Bugun 29 may, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bitta gol muhokamasi (Hajviya)

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Rasmiy xabarlar
A A A

Milliy terma jamoamiz Eron bilan o‘yinning so‘nggi daqiqasida gol «eb» mag‘lub bo‘lgach, avvalgi bir voqea esimga tushib ketdi. Ha, adashmadingiz, o‘sha Baxrayn bilan bo‘lgan alamli o‘yindan keyingi voqea-da. O‘shanda mag‘lubiyat butun mamalakatimiz qatori kichikkina maktabimizda ham g‘oyat katta munozaralarga yo‘l ochgandi-da o‘ziyam.  Keling, yaxshisi, tarixga aylangan kun xronikasini sizlarga ham so‘zlab bera qolay.

Odatdagidek ertalab maktabga bo‘ynimga arqon solingandek xohlamaygina chog‘landim. Lekin meni oldinda sal boshqacha «darslar» kutib turgan ekan. Maktab ostonasini xatlab o‘tganim hamono hammaning og‘zida kechagi o‘yinning tafsilotlari ekanligiga e’tibor qaratdim. 1-sinfdan tortib, 8-sinf o‘quvchilari – barcha-barcha futbol haqida munozara yurityapti. Sekin sinfga kirsam, bolalardan burun qizlar gap boshladilar-ov: «Kechagi o‘yinni ko‘rdingizmi? Juda maqtardingiz, nima bo‘ldi endi?» Bu holatni ko‘rib, bilmagan holda o‘zimga hayrat atalmish ko‘chani ixtiro qilib qo‘ydim. Aksiga olib, navbatchi ekanman, o‘qituvchilar honasiga jurnalni olish uchun borgandim,… hozirgina ochgan ko‘chamning tub-tubiga tushib qoldim. Menga doimo zahrini sochib yuradigan chet tili domlamizning «atagani»  bugun menga yetmasligiga tezda amin bo‘ldim. O‘zi shu domlamizga hayronman-da. Bir kishi ko‘zlariga yomon ko‘rinib qoldimi, tamom, bor nafratini unga bemalol ulashaveradilar. Xullas, ko‘rdimki, «shirin-shakar» tanbehlar bugun men emas, kechagi o‘yin, aniqrog‘i futbolchilarga atalgan. Domlamiz hamkasblarini o‘zlariga qaratib, kuyungancha gapirardilar: «Futbolchilarimizga o‘zi nima bo‘lgan?. So‘nggi daqiqada raqibga nisbatan fol ishlatishga balo bormidi? Himoyachilarga ham xayf, sun’iy ofsaydqilolmas ekansan, nimaga ortiqcha chiranasan? Ana manavi (menga ishora qilgancha) inglizchaga tilim o‘tmaydi, deb tan olganidek, soddaroq o‘ynayvermaysanmi? To‘pni outga tepib yubor – tamom-vassalom». Domla inglizcha so‘zlarini ham qo‘shishni boshlagandilarki, gaplari yarim yo‘lda qoldi. Ya’ni estafetani olgan matematika o‘qituvchimiz o‘yinni raqamlar asosida tahlil qilishga tushdilar: «Gapingizga 100 % qo‘shilaman. To‘p yumaloq, maydon tekis. Gol jarima maydoni tashqarisidan, darvozadan 30 metrcha uzoqlikdan urildi. Nahotki, himoyachilarimiz oddiygina Pifagor teoremasini bilishmasa?» Bir yoqda 70 yoshga kirib ham, allambalo qoidalarni dastak qilgancha menga doimo jimjimador «2» qo‘yadigan fizika fani  domlamiz javrab ketdilar: «To‘pni qaytarishda nafaqat Pifagor teoremasi, balki uning vazni, holatini ham bilish zarur-da. Axir to‘p havo bo‘shlig‘ida o‘z og‘irligiga qarab harakatlanadi. Shuning uchun uning intersiyasini, tortishish kuchini ham hisobga olish kerak edi». Shu domlamiz bir gap boshlasalar odatda kamida 30-35 daqiqa tinmaydilar. Lekin bu safar negadir 10 baravar kam gapirdilar. Hayotga kelib fizik domlamizni ko‘rganimdan buyon men uchun birinchi marta to‘g‘ri ish qildilar-ov. Navbat rus tili o‘qituvchimizga keldi, shekilli. Ular o‘z odatlariga ko‘ra, ikki tilni omuxta qilib, bahsga qo‘shildilar: «Anavi sudyada ham ayb yo‘q emas. U bir necha shtraflarni bermadi. Bahrayn komandasining treneri ayyorlik qilish bobida tulkiga dars beradiganlar tipidan shekilli. Eh, attang, loaqal bitta udarimiz gol bo‘lganida, anavi masxaraboz vratarni yig‘lashini ko‘rardik-da. U futbolist emas, byurokrat ekan, qancha minutni «eb tashladi» bir o‘zi». Ha domlamiz cho‘g‘da pishayotgan kabobdek yonayotgandi-da o‘zi-yam».

Ana endi ximiya fanidan dars beradigan ayamizga qarang. To‘g‘risi, kimyochilar futbolning «F» harfini ham tushunmasalar kerak, deb o‘ylardim. Yo‘q, adashibman. Ayol o‘qituvchimiz shunday «razbor» qilganlaridan keyin qolganlarini tasavvur qilish qiyin emas. «Eng asosiysi, hujumchilarimiz no‘noq, – deya gap boshladilar aya. – Gol uruvchi hujumchi bizga suvva havodek zarur. Murabbiylarimizning ayblari shundaki, ular futbolchilarni xuddi Mendelevning elementlar davriy sistemasiga o‘xshatib, joy-joylariga qo‘yishmadi. Shunday qilinmaganini natijasida o‘yinchilar jipslashib o‘ynolmadilar va yetarli reaksiyaga kirisha olishmadi». Shu orada jim o‘tirgan geografiya fani domlamiz chetda turishni istamadilar, cho‘g‘i, davraga qo‘shildilar. O‘zi u kishining sportga unchalik toblari yo‘qroq. Shunday bo‘lsada, buni sira bilintirmadilar: «Bu Baxrayn deganlari o‘zi do‘ppiday mitti davlatcha. Yer maydoni biznikidan naq 639 baravar kichik. Ko‘pchilik aytganidek, UEFAga o‘tish kerak. Zepp Blatter O‘zbekistonga Yevropada nima bor, debdimi? To‘g‘ri, geografik nuqtai-nazaridan biz Markaziy Osiyoda joylashganmiz. Lekin… Ana, Avstraliyaga Osiyoda nima bor? Keling, xaritaga qarang, «yashil qit’a» qayoqdayu, Osiyoqayoqda. Ikkinchi tomondan, G‘arbiy va Sharqiy Osiyo iqlimi bir-biridan mutlaqo farq qiladi, eng yomoni, har ikki mintaqaniki biznikiga sira mos emas…». Negadir xonada mening sevimli ustozim - tarix fani domlasi ko‘rimayotgandilar. Mana, nihoyat, ularning kelishlari bilan munozara yanada qizidi: «Futbol angliyaliklar tomonidan ixtiro qilingan. Oradan qancha yillar o‘tgan bo‘lsada,  qiziqarliligicha qolmoqda, qolaversa, yanada taraqqiy etmoqda. Tarix bizning bugungi gapimizga o‘shab, ko‘plab gollarning shodasini ko‘rgan. Peleyu Maradona, Ronaldoyu Garrincha futbol olamida o‘z nomlarini qoldirishgan. Bizga aynan shunday shahslar kerak», deya gaplarini yakunlamoqchi bo‘lib turgandilarki, nogahon O‘zbekiston tarixidan ham dars o‘tishlarini eslab qoldilar, chog‘i, davom etdilar: «O‘zbekiston termasi o‘z tarixida hali bunday alamli mag‘lubiyatga uchragan emasdi. Eh, Shkvirin, Qosimov, Krasnitskiy, Abduraimov… Essiz, ular tarixga aylanidilar-da…» Qarang-a, ona tili fanidan dars o‘tadigan ayamiz ham kechagi o‘yinni ko‘ribdilar. Buni hattoki, xayolimga keltirmagandim. Endi shu xayollarga ham bevafolik qilishimga to‘g‘ri keladi-yov. Qisqasi, ona tili o‘qituvchimizga quloq tutamiz: «Futbolchilarimiz hujumga o‘tganda, son bo‘yicha ustunlik qilishlari lozim edi. O‘yin sifati ham yaxshi emas. O‘yinchilarning fe’l atvorlarini o‘zgartirmasa bo‘lmaydi, shekilli. Ular bo‘sh nuqtalarda bir birlarining o‘rinlarini to‘ldiruvchi vazifasini bajara olishmadi sira. To‘pga ega chiqqan holatlarda esa ot singari chopish o‘rniga, sudralib yurishdi. Natijada raqib o‘z so‘zini aytdi va o‘yinga nuqta qo‘ydi. Bizga himoya bilan hujumni bog‘lovchi o‘yinchilar zarur.» Ha, bu kishining fikrlarida ham jon bor: sifat, son, fe’l, ot…

Davomi>>

Manba: fcb.uz
Kiritildi: 22:25, 09.08.2017. O'qildi: 5459 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик