Bugun 31 dekabr, 2025 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 30.12.2025 00:45
      • Roma
      • 3:1
      • Jenoa
  • APL
      • 31.12.2025 00:30
      • Byornli
      • 1:3
      • Nyukasl
      • 31.12.2025 00:30
      • Chelsi
      • 2:2
      • Bornmut
      • 31.12.2025 00:30
      • Nottingem Forest
      • 0:2
      • Everton
      • 31.12.2025 00:30
      • Vest Xem
      • 2:2
      • Brayton
      • 31.12.2025 01:15
      • Arsenal
      • 4:1
      • Aston Villa
      • 31.12.2025 01:15
      • Man. Yunayted
      • 1:1
      • Vulverhempton
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 19 45
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 19 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 18 28
8 Everton 19 28
9 Brentford 18 26
10 Nyukasl 19 26
11 Kristal Pelas 18 26
12 Fulhem 18 26
13 Tottenhem 18 25
14 Brayton 19 25
15 Bornmut 19 23
16 Lids 18 20
17 Nottingem Forest 19 18
18 Vest Xem 19 14
19 Byornli 19 12
20 Vulverhempton 19 3

O'tgan o'yinlar.

19-тур Byornli 1-3 Nyukasl
19-тур Chelsi 2-2 Bornmut
19-тур Nottingem Forest 0-2 Everton
19-тур Vest Xem 2-2 Brayton
19-тур Arsenal 4-1 Aston Villa
19-тур Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Amin Yunus: «Maqsadim – JCH-2018da ishtirok etish»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Amin Yunus Germaniya terma jamoasidagi debyutini nishonladi. Shu bilan birga faoliyatidagi muhim sovrinni qo‘lga kiritdi. Ya’ni, Rossiya maydonlarida bo‘lib o‘tgan Konfederasiyalar kubogida zafar quchdi.

Bu yoz Yunus uchun noodatiy tarzda kechdi. 23 yoshli yarim himoyachi har yili shu faslda otasi tug‘ilgan Livanga borardi. Biroq joriy yil rejalarini o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi. U faoliyat olib borayotgan Amsterdamning «Ayaks» klubi Yevropa Ligasi finalida «Manchester Yunayted»ga qarshi bahs olib bordi.

O‘sha uchrashuvdan so‘ng Amin ta’tilga tayyorgarlik ko‘rayotgandi. Lekin Germaniya termasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov uni Konfederasiyalar kubogiga boradigan tarkibga kiritdi. Shu tariqa musobaqaga tayyorgarlik jarayonida Daniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Yunus Germaniya bosh jamoasidagi debyutini nishonladi.

Oradan bir necha kun o‘tib, u termadagi dastlabki golini urdi. Bu voqea JCH-2018 saralash bahslaridan o‘rin olgan San-Marinoga qarshi uchrashuvda yuz berdi. Konfederasiyalar kubogida ikkita o‘yinni zaxirada o‘tkazgan futbolchi yarim finalda o‘zini ko‘rsatdi.

Meksikaga qarshi uchrashuvda u jamoasining to‘rtinchi goliga mualliflik qildi. Yaqinda Amin ota yurti Livanga borib qaytdi. U yerda Yunusni qahramonlardek kutib olishdi. Mazkur safar yakunlanganidan so‘ng futbolchi FIFA.com saytiga intervyu berdi.

- Konfederasiyalar kubogida zafar quchdingiz. Hissiyotlar qanday?

- Bu ajoyib bo‘ldi. Agar bir yil oldin menga shu sovrinni yutasan, deyishsa, ishonmasdim. Bu oilam uchun ham katta baxt. Chunki terma jamoadagi dastlabki yirik sovrinimni qo‘lga kiritdim. Natijada yaqinlarim ham o‘zlarini boshqacha his qilishdi.

- Siz uchun mavsum ajoyib o‘tdi...

- Haqiqatan ham shunday. «Ayaks» bilan Yevropa Ligasi finaliga chiqdim, Germaniya terma jamoasi safida Konfederasiyalar kubogida zafar quchdim. Shunday bo‘lishini barcha futbolchilar orzu qilishadi. Endigi asosiy vazifam - faqat oldinga qadam tashlash.

- Germaniya termasining shunday yoshlar bilan turnirda g‘olib chiqishiga hech kim ishonmagandi...

- Fikringizga qo‘shilaman. Turnir avvalida o‘zim ham bunday bo‘lishini kutmagandim. Chunki Chili, Meksika va boshqa termalar musobaqaga eng kuchli futbolchilari bilan tashrif buyurishgandi.

- Yoaxim Lyovning tajribasi o‘sishingizga qanchalik yordam berdi?

- Albatta, u bu borada katta rol o‘ynadi. Lyov barchamizga har bir futbolchi terma jamoa uchun muhimligini uqtira oldi, yosh bo‘lishimizga qaramay, ayrimlarimiz Yevropa Ligasi va YECHL finalida o‘ynaganimizni aytdi. O‘zingizga ma’lum, Yulian Draks­ler va Joshua Kimmixlar o‘yin borasida katta tajribaga egalar. Shuning­dek, Yoaxim bizga boshqa jamoalarni hurmat qilishimiz lozimligini har kun ta’kidlardi.

- Meksika termasiga qarshi uchrashuvda gol urib, turnir rekordini o‘rnatdingiz...

- Konfederasiyalar kubogi paytida buni nishonlay olmadim. Lekin turnirdan so‘ng katta ish qilganimni tushunib yetdim. Bundan yaqinlarim xursand bo‘lishdi. Musobaqadagi ishtirokim Livanda qanday tantana qilinganini ko‘rsangiz edi...

- Germaniya terma jamoasidagi debyutingizni nishonladingiz, birinchi golingizni urdingiz, dast­labki xalqaro sovriningizni qo‘lga kiritdingiz. Sizdan yana nima kutish mumkin?

- Asosiy maqsadim - terma safida JCH-2018ga borish. Musobaqa boshlanishiga bir yil bor. Konfederasiyalar kubogida ishtirok etgan barcha futbolchilarning niyati shu. Buning uchun yangi mavsumda o‘zimizni ko‘rsatishimiz kerak. Umid qilamanki, «Ayaks»da yaxshi o‘ynasam, milliy jamoaga yana chaqirishadi. Buning uchun bor kuchimni sarflayman.

- Nima uchun Konfederasiyaar kubogidagi g‘alaba siz uchun muhim?

- Turnirdagi atmosfera ajo­yib edi. Chunki bu musobaqada har bir qit’aning chempionlari ishtirok etishadi. Chili, Kamerun va ayniqsa, Meksika termasiga qarshi o‘yinlar esda qolarli bo‘ldi. Turnirdagi g‘alaba Germaniya jamoasining kelajagi porloq ekanini ko‘rsatdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:58, 12.08.2017. O'qildi: 2773 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
8 Манчестер Сити Filip Foden 7
9 Тоттенхэм Risharlison 7
10 Ньюкасл Nik Voltemade 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.