Oliy liganing 18-turida "Neftchi" o‘z maydonida "Navbahor"ni qabul qiladi.
19 avgust (shanba). 19:00
«Neftchi» (Farg‘ona) – «Navbahor» (Namangan)
Hakamlar: V. Seytlin (Toshkent), A. Sapenko (Toshkent vil.), A. Burov (Buxoro), D. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
O‘zPFL vakili: R. Chernikov.
"Navbahor” va "Neftchi” oliy ligada 51 bor kuch sinashishgan. Ustunlik "Neftchi” tomonida. 25ta o‘yinda farg‘onaliklar raqibni mag‘lub etishgan, 13 uchrashuvda durang natija qayd etilgan. Yana 13ta o‘yinda "Navbahor” zafar quchgan. "Neftchi” o‘zaro o‘yinlarda 76 bor raqib darvozasiga yo‘l topa olgan. "Lochinlar” esa 51 bor gol kiritishgan. "Neftchi” o‘zaro o‘yinlarda 88 ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, "Navbahor” hisobida 52 ochko mavjud. "Navbahor”ning "Neftchi” ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi – 3:0 bo‘lib turibdi. "Neftchi”ning yirik g‘alabasi esa – 4:1.
Dastlabki davrada Namanganda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan edi.
Farg‘onada o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv:
12.03.2016 «Neftchi» - «Navbahor» 1:0
04.04.2015 «Neftchi» - «Navbahor» 1:0
15.08.2014 «Neftchi» - «Navbahor» 1:0
29.06.2013 «Neftchi» - «Navbahor» 2:0
27.08.2012 «Neftchi» - «Navbahor» 3:0
O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: "Neftchi” uyida tashkil etilgan uchrashuvlarning 20tasida uch ochkoni qo‘lga kiritgan. 3 marta g‘olib aniqlanmagan. Faqat 2 bor "Navbahor” raqib maydonidan muvaffaqiyat bilan ortiga qaytgan. Farg‘onada bo‘lib o‘tgan oxirgi 12ta o‘yinda "lochinlar” g‘alaba qozona olishmagan. So‘nggi uch yilda 1:0 hisobi qayd etilmoqda.