Shu yilning 21 sentyabr kuni "Paxtakor" Oliy liganing 22-turida "Lokomotiv" mehmoni bo‘ladi.
Chempionatlar doirasida 26-marta o‘tkaziladigan Toshkent derbisini mezbonlardan Marat Bikmayev diskvalifikasiya sababli o‘tkazib yuboradi. "Paxtakor"da bunday yo‘qotish mavjud emas.
O‘tgan 25 o‘yinning 16tasida "Paxtakor" g‘alaba qozongan. 5 bellashuv durang bilan tugab, 4 to‘qnashuvda raqib ustun chiqqan. Gol urish borasida paxtakorchilar ko‘rsatkichi sezilarli darajada yaxshiroq - 57:23. Raqib ustidan qo‘lga kiritilgan eng yirik g‘alaba 7:1 natijasidan iborat. "Lokomotiv" maydonida 12 uchrashuvdan 7tasida "Paxtakor" yutuqqa erishgan. 3 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etilgan.
O‘yinda Vladislav Seytlin boshchiligidagi hakamlar guruhi ishlaydi. Ushbu hakam oliy ligada ilk bor "Paxtakor" ishtirokidagi uchrashuvda referi bo‘ladi.
"LOKOMOTIV" - "PAXTAKOR"
Hakamlar: Vladislav Seytlin (Toshkent), Ma’mur Saidqosimov (Toshkent), Ravil Shoyaxmetov (Toshkent), Jasur Muxtorov (Toshkent).
Nazoratchi: Arslon Xotamov (Toshkent).
O‘zPFL vakili: Noil Lutfulin.
Yoshlar tarkiblari o‘yini 20 sentyabr, chorshanba kuni 16:30da TTYMI stadionida boshlanadi. Asosiy jamoalar uchrashuvi 21 sentyabr, "Lokomotiv" stadionida 18:00da start oladi.