimi?

- Albatta, birinchi uchrashuvning Moskvada o‘tishini istardim. Lekin qo‘rqinchli joyi yo‘q. Uydagi uchrashuvda o‘zimizga imkoniyat yaratishga harakat qilamiz. Shu narsa aniqki, SSKA o‘z maydonida ancha kuchli.

- AYEKning stadioni SSKAnikidan ikki baravar katta. Afinadagi o‘yinga 70 000 tomoshabin kiradimi?

- Bunga umid qilaman. Agar shunday bo‘lsa, SSKAga yetarlicha tashvish tug‘dira olamiz.

- Jamoangiz oldin SSKA sharafini himoya qilgan Chosich bilan shartnoma imzoladimi?

- Yo‘q. Uning oldin SSKAda o‘ynaganini bilmas ekanman.

- Siz SSKA darvozasini ishg‘ol qilgansiz.

- Albatta. O‘sha uchrashuvni juda yaxshi eslayman. O‘shanda «Kuban»da o‘ynardim. Moskvaliklar bilan Rossiya kubogining yarim finalida to‘qnash kelganmiz.

- Rossiyada kimlar bilan aloqani saqlab qolgansiz?

- «Lokomotiv»dagi Manuel Fernandesh va «Kuban»dan «Dinamo»ga o‘tgan Antonio Sos (Anton Sosnin)lar bilan qo‘ng‘iroqlashib turaman.

- SSKAning qaysi futbolchilarini eslab qolgansiz?

- Akinfeev - darvozabon va sardor. Aka-uka markaziy himoyachilarni. Shuningdek, Zagoyev va Yeryomenko ham kuchli.

- Yeryomenkoni kokain tufayli diskvalifikasiya qilishgan. Uning AYEKka qarshi o‘ynamasligi aniq.

- Ana, xolos! Bilmagandim. Yangilikdan bexabar qolibman. Esimdan chiqay debdi. Toshich ham kuchli futbolchi.

- Toshich yaqinda SSKAdan ketdi.

- Nima ham derdim, biz uchun yaxshi bo‘libdi. Yeryomenko va Toshich ajo­yib futbolchilar.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:47, 01.08.2017. O'qildi: 2429 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Нефтчи Zoran Marushich 4
9 Бухоро Sherzod Esanov 4
10 Пахтакор Flamarion 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик