Bugun 21 noyabr, 2025 yil, juma.

  • Superliga
      • 20.11.2025 16:00
      • Surxon
      • 0:0
      • OKMK
      • 20.11.2025 18:15
      • Paxtakor
      • 1:0
      • Nasaf
      • 21.11.2025 16:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Navbahor
      • 21.11.2025 18:15
      • Andijon
      • -:-
      • Xorazm
      • 21.11.2025 18:15
      • Dinamo
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 22.11.2025 14:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 22.11.2025 16:15
      • Neftchi
      • -:-
      • Qizilqum
  • La-liga
      • 22.11.2025 01:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Levante
      • 22.11.2025 18:00
      • Alaves
      • -:-
      • Selta
      • 22.11.2025 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 22.11.2025 22:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • APL
      • 22.11.2025 17:30
      • Byornli
      • -:-
      • Chelsi
      • 22.11.2025 20:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.11.2025 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Brentford
      • 22.11.2025 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Sanderlend
      • 22.11.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 22.11.2025 20:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 22.11.2025 22:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Manchester Siti
  • «A» Seriya
      • 22.11.2025 19:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Jenoa
      • 22.11.2025 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Bolonya
      • 22.11.2025 22:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Yuventus
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 28 61
2 Paxtakor 29 59
3 Nasaf 29 58
4 Dinamo 28 56
5 Bunyodkor 28 46
6 OKMK 29 45
7 Navbahor 28 38
8 So‘g‘diyona 28 37
9 Qizilqum 28 35
10 Surxon 29 32
11 Qo‘qon-1912 28 30
12 Mash’al 28 29
13 Andijon 28 29
14 Buxoro 29 27
15 Xorazm 28 24
16 Sho‘rtan 29 16

O'tgan o'yinlar.

29-тур Sho‘rtan 1-1 Buxoro
29-тур Surxon 0-0 OKMK
29-тур Paxtakor 1-0 Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

21/11/25 Mash’al - Navbahor
21/11/25 Andijon - Xorazm
21/11/25 Dinamo - Qo‘qon-1912
22/11/25 So‘g‘diyona - Bunyodkor
22/11/25 Neftchi - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Osiyo legioni» start olganda…

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bu maqolada kuchli beshta chempionatda o‘z klubini almashtirgan yoki Yevropaga yangi kelgan hamda porlashi kutilayotgan ayrim osiyolik futbolchilarga to‘xtalib o‘tamiz. E’tirofimiz reyting va bonus («kelajak umidi») ko‘rinishida bo‘ladi.

Takuma Asano. Evropadagi oldingi klubi: «Arsenal» (London). Huquqiy jihatdan shu klubga tegishli. Raqami: 11. Terma jamoasi: Yaponiya. Ilk professional klubi: «Sanfrechche Xirosima». 1994 yil 10 noyabrda tug‘ilgan. Terma jamoa safida 7 o‘yinda 2ta gol urgan.

O‘tgan mavsumda quyi bundesligada «Shtutgart» safida o‘ynadi va asosiy bundesligaga qaytdi. Joriy mavsum bosh murabbiy Xannes Volf undan asosan markaziy yarim himoyachi sifatida foydalanyapti. Ayni payt uning jamoasi turnir jadvalida 10-o‘rinda boryapti.

Yuning Jan. Evropadagi oldingi klubi: «Vitess» (Gollandiya). Huquqiy jihatdan «Vest Bromvich»ga tegishli. Terma jamoasi: Xitoy. Ilk professional klubi: «Xangjou Grintaun». 1997 yil 5 yanvarda tug‘ilgan. Terma jamoadagi debyuti: 2016 yil 3 iyun, Trinidad va Tobagoga qarshi bahsda. Terma jamoa safida ilk o‘yinda «dubl»ga erishgandan beri bosh­qa gol urolmadi.

O‘tgan mavsum bu hujumchi «Vitess» safida 24ta o‘yin o‘tkazib, 3ta gol urdi. 2017 yil 3 iyulda Angliyaning «Vest Bromvich» klubi uni xarid qildi va «Verder»ga ijaraga berib yubordi. Transfer summasi oshkor qilinmadi. Nemis klubida u raqobatchisi Maks Kruzedan mahorat sirlarini olishi kerak.

Aaron Frank Muy. Joriy mavsum: 4 o‘yin, 1ta gol. Terma jamoasi: Avstraliya. Ilk professional klubi: «Bolton Uonderers». Terma jamoadagi debyuti: 2012 yil 7 dekabr, Guamga qarshi bahsda. Klubdagi raqami: 10. 1992 yil 8 iyulda Sidney shahrida tug‘ilgan.

«Xaddersfild»dan oldin Angliyada ikki klub - «Bolton» va «Manchester Siti» tarkibida bo‘lgan, lekin o‘yinlarda ishtirok etmagan. Qisqacha qilib aytsak, u o‘zining yulduzli davrlarini salkam 7 yil kutgan. 2017 yil 30 iyunga kelib bonuslar bilan 10 mln. funtni tashkil etuvchi transfer amalga oshdi. Ya’ni «Manchester Siti» uni premyer-liga debyutantiga pullab yubordi. Uning o‘yinlari markazda raqibni munosib kutib olish va raqib hujumlarini rivojlantirishga yo‘l bermaslikdan iborat. Aslida, unda Gollandiya pasporti ham bor edi, chunki otasi nemis, onasi golland. Demak, Muy bir payt­ning o‘zida uchta terma jamoani (Avstraliya, Gollandiya va Germaniya) tanlash imkoniga ega bo‘lgan.

QATAR EKSPANSIYASI

Belgiyaning «Eypen» klubi 1945 yilda tashkil topgan. Bugun u nega e’tibor markazida? Ayni payt Qatar moliyaviy guruhlarining bevosita mazkur klubni o‘z boshqaruviga olganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Aks holda, jahon chempionati saralashi oldidan birdaniga terma jamoaning 4 futbolchisi (Abdulkarim Hassan, Akram Afif, Fahad al Abdulrahmon Assim Madibo) ushbu jamoa tarkibidan o‘rin olishiga qanday izoh berish kerak? Shuningdek, Qatar futboli umidi deya baholanayotgan Akram Afifning ham mazkur klubga o‘tishi qiziqishni yanada oshiradi. Demak, qatarliklar Fransiya chempionati bilan qoniqmay, Belgiya futboliga ham «ko‘z olaytirgan» ko‘rinadilar.

YAGONA JADVAL

«Xaddersfild Taun» vakili Aaron Muy siymosida Angliya futbolida Avstraliyaning yana bir ajoyib pleymeykeri yuzaga chiqayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Demak, Avstraliya vakillari Angliyada o‘z o‘rinlariga ega chiqishda davom etadilar. Negadir Janubiy Koreya, Yaponiya va Avstraliyadan boshqa Osiyo yurtlaridan bu chempionatga hech kim kela olmayapti.

Germaniyada esa hali-hamon J.Koreya va Yaponiyadan kelgan futbolchilar to‘p surishmoqda. Bunga sabab nafaqat marketing, balki bu o‘yinchilarning sport formasini­ muntazam yuqori darajada ushlab turishga bo‘lgan intilishidir. Tez orada bu mamlakatlar safiga Iroq va Eron qo‘shilsa, ajablanmasdik. Aynan ushbu mamlakatlardagi bundesliga shuhratini yoyish maqsadi ko‘plab futbolchilar taklif etilishiga sabab bo‘lmoqda.

Ispaniya La ligasi hamon osiyoliklar uchun begonadek. Bir paytlari Ma’sud Shojai kabilar o‘ynaganda «Osasuna» shijoati hammani hayron qoldirardi. Lekin so‘nggi paytlarda bu chempionatda o‘rtamiyona afrikaliklar va janubiy amerikaliklar ko‘payib ketgani bois osiyolik futbolchilarga non topilmayapti. Ustiga-ustak, til muammosi ham bor.

Ketganlar to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, Keysuke Xondaning Meksika chempionati vakili «Pachuka» safiga qo‘shilgani «Inter» - «Milan» to‘qnashuvini endi kutmasligimizga undayapti. Chunki Yuto Nagatomoga qarshi boshqa yapon «Milan» safida o‘ynamaydi. Bundan tashqari, kamida 4-5 nafar yapon futbolchisi top-5 chempionatlaridan o‘z vatanlariga qaytishdi.

2017|2018 yillar mavsumi uchun Yevropadagi 8 chempionat ishtirokchilari tomonidan ro‘yxatga kiritilgan osiyolik futbolchilarga oid ma’lumotlar

T|r.

Futbolchi

Klubi

Tug‘ilgan sanasi

Fuqaroligi

ANGLIYA PREMYER-LIGASI

1

Adam Federichi

«Bornmut»

31.01.1985

Avstraliya

2

Shinji Okazaki

«Lester Siti»

16.04.1986

Yaponiya

3

Li Chung Yong

«Kristal Pelas»

02.07.1988

J.Koreya

4

Maya Yoshida

«Sautgempton»

24.08.1988

Yaponiya

5

Ki Sun Yon

«Suonsi»

24.01.1989

J.Koreya

6

Aaron Muy

«Xaddersfild Taun»

15.09.1990

Avstraliya

7

Mark Birigitti

«Suonsi»

17.04.1991

Avstraliya

8

Mettyu Rayan

«Brayton»

08.04.1992

Avstraliya

9

Son Xyun Min

«Tottenxem»

08.07.1992

J.Koreya

10

Bred Smit

«Bornmut»

09.04.1994

Avstraliya

GERMANIYA BUNDESLIGASI

1

Makoto Xasebe

«Ayntraxt» (F)

18.01.1984

Yaponiya

2

Mitchell Langerak

«Shtutgart»

22.08.1988

Avstraliya

3

Ku Ja Chol

«Augsburg»

27.02.1989

J.Koreya

4

Shinji Kagava

«Borussiya» (D)

17.03.1989

Yaponiya

5

Yuya Osako

«Kyoln»

18.05.1990

Yaponiya

6

Gotoku Sakai

«Gamburg»

14.03.1991

Yaponiya

7

Genki Xaraguti

«Gerta»

09.05.1991

Yaponiya

8

Ji Dong Von

«Augsburg»

28.05.1991

J.Koreya

9

Takasi Usami

«Augsburg»

06.05.1992

Yaponiya

10

Yosinori Muto

«Mayns»

15.07.1992

Yaponiya

11

Takuma Asano

«Shtutgart»

10.10.1994

Yaponiya

12

So Yun Chje

«Gamburg»

23.05.1995

J.Koreya

13

Daiti Kamada

«Ayntraxt» (F)

05.08.1996

Yaponiya

14

Yuning Jan

«Verder»

05.01.1997

Xitoy

ISPANIYA LALIGASI

1

Takasi Inui

«Eybar»

02.06.1988

Yaponiya

2

Gaku Shibasaki

«Xetafe»

28.05.1992

Yaponiya

ITALIYA «A» SERIYASI

1

Yuto Nagatomo

«Inter»

12.09.1986

Yaponiya

2

Ali Adnan Kozim

«Udineze»

19.12.1993

Iroq

FRANSIYA LIGA-1

1

Eyji Kavashima

«Mes»

20.03.1983

Yaponiya

2

Billi Ketkeofomfone

«Anje»

24.03.1990

Laos

3

Xiroki Sakai

«Marsel»

12.04.1990

Yaponiya

4

Kvon Chxan Xun

«Dijon»

30.06.1994

Koreya

GOLLANDIYA EREDIVIZIONI

1

Bred Jons

«Feyenoord»

19.03.1982

Avstraliya

2

Rizo G‘uchannajod

«Xerenven»

20.09.1987

Eron

3

Kreyg Gudvin

«Sparta» (R)

16.12.1991

Avstraliya

4

Yuki Kobayashi

«Xerenven»

24.04.1992

Yaponiya

5

Kennett Duggal

«Sparta» (R)

07.05.1993

Avstraliya

6

Alirizo Jahonbaxsh

«AZ Alkmaar»

08.10.1993

Eron

7

Muhammad Usmon

«Vitess»

01.01.1994

Suriya

8

Ritsu Don

«Groningen»

16.06.1998

Yaponiya

9

Dilian Rayan

«Villem II»

10.06.2000

Avstraliya

PORTUGALIYA CHEMPIONATI

1

Fulang

«Boavishta»

17.12.1990

Xitoy

2

Amir Obidzoda

«Maritimu»

26.04.1993

Eron

3

Teo Kamekura

«Portimonensi»

31.07.1995

Yaponiya

ROSSIYA PREMYER-LIGASI

1

Vitaliy Denisov

«Lokomotiv»

23.02.1987

O‘zbekiston

2

Vadim Afonin

«Anji»

29.09.1987

O‘zbekiston

3

Vagiz Galiulin

«Tosno»

10.10.1987

O‘zbekiston

4

Eldor Shomurodov

«Rostov»

29.06.1995

O‘zbekiston

5

Milad Muhammadi

«Ahmat»

29.03.1993

Eron

6

Sardor Azmun

«Rubin»

01.01.1995

Eron

7

Said Izzatullohi

«Rostov»

01.10.1996

Eron

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:35, 19.09.2017. O'qildi: 3200 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 16
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Бунёдкор Imeda Ashortia 8
8 Нефтчи Zoran Marushich 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
10 Бунёдкор Luis Kachorri 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.