Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“El-klasiko”: “Barselona” mag‘lubiyatining 5 sababi!

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ernesto Valverde kelganida boshida “Barselona”ning taktikasi o‘zgarar deb o‘ylagandik. Biroq superkubokni ko‘rdig-u, Valverde ham Kataloniya klubining qon-qoniga singib ketgan taktikani buzib tashlay olmasligini angladik. Xo‘sh, “Barselona” nega yutqazdi? Keling, mag‘lubiyat sabablarini izlab ko‘ramiz.

NEYMARNING YO‘QLIGI

Bu aniq edi. Chunki ayni damda Neymarning o‘rnini bosadigan futbolchi nafaqat “Barselona”da, balki boshqa jamoalarda ham yo‘q. Valverde Neymarning o‘rnini Angliyada tajriba orttirib kelgan Delafeu bilan to‘ldirmoqchi bo‘ldi, biroq u deyarli ko‘zga tashlangani yo‘q. Neymarning oldingi el klasikolardagi o‘yinlarini eslang. Bugungi o‘yinda “Barselona”ga Neymarning ajoyib fintlariyu zargarona uzatmalari kamlik qildi.

ESKIRGAN TAKTIKA

O‘yin davomida “Barselona” ustunlik qildi. Odatdagidek. To‘p bilan muomala qilish, burchak to‘plari va hokazo. Ammo aniq zarbalaru xavfli vaziyatlar borasida unchalik ustunlik qayd etgani yo‘q. Valverde “Real”ni to‘psiz qoldirish kerakligini uqtiribdi-yu, ammo raqib darvozasini ishg‘ol etishni o‘rgatmabdi, shekilli. Birgina gol ham Suaresning ayyorona aktyorligi natijasida ishlangan penaltidan kiritildi. “Barselona” hamon eskirgan taktikasining jabrini tortyapti — ustunlik bor, natija yo‘q. Aftidan, Gvardiola tiki-takasini jamoaning qon-qoniga singitib yuborgan ko‘rinadi.

VALVERDENING E’TIBORSIZLIGI

“Real”ning asosiy quroli — qarshi hujum. Buni Valverdening bilmasligi mumkin emas. Axir uning o‘zi Madrid jamoasi bilan ilgari ham to‘qnash kelgan. Qolaversa, klasikodan oldin “Real”ning o‘yinlarini kuzatgan bo‘lishi kerak. “Real”ning ikkita goli qarshi hujumdan kiritildi. Bu esa Valverdega munosib jazo bo‘ldi, u qarshi hujumga qarshi qurol tayyorlab qo‘ymagani uchun jazolandi.

OMADSIZLIK

Ha, “Barselona”ning mag‘lubiyatiga omadsizlik, aniqrog‘I, “Real”ning omadi kelgani ham sabab bo‘ldi. Ayniqsa, Asensioning super goli ko‘rsatdiki, bugun “Barselona”ning kuni emasdi. Klasikoga har tomonlama yaxshi tayyorlangan “Barsa”ning oyog‘iga omadsizligi ham tushov bo‘lgani aniq.

MAJBURIY TANLOVLAR

“Barselona” tarkibi hozir u qadar kuchli emas, boisi el klasikoda maydonga tushgan ayrim futbolchilarni bu o‘yinga tayyor deb bo‘lmaydi. Bizningcha, agar yaxshiroq varianti bo‘lganida Valverde Neymarning o‘rniga Delafeoni tushirmasdi. To‘g‘ri, Jerar tajribali futbolchi, ammo uning tajribasi el klasikoda o‘ynash uchun, baribir, kamlik qiladi. Zahiradan tushirilgan futbolchilar ham “Barselona” darajasida emasdi.

Javob o‘yinida “Barselona”ga qiyin bo‘lishi tayin. To‘g‘ri, Kataloniya klubi “Real”ni yirik hisoblarda yutgan, ammo hozirgi “Barselona” o‘sha paytdagi “Barselona” emas, shuningdek, “Real” ham. To‘g‘ri, javob o‘yinida hakam tomonidan nohaq chetlatilgan Ronaldu maydonga tusha olmaydi. Ammo Zidan uning o‘rnini bosadigan futbolchi topib qo‘ygan. Bu Asensio, bu Vaskes yoki boshqa bir futbolchi. Ko‘ramiz javob o‘yini qanday bo‘larkin? Aytgancha, umid qilamizki, keyingi o‘yinni nima qilayotganini biladigan va futbolni yaxshiroq tushunadigan hakam boshqaradi.

Nizomjon ISLOMOV  

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:18, 14.08.2017. O'qildi: 36723 marta. Fikrlar: 24 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик