Bugun 22 aprel, 2025 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 21.04.2025 00:00
      • Real Madrid
      • 1:0
      • Atletik Bilbao
      • 22.04.2025 00:00
      • Jirona
      • 1:3
      • Betis
      • 22.04.2025 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Espanyol
      • 23.04.2025 00:30
      • Barselona
      • -:-
      • Malyorka
      • 23.04.2025 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 23.04.2025 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Las-Palmas
  • Superliga
      • 21.04.2025 20:00
      • Surxon
      • 1:0
      • Navbahor
  • APL
      • 22.04.2025 00:00
      • Tottenhem
      • 1:2
      • Nottingem Forest
      • 23.04.2025 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.04.2025 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • «A» Seriya
      • 23.04.2025 21:30
      • Torino
      • -:-
      • Udineze
      • 23.04.2025 21:30
      • Kalyari
      • -:-
      • Fiorentina
      • 23.04.2025 21:30
      • Jenoa
      • -:-
      • Lasio
      • 23.04.2025 21:30
      • Parma
      • -:-
      • Yuventus
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 OKMK 6 16
2 Nasaf 6 14
3 Bunyodkor 6 12
4 Dinamo 6 12
5 Andijon 6 9
6 Neftchi 6 9
7 Navbahor 6 8
8 Xorazm 5 7
9 Qizilqum 5 7
10 Paxtakor 6 6
11 Buxoro 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Surxon 6 6
14 Mash’al 6 6
15 So‘g‘diyona 6 4
16 Sho‘rtan 6 1

O'tgan o'yinlar.

6-тур Xorazm 0-0 Bunyodkor
6-тур Qizilqum 1-0 Qo‘qon-1912
6-тур Sho‘rtan 0-1 Mash’al
6-тур Buxoro 1-3 Nasaf
6-тур Neftchi 0-4 Paxtakor
6-тур Andijon 1-2 Dinamo
6-тур OKMK 3-2 So‘g‘diyona
6-тур Surxon 1-0 Navbahor

Navbatdagi o'yinlar.

05/04/25 Qizilqum - Xorazm

So'rovnoma

  • O‘zbekistonning qayeridansiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 21655 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 22.04.2025

      05:55 Новости футбола.
      06:00 Чемпионат Германии. "Аугсбург" - "Айнтрахт Франкфурт".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Нюрнберг" - "Падерборн 07".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Германии. "Хайденхайм 1846" - "Бавария Мюнхен".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      13:15 Чемпионат Германии. "Унион Берлин" - "Штутгарт".
      15:20 Чемпионат Германии. "Аугсбург" - "Айнтрахт Франкфурт".
      17:25 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Боруссия Мёнхенгладбах".
      19:30 Новости футбола.
      19:35 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      20:35 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Бодрум".
      22:35 Новости футбола.
      22:40 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Чемпионат Германии. "Хайденхайм 1846" - "Бавария Мюнхен".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Чемпионат Германии. "Унион Берлин" - "Штутгарт".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Нюрнберг" - "Падерборн 07".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 22.04.2025

      05:10 Бадминтон. Всероссийские соревнования "Крылатый Зилант" в Казани.
      07:30 Д/с "Век нашего спорта".
      08:00 Дзюдо. Fonbet Молодёжное первенство России в Волгограда.
      09:30 Д/ф "Як-15".
      10:15 Лёгкая атлетика. Мировой тур в закрытых помещениях. Millrose Games в Нью-Йорке, США.
      11:55 LIVE Спортивная гимнастика. Fonbet Кубок России в Новосибирске. Команды. Мужчины. Прямая трансляция.
      15:00 "География спорта". Челябинск.
      15:30 "Физруки. Будущее за настоящим".
      16:05 Фристайл. Чемпионат мира в Швейцарии. Ски-кросс.
      18:00 Автоспорт. Дрифт. RDS OPEN. Этап 1 на трассе "Ростов Арена".
      18:50 Бадминтон. Всероссийские соревнования "Крылатый Зилант" в Казани.
      20:35 "Что за спорт?". "Экстрим".
      21:00 Д/с "Век нашего спорта".
      21:30 Дзюдо. Fonbet Молодёжное первенство России в Волгограда.
      23:25 Лёгкая атлетика. Мировой тур в закрытых помещениях. Trophee EDF в Льевене, Франция.
      01:30 "География спорта". Челябинск.
      01:55 "Физруки. Будущее за настоящим".
      02:30 Спортивная гимнастика. Fonbet Кубок России в Новосибирске. Команды. Мужчины.
  • MATCH-TV
    • Sana: 22.04.2025

      05:25 "География спорта". Саранск.
      05:55 Новости.
      06:00 Футбол. Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Боруссия Мёнхенгладбах".
      08:00 "Непобедимый".
      08:30 "Наши иностранцы".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 Специальный репортаж.
      12:25 "География спорта". Казань.
      12:55 "География спорта". Екатеринбург.
      13:30 Профессиональный бокс. "Winline. IBA. Pro 2". Сергей Ковалёв против Артура Манна.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Магия большого спорта". "Синхронное плавание".
      16:55 "Непобедимый".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:40 Д/ф "Марадона Кустурицы".
      20:45 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. Плей-офф. 1/4 финала. 6-й матч. Прямая трансляция.
      23:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:20 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Барселона" - "Мальорка". Прямая трансляция.
      02:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:25 Волейбол. Чемпионат России. Мужчины. Pari Суперлига. Финал. "Зенит" (Санкт-Петербург) - "Зенит-Казань". 4-й матч.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 22.04.2025

      06:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1.
      08:00 Велоспорт. Тур Альп в Италии. Этап 1.
      09:30 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1.
      11:30 Велоспорт. Тур Альп в Италии. Этап 1.
      13:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1.
      14:00 LIVE Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      17:00 Мотоспорт. FIM EWC. Этап 1. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      18:30 LIVE Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      21:30 Велоспорт. Тур Альп в Италии. Этап 2.
      22:30 LIVE Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      02:00 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Имолы" в Италии. Обзор.
      03:00 Мотоспорт. FIM EWC. Тележурнал "Полный доступ".
      04:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1.
      04:30 Велоспорт. Тур Альп в Италии. Этап 2.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Qizil furiya» oldida murakkab tanlov: Diyego Kosta yoki Morata...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Chelsi» Diyego Kostaga 300 ming funt miqdorida jarima solib, uni zaxira o‘rindig‘iga «mixlab» qo‘ydi.

Bu holatda Ispaniya terma jamoasi qanday yo‘l tutadi? Alvaro Morata asli braziliyalik «ispan» o‘rnini to‘liq bosa olarmikan? Quyida ikki hujumchining ustun tomonlariga nazar solib, bu savol javobini topishga urinib ko‘ramiz.

Samaradorlik. Antonio Konte munosabati, ya’ni Diyego Kosta xizmatidan qat’iy bosh tortayotganiga qarasak, «Chelsi» tarkibida uning o‘rnini bemalol bosishga qodir futbolchi borligiga shubha qolmaydi. Aslida italyan murabbiyi Romelu Lukakuni orzu qilgandi, biroq «Chelsi» bu to‘purarga yetisholmadi.

Londonliklar keyinchalik Pyer-Emerik Obameyang va Andrea Belottidan yuz o‘girib, Alvaro Morataga ishonch bildirishdi.

Buning asosiy sababi - uning samaradoligi. Alvaro avvalgi mavsum La-ligada 55ta qulay imkoniyat hosil qilib, 15ta gol urdi. Boshqacha aytganda, 1ta gol uchun o‘rtacha hisobda 89 daqiqa sarfladi, Diyegoda esa bu ko‘rsatkich 154,5 daqiqaga teng bo‘ldi.

Kostada qulay imkoniyatlardan foydalanish koeffisiyenti ham nisbatan past - 111ta vaziyatdan 20ta gol. Xullas, u bu borada 18 foizli natijaga ega (Morata xavfli vaziyatlarning 27 foizida gol urgan).

Ha, braziliyalik «ispan» muhim gollarga mualliflik qilishi va «Manchester Siti» kabi kuchli raqiblarga qarshi muvaffaqiyatli to‘p surishi bilan nom qozongan.

Ammo uning hisobida ham xuddi Moratadagi kabi autsayder jamoalar darvozasiga yo‘llangan gollar miqdori ko‘proq, baribir. Xullas, «Chelsi» murabbiyi-ning Kosta xizmatidan voz kechishiga sabab bitta - samadorlik ko‘rsatkichi.

Natija. Morata yaqqol ustun. Mana, u APL startidagi 3ta o‘yinda 2ta gol urdi. Umuman, Alvaro bu ketishda to‘purarlik maqomiga ham bemalol da’vogarlik qilishi mumkin.

Gollar muhimligi. Avvalgi mavsum Alvaroning 15ta goli  «Real»ga juda qo‘l kelgani aniq. Zero, u aksariyat o‘yinlarda zaxiradan maydonga tushib, Zayniddin Zidan jamoasi joniga oro bo‘ldi.

Qolaversa, Garet Beyl jarohatlangan, Karim Benzema parhezga o‘tirgan va Krishtianu Ronaldu dam olgan paytlar tashabbusni qo‘lga olib, muhim gollar muallifiga aylandi.

Xullas, «Qirollik klubi»ning Morato gollarisiz chempion bo‘lishi amri-mahol edi. Diyego Kosta esa 20ta goli bilan «Chelsi»ga naq 15 ochko keltirdi. Garchi o‘rtacha hisobda Morata ustunroq bo‘lsa-da, Konte nafratiga uchragan hujumchi bu masalada APLning eng yaxshi ko‘rsatkichiga erishganini unutmaslik kerak.

Har holda, Kosta deylik, Garri Keyn, Serxio Aguero, Fernando Lyorente va Jeymi Vardiga nisbatan o‘z jamoasiga 2ta ko‘p ochko taqdim etdi.

Yo‘q, «Chelsi» faqat Kosta xizmatlari evaziga g‘alaba qozonganini ta’kidlash noo‘rin, ammo bu boradagi eng yaxshi ko‘rsatkich ko‘p narsadan dalolatdir.

Morata esa «Real»ga ochko keltirish bobida Ronaldudan ortda qoldi. Aniqroq aytsak, jamoa yetakchisi o‘z gollari bilan Alvaroga nisbatan 1ta ko‘p ochko taqdim etdi.

Natija. Durang. Kosta ham, Morata ham so‘zsiz, muhim sanalgan ochkolarni keltiruvchi zarur gollar urishni qoyillatadi.

«Ikkinchi qavat»dagi o‘yin.  Diyego Kosta - kuchli, tajovuzkor kurashni yoqtiradi. Ammo «Chelsi» o‘tgan mavsum uning «ikkinchi qavat»­dagi o‘yinidan naf ko‘rmadi, hisob.

Axir hujumchi 20ta golidan atigi 2tasini havoga sakragan holda urdiki, bu APLda o‘ynovchi goleador uchun juda oz.

Umuman, Diyego maydonning xohlagan nuqtasida bosh bilan yomon o‘ynadi - bor-yo‘g‘i 25 foiz «duel»ni o‘z foydasiga hal qildi, Moratada esa bu ko‘rsatkich 50 foizga teng.

Shunga yarasha, yosh ispanning har 3ta golidan biri «ikkinchi qavat»dagi kurash samarasidir. Oddiy aytganda, Morata bosh bilan o‘ynash masalasida Kostadan ancha ustun va o‘yin to‘g‘ri tashkil etilsa, londonlik fanatlar buning isbotini ko‘rishlari mumkin.

Natija. Morata g‘alabasi. Diyego ham bosh bilan ancha samarali o‘ynashi mumkin, ammo u kurashlarga juda kam kirishadi.

Ayyorlik va «fol»lar. Morata «Bernli»ga qarshi o‘yinning yarim soati davomida darvoza tomon 3 marta zarba berdi va ularning 2tasi aniq chiqdi. Taqqoslash uchun aytsak, Mishi Batshuayi 1 soat oralig‘ida shunday ko‘rsatkich qayd etdi.

Xulosa shuki, Alvaro keskinlikni yuzaga keltirish bobida Kostadan qolishmaydi. Biroq butun vaqt davomida ustunlik qilishga intilmaydigan va gohida 5 nafar himoyachi hamda 2 nafar kuchli markaziy xavbek bilan o‘ynaydigan «Chelsi»dek taktik jamoa uchun ayyorlik ham o‘ta zarur.

«Iflos tryuk»larga tayanish yaxshi emasmi? Ehtimol, ammo Angliyada sal boshqacha munosabat mavjud, baribir.  Luis Suares va Diyego Kosta faoliyati buni to‘liq tasdiqlaydi.

Umuman, APLda ayyorona harakatlar orqali raqibning maydondan chetlatilishiga erishish, shuningdek, penalti ishlab olish holatlari ko‘p uchraydi.

Bu borada Kostaga teng keladiganlar kam, u avvalgi mavsum o‘z ishtirokidagi to‘qnashuvlardan 69 foizida «Chelsi» uchun jarima zarbasi ishladi. Alvaro esa bunday vaziyatlarda no‘noqroq - to‘qnashuvlarning deyarli yarmida «Real» zarariga hushtak chalindi. Demakki, u maydonda Kostadek ayyor emas.

Natija. Diyego Kosta g‘alabasi. Simulyasiyalar va «iflos o‘yin» ustasi ustun ekanligida ajablanarli tomoni yo‘q.

To‘p bilan nozik muomala. Albatta, bu masalada Morata ham, Kosta ham Neymar bilan tenlasholmaydi. Ammo har qayday hujumchiga texnika va nafis harakatlar zarurligi aniq.

Statistika bo‘yicha aytsak, Diyego Kosta raqibni aldab o‘tishga qaratilgan urinishlarning 41 foizini muvaffaqiyatli bajaradi, Moratada bu ko‘rsatkich yuqoriroq - 54 foiz.

To‘g‘ri, aldab o‘tish - to‘p bilan ishlashning bitta elementi, xolos. Zero, to‘pni aniq uzatish ham muhim. Aytish joiz, o‘yinning shu jihati bo‘yicha har ikki hujumchi ajoyib natijaga ega.

Avvalgi mavsum ko‘rsatkichlariga qarasak, Kosta raqobatchisidan atigi 3 foiz ortda, ammo tan olish kerak, APLda maydonning uchinchi qismiga aniq to‘p oshirish «Real» tarkibida La-liga o‘yinlarida shunday qilishga nisbatan qiyinroq.

Zarba aniqligi bo‘yicha esa Morata yaqqol ustun. Uning 63 foiz urinishi aniq chiqqan bo‘lsa, Kosta 53 foiz holatda to‘pga to‘g‘ri yo‘nalish bergan.

Natija. Morata g‘alabasi. Shuningdek, u to‘p bilan yumshoq muomalada bo‘ladi, texnikasi yuqori, tezkor, zarbalari ham aniqroq.

Sadoqat va fidoyilik. Alvaro qadrdon klubi - «Real»ni 2 marta tark etdi - unga asosiy tarkibda joy topilmadi. Diyegoga kelsak, Konte uni «Chelsi»ga hurmat nazari bilan qaramayotganlikda ayblamoqda.

Aslida ikki hujumchining bu masaladagi taqdiri o‘xshash. Chunonchi, ularning iqtidori vaqtida munosib baholanmadi va Kosta ham, Morata ham doimiy o‘yin amaliyoti borasida muammolarga uchradi.

Muhimi, barchasini «Albasete» hujumchisi sifatida boshlagan Diyego Angliya chempioni darajasiga chiqishni uddaladi, endi tarkibdan tashqarida qolmoqda.

Tushunarliki, hozir Moratada imkon ko‘proq - u o‘zini Angliyada ko‘rsatish ishtiyoqida yonmoqda va istiqboli ham chakki emas. Kosta aksincha, Londondagi «ob-havo»dan zada, shu boismi, ichki intizomni buzmoqda.

Natija. Morata g‘alabasi.  Kosta italiyalik Konteni sevimli murabbiyi sifatida maqtamasa kerak. Axir u aynan Antonioning sovuq munosabati tufayli chetda qolyapti, ammo bunga avvalo, o‘zi aybdordir, baribir.

Jamoaga moslashish. Riyod Mahrez va N~Golo Kante kabi futbolchilar Fransiya quyi ligalaridagi faoliyatdan so‘ng APLda yetakchilar guruhiga qo‘shilishdi.

Shuni nazarda tutsak, «Yuventus»da binoyidek o‘ynash tajribasiga ega Morata Angliya futbol muhitiga moslashishda ortiqsa qiynalmasligi kerak.

To‘g‘ri, APLda jismoniy kuch birinchi o‘rinda turishi va eng baquvvat yigitlargina «yashab» ketishlarini unutmaslik kerak.

Kosta buni isbotlashga ulgurgan futbolchidir. Ya’ni u bir urinishda premyer-ligani zabt etgan hujumchilardan biri sanaladi.

Natija. Kosta g‘alabasi. Ammo bu vaqtincha, chunki Morata hali o‘zini to‘liq ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Zero, Alvaro o‘ziga ishonchi mustahkam surbetroq hujumchidek taassurot uyg‘otyapti.

Taqqoslash hisobi: Kosta - Morata - 3:5. Morata oxirigacha shunday uynasa, unda hamma Konteni olqishlab, Kostaga ishonch bildirmasdan to‘g‘ri qilganini ta’kidlaydi.

Bordiyu, «Chelsi» halokatga yuz tutsa-chi? Misol uchun, «Chelsi»da murabbiy almashsa, hujumchi muammolarga uchrashi hech gap emas.

Har holda, ingliz bukmekerlari ishonch bilan bong urishmoqda: «Agar natijalar o‘xshamasa yoki yana qandaydir nifoq chiqsa, klub rahbariyati Kontega javob berishni paysalga solmaydi».

Alvaroning talab darajasida o‘ynamasligi esa nifoqni yuzaga keltirishi aniq. Zero, bu holatda hamma Diyego Kostani esga oladi...

Diyego Kosta va Morata o‘rtasidagi «jang» nafaqat rossiyalik milliarderga tegishli klub fanatlari, balki Ispaniya termasi o‘yinlari ixlosmandlarini ham befarq qoldirmaydi.

Agar «qizil furiya» muxlislari yulduzlar jamoasi ishtirokida sifatli futbol ko‘rishni istasalar, unda Diyego Kosta va Morataga birdek omad tilashlari zarur.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:59, 11.09.2017. O'qildi: 8801 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 5
2 Пахтакор Igor Sergeev 4
3 Бунёдкор Luis Kachorri 4
4 Нефтчи Zoran Marushich 3
5 ОКМК Xurshid G‘iyosov 3
6 ОКМК Ali Abdurahmonov 3
7 Пахтакор Umar Adhamzoda 2
8 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 2
9 Сурхон Muhammadali Abdurahmonov 2
10 Хоразм Rustamjon Abduhamidov 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.